A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
175
3-topshiriq. Berilgan matnni oʻqing va terminlarni aniqlang.
Yasalishiga koʻra guruhlarga ajrating.
Ispaniyaning Grenada shahri aholisi to‘rt
kun mobaynida nima
bo‘layotganini tushunishmadi. Shaharning turli ko‘chalarida biror
sababsiz politsiyachilarning
hushtagi qattiq chalinardi, ammo ko‘chada
na tartibbuzarlar bor, na politsiyachilar. Hech kim ko‘rinmasdi.
Mashina haydovchilariga qiyin bo‘ldi: shiddat bilan chalingan
hushtak shofyorlarni tinimsiz to‘xtashga majbur qilardi.
Sirli politsiyachi hatto avtobuslar
va piyodalar harakatiga ham
xalaqit berardi. Beshinchi kun hamma narsa ma’lum bo‘ldi: ko‘rinmas
politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan to‘tiqush bajarayotgan
ekan... Qarg‘alar ham, zog‘chalar ham, zag‘izg‘onlar
ham gaplashishni
bilishadi. Soykalar ham, qorayaloqlar ham va hattoki... kanareykalar
ham odamlarga o‘xshab gaplashishadi.
O‘rgatilgan it amrimizni bajarib o‘tirsa, yotsa,
biz bilan yonma-yon
yursa, «Ovozingni chiqar!» deganimizda vovullasa,
biz hayron
bo‘lmaymiz-ku. Hamma biladiki, itni shunga o‘rgatganmiz. Itni
o‘rgatish juda oson emas - undan nima talab qilayotganimizni u darrov
tushunib yetmaydi [Internet ma’lumot].
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
«Oʻzbek tilining milliy ensiklopediyasi»dan
geografiyaga oid 50 ta termini daftaringizga
yozing hamda yasalishiga
koʻra guruhlarga ajrating.
2-topshiriq. Oʻzingiz oʻqiyotgan badiiy asaringizdan terminlarni
toping va izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: