Amaliy mashg'ulot №1


Download 321.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana05.10.2023
Hajmi321.39 Kb.
#1692376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Nazariy material

Tranzitor disbakterioz – chaqaloq ichi kelishi nosozligiklari bolalar 
hayotining 1 haftasi o‘rtalarida kuzatiladi. Bola tug‘ilganda steril bo‘ladi va 


tug‘ilish vaqtida teri va shilliq pardalariga onaning tug‘ish yo‘llari 
mikroflorasi o‘tadi. So‘ngra esa mikroorganizmlar tibbiy xodimlar qo‘li, 
parvarishlash predmetlari, havo va ona suti orqali o‘tadi. 
Ichakni birlamchi bakterial flora bilan qoplanish fazalari: 
1. Aseptik faza - tug‘ilgandan so‘ng 10 - 20 soatni tashkil etadi. 
2. Ichakda bakteriyalar o‘tishini ortib borishi, ya’ni bunda jarayon 
3-5 
kun 
davomida 
ichak 
bifido-bakteriyalari, 
ichak 
tayoqchasi, 
kolibiakteriyalar o‘tadi. 
3. transformatsiya bosqichi 1-chi hafta oxiridan boshlanib, 2 hafta 
davom etadi va bundan boshqa bakteriyalarni bifido flora tomonidan 
siqib chiqarilishi yuz beradi.
O‘tib ketuvchi katar genezida ovqatlantirish xarakteri odatda 
fiziologikxolat xisoblanadi. 
Tranzitor ichak katari (fiziologik dispepsiya) - tranzitor ichak katari 
odatda fiziologik xolat xisoblanadi, ko‘rinishi turlicha bo‘lib, kuniga 4 - 5 
marta suyuq ich kelishi bilan xarakterdanadi. Biroq, sanitar epidemik rejimga 
rioya qilinmaganda, sun’iy ovqatlantirilgan, parvarishlash nuqsonlari 
bo‘lganda, ikkilamchi infeksiyani tushishi yoki endogen infeksiyani 
faollashuvi yuz berishi oqibatida patologik ich ketishiga o‘tib ketishi 
mumkin. 
Buyrak funksiyasi tranzitor xususiyatlari. Oliguriya - yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlarning hammasida hayotini 2-3 kuni aniqlanadi. Oliguriya deb, 
sutkalik siydik hajmi 15ml/kg dan kam bo‘lganda xisoblanadi. Hayotining 
birinchi 12 soatida chaqaloqlarni 2/3 qismi siydik ajratadi. Oliguriya yuzaga 
kelishiga olib keluvchi sabablar: 
1. Qonda antiduiretik gormon konsentratsiyasi yuqoriligi. 
2. Fiziologik ochlik va nafas olish xisobiga kompensator 
moslashuv reaksiyasi xisoblanadi. 


Albuminuriya — yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hammasida 
uchraydi. U buyrak koptokchasi va naychasi epiteliysini yuqori 
o‘tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi. 

Download 321.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling