A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
146 
«metaforani o‘rganish so‘z ma’nosi yaratilishi uchun xomashyo 
bo‘ladigan narsani ko‘rish imkonini berishi»ni aytadi
1
. Albatta, bu 
olamlarning metafora vositasida kashf qilinishi, aynan shu hodisa 
vositasida bu olamlar haqidagi tushunchalarning shamoyil topishi va 
nomlanishini inkor etib bo‘lmaydi.
Ta’kidlash lozimki, metafora termin yasalishining eng qadimiy 
turlaridan biri bo‘lib, ko‘proq muayyan soha terminologiyasi 
shakllanishining ilk davrlariga xos bo‘ladi, ammo tamoman o‘tib 
bo‘lingan bosqich hisoblanmaydi, yangi paydo bo‘lgan fan sohalari 
terminologiyasining yaratilishida faol bo‘ladi, yetakchilik qiladi, 
masalan, bugun turli tillarda shakllanayotgan axborot texnologiyalari 
terminologiyasida (rus tilida oкно, память, меню, вирус, мышь, язык 
программирования kabi) buni ko‘rish mumkin. Aytish joizki, fan 
terminologiyasining paydo bo‘lishi va taraqqiyotida metafora alohida va 
salmoqli 
o‘rin 
tutadi. 
Masalan, 
sintaksisdagi 
fundamental 
tushunchalardan biri kesimdir, u turli tillarda turli terminlar bilan 
nomlanadi. 
O‘zbek tilshunosligida sintaktik nazariyadagi bu 
fundamental tushuncha «kesim» metafora-termini bilan atalgan, uning 
ixtirochisi esa buyuk adib va tilshunos Fitratdir. U «Nahv» asarida 
shunday yozadi: «1.Qushlar bog‘chada ertalab... 2.Cho‘lpon yaqinda 
yaxshi bir she’r... Yuqoridagi ikki so‘z qo‘shimidan hech bittasi gap 
bo‘la olmaydir, bulardan tugal «o‘y» anglashilmaydir. Bu tubandaki so‘z 
qo‘shimidan qay birini eshitgach so‘z kesildi, gap bitdi deb 
o‘ylamaymiz. Gapning so‘ngini kutamiz. Bularni tugatmak, gap qilmoq 
uchun birinchisiga sayraydir, ikkinchisiga yozdi so‘zlarini qo‘shib: 1. 
Qushlar bog‘chada ertalab sayraydir. 2.Cho‘lpon yaqinda yaxshi bir 
she’r yozdi deymiz, anglatmoqchi bo‘lganimiz o‘yni tugallatamiz. Gap 
tugaladir, so‘z kesiladir. Gapning tamomlanib, so‘zning kesilgani shu 
sayraydir ham yozdi so‘zlari bilan bo‘ldi. Shuning uchun yuqoridagi ikki 
gapning oxiridagi yozdi, sayraydir so‘zlariga «gapning kesim so‘zlari» 
1
Арутюнова Н.Д. Языковая метафора / Лингвистика и поэтика. –М.: Наука, 1979. –С.169, 173. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
147 
yo sodacha «kesim» deymiz. Gapdagi so‘zlarning oxirig‘a kelgan, o‘z 
kelishi bilan so‘z qo‘shimini gapka aylantirgan so‘z – «kesim» so‘zdir
1
«. 
Fitrat 
bu 
tushunchani 
o‘zbek ilmiy grammatikasi endigina 
shakllanayotgan paytda ana shunday metafora-termin bilan nomlagan. 
Bu termin ayni sintaktik tushunchani behad aniq va to‘liq ifodalashi 
bilan alohida diqqatga sazovor. 
Ingliz tilidagi quyidagi so‘zlarni qiyoslash mumkin: 
1) Qush, hayvon, hashorat nomlari – caterpiller («gusenisa»-
g‘ildirak vazifasini o‘tovchi keng zanjir tasma) – «gusenisali zanjir», 
«gusensali traktor»; penguins («pingvinlar»-»aviatsiyaning yerda xizmat 
qiladigan shaxsiy tarkibi»), rubber cow («rezina sigir» – havo shari), 
spider («o‘rgimchak» – kechayli gupchak, krestovina, kollektor 
yulduzi). 
2) Odam gavdasi qismlari – elbow («tirsak», «tizza», «egik» («...»)
elbow pieces («tirsakli tugunlar»), daraxt, o‘simliklar nomlari, chestnut 
coal («xol-xol gul»-dukkaklilar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simlik 
nomi-antrasiyet (toshko‘mirning eng yaxshi navi) bir xili), maishiy 
narsa-buyumlar nomlari flying bedstead («karavatning qimirlab 
turadigan sinchi» – sinov stendi), blade («olmos» – parrak, kaft, turbina 
qanoti, vertolyotning murvati (vinti), collar («yoqacha» – ...yeng 
(manjeta) va boshqalar. 
Ayrim qism (detal) va konstruksiyalarning texnik jihatdan 
takomillashishi yangi metaforik terminlarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Masalan, vertolyotni ba’zan hazillashib flying banana («uchar 
banan»), samolyotning zamonaviy shaklini esa flying cigar («uchar 
sigara») deyishadi.
Hozirgi bosqichda metaforaning tadqiqotchilari shu nom bilan 
bog‘langan ikki o‘zaro yaqin (qardosh) hodisani farqlaydilar: 1) 
so‘zning o‘z ma’nosidagi metafora va 2) yangi ma’no hosil qilish usuli 
sifatidagi metaforizatsiya. 
1
Фитрат А. Танланган асарлар. IV жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. –Б.177 – 178. 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling