Yangi dars bayoni: Qo'g'irchoqqa oxirgi ishlov berish
Qo’g’irchoqning yuz qismida o’ng tomondan qosh, ko’z va og’iz o’rinlarini belgilanadi. Qo’g’irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi qora jun ipdan tayyorlanib boshiga tikib qo’yiladi.
Qo'g'irchoqning ko'ylagi tayyor bo'lgach unga oxirgi ishlov beriladi. Ko'ylak turli iplardan tozalanadi.
Orqa bo'lak o'rta chizig'idagi taqilmasiga ishlov beriladi, ya'ni ip va ignadan foydalanib havoyi 2 ta petlya kertim bo'yicha orqa bo'lakning bir tomoniga tikiladi va petlyalarga mo'ljallab kichik tugmalarni orqa boiakning ikkinchi tomoniga chatib qo'yiladi. Ko'ylak qo'g'irchoqning tana qismiga kiydiriladi.
Lozimning bel qismiga tasma kiritiladi, pocha qismiga jiyak o'rniga gulli tasma tikiladi. Iplar qirqib tashlanadi va lozim qo'g'irchoqqa kiydiriladi.
Qo'g'irchoqning sochlarini o'rib qo'yib unga to'rtburchak yoki dumaloq shakldagi do'ppini kiydirish yoki ro'mol o'ratib qo'yish ham mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qo'g'irchoqning ko'ylagiga oxirgi ishlov berish qaysi tartibda bajariladi?
Lozimga oxirgi ishlov berish bosqichini aytib bering.
Qo'g'irchoqqa do'ppini qanday tayyorlash mumkin?
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Qo`g’irchoqqa ohirgi ishlov berish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 63-64-dars
Mavzu : To'qish uchun asbob, moslamalar. To'qish choklarini o'rganish.
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga to'qish uchun asbob, moslamalarni tushuntirish va tanishtirish, to'qish choklarini o'rganish.
Tarbiyaviy maqsadi: Mavzu bo`yicha o`quvchilarga estеtik va badiiy tarbiya bеrish
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning milliy hunarmandchilik turlariga oid bilimlarini kеngaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |