Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat


Download 79.34 Kb.
bet7/11
Sana24.06.2023
Hajmi79.34 Kb.
#1653425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
abasa tayyor

Yigirma uchinchi oyat:
كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَا أَمَرَهُ
Ma’noviy tarjimasi: Yo’q, undoq emas! U o’ziga U zot qilgan amrni bajarmadi.
Tafsiri jalolayn: Yo'q, (haqiqatdan) Robbisi unga buyurgan narsani bajarmadi. Qilmadi.
Tafsiri hilol:Ha, kofir inson Alloh unga qilgan amr-farmonni bajarmadi. Alloh taolo uni o’ziga iymon keltirib toatida bo’lishga amr qilgan edi, bu amrni bajarmay inson kofir bo’ldj. Alloh taolo uni o’z Payg’ambari sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmadi. Ul zotga ergashmay, boshqalarga ergashdi. Alloh uni Qur’onga amal qilishga amr etgan edi, kofir inson Qur’onni inkor etib, boshqa yerdan chiqqan, buzilgan ta’limotlarga amal qildi.
Yigirma to’rtinchi oyat:
فَلْيَنْظُرِ الْإِنْسَانُ إِلَىٰ طَعَامِهِ


Ma’noviy tarjimasi: Inson o’z taomiga nazar solsin.
Tafsiri jalolayn: Bas, insonon (e'tibor nazari bilan) o'z taomiga qarasin. Qarasinki, qanday qilib unga taqdir qilib va tadbir qilganiga.
Tafsiri hilol: Ha, inson hech bo’lmasa, o’z taomiga nazir solsin! Dunyodagi son-sanoqsiz ulkan mo’jizalarga nazar solishga aqli yetmasa, qodir bo’lmasa, hech bo’lmasa, har kuni bir necha marta ehtiyoji tushib turadigan, usiz hayot kechira olmaydigan narsasi- o’z taomiga nazar solsin! Nazar solganda ham, ibrat nazari solsin. Zotan, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan narsalardan bir ham ibrat nazaridir.
Yigirma beshinchi oyat:
أَنَّا صَبَبْنَا الْمَاءَ صَبًّا
Ma’noviy tarjimasi: Albatta, Biz suvni rosa quyib qo’yibmiz.
Tafsiri jalolayn: Albatta, Biz suvni (bulutdan) o'ziga xos quyishlikda quyib qo'ydik.
Tafsiri hilol: Suvsiz hayot yo’q. Jumladan, inson taomining asosini ham suv tashkil qiladi. Inson ichadigan suvdan tashqari, taomi uchun kerak bo’lgan narsalarning birortasi ham suvsiz bo’lmaydi. Inson o’z taomiga ibrat nazari solganda, ana shu haqiqatni eng avval esga keltirishi kerak.

Download 79.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling