B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
«Tarixi muluki Ajam»da ahamoniylar sulolasining so'nggi vakili
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
«Tarixi muluki Ajam»da ahamoniylar sulolasining so'nggi vakili Doro I I I zolim podshoh sifatida tasvirlanadi. Iskandaming Doro taxtini tortib olishi ijobiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shuningdek, asar muallifi Iskandar haqidagi juda ko'p ma’lumotlardan xabardor bo'lgani holda, uni vali deya ta’riflaydi. Biroq «ba’zilar unga nubuwat isnodi qilibdurlar» tarzidagi ayrim tarixchilam ing Iskandarga payg'ambarlik nisbatini berganliklariga e’tiroz bildiradi. Asarda Bahrom G o'r adolatli shoh bo'lsa- da, uning g'ururga, kayf-safoga berilishi, shaxsiy manfaatlar qurboniga aylangani bois mamlakat va xalqini yomon ahvolga solib qo'yishiga e’tibor qaratiladi. Podshohning ana shu illatlari uning saltanatini xavf ostida qoldiradi, faqat u qattiq kurashlar olib boigani uchun taxtini egallaydi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Sulton Husayn Boyqaro tarixini ham yozish niyatida ekanligini e’tirof etadi. Ushbu istak asar www.ziyouz.com kutubxonasi xotimasida keltirilgan masnaviyda o'z ifodasini topgan. Unda ulug‘ shoirning odil shoh haqidagi falsafiy qarashlari Husayn Boyqaro timsolida badiiylashtixiladi (16. 255-257.). Biroq muallifning bu orzusi amalga oshmagan ko'rinadi. «Tarixi m uluki Ajam » teran ijtim oiy-siyosiy, axloqiy-ta’lim iy mazmunga ega bo‘lgan asar bo‘lib, u bilan muallif turkiy tilda tarixiy asar yozishning o‘ziga xos uslubini namoyon etdi. Asar tilining soddaligi, uslubining ravonligi bilan keyingi davrlardagi tarixnavislik ravnaqiga muhim hissa bo'lib qo'shildi. Asardagi she’riy parchalar, hikoyat-u rivoyatlar o'tmishda tarixnavislik badiiy ijod bilan uyg'un uslubda olib borilganligini dalillaydi. Shuningdek, «Tarixi muluki Ajam» ulug' o'zbek shoiri dostonlarini o'iganish, Eron mifologiyasi bilan yaqindan tanishish hamda Alisher Navoiyning o'ziga xos nasriy uslubini ilmiy tadqiq etishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. «Tarixi anbiyo va hukamo» (Payg‘ambarlar va faylasuflar tarixi). Bu asar hijriy 890-904 (melodiy 1485-1498) yillar oralig'ida yozilgan bo'lib, u bashariyatni iymon-e’tiqodga da’vat etuvchi, o'zlarining hamida axloqi, yuksak insoniy fazilatlari bilan kishilarga o'm ak bo'luvchi, hayratomuz mo'jizalari bilan Allohning bir-u borligi, yagonaligiga iymon keltirishga undovchi payg'ambarlar va ilm -u hikmat sohibi bo'lgan donishm and—faylasuflar hayotining ib ratli lavhalari, hikm atli so'zlaridan tarkib topgan. Ma’lumki, payg'ambarlar tarixiga oid rivoyat- u hikoyatlami o'zida mujassamlashtiigan asarlar Alisher Navoiy davriga qadar ham yaratilgan. Jumladan, «Tarixi Tabariy», «Tarixi Banokatiy» singari mo'tabar manbalarda ba’zi podshohlaming yurishlari bilan bir qatorda payg'ambarlar qissalari ham keltiriladi. Shuningdek, Nosiruddin Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy» asari turkiy adabiyotda ayni mavzuga bag'ishlangan eng yirik nasriy asar sifatida ma’lum va mashhurdir. Alisher Navoiy ham bu mavzuga murojaat etib, turkiy xalqlami ulug' nabilar hayoti bilan bog'liq qissalar va hakimlaming purma’no fikrlaridan bahramand etishni ulug' saodat deb biladi. «Tarixi anbiyo va hukamo» ikki qismdan tarkib topgan. Asaming dastlabki qismida Odam alayhis-salomdan boshlab Nuh, Ismoil, Y a’qub, Yusuf, Muso, Horun, Sulaymon, Iso, Luqmoni hakim singari ulug' payg'ambarlar hamda As’hobi qahf voqeasi haqida ma’lumot beriladi. Asaming payg'ambarlar tarixiga bag'ishlangan dastlabki qism i Odamning yaratilishi voqeasi bilan boshlanadi hamda «As’hobi qahf va ba’zi mutafarriq axbor» bayoni bilan nihoyalanadi. Anbiyolar haqidagi www.ziyouz.com kutubxonasi qissalar uslubining sodda va ravonligi, xalq og'zaki badiiy ijodiga yaqinligi bilan ulug‘ adibning boshqa nasriy asarlaridan farq qiladi. Asarda nomlari keltirilgan payg'ambarlar bilan bog'liq voqealar dastlab muayyan qahramonni tanishtirish mazmunidagi boshlanma bilan ibtido topadi. Adib ulam i tanishtirish jarayonida turli manbalardagi ma’lumotlami o'quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Jumladan, Luqmoni hakim haqidagi bir-birini inkor etuvchi quyidagi fikrlar asarda o'z ifodasini topgan: «Ta’rix ahlidin ba’zi ani hukamo silkida mazkur qilibdurlar. Va ko'prak el ani payg'ambar debdurlar. Va ba’zi rivoyatda mundoqdurki, tengri taolo nubuwat va hikmat orasida muxbir qildi. Har taqdir bila «Va laqad otayno Luqmonal hikmata» aning sha’nidadur. Bo'la olurki, bovujudi nubuwat hikmat dag'i anga nasib bo'lmish bo'lg'ay. Rangi qaro erkandur. Dovud alayhis-salom suhbatig'a musharraf bo'lur erdi. Va andin ko'p g'aroyib vujud tutar erdi. Ba’zi debdurlarki, qul erdi va ozod bo'lg'onida muhtalif rivoyat bor» (16, 168). Ko'rinadiki, muallif islom tarixiga oid manbalardagi ma’lumotlami umumlashtiradi, bir-birini inkor etuvchi qarashlami asarda yondosh keltiradi va ulardan ba’zilarini Qur’oni karim oyatlari asosida quwatlantiradi. M uallif Luqmoni hakimni «tengri taolo nubuwat va hikmat orasida muxbir qil»ganiga ishonch hosil qilgani bois uning qutlug' nomini asaming ham anbiyolar va ham donishmandlar faslida keltiradi. Alisher Navoiy payg'ambarlar qissalarini imkon qadar muxtasar va sodda tilda bayon qilishni maqsad qilganligi asardagi ba’zi ishoralardan ayonlashadi. Jumladan, «Muso va Horun alayhis-salom» qissasida Muso payg'ambaming tug'ilishi, go'dakning Allohning cheksiz inoyati bilan Fir’avn zulmidan asrab qolinishi hamda Shu’ayb alayhis salom qo'ylarini boqishi voqealari ixcham bayon etiladi. Shu’ayb payg'ambar Musoni Safura ismli qizga uylantirib, o'n yildan so'ng Odam Safiyulloh jannatdan chiqaigan hassasini unga beradi. Muso payg'ambar Misiga yo'l oladi. Shu o'rinda Alisher Navoiy Muso alayhis-salomga payg'ambarlik a’molining nasib etilishini quyidagicha tasvirlaydi: «Chun Muso alayhis- salom besh kun yuridi, Tursino tog'ig'a yetishti. Oltinchi kechakim havo sovug' bo'lub, bulut olamni tiyra qildi. Safurag'a tug'urur dardi paydo bo'lub, o'tqa ehtiyoj bo'ldi va ul tog' sori mutavajjih bo'ldikim , o't ketuigay. Ko'p yuig'ondin so'ngra bir yorug'lug' ko'rundi, yetkoch, ul yorug'lug' bir daraxtda erdi, Muso alayhis-salom yetkoch, daraxtqa chiqti. Va ul yorug'lug' qoshida quyosh nuri tiyra ko'rundi, ammo yig'ochni kuydurmay, yafrog' va shoxlarin tozaroq qilib erdi. Muso www.ziyouz.com kutubxonasi alayhis-salomg‘a hayrat g‘olib bo'lub dedi: Yo rab, bu na hoi erkin? «Inni analloh» nidosi kelib, Muso alayhis-salom ning davlatmand boshig‘a risolat toji qo'yuldi va saodatmand egniga nubuwat xil’ati kiyduruldi va yadi bayzo va aso mo‘jizasi karomat bo'ldi. Va orada o‘tkon mukolama «Toho» surasida ma’lum bo'lur» (16.136). Ayonlashadiki, m uallif asarining asosiy manbasi Qur’oni karim bo'lgani bois ba’zi voqealar tafsilotlari xususida undagi muayyan suralarga ishora qilinadi. Qissada Muso alayhis-salomning F ir’avn bilan muloqot qilishi va uni «tengri taolo ubudiyatiga (bandalikka) dalolat» qilishi, Fir’avn esa undan mo'jiza ko‘rsatishni talab etishi lavhalari asar payg'ambarlar mo‘jizalari bilan o‘quvchini ko'proq tanishtirish maylida bunyod etilganidan dalolat beradi. Bu hodisa Iso alayhis-salom qissasida ham o'z ifodasini topgan. Muso alayhis-salom hassasini tashlaganida, и ajdarhoga aylanadi. Haybatidan bir necha kishi halok bo'ladi. F ir’avn hushidan ketadi, o'ziga kelib, Muso alayhis-salomdan hassani olishni iltimos qiladi. Alloh elchisi ajdarhoni «yadi bayzo»ni (oppoq qo'l; zo'r, kuch, qudratli qo'lni) ko'rsatib qo'liga olganida, и yana hassaga aylanadi. «Tarixi anbiyo va hukamo»dagi Sulaymon alayhis-salom bilan bog'liq qissada Sulaymon payg'ambarning ulug‘vorligi-yu, biroq uning bu hashamati Tangri taollo qudrati oldida zarrachalik qadrsizligi bayonidan iborat rivoyatlarga o'rin beriladi. Qissa so'ngida keltirilgan ruboiyda dunyoning o'tkinchiligi mo'r—ilon bilan aloqador hayotiy tam sil vositasida o'z ifodasini topadi. Ruboiy nafsdan g'olib kelish, ma’naviy- ruhiy kamolotga da’vat ruhida ijod etilgani bilan ahamiyatlidir: «Ruboiy: Olamni Sulaymong'a haq etmish ma’mur, Hukmi soldi jin -u bashar xaylig'a sho'r. O xir chu ajal anga maqom ayladi go'r, Tufroq ichida qildi vatan o'ylaki mo'r (16.168). «Tarixi anbiyo va hukamo»ning ikkinchi qismi «Hukamo zikri» deb nomlangan bo'lib, unda bashariyat tarixida katta nufuzga ega bo'lgan Luqm oni hakim , Fishog'urs, Jom osp, Buqrot, Buqrotis, Suqrot, Aflotun, Aristotilis, Balinos, Jolinus, Batlim us, Sodiq, Buzuijm ehr singari olimlar haqida ixcham tavsif va m a’lumotlar beriladi, ulaming hikmatli so'zlaridan namunalar keltiriladi. «Hukamo zikri»ning eng muhim fazilati shundaki, shoir o'sha faylasuflar tomonidan aytilgan purma’no fikrlaming asl mohiyatini bir bayt she’rda umumlashtiradi. Baytlar nihoyatda ta’sirchanligi va xotirada oson muhrlanishi bilan ahamiyatlidir. Umuman olganda, «Tarixi anbiyo va hukamo»ning har www.ziyouz.com kutubxonasi ikkala faslida ham insoniyat tarixida evrilishlar paydo etgan buyuklaming hayoti, hikmatli so‘zlaridan ibrat olishga da’vat etiladi, msonnning kom illik rutbasini qozonishi uchun asos bo'lgan um um insoniy qadriyatlar haqida fikr yuritiladi. Fikr tasdig'i sifatida «Hukamo zikri»dan tanlangan ayrim parchalami keltirish bilan kifoyalanamiz: Buqrot hakim. Fishog'ursning shogirdidur. Va Bahman chog‘ida erdi va tibb ilmida mohir erdi va tasonifi bor. Va fusuli Buqrot ul jumladindurkim, atibbo qoshida bag'oyat mu’tabardur. U l debdurkim, umr qisqadur, ish uzun. Oqil uldurkim , bu qisqa umrni bir nimaga sarf qilg'aykim, zaruratroqdur, ya’ni oxirat maslahati va tengri taolo rizosi. She’r: Kishiki qildi amal tengrining rizosi bila, Haq у yetti oxiratin kom-u muddaosi bila (16 .19 1-19 2 ). Aristotolis. Aflotunning shogirdidur. Iskandaming vaziri erdi. Aning so 'zlarid in budurkim , podshoh ulug' rudg'a o'xshar va atboi arig'larg'akim, ul ruddin ayrildilarkim , rud suyig'a har hoi bo'lsa, arig'larg'a hamul holdur. U l chuchuk bo'lsa, bular chuchuk; ul achig' bo'lsa, bular achig'; ul sof bo'lsa, bular sof. U l loy bo'lsa, bular loy. Bas, podshohg'a vojibdur g'oyat hikmat va e’tidol bila maosh qilmoq, to xayl va hashami anga mutobaat qilg'aylar. She’r: Shoh daryo va xalq erur anhor, Ikkisining suyig'a bir maza bor (16.193). B u zu rjm eh r. N o 'sh ira v o n i o d iln in g v a z iri e rd i. A n in g so'zlaridindurkim, ustodimdin so'rdimkim, yigitlikda ne qilmoq yaxshi va qarilig'da ne qilmoq yaxshi? Dedikim , — yigitlikda ilm kasb qilmoq va qarilig'da ani amalg'a kelturmak yaxshidur. She’r: Yigitlig'da yig' ilmning maxzani, Q arilig‘ chog'i xaij qilg'il ani (16.194). Ayrimlari eslatilgan nodir fazilatlaridan ko'ra «Tarixi anbiyo va hukamo» Alisher Navoiy badiiy nasrining go'zal namunalaridan biridir. “Nasoyim ul-muhabbat” ("Muhabbat shabbodalari”)—xalqni haq va haqiqat sari yo'llash, bashariyatni ilohiy ma’rifatga etishtirishdek ulkan vazifani o'z zimmasiga olgan ulug' ulamo va urafo, mashoyix-u avliyolar haqida bitilgan noyob manbadir. H ijriy 901 (1496) yilda vujudga kelgan o'zbek nasri va tasawuf adabiyotining mumtoz namunasi sanalgan bu asaming to'liq nomini muallif «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» («Ulug'lik xushbo'yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari»), deya e’tirof etadi. Tazkira Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari asosida vujudga kelgan. Alisher Navoiy uning yozilishi tarixini www.ziyouz.com kutubxonasi quyidagicha bayon etadi: «Doim oshufta xotirg‘a kelur erdi va parishon xayolg'a evmlur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur, arabiyg‘a payvasta va iborati ishorat ahli tiUga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul iborat-u ishoratdin bexabarlar ul alfozdin o'z qobiliyatlari hurdida va ishtig‘ollari muqobalasida naf lar toparlar va fayz elturlar. Am m o turk u lu sid in b a’z ik i, ko'n gu l s id q -u safo sig 'a bahramanddurlar, bu kimiyo asar so'zlar ta’sirig'a Tengri inoyatidin arjum and, ul alfozg'a vuquf qillatidin ul fayzdardin mahrum va xaqoyiqning daqoyiqi ularga noma’lum. Xotirg'a kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olg‘aymuman?-deb mutaammil erdim daqoyiq-u mushkulotni ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila o'tkara olg'aymuman?—deb mutaammil erdim. Va ne bu xayol- u muddaodin o'zumni o'tkara olur erdim va ne ishning azim lig'i va dushvorlig'i jihatidin shuru’ qila olur erdim. To ta’rix jto'qquz yuz birdaki, ul kitobning ta’lifidin yigirma yil o'tub erdi, Tengri taolo tavfiqi biria bu ulug' ishg'a ilik urdum va bu azim amrg'a qalam surdum.» (17. 12). Ayonlashadiki, Alisher Navoiy turkiy xalqlarni «bu kim iyo asar» («Nafohat ul-uns»)da nom lari keltirilgan ulug'lar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uni o'zbek tiliga taijima qiladi. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns min xazorat ul-quds» asari 1476-1478-yillarda yozilgan bo'lib, m uallif tazkiraning bunyod etilishida Alisher Navoiy da’vatkor bo‘lganligini e’tirof etadi. Demak, ana shunday asar yozish zarurati ulug' o'zbek shoiri ko'nglida yillar davomida yashab kelgan. «Nasoyim ul-muhabbat» muallifi sharqona xokisorlik bilan «ushbu kitobni taijim a yo'sini ila bunyod ettim»,-deya ta’kidlagan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar tazkira yangi ma’lumotlar bilan boyitilgani, unga juda ko'p o'zgarishlar kiritilganini e’tirof etishadi. Jumladan, «Muqaddima», «Asosiy qism» va «Xotima»dan tarkib topgan asaming «Muqaddima» qismi bevosita Alisher Navoiy qalamiga mansub. Tazkira muallifi ulug' shayxlar nomlari zikr etilgan «Nasoyim ul-muhabbat»ning asosiy qismini quyidagicha mukammallashtirganini ham bayon etgan: «Va hazrat Shayx Fariduddin Attor q.s. bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba’zi kibor mashoyixkim, «Nafohat ul-uns»g'a doxil bo'lmabdur erdi—har qaysini munosib mahalda doxil qildim va hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakaiganj q.a.din so'nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dog'i hazrat Shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad www.ziyouz.com kutubxonasi Yassaviy r.din bu zamong'acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba’zi holot-u so'zlarin o‘z mahalida daij qildim. Va hazrat Maxdumi n.m.n.ning oti va m uosir-u musohib mashoyix q.a. zikri dag'ikim, ul mutabarrak kitobda yo‘q erdi, munda qo'shdum va ul kitobda dag'i avliyoulloh zikridin ba’zi so'zkim, zamon ahlig'a ko‘p muhtoj un- ilayh ermas erdi itnob vahm idin tarkin tutdum va bu tarjim adin o'ksuttum;ya chun bu valoyat riyozi muhabbat nasimig'a muhib va futuwat shamimig'a sabab bo'ldi» (17 .12 -13 ). Shunday qilib, Alisher Navoiy «Nafohat ul-uns»da 618 (584 erkak, 34 ayol) mutasawif haqida berilgan ma’lumotlarni 770 taga yetkazadi, ulardan 35 tasini ayol avliyolar sha’niga bildirilgan fikrlar tashkil etadi. Bunda m uallif Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», Shayx Farid Shakarganjning shu yo'nalishda yozilgan asaridan foydalandi hamda turk mashoyixlari, shuningdek, Abdurahmon Jomiy va o'ziga zamondosh bo'lgan ulug'lar nomlarini tarixda manguga muhrlaydi. «Nasoyim ul-muhabbat»ning muhim fazilatlaridan biri uning «Bu toifaning a’m ol-u a f ol va muomilot-u riyozatidin ba’zini zikr qilmoq» nomli muqaddima qismida avliyo va mashoyixlarning a’mol (ishlari), afo l (fe’llari), muomalat (yashash tarzi) va riyozat (iroda ruhlarini chiniqtirish)lari bayon etiladi hamda tasawuf ahlining tavba, halol, luqma talabi, shariat rioyati, namoz, zakot, ro'za, haj, yetuk axloq, bazli mavjud (o'zidagi narsalami boshqalarga ravo ko'rish), hilm , rizo, sabr, sidq riyozat kabi sifat va xislatlar sharhlanadi. Bulardan tashqari, ma’lum kasb-hunar bilan halol luqma topib faoliyat ko'rsatgan Shayx Muhammad Sakkok (pichoqchi), Shayx Abu Hafz haddod (temirchi), Shayx Abulabbos O m iliy (qassob), Shayx Ibrohim O juriy (xisht avalabdur), M irchai Safolfurush (doshgar), Adulhasan Muzayyin va Shayx Bannon (hammol), Shayx Abulhasan (najjor), Xoja Bahouddin Naqshband (kimho naqshini bog'lamoqqa mashhur) kabilar hayotini ibrat qilib ko'rsatadi. Alisher Navoiy ilohiy fayzdan bahra olishning eng oliy sifati luqmai halol ekanligini uqtirib quyidagilami bayon etadi: «Va soyir mashoyixi kibordin ham ко'pi halol luqma kasbig'a muzdurluq qilibdurlar, o'tin toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin fayz-u ma’rifat zoyanda bo'lur» (17. 15 -16 ). «Nasoyim ul-muhabbat» musulmon mintaqa xalqlari ijtim oiy- siyosiy, ma’naviy-m a’rifiy hayotida yuksak nufuzga ega bo'lgan tasavwuf tarixi, uning tarmoqlari va ulug' mashoyix-u avliyolari haqida ma’lumot berishi, shuningdek, tasawufning nozik jihatlari bilan turkiy xalqlami www.ziyouz.com kutubxonasi tanishtirish yo‘lida yozilgan ilk tazkira bo‘lganligi bilan ahamiyatlidir. Bulardan tashqari, bu mo'tabar manba Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy singari o'z davrining peshqadam ziyolilari bo'lgan ulug‘ zotlar dunyoqarashining shakllanishida bevosita ta’sir etgan shaxs va asarlar bilan yaqindan tanishishga imkon yaratadi. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» (h.886, m .1481) asarida o‘zining davlat arbobi sifatidagi faoliyatida qanday ijtimoiy-siyosiy tamoyillaiga asoslanib ish tutgani, o‘z ixtiyoridagi mulk va mablag‘laidan asosan qanday niyatlarda foydalangani, shu mablag‘lar hisobida qurdiigan bino, madrasalarda o‘matgan tartiblari, vaqf qildirgan yerlari, mulklari va bog‘lari haqida ma’lumot keltirilgan. Asar X V asr ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy hayoti tarixini, shuningdek, ulug‘ shoir hayoti va faoliyatinining ko‘pgina qirralarini o‘rganishda ishonchli manba vazifasini o‘taydi. 11.4 . «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») pandnomasi Alisher Navoiyning eng so‘nggi yirik nasriy asari bo‘lib, hijriy 506 (1500) yilda yozilgan. Unda ulug‘ shoir va adib, olim va buyuk mutafakkiming barakotli umri davomida ko'rgani, kuzatgani, boshidan kechiigani, hayotiy tashvishlarining qalb qatlam-u qavatdaridan sizilib Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling