Adobe Illustrator


Jamiyatni kompyuterlashtirish deganda nimani tushunasiz?


Download 1.45 Mb.
bet99/144
Sana22.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1794181
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144
Bog'liq
Adobe Illustrator

14. Jamiyatni kompyuterlashtirish deganda nimani tushunasiz? Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. Davlatimiz rahbarining qarori bilan 2012-2014 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy qilish dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda tashkiliy chora-tadbirlar, AKT infratuzilmasini, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, hukumat portali, davlat organlari veb-saytlari va interfaol xizmatlarni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash, tijorat tuzilmalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini qo'llash, aholi, shu jumladan qishloq aholisi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ommalashtirish ishlari batafsil va yillar bo'yicha aniq belgilab berilgan. Har qanday jamiyatning rivojlanish darajasi, shu jamiyatning axborotlashtirilish darajasi bilan chambarchas boђliqdir. Haqiqatdan ham, jahondagi dolzarb bo’lgan barcha muammolar katta hajmdagi zarur axborotlarni yig’ish, saralash, qayta ishlash, tahlil qilish orqaligina hal qilib kelingan hamda hal qilinmoqda.
* Jamiyatni kompyuterlashtirish deganda nimani tushunasiz?
AQShda 1980 yilllardan boshlab "kelajak ofisi" loyihasini zudlik bilan ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. Bunday ofisning asosini lokal informasion hisoblash to’rlari, avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari, ma’lumotlar bazasi, elektron pochta aloqasi, videotekst xizmati va videokonferensiyalar tashkil qilinishi ko’zda tutilgan edi.
* Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish zaruruyati qayerdan paydo bo’ldi, uning asosiy sabablari nimada?
Birinchidan - zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, davlat muassasalari va xo’jaliklar, idora va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun kompyuterlashtirilgan axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan - iqtisodiyot, fan, texnika, ta’lim va ijtimoiy sohalarda kompyuter texnikalari hamda texnologiyalarini keng qo’llash va zamonaviy kompyuterlashtirilgan axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan - respublikamizni jahon axborot tizimlari va xalqaro kompyuter tarmoqlariga ulanishini ta’minlash hamda o’zaro axborot almashinishini keng yo’lga qo’yish;

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling