A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152
Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli 
samolyot, magnitli diska, tirkama plug, halqasimon zichlagich kabilar. 
Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‘ta sezgir apparat, sezgir asbob, 
o‘zi yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob
yurgizuvchi aravacha kabilar
1

Semantik usul – bir soha terminologiyasining «mulki» bo‘lgan 
lug‘aviy birlik ma’nosini metaforik ko‘chirish asosida ikkinchi bir 
sohaga o‘tadi. 
Semantik usul bilan terminlar hosil bo‘lishi, boshqacha aytganda
transterminlashuv (lotincha trans – «orqali, ichidan, o‘rtasidan, 
orasidan» 
ma’nolarini 
anglatadi) 
jarayonida, 
birinchidan, 
umumiste’moldagi leksemalarning muayyan soha terminlariga aylanishi, 
ikkinchidan, biror fan sohasi terminlarining ma’no ko‘chishi natijasida 
boshqa fan sohasi terminologik tizimida qo‘llana boshlashi isbot talab 
qilmaydigan aksiomadir. Ayni shunday jarayon terminshunoslikda 
1
Ўринбоев Б. Ўзбек терминологияси У.Турсунов талқинида / Тилшуносликнинг долзарб масалалари. 
Илмий мақолалар тўплами. III қисм. – Тошкент, 2006. – Б.151. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
170 
«transterminlashuv» deb atalayotganligini ta’kidlash lozim
1
. Ushbu 
terminni qo‘llash terminlar semantikasidagi semantik ko‘chim hodisasini 
boshqa (oddiy) leksik birliklardagi holatdan farqlashda ko‘proq 
ahamiyat kasb etadi. Transterminlashgan, ya’ni semantik usulda hosil 
bo‘lgan terminlar terminologik lug‘atlarning kattagina qismini tashkil 
qilib, 
ularning 
ayrimlari 
izohli 
lug‘atlar, 
ensiklopediyalar, 
ma’lumotnomalarda ham o‘z ifodasini topmoqda
2

Masalan, zooterminlarning nafaqat o‘zbek, balki boshqa tillarda 
ham transterminlashuvi kuzatiladi
3
.
I. Zooterminlar 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling