A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-topshiriq.
- Tayanch tushunchalar
3-topshiriq. Oʻzingiz oʻqiyotgan badiiy asaringizdan topgan
terminlarni guruhlang va shular asosida gazetaga maqola yozing. 4-topshiriq. Oʻzingiz oʻqiyotgan badiiy asaringizdan topgan terminlarni bittasini tanlab, «Idrok xaritasi» yarating. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 176 5-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan prezentatsiya yoki videorolik yarating. 4.2. Terminlarning struktur tuzilishi Reja: 1. Terminlarning struktur tuzilishi. 2. Sodda termin. 2. Qo‘shma termin. 3. Birikma va murakkab termin. Tayanch tushunchalar: o‘zbek terminlari, struktur tuzilishi, sodda terminlar, qo‘shma terminlar, juft terminlar, birikma terminlar, qisqartma terminlar. Terminlar xususiyatiga ko‘ra turli xil shakl va ma’nolarda qo‘llanilgan bo‘lib, ularning struktur-grammatik tuzilishini aniqlash maqsadida terminlarni shakl strukturasiga ko‘ra tavsiflash, terminlarning struktural-grammatik xususiyatlari haqida fikrlar xilma-xildir. Jumladan, I.Ismoilov 1 qon-qarindoshlik terminlarini strukturasiga ko‘ra ikkiga ajratadi: 1) tub so‘z bilan ifodalangan terminlar: ona, bola, qiz, aka, opa,jiyan, tog‘a, amma va boshqalar; 2) qo‘shma so‘z bilan ifodalangan terminlar: ammavachcha, qayinona, kattabuvi, o‘gayona kabi. M.Saidovaning fikricha, «qon-qarindoshlik terminlarining tarkibi unchalik ko‘p emas, alohida tillar bo‘yicha olinganda ham ularning soni o‘ttiztadan oshmaydi. Deyarli barcha turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili va shevalarida qon-qarindoshlik terminlari bir o‘zakli so‘zlardan iborat bo‘lib, nikohdan keyin paydo bo‘lgan terminlargina, ikki o‘zak (qo‘shma so‘z)dan iborat» 2 . M.Narziyeva qon-qarindoshlik terminlarini strukturasiga ko‘ra ikkiga ajratadi: 1) sodda (tub) terminlar: opa, qiz, aka, jiyan, tog‘a, 1 Исмоилов И. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. – Тошкент: “Фан”, 1966. – 8-б. 2 Саидова М.Ш. Наманган шеваларидаги қариндошлик терминларининг лексик-семантик таҳлили. НДА. – Тошкент, 1995, -24 б. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 177 nevara,bobo, buvi va boshqalar; 2) qo‘shma terminlar: amakivachcha, xolavachcha, qayinota, o‘gay o‘g‘il kabi 1 . Har qanday tilning lug‘aviy boyligi ko‘p davrlarning mahsulidir. Tilda biror so‘z paydo bo‘lishi bilan birga uning lisoniy tuzilishi ham o‘zgarib, shakllanib va qat’iylashib boradi. Tilda ba’zi so‘zlarning tub so‘z holatida saqlangani, aslida yasama bo‘lgan ba’zi so‘zlarning hozirda tub so‘z sifatida tushunilishi, tub so‘zlardan yasama so‘zlarning hosil qilinishi, ba’zi qo‘shma so‘zlarning sodda so‘z shakliga, ayrim birikma tipli so‘zlarning qo‘shma so‘z shakliga kelib qolishi va boshqalar qayd qilingan tarixiy o‘zgarish va rivojlanish natijasidir. Terminlar til sistemasining boshqa birliklaridan tarkibiy tuzilmasining murakkabligi bilan ajralib turadi. O‘zbek terminlarini struktur jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) sodda terminlar: burg‘ilash, shibbalash, planirovkalash, rejalash, shosse, shtir; 2) qo‘shma terminlar: qalamto‘sin, yarimko‘prik, suvto‘siq, ravoqqulf, chokto‘ldirma; 3) juft terminlar: bitumli-gruntli, sement-tuproqli, asfalt- beton, temir-beton, termos-bunker; 4) birikma terminlar: yo‘l qoplamasi, yo‘l poyi, yo‘l chetidagi ariq (kyuvet); 5) qisqartma terminlar: ABT (avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi) QTL (qurilishni tashkil etish loyihasi) TMB (tosh maydalaydigan baza) kabilar. Birikma terminlar struktur jihatdan ikki uzvlidan yetti uzvligacha terminlarga bo‘linadi 2 . Ayrim adabiyotlarda 3, ayrimlarida 4 turga bo‘linadi. Terminlar tuzilishi jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Sodda terminlar. 2. Qo‘shma terminlar. 3. Birikma terminlar. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling