Atomning elementar zarrachalari protonlar, neytronlar, elektronlar


Download 283.86 Kb.
bet1/15
Sana17.02.2023
Hajmi283.86 Kb.
#1205302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI

ATOM TUZILISHI VA ELEMENTLARNING DAVRIY SISTEMASI. ATOM TUZILISHI TO’GRISIDAGI NAZARIYALAR, KVANT MEXANIKASI VA KVANT SONLARI, ATOMNING ELEMENTAR ZARRACHALARI - PROTONLAR, NEYTRONLAR, ELEKTRONLAR.

Atom murakkab tuzilishga egadir. Atomning markasida yadro va uning atrofida electron harakat qiladi. Atom yadro si – proton va neytronlardan (umumiy nomi nuklonlar – ya’ni lotin tilida nucleus-yadro ) iborat. yadro dagi protonlar soni element tartib nomeriga tengdir. element atomining yadro zaryadi kimyoviy element belgisining pastki qismiga yozilsa, nisbiy atom massasi esa yuqori qismiga yoziladi. Masalan, .


Elementning nisbiy atom massasi – proton va neytronlar yig’indisidan iborat. Ar =Z+N Z- element tartib nomeri(yadro zaryadi); N- neytronlar soni.
Masalan: kaliy element atomida Z=19, Ar=39, N=Ar – Z=20
Tabiatda 110 ga yaqin element bo’lgani holda, atomlarning turlari 1500 ga yaqindir. Bunga asosiy Sabab izotoplardir.
yadro zaryadi bir xil, lekin atom massalari turlicha bo’lgan kimyoviy elementlar turkumi izotoplar deyiladi. Ularda protonlar va elektronlar soni bir xil, ammo neytronlar soni har xil bo’ladi:

Tabiiy elementlar orasida massa sonlari o’zaro teng, lekin yadro zaryadi har xil bo’lgan elementlar izobarlar deyiladi:
Atomlar orasida neytronlar soni bir xil bo’lgan zarrachalar izotonlar deyiladi: N(F) = 19 – 9 =10; N(Ne) = 20 – 10 =10. Izotonlar murakkab moddalarda ham uchrashi mumkin. Masalan yuqoridagi moddalar bilan D2O izotondir.
Elektron kvant sonlari va atomda elektronlarning to’lib borishi
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yadrolari o’zgarmay qolib, faqat elektronlarning atomlar orasida taqsimlanishi natijasida electron qobiqlarda o’zgarish bo’ladi. Atomlarning electron berish yoki biriktirib olish qobiliyati ularning kimyoviy xossalarini belgilaydi
Elektron ikkilamchi (zarracha va to’lqin) tabiatga ega. elektronlat to’lqin tabiatli bo’lishi tufayli ularning atomda yadro dan qanchalik uzoq masofada turishiga bog’liq bo’lgan faqat aniq energiya qiymatiga ega bo’la oladi.
Yaqin energiya qiymatlariga ega elektronlar bir energetic pog’onani (qobiq, qavat) hosil qiladi.
Energetik pog’onalar ham o’z navatida s-, p-, d- va f-pog’onachalarga bo’linib, ularning soni qobiqlar soniga tengdir.

Download 283.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling