A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
187
o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura, chala o‘tkazgich, qisqa tutashuv
kabi.
b) komponentlari ruscha-baynalminal termin yoki termin-
elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan
qo‘shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi:
- agar ruscha-baynalminal qo‘shma terminning har ikkala
komponenti o‘zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida
qo‘llansa, bunday terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi.
Masalan:
karbonvodorod, elektrstansiya, radiostansiya, radiolampa,
kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi.
- birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (
anti-, avto-)
elementdan tashkil topgan qo‘shma terminlar. Masalan:
antikosinus,
antiparallel, antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen,
avtobenzin kabi.
-
boshqa holatlarda esa, ya’ni qismlarga ajraluvchi ruscha
terminlarning muayyan qismi mustaqil termindan va
de-, per-, re-, so-,
sub- kabi prefikslardan iborat bo‘lganda yoki ikkinchi komponenti
mustaqil qo‘llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi:
depolyarizator,
peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: