Amaliy matematika


Platon qarashlarida ideal jamiyat va uni shakllantirish shart-sharoitlari


Download 36.93 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi36.93 Kb.
#220246
1   2   3   4
Bog'liq
platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlari

3.Platon qarashlarida ideal jamiyat va uni shakllantirish shart-sharoitlari

Platon qarashlarida jamiyat, davlat to’g’risidagi ta’limot markaziy o’rinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo’lgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan ta’minlab turadigan dehqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. Platon 4 asosiy fazilatni farq qiladi: donishmandlik, mardlik, aql bilan ish qilish va eng asosiysi — boshqa fazilatlar o’rnini to’ldiradigan va qo’shilib ketadigan fazilat — adolat. Platonning ideal davlat to’g’risidagi orzulari asosida adolat g’oyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo’ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo’lsa, hokimlar esa qonunga qul bo’lsa, o’sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o’rnatib qo’yadigan bo’lsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yashnashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday o’zgarishlarga yo’l qo’yilmasligi zarur.3

Aflotunning jamiyat va davlat to'g’risidagi ta'limoti uning dunyoqarashida markaziy o'rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo'lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo'lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to'g’risidagi qarashlarini markaziy ta'limoti — g’oyalar nazariyasi bilan uzviy bog’liq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to'rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to'g’risidagi orzulari negizida adolat g’oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a'zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo'ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.

Platonning ijtimoiy qarashlari haqida rus adibi va faylasufi Chernishevskiy, Aristotel «Poetika»sining ruscha tarjimasiga yozgan taqrizida «Platonni ko’pchilik odamlardan va kurrai zaminimizdan olisda, sezib bo’lmas, tumanli, g’aroyib va go’zal o’lkaga oshiq, xayolparast, deb hisoblashgan. U mutlaqo unday kishi bo’lmagan, u yulduzli olamlar kurrai zaminimiz, sharpalar haqida emas, balki inson haqida fikr yuritgan. Avvalambor Platon «inson davlatning grajdanini bo’lmog’i lozim degan», — deb yozgan edi.4

Platon ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. Faylasuf «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzum to’g’risidagi nazariyasini o’zining markaziy ta’limoti — «g’oyalar» nazariyasi bilan chambarchas bog’lagan holda ilgari surdi.

U ilgari surgan ideal jamiyat namunasi takomillashma empiric voqelikka qarama-qarshi turadi. Biroq, «Davlat» asariga ko’ra, «qununlar»da mavjud tuzum bilan birmuncha kelishuvchanlik pozitsiyasi egallaydi.

Platon «Siyosat» asarida esa ilmiy bilish doirasini amaliy va nazariy maqsadlarga bo’ladi. Yozma buyruq beruvchi fan­ga, davlat kishisiga zarur bo’lgan fanni kiritadi.Uning vazifasi — davlatni boshqarish. Uning davlatni boshqarish san’ati tabiatan cho’ponning san’atiga o’xshaydi.

Platonning xayoliy (utopik) davlatida jamiyat uchun zaruriy ishlar maxsus kasbga ega bo’lgan kishilar o’rtasida taqsimlangan bo’lib,ular yaxlit garmonik birlikni tashkil etadi.

Mehnatning taqsimlanishida Platon o’z davridagi zamonaviy davlat tuzumining zaminini ko’radi.

Kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun boshqa mamlakatdan zaruriy oziq-ovqatlarni, kiyim-kechaklarni olib kelish va ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.Ideal davlat tepasida sof va abadiy g’oyalarni kuzatuvchi faylasuf-donishmandlar turadi.Ularni harbiylar himoya qiladi.Barcha hayotiy manbalarni erkin dehqonlar va hunarmandlar ta’minlab turadi.

Faylasuflar va harbiylar hech qanday xususiy mulkka ega bo’lmaydilar.Agar ular oltin va kumushlarni saqlasalar, ayovsiz ravishda qattiq jazoga tortiladilar.

Mulkchilik — dehqonlar va hunarmandlarning imtiyozlari. Bu imtiyozlar ularga xalaqit bermaydi, biroq oliy maqsadlarni ko’zlaydigan faylasuflar uchu u o’ta halokatlidir. Platonning ideal jamiyatida alohida yashovchi oilalar bo’lmaydi, balki birlashgan nikohlar bo’lib,tug’ilgan bolalar jamiyat hisobiga tarbiyalanadi. Ularning umumiy ota-onalari davlat hisoblanadi.Bolalar yoshligidanoq davlatga sodiq bo’ladilar.

Aristokratik nuqtai nazarni himoya qilib kelgan Platon bu muammoni hal etishda birmuncha yengilroq shart qo’yadi. Uning bu shartiga ko’ra: inson kelib chiqishi jihatidan qaysi tabaqaga taalluqli ekanligi muhim emas va uning ma’naviy va axloqiy xususiyatlari o’rtasida hech qanday bog’liqlik bo’lmaydi. Oliy va ma’naviy,aqliy qobiliyatli inson quyi tabaqadan лудши chiqishi mumkin va aksincha,erkak va ayol yuqori tabaqaga mansub bo’lsalarda, lekin ulardan tug’ilgan bola quyi tabaqaga mansub bo’lishi mumkin. Shuning uchun hokimlarning vazifalari tug’ilgan bolaning ma’naviy qobiliyatini aniqlash va bolani mazkur uch tabaqadan qay biriga tegishli ekanligini belgilab,o’sha tabaqaga topshirishi lozim. Biroq Platon orzu qilgan ideal davlat tuzumi amalga oshmaydigan,xayoliy davlat tuzumi bo’lib,buyuk xayolparastning mulki bo’lib qolgan.

Platonning fikricha, mukammal jamiyat to’rtta asosiy shon-shavkatga: donolik, qahramonlik,tiyuvchi me’yor va adolatlilik fazilatlariga ega bo’lmog’i lozim. Platonning fikricha,donolik bu oliy ilm yoki umuman davlat haqida gap borganda yaxshi maslahat berishga qodir kishining oqilligidir.

Qahramonlik donolik kabi tor doiradagi guruhga taalluqli xususiyat,biroq qahramonlik xususiyatiga ega bo’lgan kishilar donolarga nisbatan ko’proq bo’ladilar.



Download 36.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling