A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152
Sodda tub terminlar 
Sodda yasama terminlar 
 
 
 
 
 
 
2-topshiriq. Berilgam ma’lumotlarni diqqat bilan oʻqing, hamda 
toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga qarab, ha yoki yoʻq javoblarini jadvalga 
yozing. 
 
1. Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam 
so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning 
o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi.
 
2Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi 
affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki 
negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z 
hisoblanadi.
3. Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar 
hisoblanmaydi.
 
4. Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning 
qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlardir.
5. Terminlar til sistemasining boshqa birliklaridan tarkibiy 
tuzilmasining murakkabligi bilan ajralib turadi.
6. Deyarli barcha turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili va shevalarida 
qon-qarindoshlik terminlari bir o‘zakli so‘zlardan iborat bo‘lib, 
nikohdan keyin paydo bo‘lgan terminlargina, ikki o‘zak (qo‘shma 
so‘z)dan iborat.
7. Birikma va soda terminlar struktur jihatdan ikki uzvlidan yetti 
uzvligacha terminlarga bo‘linadi.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
181 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 
7. 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-topshiriq. Berilgan matnni oʻqing va terminlarni aniqlang. 
Tuzilishiga koʻra guruhlarga ajrating. 
Fan va texnika taraqqiy etgani sari tilimizga ko‘plab yangi so‘z va 
atamalar kirib kelmoqda. Shulardan biri telefaks so‘zidir. «Amerika» 
oynomasida yozilishiga qaraganda, bu so‘z telefon va faksimil (asl 
nusxadan olingan tasvir) so‘zlarining qisqartirilgan shaklidir. Bunda 
buyumning nomi yozilgan matn, fotosurat yoki chizma telefon simi 
orqali mijozlarga yetkaziladi. 
Birinchi 
avtomobil 
Germaniyada 
paydo 
bo‘ldi, 
lekin 
haydovchilarning no‘noqligi tufayli tez-tez ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bera 
boshladi. Shunda Germaniyada chop etiladigan jurnallardan biri ajoyib 
bir taklif kiritdi. Bu taklifga ko‘ra, politsiya mashina egasiga 
guvohnoma berishdan oldin uning mashina haydashni bilish-bilmasligini 
tekshirib ko‘rishi va quvohnoma berishi kerak edi. Dunyoda birinchi 
haydovchilik guvohnomasi shu tariqa Germaniyada 1910-yildan boshlab 
joriy etilgan. 
Kunlardan bir kuni Janubiy Afrikadagi Kyeptaun shahar 
ro‘znomasining muharriri mahalliy qamoqxonadan maktub oldi. Unda 
g‘alati to‘rtburchaklar - kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, har bir katak 
ichiga bittadan harf joylashtirilgan edi. 
- Janob, - deb yozgandi xat muallifi, - men qamoqda o‘tirib bir 
o‘yin topdim. Uni krossvord deb atadim. Agar lozim topsangiz, buni 
ro‘znomangizda e’lon qilsangiz [Internet ma’lumot]. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling