Aniqlash usullari


Vulqonlar va radon variatsiyasi


Download 1.61 Mb.
bet27/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

1.5.2. Vulqonlar va radon variatsiyasi
Hozirgi paytda sayyoramizda 1000-1500 atrofida harakatdagi vulqonlar bor. Harakatdagi vulqonlar deyilishiga sabab, oxirgi 10000 yil davomida magma otgan vulqonlarga nisbatan aytiladi [51, 52]. Vulqon otilganda, atrofga suyuq magma bilan juda ko‘p miqdorda qaynoq jismlar, tutun, bug‘ va har xil gazlar (N2, Ne, O2+N2, SO, SO2 va Rn) tarqaladi. Ko‘p hollarda zilziladan farqli o‘laroq, vulqon otilishida uning markazi va ta’sir doirasi oldindan ma’lum bo‘ladi. SHu sababdan vulqonlarni tekshirish osonroq, ayniqsa aholi yashaydigan zonalarga yaqin joylashgan vulqonlar atrofida maxsus ilmiy tekshirshp laboratoriyalari, ogohlantirish va xavfsizlik xizmatlari joylashgan [53, 54]. Seysmik zonadagi tuproq g‘ovaklaridagi, issiq va sovuq suvlardagi gazlar (N2, Ne, O2+N2, SO, SO2 va Rn) tarkibining keskin o‘zgarishi vulqon otilishidan darak beradi.

Vulqon otilishi va suvlardagi radon o‘zgarishiga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlar ushbu adabiyot [51, 55]larda keltirilgan bo‘lsa, keyingi ishlar 1966-1972 yillarda, rus olimi A.M. CHirkov va uning hamkasblariga tegishlidir. Ular tomonidan, Karimskiy vulqoni (Rossiya) otilishidan avval va keyin er osti suvlaridagi radonning variatsiyasi o‘lchangan [56]. Radon sovuq suvda yaxshi erishi ma’lum, ammo Karimskiy vulqonidagi issik suvlar ham radonga boy bo‘lgan. Buning sababi, suvda vujudga kelgan Van-der-Vaalьs kuchlari ta’sirida radon atomlarini suv molekulalari bilan bog‘laydigan klatrat birikmalarning hosil bo‘lishidir. Suvdagi rN darajasining pasayishi, suv va radon bog‘lanish kuchlarining kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi va radon atrof-muxitga ko‘proq ajralib chiqadi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling