Amaliy ish №3 Mavzu: Nurash jarayonlari, sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali qazilmalar
Download 214.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-amaliy (1)
Amaliy ish № 3 Mavzu: Nurash jarayonlari, sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali qazilmalar. Amaliy ishning maqsadi: Sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali qazilmalar bilan tanishish. Quruqlikda atmosfera agentlari (havodagi kislorod, karbonat kislota, suv) bilan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati ta`sirida nurash jarayoni degan umumiy nom bilan ataluvchi kimyoviy jarayon yuz beradi. Bu endogen jarayonlar natijasida hosil bo`lgan mineral va jinslarning hammasini fizik va kimyoviy hosil bo`lgan mineral va jinslarning hammasini fizik va kimyoviy jihatdan nurab ketishiga ayni bir vaqtda yer yuzida bunyodga kelgan yangi sharoitlarda barqaror bo`lgan yangi mahsulotlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Shu mahsulotlarning bir qismi yer yuzidagi oqim suvlar bilan erigan holda yoki mayda zarrachalar holatida olib keltiriladi va yo`l–yo`lakay suvning tezligi sekinlashgan joylarda- soylarda, ko`l va dengiz havzalarida ular yotqiziladi. Bu yerda ham o`ziga xos mineral hosil qiluvchi jarayonlar yuz beradi va uning natijasida cho`kindilar suv havzalari tubiga cho`kadi va qatlamlar hosil bo`ladi. Bunga cho`kindi hosil qiluvchi jarayon deb aytiladi. Nurash jarayonlari avvalo tog` jinslari va rudalarning harorati o`zgarishi natijasida sodir bo`ladigan mexanik parchalanishda o`z aksini topadi, bu jins tashkil etuvchi kengayish koeffitsienti turlicha bo`lgan minerallarni darzliklar va g`ovaklarda muzlab qolgan suv va boshqa faktorlar ta`sirida ajralib ketishga olib keladi. Biroq nurab borayotgan minerallarning tarkibida erigan holda kislorod, karbonat kislotasi ham boshqa gazlari bo`lgan yomg`ir va yer yuzidagi suvlar ostida kimyoviy parchalanishi yanada muhimroqdir. Shunga ko`ra bu suvlar ancha kuchli oksidlantirish va qaytarish qobiliyatiga ega bo`ladi. Grunt suvlari sathigacha singib tushib borayotgan bu suvlar tarkibidagi kislorod sodir bo`layotgan oksidlanish, gidratlanish va karbonatlanish jarayonlari sabab sekin-asta yo`qola boradi. Yuzaga kelgan erituvchi birikmalar va ba`zi minerallarni yuvib ketib g`ovaklar, ba`zan katta bo`shliqlar (karst-g`or) hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu bo`shliqlarning devorlari ko`pincha kolloidal oqiq-quyilma jinslar yoki qandaydir ekzogen minerallar kristallaridan iborat cho`tkalar yoki nihoyat, tuproqdek ohaksimon mahsulotlar bilan qoplangan bo`lishi mumkin. Birmuncha osonroq eruvchan jinslar ko`p yuvilib ketgan joylarida katta-katta g`orlarda (gips bilan ohaktosh qatlamlarida) ularning yuqori qismidagi tuproqning cho`kkanligi, ba`zan esa o`pirilishidan hosil bo`lgan voronkalar ko`rinadi. Kimyoviy barqaror minerallar (kvars, oltin, platina va boshqa minerallar), shuningdek yangidan hosil bo`lgan qiyin eruvchan minerallar Yer yuzida qoldiq mahsulotlar orasida to`planib boradi va har xil och-to`q rangli, ko`proq temir gidrooksidli va qo`ng`ir rangga bo`yalgan gilsimon massalar ko`rinishida uchraydi. Shunday yo`l bilan yer yuzida yoki shunga yaqin joylarda to`planib borayotgan erimaydigan kimyoviy nurash mahsulotlari, ko`proq gidrooksidlar va gidrosilikatlar uyumlaridan iborat qoldiq konlarini hosil qiladi. Masalan, gil, kaolin, boksit, temir, nikel va boshqa tarkibiga ko`ra shularga mos keladigan, ba`zan ancha katta maydonlarni egallagan tog` jinslarning kuchli parchalanishi natijasida paydo bo`ladigan rudalarning ko`pgina konlar shular jumlasiga kiradi. Kimyoviy nurash qandaydir foydali qazilma koni ustida ro`y bersa, yuzaga kelgan qoldiq mahsulot shlapalar (qoplam) deb aytiladi (temir, marganes, gips va boshqalar shlapalari). Bu shlyapalarda qolgan foydali qazilmaning ayrim komponentlarining miqdori yuvilish hisobiga ko`ra birlamchi parchalanmagan rudalarga, ya`ni grunt suvi sathidan pastda yotgan rudalarga qaraganda ancha ortiq bo`lib qoladi. Ba`zi yuvilib ketadigan metallar, ayniqsa mis, shuningdek ruh, kumush va boshqalar suvli eritma sifatida oksidlanish zonasining pastki qismlariga, ya`ni grunt suvi sathiga siljib borib birlamchi rudalar yoki kimyoviy aktiv yon jinslar (ohaktoshlar) bilan reaksiyaga kirishini ko`rsatib o`tish kerak. Mis sulfid konlarida shunday paytlarda ikkilamchi sulfidli boyish zonasi hosil bo`lib, zona rudalaridagi mis miqdori ancha ortadi. Kimyoviy nurash jarayonlarida iqlimiy faktorlar (yillik o`rtacha temperatura va yog`ingarchilik miqdori) katta rol o`ynaydi. Namgarchilik kam va yillik o`rtacha harorat yuqori bo`lgan paytlarda oksidlanish va kimyoviy birikmalarning to`planishi birmuncha tezroq boradi. Bunda o`sha joyning relefi ham katta ahamiyatga egadir. Tog`li rayonlarda erozion faoliyat kuchli bo`lganligi uchun kimyoviy nurash mahsulotlari to`planib ulgurmay yuvilib ketadi. Relyefi past bo`lgan rayonlarda butunlay boshqacha holni ko`ramiz. Nurash jarayonida yuzaga kelgan konlarning shakli odatda unchalik to`g`ri bo`lmagan uyasimon yoki qatlamsimon uyumlardan iborat bo`lib, yerning yuzasiga birmuncha parallel ravishda yotadi. Katta-katta yoriqlar, maydalanganda jinslar zonasi bo`ylab hamda fizik va kimyoviy xususiyatlari turlicha bo`lgan jinslar kontakti bo`ylab, ya`ni yer yuzi nurash agentlari chuqurroqacha bora oladigan o`sha joylarida tik joylashgan, chuqurlasha borgan sari ingichkalanadiyu yo`q bo`lib ketadigan ruda mahsulotlari uyumi yuzaga kelishi mumkin. Download 214.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling