4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Ijtimoiy ishning asosiy – tushunchalari


Download 42.67 Kb.
bet7/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

Ijtimoiy ishning asosiy – tushunchalari
Ijtimoiy ish nazariyasida kategoriya tushunchalar muhim rol o’ynaydi. Ular yordamida ijtimoiy ishning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari va tendentsiyalari ochiladi, ya`ni o’ziga xos kalit rolini o’ynaydi.
Tushunchalar1– voqe`likni, hodisalarni umumiy va O’ziga xos belgilari, xususiyatlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasini asosiy tushunchalarini aniqlash va undan oqilona foydalanish ijtimoiy ish haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirishga yordam beradi.
Ijtimoiy ish nazariyasi aholini ijtimoiy himoya qilishning murakkab politsentrik tizimini mantiqiy shakllarda ifodalanishi bo’lib uning tarkibiy qismlari bir vaqtning O’zida ijtimoiy jarayonlarning ham sababi, ham oqibati bo’lishi mumkin. Ijtimoiy ishni fan sifatida o’rganish va tadqiq qilish bu murakkab politsentrik tizimni turli darajadagi ahamiyatini ochib berish zarurdir. Uning asosiy komponentlari bo’lgan bilim, madaniyat, hayotiy tajriba, turli psixologiyaga va ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etishda turli darajadagi faollikka ega bo’lgan odamlar turlicha moddiy, ijtimoiy va ma`naviy ehtiyojlar va qiziqishlar sohibi bo’lib turli bioijtimoiy tabiatli kishilar ijtimoiy ish nazariyasini fan sifatidagi tarkibiy mazmunini tashkil etadi.
Ijtimoiy ishning fan sifatida strukturasi (tarkibi) faqat kishilarning O’zaro munosabatlari bilan cheklanib qolmaydi, balki ijtimoiy ishning turli sohalari va texnologiyalari bilan bog’liq g’oyalar, bilimlarning O’zaro aloqalari bilan ham belgilanadi. Aynan shu vaziyat, ya`ni inson hayot faoliyatining turli sohalari – iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy, oilaviy-maishiy sohalarda harakat etishi ijtimoiy ishning asosiy tarkibiy qismi (komponenti) va uni tizimining asosiy jamlovchi omili bo’lib hisoblanadi.
Ijtimoiy ish nazariyasini ilmiy bilimlarning nisbatan mustaqil tizimi sifatida strukturaviy tahlil etishi, aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari, muassasalari, hamda ish soha mutaxassislarining O’zaro aloqalari va munosabatlari xarakterini aniqlashdan boshlash kerak. Funktsional nuqtai nazardan ijtimoiy ish predmeti ob`ekt va sub`ektning O’zaro ta`siri hamda ularning maqsadli yo’naltirilganligini va unda sub`ektning rolini ijtimoiy boshqaruvdagi xususiyatlarini bilish juda zarur.
Uning ob`ektiv va sub`ektiv kategoriyalari ijtimoiy jarayonlarni jamiyat a`zolari hayotiy faoliyatining ham makro, ham mikro darajasini belgilash va taqiq qilishda ishlatiladi. Ijtimoiy ishda ob`ektiv va sub`ektining O’zaro ta`sirlarining hamma darajalari namoyon bo’ladi. Bu ijtimoiy ish tizimining nafaqat murakkabligini, ko’p darajaligini ko’rsatadi balki unda ijtimoiy muhitning tartibga soluvchilik roli hamda tashkiliy tuzilmalar zarurligini ham talab qiladi.
SHu bilan birga qayd etish kerakki, ijtimoiy ish sub`ekti (mutaxassis, muayyan yo’nalishli ijtimoiy xizmat, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasi, vazirligi) va ob`ekti (aniq kishi, oila, ijtimoiy guruh yoki boshqa jamoa) murakkab ijtimoiy va bioijtimoiy tizimlar bo’lib, ular ko’pgina fanlarning tadqiqot predmeti bo’lib hisoblanadilar. Bu tadqiqotlarning ilmiy yutuqlarini va xulosalarini ijtimoiy ish nazariyasi e`tiborsiz qoldirishga haqqi yo’q. Ijtimoiy jarayonlarning O’ziga xosligi shundaki, ular ijtimoiy hayotning barcha tamonlariga faol ta`sir etadilar. SHaxs, oila, ijtimoiy yoki ijtimoiy demografik guruhning qiziqishlari ehtiyojlari bilan bog’liq xususiyatlari ham namoyon bo’ladi. SHuning uchun ijtimoiy ishda boshqaruv munosabatlarining qonuniyatlari va O’ziga xosligi uning fan sifatidagi strukturasining muhim komponentini tashkil etadi.
Ijtimoiy ish strukturasiga ta`sir etuvchi boshqaruv munosabatlarining turli shakllari orasida subordinatsiya, koordinatsiya va korrelyatsiya munosabatlarini ajratib ko’rsatish lozim.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling