5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик
Download 207.87 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-1
oldin qabul qiling. Ma‟lumki, sabzavot, meva-cheva va ko„katlar vujudni vitaminlar va mineral moddalar bilan
ta‟minlashda nihoyatda noyob oziq moddalardir, agar ular o„z o„rnida iste‟mol qilinsa, bu noyoblik yanada yaqqolroq namoyon bo„ladi. Palov, qovirilgan go„sht, baliq va tuxumlar bilan aralashtirilib yoki ulardan keyin yeyilgan salatlar o„z vaqtida ichaklarga o„ta olmasdan, oshqozonda kerakligidan uzoq turib qolib, achiy boshlaydi. Natijada gazlar ajralib kekirish va kuchli kislotali muhit paydo bo„ladi, jig„ildon qaynaydi. Kuchli kislotali muhitda esa ayrim vitaminlar o„z kuchini yo„qotadi. Me‟dadagi bunday aralashma ba‟zan qizilo„ngachgacha ko„tarilib, uning devoriga jarohat yetkazishi va oqibatda yaralar paydo qilishi mumkin. Shuni ham ta‟kidlash kerakki, yuqorida qayd qilingan og„ir taomlar ozmuncha ko„k piyoz, shivit, kashnich, petrushka bilan qo„shib iste‟mol qilinsa, yaxshi hazm bo„ladi. Buning sababi aynan shu ko„katlar tarkibida ayrim biologik faol moddalarning (fermentlar) mavjudligi oqsil va yog„larni parchalanishini rag„batlantiradi. Salatlarni ovqatdan oldin yeb olishning yana bir ijobiy xususiyati borki, bunday tartib semirmaslik uchun kam ovqatlanishni orzu qiladiganlar uchun asqotadi. Gap shundaki, ancha-muncha salat yeyilgandan keyin oshqozon “qappayib”, nafs biroz jilovlanadi, ishtaha pasayadi, natijada kam ovqat yeyiladi. Qovun, tarvuz, uzum va har xil mevalarni issiq ovqatlardan keyin darhol yeyish tavsiya qilinmaydi. Ular salatlar kabi 25-30 daqiqadan keyin ichaklarga o„tib ketmasa achiydi, hazm jarayoni buziladi. Eng yaxshisi bunday mahsulotlarni alohida (masalan, tushlik va kechki ovqat o„rtasida) iste‟mol qilgan ma‟qul. |
ma'muriyatiga murojaat qiling