Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


-BOB  Kechasi bedor qoim bo‘lishning


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53

212-BOB 
Kechasi bedor qoim bo‘lishning 
fazilati haqida 
 
Alloh taolo: 
«Kechaning  (bir qismida) uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat)  bo‘lgan 
namozni o‘qing! Shoyadki Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli 
maqomda tiriltirur» (Isro surasi, 79-oyat). 
«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni tunlarini ibodat bilan 
o‘tkazib, oz uxlaydilar)» (Sajda surasi, 16-oyat). 
«Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar» (Vaz-Zariyot surasi, 17-
oyat), deb aytgan. 
1159/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari bedor 
bo‘lganlaridan ikki oyoqlari shishib ketar edi. Shunda men u zotga: «Nima uchun bunday 
qilasiz, ey Allohning rasuli? Sizning avvalgiyu keyingi gunohlaringiz mag‘firat etilgan 
bo‘lsa?» desam, u zot: «Nima, shukr qiluvchi banda bo‘lmaymi?» dedilar. Imom Buxoriy 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
va Muslim rivoyatlari. 
1160/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi qizlari Fotima (r.a.) 
huzurlariga kelib: «Sizlar namoz o‘qimadinglarmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: Tungi namozning fazilati ulug‘ bo‘lgani uchun boshqalarni ham tungi namozga 
uyg‘otish va ogoh etishga ruxsat berilgan. 
1161/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Abdulloh muncha ham yaxshi inson, agar u kechalari (tahajjud) namozini 
o‘qisa», dedilar. Solim (r.a.): «Abdulloh ibn Umar mana shu so‘zdan keyin kechasi 
ozgina uxlaydigan bo‘ldi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1162/4. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ey 
Abdulloh, falon kishi kabi bo‘lmagin. Avvaliga u kishi kechasi namoz o‘qirdi, keyin 
kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1163/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida 
kechasidan to subhgacha uxlaydigan kishi zikr qilinganida Rasululloh (s.a.v.) u kishining 
ikki yoki bir qulog‘iga shayton bavl qilib qo‘ygandir, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1164/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: 
«Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo‘yningizga uchta tugun 
tugib qo‘yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi 
uyg‘onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi 
yechiladi. Namoz o‘qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va 
g‘ayratli bo‘lib tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo‘lib 
uyg‘onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1165/7. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, 
salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni) 
taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga 
omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1166/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ramazondan 
keyingi ro‘zalarning eng afzali muharram oyidagi nafl ro‘zasidir. Farz namozlaridan 
keyingi eng afzal namoz tundagi tahajjud namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1167/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Tungi tahajjud 
namozi ikki-ikki rakaatdir. Agar subh kirib qolishidan cho‘chisang, bir rakaat vitr 
o‘qigin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari (Bu hadisni Shofe’iy 
mazhabidagilar ixtiyor qilishgan. Bizning Hanafiya mazhabimizda esa vitr uch rakaat 
o‘qiladi. Albatta bunga Hanafiya mazhabi ulamolari kelgusidagi Oishadan rivoyat qilingan 
1171-raqamli va boshqa sahih hadisni dalil qilib keltirishgan. - Tarj). 
1168/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi ikki rakat-ikki 
rakaat o‘qib, bir rakaat vitr o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
(Yuqorida aytganimizdek, bu hadisga Shofe’iy mazhabida amal qilishadi. Tarj.) 
1169/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ba’zi oylarda og‘izlari 
ochiq yurardilarki, hatto biz ro‘za tutmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Va ba’zi 
oylarda ro‘za tutardilarki, hatto biz og‘iz ochmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Agar 
u zotni kechalari namozda topishni xohlasang, namozda topar eding. Agar kechqurun 
uyquda topishni xohlasang, uyquda topar eding. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda:  Ibodatlarni ko‘paytirishga targ‘ib bor. Xususan, tundagi nafl va tahajjudlarni 
huquqlarni poymol qilmay va shartlarini kamaytirmasdan bajarish joiz. Eng afzali tunni 
namoz ila bedor o‘tkazish va ba’zi kunlarda ro‘za tutishlikni tayin qilmaslikdir. 
Chunki doim ro‘za tutishni odat qilib olinsa, nafsga mashaqqat olib keladi. Va bu bilan 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
savobi ozayib ketadi. 
1170/12. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘n bir rakaat 
namoz o‘qirdilar. Bundagi sajdada sizlardan biringiz bosh ko‘tarishidan oldin ellik oyat 
o‘qish miqdoricha turardilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakaat namoz o‘qirdilar. 
Keyin muazzin namozga chaqirguncha o‘ng tomonga yonboshlab turardilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
1171/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonda yoki boshqa 
oyda kechqurundagi namozlarini o‘n bir rakaatdan oshirmasdilar. Avval to‘rt rakaat 
o‘qirdilar. Sizlar buni chiroyli qilib, uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Ya’ni 
nihoyatda chiroyli va uzun qilib o‘qirdilar. Keyin yana to‘rt rakaat namoz o‘qirdilar. Sizlar 
buni chiroyli qilib va uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Keyin uch rakaat o‘qirdilar. 
Shunda men: «Ey Allohning rasuli, vitr o‘qishdan oldin uxlaysizmi?» desam, u zot: «Ey 
Oisha, ko‘zim uxlasa ham, qalbim uxlamaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari 
(Hanafiya mazhabida ushbu hadis va bundan boshqa hadislarga binoan vitrni uch 
rakaat o‘qishadi. - Tarj). 
1172/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning avvalida 
uxlab, oxirida turib namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1173/15. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bilan bir kecha 
namoz o‘qidim. U zot tik turaverganlaridan men bir yomon narsani qasd qildim. Shunda: 
«Nimani qasd qildingiz?» deyilganida Ibn Mas’ud (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) tik qo‘yib, 
o‘zim o‘tirib olishni», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1174/16. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kechasi Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda ruku’ qilsalar kerak, deb 
o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o‘qib bo‘lib, ruku’ qilsalar kerak, 
deb o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. So‘ng Oli Imron surasini boshladilar. Keyin 
Niso surasini shu taxlit o‘qidilar. Ohista va shoshilmay qiroat qildilar. Biror oyatni 
o‘qiyotganlarida tasbeh kelsa, tasbeh aytdilar, so‘raladigan narsa kelsa, so‘radilar, panoh 
tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar. Keyin ruku’ qilib, unda: «Subhana robbiyal 
‘aziym», dedilar. Ruku’lari qiyomlariga yaqin bo‘ldi. Keyin: «Samiallohu liman hamidah, 
robbana lakal hamd», dedilar. Unda ham uzun turdilar. Bu ham ruku’lariga yaqin bo‘ldi. 
Keyin sajda qildilar. Unda: «Subhana robbiyal a’lo», dedilar. Sajdalari ham qiyomlariga 
yaqin bo‘ldi. Imom Muslim rivoyatlari. 
1175/17. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.)  «Namozlardan qaysi 
biri afzal?» deyilganida, u zot: «Qiyom (tik turish)ni uzun bo‘lganidir», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
1176/18. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Alloh taolo uchun namozlarning yaxshisi Dovud alayhissalomning namozlaridir. Alloh 
taolo uchun ro‘zalarning eng yaxshisi Dovud alayhissalomning ro‘zalaridir. U zot 
kechaning avvalgi yarmida uxlab, qolgan uch qismida namozga mashg‘ul bo‘lardilar. 
Oxirgi hissasida, ya’ni oltidan bir qismida uxlardilar. Bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari 
ochiq bo‘lar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1177/19. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechasida bir fursat bor. 
Agar musulmon kishi o‘sha fursatga muvofiq kelib, Alloh taolodan dunyo va oxirat 
ishlaridan biror yaxshilik so‘rasa, albatta Alloh uni beradi. Bu fursat har kecha bo‘ladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1178/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz kechasi tahajjud uchun tursa, avvalo yengilgina qilib, ikki rakaat namoz o‘qib 
olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Foyda: Rasulullohga (s.a.v.) ergashgan holda tundagi namozni ikki rakaat yengilgina 
namoz bilan boshlash lozimligi ma’lum bo‘lyapti. Albatta bunday qilish uyqu asoratini 
ketkazib, oldindagi namozga tayyorgarlikdir. 
1179/21. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) tursalar, avvalo ikki 
rakaat yengilgina namoz o‘qish bilan (tahajjud namozi bilan) ochardilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
1180/22. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh (s.a.v.) kasallik yoki boshqa 
biror sabab bilan kechasi tahajjud namozini o‘qiy olmasalar, kunduzi o‘n ikki rakaat nafl 
namozi o‘qib olardilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1181/23. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir 
musulmon kechasi o‘qiydigan vazifasining hammasini yoki ba’zisini o‘qimasdan uxlab 
qolib, keyin bomdod va peshin namozi orasida o‘qib olsa, u kishi vazifasini o‘z vaqtida 
o‘qigan kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1182/24. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh bir kishiga 
rahm qilsinki u kechasi turib namoz o‘qiydi va xotinini uyg‘otadi. Ammo xotini turishdan 
voz kechadi, hattoki 
uning yuziga suv sepsa ham. Yana bir xotinga rahm qilsinki, u xotin kechasi turib namoz 
o‘qiydi va erini uyg‘otadi. Biroq eri turishdan bosh tortadi, hatto uning yuziga suv sepsa 
ham», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
1183/25. Abu Said va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Agar kishi kechasi o‘z ahli ayolini uyg‘otib, ikkovlari yoki barchalari ikki rakaatdan 
namoz o‘qishsa, zikr qiluvchi erkaklar va zikr qiluvchi ayollar qatoriga yozilishadi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
1184/26. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringizning namozda uyqusi kelsa, to uyqusi ketguncha orom olsin. Chunki uyqusirab 
namoz o‘qisa, duo qilyapman deb o‘z-o‘zini so‘kib qo‘yishi mumkin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1185/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar sizlardan 
biringiz kechasi tahajjud namoziga uyg‘onib, Qur’on o‘qishga tili qovushmasa va nima 
deyayotganini o‘zi bilmasa, yotib uxlasin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  Kechki tahajjud namoziga targ‘ib bor va uni faollik, xushu’ va qalbi bilan 
Allohga yuzlanish ila ado etish ma’lum bo‘lmoqda. 
 
213-BOB 
Ramazon kechasida qoim bo‘lish, ya’ni taroveh namoz o‘qishning 
mahbubligi haqida 
 
1186/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon oyi 
(kechasidagi taroveh namozini ado etish) fazilatiga ishonib, savobini umid qilgan holda 
qoim qilsa, oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1187/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazon kechasi 
(taroveh namozini ado etishga) targ‘ib qilib, shart etmasdan quyidagicha so‘zlarni 
aytardilar: «Kimki tarovehning fazilatiga ishonib, savobini umid qilgan holda qoim qilsa, 
oldingi gunohlari kechiriladi». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
214-BOB 
Qadr kechasida ibodat ila bedor bo‘lmoqning fazilati hamda 
Ramazon kechalarining savobi eng 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
umidli ekani bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Albatta Biz u (Qur’on)ni  qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad), qadr 
kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz. Qadr kechasi ming oydan 
yaxshiroqdir. U (kecha)da  farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhissalom) 
Parvardigorlarining izni-ixtiyorila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan 
(osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir». 
(Qadr surasi, 1-5-oyatlar). 
«Albatta biz uni bir muborak — barokatli kechada nozil qildik» (Duxon surasi, 
3-oyat), deb aytgan. 
1188/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki Qadr 
kechasi uning fazilatiga ishonib, savob umidida kechani bedor o‘tkazsa, oldingi gunohlari 
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1189/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan bo‘lgan 
kishilar Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yetinchisida Laylatul-qadrni tushlarida 
ko‘rishdi. Rasululloh (s.a.v.)  «Men sizlarning tushingizda Ramazon oyi oxirgi o‘n 
kunligining yettinchisida Qadr kechasiga muvofiq bo‘lganingizni ko‘rdim. Bas, kim bu 
muborak kechani topmoqchi bo‘lsa, Ramazon oyi oxirgi o‘n kunligining yettinchisidan 
axtarsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1190/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazon oyining oxrigi 
o‘n kunligida e’tikof o‘tirib: «Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunidan 
axtaringlar», derdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1191/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qadr kechasini Ramazon 
oyi oxirgi o‘n kunligining toq kunlaridan axtaring», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
1192/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar Ramazon oyining 
oxirgi o‘n kunligi kirsa, kechaning barchasini uxlamasdan o‘tkazardilar. Va o‘z ahli-
ayollarini ham uyg‘otib, yenglarini shimarib ibodatga astoydil sho‘ng‘irdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1193/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) boshqa oylarda qilmagan 
(ibodatlarini) Ramazon oyida astoydil bajarardilar. Ramazon oyida bajarmagan 
(ibodatlarini) oxirgi o‘n kunlik (daha) da bajarardilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1194/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men: «Ey Allohning rasuli? Qadr kechasi 
qaysi kunligini bilsam, nima deb aytay?» desam, u zot: «Allohumma innaka afuvvun 
tuhibbul ‘afva fa’fu’anniy», deb aytgin», dedilar (Ma’nosi: ey Rabbim, sen avf 
qilguvchisan va avf qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni avf et). Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
215-BOB 
Misvok hamda fitrat xislatlari 
fazilati haqida 
 
1195/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar ummatimga 
yoki odamlarga mashaqqat bo‘lmaganida, har bir namozda misvok qilishni buyurar 
edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1196/2. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar uyqudan tursalar, 
og‘izlarini misvok bilan tozalardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1197/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) ishlatishlari uchun 
misvok va tahorat suvlarini tayyorlab qo‘yar edik. Alloh u zotni qachon turg‘izishni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
xohlasa, u zot turib, og‘izlarini misvok bilan tozalab, tahorat qilib, namoz o‘qirdilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
1198/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga misvokning 
foydasi haqida ko‘p gapirdim», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
1199/5. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Oishaga (r.a.): «Rasululloh 
(s.a.v.) agar uylariga kirsalar, qaysi amaldan boshlar edilar?» desam, Oisha (r.a.): 
«Misvokdan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1200/6. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Men Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kirsam, misvokning oldi tarafi muborak tillari ustida ekan. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. Bu lafz imom Muslimniki. 
1201/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Misvok og‘izni tozalab, 
Allohni rozi qilur», dedilar. Imom Nasaiy va Ibn Hzayma rivoyatlari. 
1202/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Fitrat beshtadir 
yoki besh narsa fitratdandir. 1. Xatna qilmoq; 2. Kindik osti tuklarini olmoq; 3. 
Tirnoqlarni qisqartirmoq; 4. Qo‘ltiq osti tuklarini tozalamoq; 5 Mo‘ylovni qisqartirmoq», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1203/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Fitrat o‘ntadir», dedilar. 
Ular: 1. Mo‘ylovni qisqartirish; 2. Soqol qo‘yish; 3. Misvok ishlatish; 4. Burunga suv 
olish; 5. Tirnoqlarni qisqartirish; 6. Barmoqlar orasini yuvmoq; 7. Qo‘ltiq tuklarini 
tozalamoq; 8. Kindik osti tuklarini tozalamoq; 9. Istinjo qilmoq. «O’ninchisini unutdim. 
Og‘izga suv olish bo‘lsa kerak», deb shu hadis roviylaridan biri Vakiy’ (r.a.) aytganlar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
1204/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Mo‘ylovlarni 
qisqatirib, soqollarni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
(Fitrat — xilqat. Bu yerda qadimgi payg‘ambarlar sunnati, odati tushuniladi - Tarj). 
 
216-BOB 
Zakot shart ekanining ta’kidlanishi va uning fazilatlari hamda 
unga taalluqli narsalar haqida 
 
Alloh taolo: 
«Namozni to‘kis ado qilinglar va zakotni beringlar» 
(Baqara surasi, 43-oyat), 
«Holbuki ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, To‘g‘ri 
yo‘ldan og‘magan holda ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda 
zakotni  (haqdorlarga)  ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu To‘g‘ri (yo‘ldagi 
millatning)  dinidir»  (Bayyina surasi, 5-oyat), «(Ey Muhammad), siz ularning 
mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling» 
(Tavba surasi, 103-oyat). 
1205/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Islom besh narsa 
ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasi; namozni 
ado etish; zakot berish; Baytullohni haj qilish; Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1206/2. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Najd ahlidan bo‘lgan, sochlari 
to‘zigan bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldi. Biz uning ovozini eshitsak-da nima 
deyayotganini anglolmadik. Hattoki bu kishi Rasululloh (s.a.v.) yonlariga kelib, Islom 
haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bir kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qish», 
dedilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham bormi?» degan edi, u zot: «Yo‘q, faqatgina 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
nafl-ixtiyoriy namozlar bor», deb, yana u zot: «Ramazon oyida ro‘za tutish», degandilar, 
u kishi: «Menga bundan boshqasi ham bormi?» dedi. U zot: «Yo‘q! Faqatgina ixtiyoriy 
nafl ro‘zalari bordir», deb, yana u zot haligi kishiga: «Zakot bermoqlik»ni zikr qildilar. 
Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham bormi?» degan edi, u zot: «Yo‘q», faqatgina 
ixtiyoriy-nafl sadaqalar bordir», dedilar. Shunda haligi kishi orqaga qaytib ketayotib: 
«Allohga qasamki, mana shundan ziyoda ham qilmayman, kamaytirmayman ham», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar rost aytayotgan bo‘lsa, najot topibdi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1207/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Muozni (r.a.) 
Yamanga jo‘natayotib: «Ularni avvalo Allohdan boshqa iloh yo‘q va men Allohning rasuli 
ekanimga da’vat qil. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh har kecha va kunduzda besh vaqt 
namoz farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga 
beriladigan sadaqani Alloh farz qilganini bildirgin» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: Islomga da’vat qilishda odamlarga og‘irlik tug‘dirmaslik uchun uni bosqichma-
bosqich olib borish hamda da’vatni avvalo tavhiddan boshlash joiz. Chunki tavhid 
dinning aslidir. Alloh vahdoniyatini e’tirof etmasdan oldin hech narsa durust emas. 
1208/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishilar «La ilaha 
illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim 
qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmoqqa buyurildim. Agar 
mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida 
unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1209/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafot etdilar. Abu 
Bakr (r.a.) xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari kofir bo‘lishdi. Umar 4§: «Ey 
Abu Bakr, odamlar bilan qanday urushasiz? Vaholanki Rasululloh (s.a.v.) «Odamlar «La 
ilaha illalloh» deyishmaguncha ular bilan urushishga buyurildim. Kimki «La ilaha illalloh» 
deb aytsa, batahqiq, mendan moli va jonini saqlabdi. Faqat Islom haqida unday emas 
(ya’ni hadlarda). Ularning hisobi Alloh Taologadir», deb aytgan bo‘lsalar», deganlarida 
Abu Bakr (r.a.): «Allohga qasamki, kimki namoz bilan zakotning orasini ajratsa, u bilan 
urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Allohga qasamki, agar Rasululloh 
(s.a.v.) zamonlarida berib yurgan ulovning arqonichalik narsani menga berishdan bosh 
tortishsa, urush e’lon qilaman», dedilar. Umar (r.a.): «Allohga qasamki, Abu Bakrga 
qarab, Alloh u zotning qalblarini ular bilan urushishga moyil qilib qo‘yganini ko‘rdim. 
Bildimki, albatta bu zot haq edilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1210/6. Abu Ayubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.)  «Ey 
Allohning Rasuli! Meni jannatga olib kiradigan amal haqida xabar bering», deganda 
Rasululloh (s.a.v.) «Allohga ibodat qil. Unga biron narsani sherik qilma, namozni ado et. 
Zakotni haqdorlarga ber. Va qarindoshchilik rishtalarini bog‘lagin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1211/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar unga 
amal qilsam, jannatga kirayin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Allohga biron narsani 
sherik qilmasdan ibodat qilasan. Namozni ado etasan. Farz qilingan zakotni berasan. 
Ramazon oyida ro‘za tutasan», dedilar. Haligi a’robiy: «Mening jonim Uning qo‘lida 
bo‘lgan zotga qasamki, bunga ziyoda qilmayman», dedi. A’robiy orqasiga o‘girilib qaytib 
ketganida, Rasululloh (s.a.v.) «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qaramoqlik xursand 
qilsa, mana bu a’robiyga qarasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1212/8. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasulullohga (s.a.v.) 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling