5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet81/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi mavzu bayoni:
Bo'laklarga ishlov berish. Qo'g'irchoqni tikish
Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg'a gazlama bo'laklari, igna, gazlama rangidagi g'altak ip, qaychi, angfshvona, chizg'ich, may da to'g'nag'ichlar.
Ishning tartibi. O’tilgan darslarimizda ko'rsatilgan chizma bo'yicha qo'g'irchoq ko'ylagining andozasi tayyorlab olinadi. Unda quyidagi andozalar va detallar hosil bo'ladi:

  1. Ko'ylakning old bo'lagi - 1 dona.

  2. Ko'ylakning orqa bo'lagi - 2 dona.

  3. Yoqasi va yengning etak qismi uchun burmasi 45° burchak ostida 4 sm kenglikda bichiladi.

  4. Lozim - 2 dona.

Ko'ylakni tikish quyidagicha amalga oshiriladi (48-rasm): - ko'ylakning orqa bo'lagining o'rta chizig'ida chok haqi yo'rmab chiqiladi va o'ngini o'ngiga qaratib qo'yilib kertimgacha 0,5 sm kenglikda tikib chiqiladi, chok haqi dazmollanadi (1-rasm, a);

-orqa va old bo'laklarni bir-biriga qaratib yelka va yon qismlari bo'у lab 0,5 sm chok tikiladi, chok haqi yo'rmab qo'yiladi va dazmollanadi (1-rasm, b);



Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qo'g'irchoqning ko'ylagi qanday detallardan iborat?

  2. Ko'ylakni tikish qaysi detaldan boshlanadi?

  3. Nima uchun har bir chokni dazmollash kerak?

  4. Ko'ylakning yon va yelka chokini tikish usulini aytib bering?

  5. Ko'ylakning bo'yin va yengning etak qismiga qanday ishlov beriladi?

  6. Lozimni tikish bosqichlari haqida ma'lumot bering?


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling