5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Ikkinchidan: boshqa insonlarga e’tibor qarating


Download 76.96 Kb.
bet3/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Ikkinchidan: boshqa insonlarga e’tibor qarating.
YA’ni hamkoringizni ko‘ziga qarang va tabassum qiling. Siz o‘zingizda energiyaga to‘laligingiz va qat’iyatligingiz bilan birga dipressiyaga tushgan holatingiz va qat’iyatsizligingizni ham ko‘rsatishingiz mumkin. O‘zingiz tasavvur qiling: oldingizda doim kulib turgan chaqnoq ko‘zlarni ko‘rsangiz qandayu, sarosimaga tushgan chehrani ko‘rganingiz qaerda. Sizning energiyaga to‘la hatti-harakatingiz o‘zingizga ishonuvchanligingizni bildiradi. Hamkoringizni sizda buni his qilishiga imkon yarating.  
Uchinchidan: yurishingizga (paxodka) e’tibor qarating.
Binoga, ofisingiz joylashgan xonaga kirishda, yoxud mijoz bilan uchrashganda qadamlaringizga alohida e’tibor qarating. YUrganingizda energiyaga to‘laligingiz, tetikligingiz bilinib tursin. Ish kunning boshidagi holatingizni kuningizni oxirigacha saqlab qoling. Boshqalar bunga e’tibor qaratishini unutmang.
To‘rtinchidan: o‘zingizni tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qarating.
Biznesmenlar qanday kiyinishi lozim bo‘lsa o‘shanday kiyinish kerak. Bundan tashqari sochingiz tartibli, taralgan, hamda yuz tuzilishingizga mos turmaklangan bo‘lishi lozim. Zebu-ziynatlaringiz voqelikka va vaziyaga mos kelishi kerak, chunki bezaklarning sifati sizning qandayligingizni ifodalab beradi.
 Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining 7 ta asosiy tomonlari mavjud. Bular:

  • Tilning ehtiyotsizligi;

  • So‘zlarida jargonlardan foydalanish;

  • Qiqirlash;

  • Aqlsizlarcha teginish;

  • Qo‘lni yashirish;

  • Saqich chaynash;

  • Xadeb yo‘talish.

Bizness etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‘zlash
Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak. Birinchi o‘rinda asosiy ma’ruzachini jamoat oldiga chiqib so‘zlashidan asosiy maqsad nimaligini aniqlab olish kerak, chunki jamoat ma’ruzachini emas ma’ruzani tinglashga kelgan.
Agar hamkoringiz ma’ruzachi bo‘lsa uni tanishtirib, so‘ng o‘rningizga o‘tirishingiz va so‘zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim. SHundan so‘ng o‘rningizdan turib, uni qo‘lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketgan vaqti uchun tashakkur bildiring.
Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki, tashqi savdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe bo‘lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keyinggi muzokaralarda mavaffaqiyat keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar matbuotda yoritiladi; ochilish marosimining e’loni; yo‘riqnomada: tashkilotning mahsuloti va rusumlari bilan tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika vositasida filmlarni namoyish qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‘yicha ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti – 17. 00 da; manzil: kirish – taklifnoma asosida; ma’lumot uchun telefon raqamlari:
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi hisoblanadi. Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi haridorni mahsulotning sifatli ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga potensial mijozlarni jalb qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda, kiyimlarni kiyib ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali sinab ko‘rishda qatnashish va h. k. bo‘lishi mumkin. Mijoz tovar bilan shaxsan tanishib, qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda onglanmagan tarzda firmaga nisbatan ishonchi orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli ekanligini yoki kompyuterdagi tekst redaktori bilan ishlashning qulayligini his qilishi orqali paydo bo‘lgan taassurotni mustahkamlovchi hissiy belgilar hamma joyda o‘zini namoyon qiladi.
Biznesmen odamning kiyinish talablari
Bugungi kunda keng tarqalgan va tan olingan kiyimlardan biri bu kostyum. Kostyum ishbilarmon odamning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. CHunki har doim inson qanday kiyinganligiga baho beriladi. Biz tanishgan insonning birinchi ko‘rinishi xotiramizda ancha vaqtgacha qoladi. SHuning uchun tashqi ko‘rinishga e’tibor bermaslik – kechirib bo‘lmas xato hisoblanadi.
Masalan, kiyimdagi ozodalik va batartiblik ishning tashkil etilganligiga bog‘liq. Tartibsizlik – besaramjonlikning sinonimidir.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling