7-mavzu. Bozor iqtisodiyotga muxolif-sotsialistik yo’nalish mohiyati va uning tarixiy taqdiri


Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari


Download 40.82 Kb.
bet4/10
Sana23.10.2023
Hajmi40.82 Kb.
#1717590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7 Mavzu (1)

7.3. Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari
XIX asrning 20-30 yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari orasida sosialistik g’oyalar shakllandi. Bu g’oyalarni o’rganish bilan yangicha yo’nalishni tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va Jon Breylar edilar. Ular asosan ishchilar orasidan kelib chiqib, muammolarni hal etishda mustaqil ravishda o’z qarashlarini e’lon qildilar.
Tomas Godskin. O’tgan asrlarda ilmiy axborot va publisistika janr sifatida hali bir-biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, bu yerda biz ilmiy izlanishlarning bizning tafakkurimizga ko’ra belgilarini topamiz. Avvalo bu qo’yilgan masalaga yaqindan taalluqlidir.
1827 yilda T.Godskin «Taniqli siyosiy iqtisod» nomli kitobini e’lon qildi, lekin uning asosiy g’oyalari avvalroq 1825 yilda «Kapitalning daf qilishiga qarshi mehnatni himoyalash» asarida bayon etilgan edi.
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida degan fikrni bildirib, o’z zamondosh iqtisodchi olimlariga qarshi chiqdi. Uning fi kricha, aylanma kapital umuman yig’ilgan zapaslar emas, masalan, ishchilar novvoyxonada non yepishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib olishadi, demak, aylanma kapital - bu zapas «yig’ilma» emas, balki «mavjud» mehnatdir.
T.Godskin asosiy kapitalni to’plangan mehnat deb biladi, lekin ishchilarsiz hyech qanday mashina hyech narsa ishlab chiqara olmaydi. Bundan shunday qisqacha xulosalar chiqadiki, foyda o’tgan mehnat hisobiga emas, balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o’z egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: kapitalist tomonidan o’zlashtirib olingan foyda ishchilarning mehnatdan oladigan to’liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo’ravonlik kapitalistlar tomonidan mehnatning bo’ysundirilishi bo’lsa, ularning hokimiyati ishchi mahsulotni o’zlashtiradi. T.Godskin «...kapitalistlar o’z hollaricha Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini buzishadi, u holda bu qanday qonun bo’ldiki, u yoki bu kishilarning hohishiga qarasa!...»,- deb yozadi.
Kapitalistlar hyech narsa ishlab chiqarmaydilar, lekin ular o’zlarini ish bilan ta’minlovchi va raxnamo deb ishchilarni ishontiradilar. Bu yerda Godskin siyosiy iqtisodni ayblaydi, chunki u bir vaqtning o’zida ham ularning da’vosini oqlaydi, ham ularni xayron qolarli darajada rivojlanish hamda sivilizasiyaning buyuk va munosib quroli deb ataydi. T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi barcha jamg’arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni va kapitalistga foyda ko’rinishida tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko’p bo’lgan sari ish haqi kam bo’lishini ko’rsatib o’tadi (Bu fikr Rikardoniki bo’lganligini eslab o’taylik). Godskin esa bu fikrdan uzoqlashganligini quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. Ko’ylak va ikki juft yetikning haqiqiy bahosi mehnatning ma’lum miqdori hisoblanadi. Lekin u yoki bu tovarni qo’lga kiritish uchun ishchi kapitalist foydasiga yana ko’proq mehnat miqdorini sarf etishi kerak. Godskin ishchi ishlab chiqargan hamma narsa uning o’ziga tegishli bo’lishi kerak deb yozadi. Lekin har bir ishchining tegishini qanday belgilash mumkin? Ishlab chiqarishda mato bo’lagi yigiruvchida, to’quvchida, oqartiruvchi va bo’yoqchida, ularning hammasi turli xil shaxslardir. Bu yerda mehnat taqsimlangan. Ularning har biri alohida bitta operasiyani bajaradi va buning natijasida tayyor mahsulot yuzaga keladi. Buni qanday bo’lish mumkin? «Men bu masalani hal etishni ishchilarning o’zlariga erkin hal etish uchun berishdan boshqa yo’lni bilmayman». T.Godskin kapitalistlarda ikkita funksiyani ajratadi. Ishbilarmonlar kabi, tashkilotchi va ixtirochilar kabi ular ham ishchilardir. Lekin kapitalistlar va kapitalning vakillari kabi ular faqat ishchilarga zulm qiluvchi vositadirlar. T.Godskin bunday xo’jayinlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni maslaham bermas edi, begona o’lkalarga kashfiyotchilik va uddaburonlik bo’lib, mamlakatdagi qolgan aholiga ziyon yetkazish demakdir. Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki chorasi,- deb hisoblaydi olim, - ishchilarni kasaba uyushmalariga birlashtirishdir.

Download 40.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling