4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Download 42.67 Kb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

Subordinatsiya (xizmatda: kichiklarning darajama-daraja kattalarga bo’ysunishi) munosabatlari – boshqaruv organlari, mehnat jamoalari va alohida shaxslar O’rtasidagi aloqalari bo’lib, boshqaruv faoliyati umumiy maqsadni amalga oshirishda birining ikkinchisiga bo’ysunishini taqozo etadi.
Koordinatsiya (o’zaro muvofiqlashtirish) munosabatlari – boshqaruvchilik jarayonida individual va umumiy maqsadlarni amalga oshirish mobaynida o’z harakatlarini muvofiqlashtirish niyatida bevosita teng huquqda bo’lgan ishtirokchilari o’rtasidagi aloqa va munosabatlar tushuniladi.
Ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish ijtimoiy ishda tizimlilik, komplekslik rolini kuchaytirish, hamda boshqaruvchilik mexanizmida koordinatsiya munosabatlarining ahamiyati kattadir.
Ijtimoiy tizimlar uchun, yuqorida qayd etganimizdek, inson bu tuzilmaning asosiy komponenti bo’lib hisoblanadi. Tizimning turli tartibli struktura (tuzilma) komponentlarining o’zaro ta`siri ularda korrelyatsion (o’zaro bog’langan) aloqalar ahamiyatini oshiradi. Ularning ma`nosi-sabab-oqibatli aloqalari ba`zida tizim harakatining sabab va oqibatlarining butun bir jamlanmasining murakkab uyg’unligini vositali ravishda namoyon qiladi. Bu ayniqsa o’zaro bog’liqlik har tomonlama chuqur va ko’p darajali xarakterda bo’lib, u yoki bu ko’rininshning sababi o’z oqibatlariga bevosita yoki bilvosita ta`sir etishi mumkin bo’lgan ijtimoiy faoliyatning nazariyasi va amaliyotiga xos hodisadir.
Ijtimoiy ish nazariyasi har qanday ilmiy nazariya kabi eksperimental ma`lumotlar, amaliy tajriba, oldingi nazariy ishlanmalar, taxminlar va farazlarni izchillik bilan anglash va o’zlashtirish orqali rivojlanadi. SHuning uchun ijtimoiy ishning tuzilmaviy ilmiy nazariyasi shartli ravishda uning asosini ijtimoiy ishning amaliy tajribasi bo’lgan piramida shaklida tasavvur etish mumkin, ya`ni ijtimoiy himoya organlari, muassasalari tizimida aholiga ijtimoiy yordam, madad va xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislarning amaliy kasbiy tajribasini ham qamrab oladi. Aynan shu asosda ishga doir aksioma va xulosalar, empirik qoidalar va tavsiyalar ta`riflanadi. Xuddi shu asosida bilimlarning keyingi mantiqiy shakllari tashkil topadi. Bu bilimlar esa ijtimoiy ishning qonuniyatlari, texnologik algoritmlari va printsiplariga ega bo’lgan ilmiy yo’nalishni yaratadi. Voqe`likni bilish, anglash, o’rganishning mantiqiy shakllari bo’lgan nazariya va amaliyot fan va tajribani bog’lovchi xalqa bo’lib ilmiy nazariyaning asosiy mazmunini tashkil etadi hamda nazariy qoidalarni voqe`lik bilan mantiqiy tarzda muvofiqlashtiradi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling