A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi 
affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki 
1
Н
арзиева М.Ж. Семантическая структура имен существительных возрастной характеристики лица в 
узбекском языке. Автореф. дис… канд. филол. наук. – Ташкент, 1992. – 26 с.
2
Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик 
талқини. Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. – Самарқанд, 2018. - Б.13.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
178 
negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z 
hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, 
yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik). 
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, 
jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); 
jarima, huquq, jazo (yuridik). 
Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning 
qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik, duradgorlik 
(yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik). Affiksatsiya usuli bilan 
so‘z yasash asosan doimiy jarayon bo‘lsa ham, lekin affikslarning 
tarkibi va miqdori o‘zgaruvchan bo‘lgan. Ba’zi bir affikslar hozirgi 
davrda mahsulsiz affikslarga aylangan, yangi affikslar vujudga 
kelgan, biri-ikkinchisi bilan almashtirilgan, ba ’zi affikslar 
o‘zak bilan chatishib ketgan, affikslar allomorflari, omonimlari 
rivojlangan, affiksal bloklar va yarim affikslar bloki ko‘paygan
1

Masalan, bildiruv, serjant, nazoratchi. 
Yarim affikslar o‘z mohiyatiga ko‘ra so‘z yasalishining ikki asosiy 
usulini o‘zida mujassamlashtiradi. Yarim affikslar sodda va murakkab 
affikslar shakllarida bo‘lib, ko‘pincha fe’lning hozirgi zamon o‘zagi 
hamda ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan iborat bo‘ladi. Yarim 
affikslarning affikslardan farqi ular o‘z ma’nosini aniqroq saqlab 
qolgan bo‘ladi. Yarim affikslar sifatida hozirgi zamon fe’l negizi 
va ot yarim suffikslaridan tashqari prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar 
va frazeologik birikmalar ham so‘z yasashda ishtirok etadi. Yarim 
affikslar umumiy fe’li ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa ham ammo 
tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda. Hozirgi 
davrda keng qo‘llaniladigan yarim affikslardan: - aniz, - pazir, - 
avar, - za, - parvar, - gara, - kah va boshqa fe’l negizlari, 
shuningdek, - bandi, - gari, - bini, - rizi va shu turdagi boshqa affiks 
1
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - Toshkent, 2009. B.16.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
179 
bloklarini keltirish mumkin
1
. Masalan, otish tayyorgarligi, topografiya
mustaqil tayyorgarlik, loyihalash, transportyor. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling