B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Natijalarni aniqlash 
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi 
jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport 
bazasida «tur» shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat 
jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar 
yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 
1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi. 
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, 
o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; 
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati; 
v) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati; 
g) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati. 
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz 
kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha 


248 
uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VDning «Intizom Kodeksi»ga 
muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan 
barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi. 
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning 
yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga 
ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.
Rag‘batlantirish 
Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim 
maktab, KHKlari yoki ALlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston 
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTU hamda 
viloyatlardagi OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul 
qilinish huquqini beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar. 
Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va oltin 
medallar bilan taqdirlanadi. 
2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar, muvofiq diplomlar 
kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi. 
O‘yinchilar O‘zbekiston Chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib 
kelgan natijalariga asosan O‘zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy 
talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar 
bo‘ladilar. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling