Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet5/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

Madda, pustula — teri damidan kutarilib turadigan va ichida yiring buladigan bushliq element. Pustulalar odatda utkir yalliglanish tabiatida buladi, ayrim kasalliklar, masalan, zaxmda pustulalar o‘tkir bulmagan yallig‘lanish bilan kechadi. Pustulalar shakli yarimsharsimon va yasen konussimon buladi, ularning kattaligi esa nuxotdek, ba’zan olchadek keladi. Infeksion mikroorganizmlarning (stafilokokk, streptokokk) hayoti davomida ajralib chiqqan toksinlar ta’sirida epitelial hujayralar nekrozga uchrab, natijada epidermisda yiringli kavak vujudga keladi (6- rasm). Pustulalar terining qaysi qismida joylashishiga karab, yuza (faqat epidermis bo‘ylab joylashadi) va chuqur (derma, gipodermada) xillarga ajratiladi. Epidermis buylab joylashgan va qora kutir hosil qilishga moyil maddalar impetigo deb ataladi. Bunday maddalar urnida odatda vaqtinchalik dog‘ koladi.
Bundan tashqari maddalar soch follikuliga nisbatan joylashishiga qarab follikulyar (soch follikuli bilan bog‘langan) va nofollikulyar maddalarga bulinadi. Kelib chiqish sababiga kura follikulyar maddalar, odatda stafilokokklarga bog‘lik bulsa, nofollikulyar maddalar streptokokklarga aloqador buladi. Soch follikulasining ustki kismi yiringli yallig‘langanda steofollikulit yuzaga keladi (bunda yiring markazidan soch chiqib turadi) va atrofi picha qizargan bo‘ladi. Follikulitlar yuza bo‘lganda o‘zidan so‘ng deyarli xech qanday iz koldirmaydi, ba’zan soch follikulasining butun tanasi yiringli yallig‘lanadi, bunda madda chuqur joylashadi va bitganida o‘rnida chandik qoladi. Chuqur follikulitlar uchun og‘riq va atrofida infiltratlar (furunkul) bo‘lishi xos, ular yorilganda yara hosil bo‘lib, chandiq bilan tugallanadi. Nofollikulyar yuza pustula (nozik, yasen) fliktena deyiladi. Dermada joylashgan chukur nofollikulyar pustula ektima deyiladi. Fliktena bi- lan ektima streptokokkli piodermitlarda kuzatiladi, ba’zan chuqur nofollikulyar pustulaning (ektimaning) yuzasi qalin kavat bilan (yiringning qurib qolishi natijasida) qoplanadi, tagida chukur yara yoki rupiya hosil bo‘ladi. Ektima yoki rupiyaning yuzasi ataylab ko‘chirilsa yoki o‘zi ajralsa yara xosil bo‘lib, keyinchalik chandiqlanib qoladi. Yog‘ bezlari bilan bog‘liq pustula a k ne (husnbuzar) deyiladi. Akne yog‘ bezining butun asosi bilan dermada chuqur joylashishi mumkin.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling