B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Alisher Navoiyning aruz nazariyasiga qo'shimcha va yangiliklar
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiyning aruz nazariyasiga qo'shimcha va yangiliklar kiritgani, aruz bahrlari yuzasidan tuzilgan doiralami to'ldirishi va yangi doiralar yaratishida namoyon bo'ladi. Masalan, u arab she’riyatiga xos tavil, madid va basit bahrlari asosida tuzilgan, keyingi davrlarda fors- tojik tilida asarlar yaratilmagan “Doirai mushtabiha”ni “Mezon u l- avzon”ga kiritadi. Shuningdek, asar muallifi o'zi ixtiro qilgan “Doirai mujtamia”hamda “Doirai muxtalita” haqida ma’lumot beradi. Alisher N avoiy tomonidan Sharq poetikasining tarkibiy qismi bo'lgan aruz ilm ini turkiy she’riyat qonun-qoidalari asosida yoritishi. o'z davri va keyingi asrlarda yashagan ijodkorlar uchun asosiy qo'llanma vazifasini o'tadi. Shuningdek, olimning muammo janri va uning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlab fors-tojik tilida yozgan “Mufradot”asari ham adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 11.2 . Ustozlarga bag'ishlangan yodnomalar X V asr 80-yillarining oxiri 90-yillam ing ibtidosi Alisher Navoiy uchun katta yo'qotishlar davri bo'ldi. 1489-yilda 14 -15 yoshlarida tanishib “iltifoti zotiysi (shaxsiy iltifoti) bu faqir bila bor erdi va farzand der edilar”,-deya keyinchalik o'kinch bilan xotiralar bitgan shoir ota maqomidagi aziz kishisi Sayyid Hasan Ardasherdan bir umrga ajraldi. “Alar tariq va ravishi bu faqimi andoq shefta qildikim, bir kun alar mulozamatig'a yetmasam erdi, sabr-u toqatim qolmas erdi va alar ham kelib ahvol so'rarlar erdi: “Tashvishe bo'lmamish bo'lg'aykim, bukun sendin xabar topa olmaduk”,-tarzida ma’naviy-ruhiy jihatdan nihoyatda bir-biri bilan yaqinlik tuygan bu ikki nozik qalb sohiblarining manguga qadar o'zaro vidolashishlari, shubhasiz, katta yo'qotish bo'ldi. 1492- yil 8-noyabrda shoirning mehribon ustozi va hamdardi, sam im iy maslahatchisi Abdurahmon Jom iy, 1493-yilda qirq yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad ham bu foniy dunyoni manguga tark etishdi. Alisher Navoiy X V asr Xuroson mamlakatining adabiy, ma’naviy- ma’rifiy hayotida juda yuksak mavqega ega bo'lgan bu ulug' zotlaming nomlarini abadiylikka muhrlash, ularning yuksak insoniy fazilatlarini ibrat namunasi sifatida ko'rsatish maqsadida «Xamsat ul-muttahayyirin» (1493-1494), «Holoti Pahlavon Muhammad» (1493-1494) va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» singari yodnomalami ijod etdi. Ushbu asarlar Navoiy davri nasriy uslubining qonun-qoidalari asosida yozilgan bo'lib, ularda o'm i bilan she’riy parchalar, hikoyat va rivoyatlar keltiriladi. Yodnom alardagi ijodkor mushohadalari, asar qahramonlari bilan bog'liq badiiy lavhalar axloqiy-ta’lim iy mohiyat kasb etishi bilan qimmatlidir. Nuriddin Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan yozilgan «Xamsat ul-m utahayyirin» asari asosida aytilgan fikrlam i quwatlantirishga harakat qilamiz. Abdurahm on Jom iyning vafoti A lisher N avoiy uchun katta yo'qotish, behad judolik edi. Uning ruhiyatida qo'zg'algan to'fon, ayriliq, soya solgan iztirob asaming debochasidayoq seziladi. «Agarchi ahli olamg'a motam yuzlandi, ammo sohib motam bu nomurodi so'gvor erdim va soyir avlodi odamg'a azo voqe’ bo'ldi va lekin sohib azo bu noshodi ta’ziyat shior erdim» (15. 8). Asar nomidagi xamsa — besh raqami uning tarkibiga, tuzilishiga tegishli. Y a ’ni yodnoma muqaddima, uch maqolot va xotima—besh qismdan tashkil topgan. M uallif bu haqda quyidagilami yozadi: «...chun bu risola xayolg'a keldi, binosin bir www.ziyouz.com kutubxonasi muqaddima va uch maqola va bir xotimag‘a qo‘yuldi va besh daf a so'zg'akim, o‘quvchilaig‘a ko‘p mujibi tahayyur erdi», Xamsat u l- mutahayyirin» tasmiya qilindi» (15, 8). Ayonlashadiki, asaming «Besh hayrat» tarzida nomlanishi uning tuzilishiga ishoradir. Asaming muqaddimasida Abdurahmon Jomiyning taijim ai holi, shajarasi, tahsil yillari, yashash manzillari haqida fikr yuritiladi. Alisher Navoiy o'rtaga qo'yilgan mazkur masalalami yoritishda aniq hujjatlaiga, Abdurahmon Jomiyning o'z asarlariga tayanadi. M a’lumki, fors-tojik adabiyotining buyuk allomasi o'z vafotidan besh yil oldin «Rashx u l- bol» («Yurak tomchilari») sarlavhali holiya qasidasini yaratgan edi. Muqaddimada ana shu manzumaga tez-tez murojaat qilinadi. Yodnoma muallifi ustozining inson, olim, shoir va jamoat arbobi sifatida shakllanish jarayoniga, mudarris va madrasalar qurshovida o'tgan yillari tafsilotiga jiddiy e’tibor qiladi. Muqaddimadagi ayrim ishoralar Abdurahm on Jom iy A llohning xos bandalariga ko'rsatayotgan inoyatlaridan bebahra bo'lmagan, degan xulosaga kelishga imkon beradi. «A lar to'rt yo besh yoshlarida,-yo zadi A lisher N avo iy asar muqaddimasida,-emdi maktabg'a borur vaqtlari emish, hazrati Mavlono (Faxriddin Lo'ristoniy) alarni o'z qoshlarida o'lturtub, barmoq ishorati bila havoga mashhur otlami: «Umar» yo «Ali»dek bitir ermish va alar taammul bila o'qir ermishlar va hazrati Mavlono alaming tufuliyatda bu nav’ zehn-u va zakosidin mutabassim, mutaajjib bo'lur ermishlar» (15 , 10). Abdurahmon Jomiy tahsil yillaridayoq naqshbandiya xojalari ta’sirida tarbiya ko'radi. Shayx Bahouddin Umar, Boyazid Puroniy, Muhammad Asad ta’limotlari bilan voyaga yetadi. «Qutbi tariqat va g'avsi haqiqat» Mavlono Sa’diddin Koshg'ariyga katta ixlos qo'ydi, uni o'zining ma’naviy piri sifatida tanidi. Muhammad binni Hasan binni Abdulloh binni Tovus binni Hurm uz binni Shayboniy N uriddin Abdurahmon Jomiyning o'zi ham keyinchalik naqshbandiya xojalari silsilasiga qo'shildi. «Xamsat ul-mutahayyirin»ning awalgi maqoloti ikki hikmat sohibi o'rtasida kechgan g'aroyib voqealar, hayratli holatlar, latif saiguzashtlami o'zida mujassam etgan hikoyatlardan tuzilgan. Bunday lavhalaming Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar taqdirida ko'plab sodir bo'lganligi tabiiydir. Asar muallifi ulardan o'n yettitasini tanlab o'quvchilariga taqdim etadi. Aytish jo iz, mazkur lavhalar turmush ikir-chikirlari, shaxsiy xudparastlik doirasida o'ralashib qolgan emas. Ularda katta axloqiy, taibiyaviy, adabiy mavzulaiga daxl qilinadi, latif tabassum, nozik mutoyiba, lutf va www.ziyouz.com kutubxonasi muloyim qochirimlami qo‘Ilash orqali hayotda kuzatiladigan illatlar ustidan kulinadi. Ayrim hikoyatlarda topqirlik, zakovat, badihago'ylik qadrlanadi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy o'rtasida qizg'in ijodiy musobaqalar, o‘zaro mhlantirish, aql va zehnni charxlashga xizmat qiluvchi sinovlar bo'lib tuiganligi anglashiladi. Jomiy va Navoiyning o'ttiz yildan ziyodroq muddatga cho'zilgan hamkorlik tarixida turli sahifalar, ibrat о Isa, eigashsa arzigulik an’analar nihoyatda ko'p. Ayni zamonda poklik, halollik, iymon va diyonatgina hukm surishi mumkin bo'lgan ijod olamida kuzatilmagan yoxud kamyob hodisalar bu ikki alloma tajribasida namoyon bo'ladi. Aytilgan muddao tasdig‘i uchun awalgi maqolotning hikoyatlariga murojaat qilaylik. Sulton Muzaffar Husayn Mirzoning boshiga musibat tushadi. Uning o'g'li Ahmad Husayn vafot etadi. T a ’ziya izhor etmoq uchun Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar «Bog'i safed»ga borishadi. Alisher Navoiy shu musibat munosabati bilan yozgan marsiyasining mana bu satrlarini o‘sha davrada astagina Abdurahmon Jomiy qulog'iga o‘qib beradi: G ar sham’ murd, mehri falakro mador bod, G ar qatra rext, obi baqoro qaror bod. Ulug' o'zbek shoirining mazkur bayti Jomiy ijodiy imkoniyatlarini ilhomlantirgan va u qog'oz hamda qalam so'rab olib, quyidagi misralami o'sha azo dasturxoni atrofida yozib, Alisher Navoiyga o‘qib bergan. Farzand mevayest zi shohi daraxti umr, G ar z-on ki meva rext, shajar poydor bod (16.20). M o'jizani qarang, mushoira udumiga qat’iy rioya qilingan va Alisher Navoiy matlaiga munosib javob bayti vujudga kelgan. Har ikki bayt satrlaridagi mazmun va hatto tashbehlar ham g'oyat uyg'un. Alisher Navoiy matlaida tazod she’riy san'atining chiroyli namunasi qo'llangan. Birinchi satrda olamni tark etgan o‘g‘il — o'chgan shamga, ota esa falakda kezuvchi va mangulikka daxldor Quyoshga qiyoslanadi. Albatta, bu bilan o'zbek shoiri Muzaffar Husaynni o'lmas zot darajasiga ko'tarmoqchi emas. Balki uning hayoti ham tabiatda amal qiladigan qonuniyatga asoslangan. Quyosh—yog'du va nur manbai. Farzandning bunyodkori esa ota va onadir. U lar bardam-baquwat bo'lishsa, yana farzandlaming paydo bo'lishi tabiiydir. Ikkinchi satrda ham o'sha san’at va mantiq rishtasi izchil amal qiladi. Farzand —ota jismining qatrasi. Ota vujudida o'sha qatralar boqiy bo'lsa bo'lgani, to'kilganlar—o'lganlar o'rnining qoplanishi muqarrardir. M atla’ zamirida donishmand xalqimizning insonparvarlikka asoslangan urflari, taskin-tasalliysi yotadi. Chunki ta’ziya www.ziyouz.com kutubxonasi izhor etishdan murod, marhum xotirasini shod qilish bilan birga, tiriklarga ruhiy madad, dalda berish, hamdardlik bildirishdir. Zotan, manguga ketganlar qaytib kelmaydi. Yangi tug'ilganlar esa o‘z nom -u nasibasi, taqdir-u tarixi bilan yorug' dunyoga ko‘z ochadi... Abdurahmon Jomiyning bayti ham javobiya aytilayotgan satrlar yo‘nalishida va ancha rangin chiqqan. Uning talqinicha, ota daraxt, farzand shu umr daraxti shohlarining mevasidir. Zero, daraxt shoxlari va samaradorligi ko'p jihatdan uning parvarishi hamda yashovchanligiga bog'liq. Um r uzoqqa cho'zilsa, bardamlik poydor bo‘lsa, shox ham, hosil ham serob bo'ladi. Modomiki shunday ekan, daraxt shoxlaridan hosilning bemavrid to'kilishidan o'ksinish yaramaydi. Manba—asos omon bo'lsa, yana son-sanoqsiz mevalarning tug'ilishi tabiiiydir. Tahlil etilgan she’riy misralaming yana bir jihatini aytmay iloj yo'q. Jomiy va Navoiylar qo'llagan tashbehlaming zamini mustahkam. Badiiyat hayot haqiqati talablariga rost keladi. Ko'rinadiki, bir-birini qalb-qalbdan his etmay, badiiy tafakkurda mushtaraklik tuymay turib, bunday hamohang she’riy misralami yaratish imkondan tashqaridir. Ikkinchidan, ayni misralar har qanday o'quvchida qiziqish uyg'otadi, Abdurahmon Jomiy va A lisher N avo iylar o'rtasida kechgan sam im iy va sadoqatli birodarlikdan ibrat olishga undaydi. Yodnomaning ikkinchi maqolati Jomiy va Navoiyning maktublaridan tuzilgan. Bu ikki hikmat sohibi o'rtasidagi insholar — munshaotning ko'p bo'lganligi shak-shubha tug'dirmaydi. Asar m uallifi ularning barchasini keltirishdan saqlanadi. Saralaydi, bag'oyat muhim va hayratangiz hisoblanganlarinigina ikkinchi maqolatga kiritadi. Shunday qilib, yodnomadan o'n bir yo'naltirilgan va javob maktublari (jami yigirma ilcki) o'rin olgan. So'nggi maqolatdagi ma’lumotlar Abdurahmon Jomiy ijodiyotini o'iganishda qanchalik ahamiyatli bo'lsa, navoiyshunoslik uchun ham shu qadar zarurdir. Chunki ushbu maqolatda Jomiy qalamidan chiqqan talay asarlaming «taijimai holi» berilgan. Xuddi shunday gapni Alisher Navoiyning aksariyat badiiy yaratmalari xususida ham aytish joizdir. Ikki ulug' ijodkor o'rtasida kechgan beg'ubor birodarlik, xolisona ijodiy mushoiralar o'sha nodir duidonalaming doyasi bo'lib xizmat qilgan. Maqolat boshidayoq Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning katta-yu kichik o'ttiz olti asari ro'yxatini ilova qilar ekan, «bu faqir alar tasnifig'a sabab va ta’lifig'a bois bo'lubmen va bu ma’ni ko'prak kutub va rasoilda mazkurdii»,-deya ta’kidlaydi (15-48). «Xamsat ul-m utahayyirin»ning xotimasi garchi hajm jihatidan www.ziyouz.com kutubxonasi ixchamdir, ammo qamrovi nuqtai nazaridan ancha ko'lamli. Xotima awalida Abdurahmon Jomiy huzurida yoxud ishtirokida o'qilgan asarlar, risolalar ro‘yxati keltiriladi. Aruz, qofiya, muammo, tasawuf ta’limoti va tarixi, ilohiyotga atalgan bunday risolalar soni o‘n beshga yetib qoladi. Bular o‘ttiz yildan ko'proq davr ichida kechgan bahamjihat hayot, m uhokam a-m unozara, bamaslahat ijod ayyom ining hosilasidir. Xotimada yana besh hikoyat ham ilova qilingan. Mazkur lavhalarda Abdurahmon Jom iy tabiatida mavjud bo'lgan karomatlar haqida fikr yuritiladi. Xotim a oxirida Nuriddin Abdurahmon Jomiy vafoti, dafn marosimi tafsilotlari va Alisher Navoiyning shu munosabat bilan yozgan marsiyasi matni keltiriladi. Ustod Sadriddin Ayniy mazkur marsiyani «Eng jonso'z chiqqan asar» sifatida qadrlagan. Darvoqe , ulug' shoir Alisher Navoiy qalamida sayqal topgan mazkur asami qancha madh etsa, shuncha oz. ...D o'ston, dar hama fan nodirai olam ku? Afzal-u afsahi ajnosi bani odam ku? D a r biyoboni tamannosh xaloiq murdand, B a davoi hama on Xizri Masiho dam ku?.. Mazmuni: Do'stlar, hamma fanda olam yagonasi qani? Odam bolalari jinsini afzali va eng fosihi qani? Orzusi biyobonida xaloyiq halok bo'ldi, Hammaning da’vosi bo'lgan Isinafas Xizr qani? (P. Shamsiyev taijimasi. Asarlar, 15 jildlik, 14-tom, 257-bet) 1 1 .3 . Tarix, tasawuf va din tarixiga oid asarlar «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Nasoyim u l- muhabbat», «Vaqfiya». «Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»). 1488-yilda yozib tugatilgan bu asar «Muhokamat ul-lug'atayn»da «Zubdat ul-tavorix» («Tarixlar qaymog'i») tarzida tilga olinadi hamda uning podshohlar tarixiga bag'ishlanganligi ta’kidlanadi: «... «Xamsa» shug'lidin chun farog'at topibmen, taxayyulim geti navardin salotin tarixi dashtig'a chopibmen, chun noma savodi zulmatidin «Zubdat ul-tavorix» adosin tuzupmen, salotin o'lgan otin bu hayvon suyi bila tirguzupmen» (16. 26). Ajam shohlari tarixiga bag'ishlangan tarixiy va badiiy asarlar Alisher Navoiyga qadar ham juda ko'plab yaratilgan edi. Ulug' shoirning o'z www.ziyouz.com kutubxonasi asarlari, jumladan, «Xamsa» tarkibidagi dostonlarida ham Anushirvoni odil, Xusrav Parvez, Bahrom, Iskandar singari shu silsilaga mansub bo'lgan hukmdorlar obrazi mavjud. Bu holat shoirning Ajam shohlari tarixidan juda yaxshi xabardor ekanligi, ular bilan aloqador tarixiy dalillar hamda afsona-yu rivoyatlami mukammal bilganligidan dalolat beradi. «T a rix i m ulu ki A jam »n i yozishda m u a llif F ird av siy n in g «Shohnoma», Jaloliyning «Jome’ ut-tavorix», G'azzoliyning «Nasihat u l m ulk», H am id u llo h al-M u sta vfiyn in g «G u zid a » asarlari, shuningdek, «Tarixi Tabariy», «Tarixi Banokatiy», «Qozi Baydoziy» kabi tarixiy manbalaiga tayanadi. Jumladan, asarda Bahrom binni Shopur nomli zolim podshoh haqida: «Banokatiy debturkim, aning zulmidin el anga g‘avg‘o qildilar va ul g'avg'oda halok bo'ldi»,-deya qayd etiladi (16 . 233). Shuningdek, «T arixi m uluki Ajam »da «derlarkim », «debdurlarkim » so'zlarining tez-tez uchrashi yuqoridagi fikrni quwatlantiradi. Alisher Navoiy Ajam shohlarining peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar singari to'rt sulolasiga mansub hukmdorlari tarixini muxtasar bayon etish bilan zamonasi uchun juda muhim bo'lgan bir necha ijtim oiy-siyosiy, ilm iy, adabiy maqsadlari, orzu-istaklarini amalga oshirishini ko'zda tutadi. Asarda to'rt sulolaga mansub podshohlarning deyarli hammasi afsonaviy hukmdor Kayumarsdan boshlab, sosoniylaming so'nggi vakili, Eronning arablar tomonidan istilo qilinishi qurboni bo'lgan Yazdi Jurdi Shahriyorgacha tavsif beriladi va ulaming bashariyat tarixi uchun podshoh sifatida qilgan yaxshi-yomon ishlari muxtasar bayon etiladi. Bu bilan Alisher Navoiy Ajam shchlari hukmronligi silsilasini ma’lum tartibiga asos soladi, shuningdek, Sharq adabiyotida keng qo'llangan o'sha hukm dorlar obrazining m iflk xususiyatlariga oid ma’lumotlami umumlashtiradi. Ulug' mutafakkiming bu xizmati turkiy va fors-tojik adabiy aloqalari rivojining yuksak cho'qqisi sanalgan X V asr uchun nihoyatda muhim edi. «Tarixi muluki Ajam» an’anaviy tarixnavislik uslubida yaratilgan bo'lib, unga turli afsona va rivoyatlarga o'rin berish bilan uning badiiy qimmatini oshirishga, qiziqarli bo'lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Hukmdorlar hayotidan keltirilgan bu adabiy lavhalar ijtim oiy- siyosiy, axloqiy-ta’lim iy mohiyat kasb etib, o'zaro urush-taloshlaming sababkori bo'lgan tem uriyzodalarni ogohlikka da’vat etishi bilan ahamiyatlidir. «Tarixi muluki Ajam»da t>odshohlammg yurttalablik da’vosi www.ziyouz.com kutubxonasi bilan chiqishlaridan ko‘ra ko'proq mulk ma’murligi-yu yurt osoyishtaligi y o 'lid a ko'rsatgan jo n b o zlik la rig a e’tibor q a ra tilish i, zo lim podsholilarning ayanchli qismatining bayoni zamirida m uallifning temuriylarning siyosiy vaziyatni to'g'ri baholashlaridan umidvorligi mujassamlashgan ko'rinadi. Alisher Navoiy Xo'shang, Jam shid, Faridun, Manuchehr, Tahmosb singari peshdodiy, Bahrom G o ‘r, Feruz, No'shiravon, Turon Duxt kabi sosoniy hukmdorlami adolatli shoh sifatida tasvirlaydi. Jum ladan, Firuz binni Yazdijird haqida quyidagilami yozadi: «Firuz binni Yazdijird musulmon va oqil va kordon va odil podshoh erdi. Adolat bilan mamolikni obod qildi va rioyat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning saltanati zamonida yeti yil qaxat voqe’ bo'ldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yeti yil hech kishidin hech nima tilamadi»( 16.238 ). Alisher Navoiy Xo'shangni «odil va xiradmand podshoh erdi», Jamshidni esa «jam ol-u husnga beshubha va benazir va kam ol-u fazlda beadil erdi»,-deya ta’riflaydi. Xo'shangni mamlakatni ilm va qonun bilan boshqarishga urungani, tarixda birinchi bo'lib kitob bitgani, toshdan temir chiqaigani, yog'ochdan uylaiga eshik yasagani, konlar topgani, otga egar yasagani va boshqa obodonchilik ishlarini e’tirof etadi. Asarda Jamshid haqidagi ma’lumotlar ham shu tariqa bayon qilinadi. Uning juda ko'p binolar qurdirgani, bu inshootlar qurilishi nihoyasiga yetgach, katta bazm uyushtirgani, o'sha qutlug' kun «Navro'z»-, deya atalgani asarda o'z ifodasini topgan. Alisher Navoiy: «Jamshid saltanatining zamoni у yetti yuz yilga etishdi»,-deganda ko'proq uning mifologik qahramon ekanligini nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling