Sakkizinchi oyat:
وَأَمَّا مَنْ جَاءَكَ يَسْعَىٰ
Ma’noviy tarjimasi: Ammo huzuringga shoshilib kelgan.
Tafsiri jalolayn: Ammo, sеni oldinga shoshilib kеlgan. (جاء) ning foilidan holdir.
To’qqizinchi oyat:
وَهُوَ يَخْشَىٰ .
Ma’noviy tarjimasi: Va U zotdan qo’rqqan holda bo’lgandan esa…
Tafsiri jalolayn: Va u Allohdan qo'rqqan holda (bo'lgan kishidan esa.)
Yas'aning foilidan holdir. U kishi ibn Ummu Maktumdir.
O’ninchi oyat:
فَأَنْتَ عَنْهُ تَلَهَّىٰ
Ma’noviy tarjimasi: Bas, Sen undan mashg’ul bo’lasa .
Tafsiri jalolayn: Bas, sеn undan mashg'ul bo'lasan. Bu еrda asliy fе'ldagi
ikkinchi “التاء“hazf qilindi. Ya'ni fikringizni boshqa narsaga
burasiz.
Tafsiri hilol: Uning gaplaridan achchiqlanib, yuz burishtirasan va ortga o’girilib olasan.
O’n birinchi oyat:
كَلَّا إِنَّهَا تَذْكِرَةٌ
Ma’noviy tarjimasi: Yo’q! Albatta ular (Qur’on oyatlari) eslatmadir.
Tafsiri jalolayn: Yo'q, (sеn unday qilmagin.) albatta u (ya'ni sura yoki oyat)
eslatmadir. Xalqlar uchun pand - u nasihatdir.
Tafsiri hilol: Yo’q! Bundoq bo’lmasligi kerak! Boy-badavlat , obro’li a’yonlarga alohida e’tibor berib, beva-bechora,kambag’allardan mashg’ul bo’lib yuz o’girmaslik kerak!!!
O’n ikkinchi oyat:
فَمَنْ شَاءَ ذَكَرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: Kim xohlasa, uni eslaydir.
Tafsiri jalolayn: Kim xohlasa uni eslaydi. Ana o'shani yodlaydi bas, undan
pand - u nasihat oladi
Tafsiri hilol: Ha, Qur’onni xohlagan odam eslaydi. Kim o’zi xohlab urinsa, o’sha undan foyda oladi. O’zi xohlamagan esa, uni eslamaydi. Shuning uchun , Quraysh a’yonlariga alohida munosabatda bo’lib , ular o’zlari xohlamasalar ham, hadeb Qur’on oyatlarini ularga taqdim qilaverish kerak emas. Uning o’rniga beva-bechora, kambag’al-miskin bo’lsa ham, Qur’on ta’limotlarini o’rganish ishtiyoqida kuyib-yonayotgan Abdulloh ibn Ummu Maktumga o’xshaganlarga o’rgatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |