A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152
Aristotel kosmologiyasi. Aristotel (384 – 322 y.e.o.) o‘z asarlarida 
osmon, yer hamda ularning harakat qonunlari haqidagi bilimlarni 
teoremaga soldi. Aristotel astronomik kuzatishlarga tayanib, yerning va 
boshqa osmon jismlarining shakllarini o‘rgandi. Yer shar shaklda 
ekanligini uzil-kesil isbot qildi. Shu bilan birga u yer-koinotning 
markazi deb qabul qildi va Koinot cheklangan bo‘lib, uning barcha 
jismlari yer tomonidan tortib ushlab turiladi deb uqtirdi u. 
[Abduraximov A., Madaminov X. Fizika va astronomiya tarixi. Ma’ruza 
matnlari. Andijon, 2007]. 
4-topshiriq. «Siniq chiziq» usuli. Bu usulda har bir guruhdan bitta 
ekspert tanlanadi. Ular o‘z guruhining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob 
berayotganini javob varaqasidan kuzatib boradi. Alohida qismlarga 
bo‘lingan yaxlit mavzu shu tariqa takrorlanadi. Guruhlar birma-bir javob 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
164 
berganlaridan so‘ng ekspertlarga so‘z beriladi. Ular oqilona 
xulosalashlari kerak bo‘ladi.
1-topshiriq varaqasi. Dubletlarning hosil bo‘lishi. Dublet va 
uning turlari.
2-topshiriq varaqasi. Dubletning o‘ziga xos xususiyati. 
3- topshiriq varaqasi. Sohalararo va etimologik dubletlarning 
farqi.
4-topshiriq varaqasi. Dublet qoliplari. 
 
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. «Oʻzbek tilining milliy ensiklopediyasi»ning 2-
tomidan terminlarning etimologik, morfologik va sintaktik dubletligiga 
misol toping va kichik terminologik lugʻat yarating.
 
2-topshiriq. Quyidagi mavzulardan biriga ilmiy-ommabop maqola 
yozing. 
«Ruscha-baynalminal modelidagi dubletlarning yutuqlari va 
kamchiliklari», «Sohalararo dubletlarning afzalliklari va noqulayliklari».

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling