4- amaliy mashg‘ulot mavzu: Til sathlari o‘rtasidagi uzviy alоqadоrliklar. Tilning lug‘at sathi Mavzu rejasi


Download 36.33 Kb.
bet9/10
Sana19.09.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1680931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-mavzu. Tilshunoslik asoslari

SO‘Z
Stol Buyura turi
Denotat Signifikat
Narsa Tushuncha

Ko'rinadiki, so'z shakl, narsa (hodisa) va mazmundan tashkil topadi.


Leksema bilan denotat va signifikat o'rtasida nisbiy bog'lanish mavjud, ya’ni biz biror tushunchaga ega bo'lish maqsadidagina ma’lum bir leksema vositasida nimanidir aytamiz va bu haqda ma’lum bir tushunchaga ega bo'lamiz. Aslida esa so 'z bilan u atayotgan narsa o'rtasida hech qanday bog'lanish yo'q.
So'z va narsa o'rtasidagi muammo juda ko'p davrlar mobaynida tortishuvlarga sabab bo'lib keldi. Hatto XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Avstraliyada Rudolf Meringer boshliq ≪So'z va narsa≫ nomi bilan ataluvchi maxsus maktab ham vujudga kelgan.
Shunday qilib, so 'z voqelikdagi biror narsani, voqeani, hodisani nomlaydi. Ana shu jarayonda so'zning ma’nosi shakllanadi. Leksik ma’no boshqa ma’nolarga qaraganda konkret va individualdir. Har bir leksik ma’no muayyan bir so'zga tegishli bo'ladi va tilda virtual, ya’ni umumlashtiruvchi, mavhum holatda yashaydi. Masalan, qanot so'zi orqali qushlarning, samolyotning qanotlarini tushunish mumkin. Dasta so'zi orqali ketmonning, belkurakning, choynakning ma’lum bir moslamasini tushunamiz.
So'zning leksik ma’nosi xususida gap borganda, dastlab uning tildagi va nutqdagi ma’nolarini farqlamoq darkor. So'zning umumlashgan va nisbatan mavhum ma’nolari tilga oid bo'lib, ular lug‘aviy ma’no deb ataladi. Har bir so'zning konkret ma’nosini faqat nutqda belgilash mumkin. Masalan, Yo‘lingizdan qolmang. Men mashinaga minib jo'nadim.
Keltirilgan misollardagi уо‘l va minib so'zlariga e’tibor beraylik. Bu so'zlar ayni paytda o 'z lug'aviy ma’nolaridan ancha yiroqlashgan, chunki bu o 'rinda yo‘l ish so'zi bilan, minib so'zi esa о‘tirmoq so'zi bilan ma’nodosh bo'lib kelmoqda. Ba’zan nutq jarayonida so'zlaming lug‘aviy ma’nosi me’yor darajasidan chiqib ketishini ham kuzatish mumkin. Masalan, yuragi yorilayozdi, qulog'i og'ir, ichiga о‘t tushdi kabi iboralarda yorilmoq, og'ir, o't tushmoq kabi so‘zlaming ayni paytdagi leksik ma’nolari ulaming lug‘aviy ma’nolariga to'g'ri kelmaydi.
Shunday qilib, so'zlaming leksik ma’nolarini quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
1. Atash ma’nosi: arslon, bo'ri, ayiq, inson, hayvon, tosh, tuproq, suv, olov.
2. Ko‘rsatish ma’nosi: u, bu, shu, o'sha, ana bu, o'shal (but, shut).
3. Ko‘chma ma’no: insonga nisbatan: tulki, chayon, laita, olov, maymun; harakatga nisbatan: yondirmoq, suv sepmoq va h.k. Ko'chma ma’noni ayni paytda ma’noning bir predmetdan ikkinchisiga ko'chirilishi deb tushunmoq kerak. Chunki ma’noning ko'chirilishi frazeologik iboralarda so'zlaming ko'chma ma’noda ishlatilishi bilan mushtarak hodisa(lar) emas.
So'zlar nutqda o'z va ko'chma ma’nolarda qo'llanadi. So'zning alohida olinganda anglatadigan ma'nosi o‘z ma’no hisoblanadi. Masalan, gap - so'zlar orqali bayon qilingan fikr; bol - asal, o'simiiklar gulidagi shiraning asalarilar organizmida qayta ishlanishidan hosil bo‘ladigan shirin, suyuq oziq mahsuloti.
So'zning nutq tarkibida boshqa so'zlar qurshovida (kontekstda) o'z ma'nosidan tashqari anglatadigan qo'shimcha ma’nosi ko'chma ma’no hisoblanadi. Masalan,
1.O't ishi - qovurmoq. Qalbida ishq o‘ti alangalandi. Gaplardagi o't so'zi ko'p ma’noli bo'lib, birinchi gapda o'z ma’nosida, ikkinchi gapda ko'chma ma’noda qo'llangan.
2.Bol so'zi quyidagi gaplarda tot, lazzat kabi ko'chma ma’nolarda qo'llangan: Til bor bol keltirar, Til bor - balo keltirar (Maqol). Tilingda bo'lsa boling, Kulib turar iqboling. (Maqol).
So'zning ko'chma ma’nolari ma’no ko'chishi asosida yuzaga keladi. So'z ma’nosi quyidagi usullar bilan ko'chadi:
1) metafora;
2) metonimiya;
3) sinekdoxa;
4) funksiyadoshlik (vazifadoshlik).
Predmetlarning belgi-xususiyatlarining nisbiy o‘xshashligiga ko'ra birining nomini ikkinchisiga ko'chishi metafora (grek. metathora - ko‘chirish) deyiladi. Masalan, dalaning etagi, qozonning qulog'i, ariqning labi, buloqning og'zi birikmalarida etak, quloq, lab, og'iz so‘zlarining shakliy o'xshashlik asosida boshqa predmetga nom bo'lib ko'chgani kabi. Metafora nutq uslublariga xoslanganligiga ko'ra ikki xil bo'ladi:
1) oddiy metafora;
2) badiiy (poetik) metafora.
Kundalik muloqotda, so'zlashuvda qo'llanadigan metafora oddiy metafora hisoblanadi. Masalan, 1. Daryoning yoqasida bir chol о'tirardi. 2.O'choq og‘zidagi o'tga qo‘yiigan qumg'on qaymmoqda. Mazkur gaplardagi yoqa, og'iz so'zlari ma'nosi metafora usulida ko'chgan.
Badiiy nutqda - nasriy va she’riy asarlarda badiiylik, obrazlilik va ta’sirchanlikni ta’minlash, ifodalash uchun qo'llanuvchi metafora badiiy metafora deyiladi. Masalan, oltin kuz, zumrad bahor, kumush qish birikmalaridagi oltin, zumrad, kuinush so'zlarining ma’nosi badiiy metaforaga misol bo'la oladi. Bir predmet, belgi, harakat nomini o'zaro tashqi va ichki bog'liqlik, aloqadorlik asosida boshqa predmet, belgi yoki harakatga nisbatan qo'llash, shunday qo'llash asosida nom ko'chishi metonimiya (grek. metonymia - qayta nomlash) deyiladi. Masalan,
samovar so'zining choyxona (Samovarda o'tirdik. Kecha samovarga chiqdim. Samovarda osh yedik kabi), zal so'zining odamlar (Zal kuldi. Butun zal oyoqqa turdi) ma’nosida qo'llanishi. Metonimiya usulida so'z ma’nosining ko'chishi ko'p kuzatiladi:
1. Fuzuliyni oldim qo'limga,
Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi. (E. Vohidov)
Baytda Fuzuliy so'zi metonimiya usulida shoir asarlari, dostonlari ma’nosida qo'llangan.
2. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. Gapda zal so'zi odamlar ma’nosida qo'llangan.
Predmetning butuni orqali qismini, qismi orqali butunini ifodalash; bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qism munosabati asosida ko'chishi sinekdoxa (grek. synekdoche - birgalikda anglash) deyiladi. Masalan, U tirnoqqa zor. Gapdagi tirnoq so zi sinekdoxa asosida farzand, bola ya’ni butun ma’nosida
qo'llangan. Sinekdoxaning quyidagi ko‘rinisliiari bor:
1) qism nomini butunga ko'chishi:
Men ham timoqqa zor emasman.
Quvnoq tongning oltin bo‘sag'asida
Tongni kutar quvnoq ming-ming ko‘z.
2) bulun nomining qismga ko'chishi: Vigil qizning qo‘iga uzuk taqdi. Besh qo‘l barobar emas. Gapda qo'l so'zining barmoq ma’nosida qo'llangani kabi.
Predmetlar vazifalarining bir xilligi, o'xshashligiga ko'ra so'z ma’nosi (nomi)ning ko'chishi funksiyadoshlik yoki vazifadoshlik deyiladi. Masalan, Qush qanot qoqdi. Samotyolning qanoti sindi kabi. Gapda qushning uchishi uchun xizmat qiluvchi a’zosi ma’nosidagi qanot leksemasining shunday vazifani bajaruvchi samolyot qismiga nisbatan qo'llanishi kabi.

Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling