Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Aphis gossypii Glov. Poliz biti


Download 29.39 Kb.
bet4/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
insects

Aphis gossypii Glov. Poliz biti Bu zararkunanda hammaxo‘r hasharot bo‘lib, o‘sim1iklaming 46 turiga zarar yetkazadi. MDHning butun janubiy qismida keng tarqalgan. Qanotsiz bit tanasining shakli tuxumsimon bo‘lib, bo‘yi 1,2–2,1 mm gacha yetadi. Rangi ko‘kish va sariqdan to to‘q yashil: bahor va yozda oq-sariq, o‘tsimon yashil va sarg‘ish tusda, kuzda to‘q yashil rangda bo‘ladi. Tirik tug‘uvchi urg‘ochilarning boshi, ko‘kragi, oyoqlarining uchi va shira naychalari qora tusda. Poliz biti begona o‘tlarda, asosan, tugmachagul, yovvoyi gorchitsa kabi o‘simliklarda lichinka va imagolik holatida qishlaydi.
Aphis mayolis- Suli, makkajo‘xori biti (Aphis mayolis) arpa, bug‘doy, tariq, makkajo‘xori va oqjo‘xorida uchraydi. Uning iqtisodiy zarari uncha katta emas
Aphis pomi Deg- Olma yashil biti (Aphis pomi Deg.) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)
Olma yashil biti tengqanotlilar turkumiga, bitlar oilasiga mansub hasharot. Bu zararkunanda olma ekiladigan hamma joyda keng tarqalgan. Olmadan tashqari, nok, behi, do‘lana va boshqa ayrim meva daraxtlariga ham zarar yetkazadi. Voyaga yetgan bit, uning lichinkasi daraxtlarning kurtagi, bargi, guli va yosh novdalari shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Zararlangan barg qorayib, to‘kilib ketadi, novdalar qing‘irqiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo‘lib, normal rivojlanmaydi va ko‘pincha meva biti shirasining yopishqoq axlati bilan ifloslanadi. Qanotsiz urg‘ochi bitning kattaligi 2 mm, yashil, pushti rangda ba’zan qoramtir bo‘lib, shira naychalari va dumchasi qora tusda, lichinkasi sarg‘ish rangdan to‘q yashil ranggacha, ko‘zlari qizil bo‘ladi.Tuxumining kattaligi 0,5 mm, qora tusda.
Apocheima sinerarius Ersch - Tut odimchasi.Bu hasharot 20 dan ortiq turga: meva va o‘rmon daraxtlariga, jumladan, tutga juda katta zarar yetkazadi. Uning qurti tut kurtaklari va barglarini kemirib, yeb, daraxtni mutlaqo bargsiz (yalang‘och) qilib qo‘yishi mumkin. Bu zararkunanda tut oziq manbayini kamaytirish bilan bir qatorda, daraxtlar umrining qisqarishiga ham sabab bo‘ladi. U ipak qurtiga nisbatan ko‘p barg yeydi. Tut odimchisi erkak kapalagining yaxshi rivojlangan ikki juft qanoti bo‘lib, ularda uchta qoramtir to‘lqinsimon chiziqlari bor, kulrang tanasi to‘q chiziq bilan qoplangan, urg‘ochisi qanotsiz.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling