4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Psixologik-yo’nalgan yondashishning


Download 42.67 Kb.
bet4/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

Psixologik-yo’nalgan yondashishning asosini jamiyatda insonning psixologik rivoji va nufuzining qonuniyatlarini bilish tashkil etadi. Bunda uni tashkil etishning bir necha modellari ajratib ko’rsatiladi, ular asosida ijtimoiy ishning masalaga (muammoga) yo’naltirilgan, funktsional, ego – yo’naltirilgan va boshqalar kabi turlari vujudga keladi. Ularning, xususan, insonni bir butunlikda tushunish, anglashning xususiyatlarini ildizlari bolalik va yoshlikka borib taqaluvchi individning o’tmish tajribasining elkan rolini e`tiborga olishga bog’liq, uning ta`siri ko’pincha kishilar tomonidan anglanmaydi. Bu g’oya «pretmetli aloqalari» yoki «hayotiy tajriba aloqalari» tushunchalari bilan ifodalanadi. SHuni ta`kidlash muhimki, ijtimoiy ish nazariyasi bu turining barcha o’zgargan shakllari Freydning psixoanalitik nazariyasi bilan moslashgan holda kishi hatti-harakati stilining shakllanishiga, atrof-muhitga moslashish darajasiga o’tmish tajribasining ta`sirini tasvirlaydi.
Bu aloqada insonning bir butunligi birinchidan, uning o’z hayotiy tajribasiga an`anaviy tarzda tayanishida, shuningdek, hatto u muvaffaqiyatli tarzda o’zining o’tmish tajribasi bilan hozirgisining o’rtasidagi ziddiyatni kundalik muammolarini hal etish bilan bartaraf etishida ko’rinadi. Bu holda ijtimoiy ish xodimi uchun bilish ob`ekti bo’lib muammolari bo’lgan mijoz hisoblanadi. Kishining hozirgi ahvolga O’tmish-tajribasining ta`sirini, bu tajribaning hozirgi kun voqealigiga qarama-qarshi turishini o’rganish ko’pincha ma`lum yutuqlarga olib kelayapti.
Bu kontekstda shuni aytish mumkinki, taqdim etilayotgan nazariy yondashuv ijtimoiy ish sub`ekti sifatida inson harakatlarining ba`zi strategiyalarini ham shart qilib quyadi. Bunga mijozga yordam berish uchun texnologiyalarni tanlab olishi, u bilan muloqot qilish xarakteri, uning holati va ijtimoiy ahvolini sinab ko’rish usullariga bog’liq bo’ladi.
Ijtimoiy ishga psixologik yo’nalgan yondashuvlarni rivojlantirishdagi yana bir keng tarqalgan an`analardan biri bixevioristli yoki bixevioral kognitiv yondashuv hisoblanadi. Bu ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotining psixodinamik modellariga birinchi katta xujum bo’ladi. SHunga ko’ra ijtimoiy ish sub`ekti sifatidagi insonning bir butunligi va roli haqida tasavvurlar o’zgardi.
Ijtimoiy ishning nazariy ko’rinishdagi bunday turning asosiy g’oyasi shundaki, inson xatti-harakati, uning muhim jihatlarida turli turtkilar, sabablar vositasida insonni nazorat qiluvchi atrof-muhitning ta`sir etishi bilan belgilanadi. Muxtojlarga yordam berish modelini nazariy asoslashning bu turini «xatti-harakat psixologiyasi» deb atalgani tasodifiy emas.
Insonni bir butunlikda tushunish bu erda ancha darajada o’zgaruvchi vaziyatlarda xatti-harakat barqarorligini saqlagan holda bir xil turtki, sabablarga bir xil munosabat bildirish qobiliyatini anglash bilan belgilanadi. SHunga ko’ra ijtimoiy ish modellarining bixevioristik integratsiyasida «ijtimoiy O’rganish» nomini olgan printsiplarning umumiy to’plami juda muhimdir.
Bu erda harakatlarning psixologik mazmuni quyidagidan iborat bo’ladi: ko’pchilik kishilar bir-birining xatti-harakatiga taqlid qilib, olingan taasurotlarni O’zlashtirib va idrok etib tajribaga ega bo’ladilar. O’zgacha aytganda, inson xatti-harakatlarning kuzatilayotgan namunalarini qo’llab atrof-olamni ham, O’z harakatlarini ham modellashtiradi. Ijtimoiy o’rganishning bunday turi asosini hayot tarzining madaniy standartlariga, xulq-atvor madaniyati standartlariga taqlid qilish, O’rganish jarayoni tashkil etadi. SHunga ko’ra, ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida bilishning ob`ekti sifatida insonning bir butunligi shaxs taqlid qiluvchi madaniy namunalar tizimi sifatida anglanishi mumkin.
Boshqa tomondan, inson ijtimoiy ish sub`ekti sifatida muxtojlarga yordam ko’rsatishning biror modelini amalga oshirayotgan ijtimoiy ish xodimlari xatti-harakati namunalariga taqlid qiluvchi sifatida taqdim etilishi mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy o’rganishga kiritilishi mumkin, bunga muvofiq o’z xatti-harakatini modellashtiradi. Bunda u ijtimoiy yordam sub`ekti sifatida o’z mijozlarining xatti-harakati, psixologiyasini, motivlari, sabablarini hisobga olishga majbur. Buning hammasi birgalikda ijtimoiy ish xodimning sub`ektligini uning barcha fazilatlari va kamchiliklari bilan bixevioristcha namoyon etadi.
Keyingi uch-o’n yillikda g’arbiy nazariy an`analarda nisbatan mustaqil soha sifatida ijtimoiy ish nazariyasining gumanistik modeli shakllandi, buni ko’pincha ekzistentsial – gumanistik deb ham ataydilar. Bu yo’nalish (oqim) gumanistik psixologiyani rivojlantirgan K.Rodjers, A.Maslou, falsafa va psixologiyadagi ekzistentsial masalalar ustida ishlagan A.Kamyu, J.P.Sartra, V.Franklning, geshtal’terapiyani quvvatlagan F.Perlning ta`sirida shakllandi.
Ijtimoiy ish gumanistik modellarining asosiy qoidalari O’z muhiti bilan doimiy o’zaro harakatda bo’lgan insonni butun bir shaxs sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bu butunlik insonga olamni qabul qilishga va tuzishga qodir, qarorlar qabul qilishga va O’z hayot strategiyasini shakllantirishga qodir, vaziyatlar ta`sirida o’zgaruvchi oliy mavjudot, oliy qadr sifatida ishonch bilan ta`minlanadi. Ijtimoiy ish haqidagi bilimlarni nazariy shakllantirishga gumanistik yondashish insonning mo’tadil hayot kechirishi uchun mustaqil o’ylab harakat qilishi, mustaqilligi imkoniyatlari, insonparvarlik munosabatlarini tanlash, amaliy xamkorlikni ta`minlash zarurligidan kelib chiqadi. Faqat shu asosda shaxs ravnaqining o’zi harakat qiluvchi kuchlar uyg’onishi, shaxsiy individual va ijtimoiy sub`ektivlik shakllanishi mumkin. Bunda «O’z qadriga etish» tushunchasini markaziy xalqqa bo’lgan «Men kontseptsiya»siga, insonning O’zi haqidagi tasavvuriga yirik rol ajratiladi. Insonni anglashda, ijtimoiy ish nazariyasining gumanistik modellari unda avvalo uning «O’z qadri»ni ko’radilar. SHu asosda insonning ijtimoiy ish sub`ekti sifatida harakatlari strategiyasi tuziladi. Odatda e`tibor mijoz va ijtimoiy xodimning sheriklik munosabatlariga qaratiladi, bunda ustunlik sifatida muxtojlarning o’z-o’ziga yordami, O’z muammolarni hal etishdagi faol roliga e`tibor beriladi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling