B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
ammo nazm va nasmi andoq xo‘b mahal va mavqe’da o‘qubdurlarkim
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
ammo nazm va nasmi andoq xo‘b mahal va mavqe’da o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor» (12 .16 3 ). Ayonlashadiki, Am ir Tem ur garchi badiiy ijod bilan shug'ullanmagan bo‘lsa-da, juda ko'plab nazm iy va nasriy asarlardan xabardor bo'lgan, ulardan namunalar yod bilgan va adabiy davralarda faol ishtirok etgan. Alisher N avoiy «M ajolis un-nafois»da temuriy shahzodalardan Shohg'arib M irzo ijodi xususida kengroq to'xtaladi, shuningdek, uning turk va fors-tojik tilidagi asarlaridan nisbatan ko'p namunalar tanlab, tazkirasiga kiritadi: «Shohg'arib Mirzo—sho'x tab’lig' va mutasarrif zehnlik www.ziyouz.com kutubxonasi va nozik taxayyulluq va daqiq taaqqulluq yigitdur. Nazm va pasrda naziri ma’dum va mutahayyila va hofizada adili noma’lum. Ov va qush xotirig‘a marg‘ub va qurro va о‘qush ko'ngliga mahbub. Bu matla’ aningdurkim: Qaysi bir gulcbehra ul gulbargi xandonimcha bor, Qaysi bir shamshod qad sarvi xiromonimcba bor. Bu matlai ham yaxshi voqe’ bo‘lubturkim: Tarki mehr aylab agarchi bo'ldi jonon o‘zgacha, To tirikman qilmag'umdur ahdi paymon o‘zgacha. Bu matlai xos xayol va g‘arib ado topibdurkim: Porso yorimg‘a may ichmak sbior o'lmish yana, Baski tortarman sabu, egnim figor o'lmish yana. Bu forsiy matlai ham bag‘oyat oshiqona tushubturkim: Bozam baloi jon g‘ami on mobpora shud, Ey voy, on mariz ki dardash du bora shud. Bu matlai ham bag'oyat oshiqona va muxlisona va muassirona voqe’ bo'lubturkim: D o‘ston, hargah guzar so‘i mazori man kuned, Jo i takbiram duoi joni yori man kuned Devon ham jam ’ qilibdur. Yaxshi matla’lari bu muxtasaig‘a sig'mas, magar yana bir kitob bitilg‘ay» (12. 170). Alisher Navoiy bu ijodkoiga samimiy munosabatda bo‘ladi. Bu bejiz emas, albatta. Tazkira muallifming o‘zi mazkur sahifada bir ishoradayoq o'sha samimiyatni qo'zg'atgan omilning manbai borasida gapiiadi. Shohg'arib Miizo—shahzoda. U -H usayn Boyqaroning farzandi. Ammo Shohg'arib M irzo tabiatan boshqa shahzodalardan, shuningdek, o'z aka-ukalaridan farq qiladi. Uning mayli ov, qush janglari singari ko'ngil ochish o'yinlaridan anchagina uzoqda. Bulaming teskarisi o'laroq, uning o'qish, o'iganish, ijod bilan band bo'lishga rujui baland. Zotan, Shohg'arib Mirzo tabiatidagi bu tomonlar Alisher Navoiyga ma’qul. Shuning uchun ham ulug' o'zbek shoiri Shohg'arib Mirzoni ayricha ehtirom ila xotirlaydi. Manbalaming guvohligidan ayonki, Shohg'arib Mirzo shunchaki ermak yoki shuhrat uchun onda-sonda badiiy ijodga murojaat qilgan shahzodalardan emas. Aksincha, ijod daidi uning asosiy mashg'uloti, qalb zarurati sifatida doimiy hamdami bo'lgan. «Majolis un-nafois»ning sakkizinchi majlisi Sulton Husayn Boyqaro ijodiga bag'ishlangan. Alisher Navoiy tazkirada maktabdosh do'stini madh etar ekan, uni saltanat sohibi sifatida emas, balki nazm bog'ining bog'boni, so'z gulshanining sohibqironi, hakami tarzida sharaflashni o'z oldida bosh maqsad qilib qo'yadi. Shuning uchun tazkira sohibi www.ziyouz.com kutubxonasi Sulton Husayn Boyqaro faoliyatidan ana shu maqsadga xizmat qila oluvchi dalillar tanlab, o‘shalar sharhi bilan shug‘ullangan. Alisher Navoiyning ta’kidicha, «ul hazratning (Sulton Husayn Boyqaroning) xo'b ash’ori va inaig'ub abyoti bag'oyat ko'ptur va devon ham murattab bo‘lubtur» (12. 174). «Majolis un-nafois» muallifining guvohligiga ko‘ra, mazkur devon asosini g‘azal janrida bunyod etilgan she’rlar tashkil qiladi. Shuningdek, uning tuzilishi ham an’anaviy shaklda bo'lib, to‘plamga she’rlar arab alifbosi sirasida joylashtirilgan. Alisher Navoiy o‘sha devondan e’tiborga arzigulik matlalami tanlaydi, ulam i ixcham, biroq mazmundor sharh va baholar bilan to‘ldirib, tazkirasiga kiritadi. Shu ma’noda, «M ajolis un-nafois»ning sakkizinchi m ajlisi Husayn Boyqaro ijodiy faoliyati ustida yaxlitgina tasawur paydo qila oluvchi ixchamgina tadqiqotni xotiiga keltiradi. Tazkira muallifi nazarida Sulton Husayn Boyqaro baytlarida qo'llanilgan she’riy san’atlar ham chetda qolmaydi. Alisher Navoiy asar tabiati ko‘tara olishi mumkin bo‘lgan darajada maktabdosh do'sti misralarining g‘oyaviy mazmuni, shakl va mundarijasi muvozanatini taminlashdagi mahorati ustida ancha jonli, his-hayajondan xoli bo'lmagan fikrlami o‘rtaga tashlaydi. Masalan, «be» harfi bilan intiho topuvchi g‘azallardan biri xususida «M ajolis un- nafois»da o'qiym iz: «Bedillig'idin telba ko‘nglin tilay borg‘onin bu g'azalda oxirigacha musalsal aytilibdur va zebo deyilibdur: Telbarab itgan ko‘ngilni istadim bar yon borib, Tog‘-u daryo-vu biyobonlarni bir-bir axtarib...(12, 175). Firoq zulm idin jong'a o‘t va ko'nglida tobin o‘tqa tushgan qil pech- u tobig'a tashbih qilibdur va g'arib tashbih voqe’ bo'lubtur: Ey firoqning zulmidin jonimda o‘t, ko‘nglumda tob, 0 ‘tqa tushgan qil kabi jismim aro ham pech-u tob» ( 1 2 . 1 7 b ). T a’kidlash o'rinliki, Alisher Navoiyning Husayn Boyqaro she’riy merosi xususidagi mulohazalari ayrim nuqsonlardan ham xoli emas. Xususan, o ‘sha davr tasvir uslubi ta’sirida aytilgan jim jim ador, mubolag'ali jum lalar, baho me’yorining buzilishi hollari, his-hayajon bilan aytilgan iboralar ham uchrab turadi. Ana shunday holat qator harflar bilan tugallanuvchi baytlardan oldin yoxud keyin kelgan tazkiranavis izohlarida ko'zga tashlanadi. Jum ladan, «zol» harf! sarlavhasidan keyin shunday jum lani o'qiym iz: «Bu harfda dag‘i muqaddam turkigo'y shuarodin, xoh Mavlono Lutfiy va xoh Mavlono Sakkokiykim M ovoraunnahrda m alikul-kalo m erdilar, nazarg'a kelmaydur, hamono yo'qtur www.ziyouz.com kutubxonasi Qildi ruhafzo labing Inilmak bila jonimni ahz, Yig'latib kofir ko‘zimg ham naqdi iymonimni ahz» (12. 178). Ana shu qabildagi ta’kidlar “ha”, “he”, “se”, “sod”, “zod” singari o'nlab harflar bilan yakunlanuvchi baytlardan oldin keltirilgan izohlovchi jumlalarda ham yaqqol namoyon bo'ladi. Fikrimizcha, bunday o'rinlarda Alisher Navoiy aqidalarida Husayn Boyqaro salohiyatini boridan orttirib ko'rsatish, uni ma’lum darajada ilohiylashtirish mayli borday ko'rinadi. Alisher N avoiy “M ajolis un-nafois”ning sakkizinchi m ajlisida Husayn Boyqaroni nuktasanj va hofizasi o'tkir shaxs sifatida ham ko'rsatishga urinadi. M uallifning bunday harakati, ayniqsa, o'sha majlisning ikki o'mida yaqqol namoyon bo'ladi. Bulardan biri Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiylar o'rtasida Am ir Xusrav Dehlaviy bayti munosabati bilan bo'lgan suhbat bayonida bo'lsa (12. 207-208), ulardan ikkinchisi tazkira m uallifi va Mavlono Qabuliylam ing hamkorlik munosabatlariga tegishlidir. Unda hikoya qilinishicha, M avlono Qabuliyning “tab’i turkiy va forsiy nazmg'a muloyim” bo'lib, u Hirot shahri uchun musofir hisoblanadi (12.208—209-betlar). Qunduz va Hisor tarafidan kelib qolgan bu yosh yigit Sulton Husayn Boyqaro dargohiga yo'l topish uchun o'sha zamonning an’anasiga ko'ra nazmiy vositadan foydalanmoqchi bo'ladi. Shu maqsad bilan Mavlono Qabuliy bir g'azal yaratib, uni Alisher N avoiy im tihonidan o'tkazadi. Buyuk shoir g'azalning matlaidan keyingi baytini quyidagicha tuzatib beradi: Sarv moyil bo'ldikim, uygay ayog'ing tufirog'in, Yo'qsa har soat sabo tahrikidiii xam bo'Imadi. Mavlono Qabuliy saroy mulozimlaridan biri orqali mazkur g'azalni zamon hukmroniga yetkazishga muvafFaq bo'ladi. Tortiq etilgan g'azalni ko'zdan kechirgan Sulton Husayn Boyqaro o'sha she’r ikkinchi baytining Alisher Navoiy qalamiga daxldorligini his etadi va masalani oydinlashtirish muddaosida Mavlono Qabuliyni saroyga chaqirtiradi. Shuningdek, o'sha maqsadni o'zida mujassam etgan savol bilan Alisher Navoiyga ham murojaat qiladi. Xullas, o'z aqidasiga qat’iy ishonch paydo qilgan shoh, Alisher Navoiy va Mavlono Qabuliylar obro'yiga futur yetkazmaslikni ko'zlab masalani jamoat oldida oshkora hal etishdan saqlanadi. Shu kichkina bir lavhaning o'zidayoq Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro faoliyatidagi uslubshunoslik, ziyraklik va andeshaning baland ekanligini ko'rsatishga erishadi. A lish e r N a v o iy n in g “ M a jo lis u n -n a fo is ” asarida Sharq www.ziyouz.com kutubxonasi adabiyotshunosligida shakllangan ikki an’ana: tazkirachilik va biror shoir she’rlariga sharh bitish uslubi ko‘zga tashlanadi. Asar m uallifi “Majolis un-nafois” tazkirasi vositasida X V asrda Xuroson va Muvarounnahrda yashab ijod etgan tab’ ahliga aloqador muhim ma’lumotlami manguga m uhrladi, shuningdek, yuqorida ta’kidlangan ikki uslubni turkiy adabiyotshunoslikka olib kiixli va uning ravnaqiga muhim hissasini qo‘shdi. «Muhokamat ul-lug‘atayn* («Ikki tQ muhokamasi»). Alisher Navoiy o'zining ulkan dengizga qiyos etishga arzigulik badiiy ijodi bilan turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko'tardi, ayni choqda, bu til imkoniyatlarini o‘sha davrda m ashhur bo'lgan arab, fo rs-to jik, hind tillaridan qolishmasligini amalda isbotladi. Ulug* shoir turkiy til yetukligini nazariy jihatdan ham asoslash niyatida 1499-yilning dekabrida “Muhokamat ul-lug‘atayn” risolasini yozib tugatdi. “Muhokamat ul-lug'atayn”da so'z duiga qiyoslanadi, uning daryosi ko'ngil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, so'zning durdan tafovut etiladigan jihatlarining benihoya ko'pligi, uning “sharafidin o'lgan badang'a ruhi pok et”ishi, “kasifidin (qo'polligi, nojo'ya aytilishidan) hayotlig' tang‘a zahri halok xosiyati zuhur et”ishi bayon qilinadi. Shu tariqa insonga in ’om etilgan ilohiy ne’mat so'z so'zlashdan muddao ma’no ekanligi asarda o'z ifodasini topadi: «Ammo chun alfoz va iboratdin murod ma’nidur va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul mazhari maoniy va bayon, so'z aning so'zindadur va takallum aning kalomida borur”(16 .9). Alisher Navoiy turkiy tilning “fasohat-u diqqati” (ravon, yoqimli, qoidaga muvofiq-u nozikligi) va “balog'at-u vus’ati”(badiiy ifoda-yu keng imkoniyatlari) haqidagi rad etib bo'lmas fikrlarini risolada bayon q ilish u chu n uni o 'z i m ukam m al bilgan fo rs-to jik t ili bilan chog'ishtirishni ma’qul topadi. Bu uslub muallifning risola yozishdan ko'zlangan maqsad-muddaosini amalga oshirish uchun eng to'g'ri im koniyat edi. Alisher N avoiy turkiy til haqidagi um um lashm a- xulosalarini boshqa bir til imkoniyatlari bilan qiyoslamay bayon qilsa, uning nazariy mulohazalari shunchaki o'z ona tilini madhidangina iborat bo'lib qolishi mumkin edi. Shu bois risola muallifi har ikkala tilning zukko bilim doni, bu tillarda o'lmas badiiy asarlar ijod etgan taniqli shoir sifatida asardagi turkiy tilning fazilatlariga oid mulohazalarini juda asosli dalillar bilan quwatlantiradi. “Muhokamat ul-lug'atayn”da turkiy-o'zbek va fors-tojik tillari imkoniyatlarini taqqoslashdan yana bir muddao: o'sha davrda fors-tojik tilida ijod qilishga mayli ko'proq bo'lgan www.ziyouz.com kutubxonasi o‘zbek sh oirlarini turkiy tilning “fasohat-u diqqati, balog‘at-u vus’ati”dan xabardor qilish edi. Alisher Navoiy risolada fors-tojik tilida jahoniy mavqega ega bo'lgan badiiy asarlar ijod etilgan bo'lib, turkiy tilda bu jarayonning rivoji ancha sust borayotganligiga e’tibomi qaratadi. Shuningdek, buning sabablarini izohlashga harakat qiladi. Muallifning fikricha, shoirlar turkiy tildagi ko'p ma’noli so'z va ifodalami yetarlicha anglab, ularni she’riyatda mahorat b ilan qo'llash m ehnatidan qo'rqadilar, mushkullardan zadalanib, osonlikka mayl qiladilar. Ikkinchi sabab: ba’zi idrokli so'z san’atkorlari o'z zamonasidagi hukmron an’ana doirasida qolishni ma’qul ko'radilar. Uchinchi sabab: yosh ijodkorlar o'zlariga ma’qul bo'lgan asarlarini tajribali shoirlaiga ko'rsatib e’tirofga sazovor bo'lishni istaydilar. Biroq o'sha taniqli so'z san’atkorlari forsiygo'ylardir. U lar turkiy tildan bahramand emaslar. Shu bois endi ijod yo'liga kirib kelayotgan shoirlar turkiyga emas, forsiyga mayl ko'rsatadilar. Alisher Navoiy turk shoirlarini nihoyatda latofatli bo'lgan o'z ona tillarida ijod qilishga da’vat etadi va zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqaro tom onidan bu haqda maxsus farm onlar qabul qilinganligini eslatadi: “...Va iltifot va ehtimom yuzidin ba’zi ma’nilar topib, nazm qiluig'a hukmlar ham joriy bo'ldi va so'z uslubig'a ta’yinlar va adosig'a ta’lim lar ham izhori bo'ldi”(16. 38). Turkiy til va adabiyot ravnaqini niyat qilib risola yozishga kirishgan m uallif o'z ona tilining fors tiliga xos bo'lmagan, muhimi, badiiy ijod uchun juda qo'l keladigan ba’zi xususiyatlarini “Muhokamat ul-lug'atayn”da bayon qiladi. M a’nodoshlik—badiiy uslub ziynatidir. Alisher Navoiy masalaga mana shu nuqtai nazardan yondashib, turkiy tildagi bir sinonimik qatomi tashkil qiluvchi so'zlam ing barchasini fors-tojik tilid a uchratib bo'lmasligiga diqqatni jalb etadi. Buning isboti sifatida “Muhokamat u l- lug'atayn”da fors tilida «muodidi bo'lmagan» yuzta fe’lning ro'yxati keltiriladi. Jumladan, “sipqarmoq” va “tomshimoq” so'zlari haqida bildirilgan mulohazalar turkiy til nafosatini yaqqol namoyon etishi bilan aham iyatlidir “Shuaro akobiridinki, ba’zi “may” ta’rifida mubolag'a qilibdurlar va bu mo'taddun bih amredurki, may ichmoq qavoidida so'z ko'p surup, zarofat nihoyatsiz zohir qilurlar. B iri sipqarmoq lafzidurki, mubolag'a mundin o'tmas. Turkcha nazmda bu matla’ bordurkim. Bayt: Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o'zumdin boray, Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray. Oyo! Bu sipqaray lafzi mazmunig'ayetganda, forsiy she’rdane iloj www.ziyouz.com kutubxonasi qilg'aylar? Va tomshimoqki, g‘oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa- topa, oz-oz ichar. Bu g'arib ma’ni adosida turkchada bu matla’ bordurki. Bayt: Soqiy chu ichib, menga tutar qo'sh: Tomshiy-tomshiy ani qilay no'sh” (16. 13 -14 ). “Muhokamat ul-lug'atayn”ning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, unda turkiy tilda shakldosh so'zlaming juda ko'plab uchrashiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu tajnis va iyhom badiiy san’atlari bilan ziynatlangan baytlar, she’rxon tuyg'ularini junbushga keltiruvchi tuyuqlar ijod etish uchun qo'l keluvchi til imkoniyatidir. Alisher Navoiy risolada ot (ism), ot (hayvon), ot (otmoq) va it (ko'pak), it (yo'qol), it (itar) shakldosh so'zlarining she’riyatda qo'llanishiga misol tariqasida ikki tuyuq keltiriladi va bir necha jinsdosh so'zlam ing ma’nosini izohlaydi (16 .18 -19 ). “Muhokamat ul-lug'atayn” adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ham o'ziga xos mavqega ega bo'lgan mo'tabar manba sanaladi. Unda muallif o'zining devonlari, “Xam sa” tarkibidagi dostonlari, “hiqiqat asrorin majoz suratida ko'iguz”gan “Lison ut-tayr” va boshqa asarlari ro'yxati- yu ulaming nihoyatda ixcham tavsifini keltiradi. Shuningdek, risolada fors-tojik adabiyotining yirik daig'alari Xoqoniy, Anvariy, Nizom iy, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Hojui Kirm oniy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy kabilaming turli janr taraqqiyotida qo'shgan hissalari, adabiy ta’sir masalalari muxtasar tarzda bayon etiladi. Asarda Am ir Xusrav Dehlaviyning ijodiga yuksak baho beriladi, jumladan, shoiming “Daryoi abror” qasidasi haqida iftixor bilan aytgan o'z fikrlari risolada qayd etiladi: “Y u z ming baytdin ortug' devonlarim g'azaliyoti va qasoyid va masnaviylarim ab’yoti agar olam sahifasidin yulsa va davron sahifasidan mahv bo'lsa va bu qasida qolsaki, anda ma’ni istiyfosi vofiydur, bu fan ahlig'a mening fazoyilim daliliga kofiydur”(l6.28). Ishq mavzuini nihoyatda yuksak ehtiros bilan she’rlari bag'riga singdirgan bu ulkan so'z san’atkorining mo'jizakor badiiy uslubi Alisher Navoiy va boshqa ko'plab tab’ ahliga manzur bo'lgandi. “Muhokamat ul-lug'atayn”da Abdurahmon Jomiy “Daryoi abror”ga tatabbu’ qilib, “Lujjat ul-asror» nomli qasida yozganligi, bu badiiyat durdonalari ta’sirida Alisher Navoiyning “Tuhfat ul-afkor”i vujudga kelgani haqidagi qimmatli ma’lumotlaiga o'rin beriladi. Risolada muallifning Am ir Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jom iy singari buyuk so'z san’atkorlarining ijodiga katta qiziqish va ehtirom bilan munosabatda bo'linganligi yaqqol namoyon www.ziyouz.com kutubxonasi bo'ladi. Ayni choqda, Alisher Navoiy turkigo'y shoirlardan Mavlono Lutfiy ijodini ham ana shunday yuksak maqomga munosib deb biladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida turkiy tilning badiiy ijod uchun muhim bo'lgan fazilatlari forsiy tilni kamsitmagan holda qiyoslash usuli bilan nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi. M uallif til va adabiyot masalalarini bir- biriga bog'liq holda tahlil qilib turkiy til va badiiy ijod ravnaqi uchun muhim umumlashma-xulosalarini bayon etadi. Risolada Sulton Husayn Boyqaroning o'zbek tili va adabiyotiga munosabatini yorituvchi, shuningdek, ulug' shoiming o'z hayoti, ilm iy-badiiy ijodi, adabiy ta’sir masalalari bilan aloqador ma’lumotlaming keltirilishi mumtoz adabiyotimiz tarixini o'rganish uchun nihoyatda muhimdir. Alisher Navoiy adabiyot nazariyasiga oid ikki risola ham yozdi. Ulardan biri adabiyotshunoslik tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan “Mezon u l-avzo n ” (“Vaznlar o'lcho vi”) asaridir. Risolada aruz nazariyasiga aloqador umumiy ma’lum otlar keltirilishi bilan bir qatorda, muallif tomonidan unga qo'shimcha va yangiliklar ham kiritiladi. Jum ladan, “M ezon ul-avg'on”da aruz istilohining kelib chiqishi, ruknlar, asllar, bahrlar va bahrlar doirasi, taqti’ (paragdigma) va boshqa m asalalar tushunarli tilda izohlanadi. Arab, fors-tojik va turkiy she’riyatning o'ziga xos vazni asarda deyarii har doim chog'ishtiriladi, ular o'rtasidagi umumiylik, yaqinlik va farqli jihatlar misollar bilan oydinlashtiriladi. “Mezon ul-avzon”da har uchala xalq badiiy ijodida qo'llanib kelingan aruzning o'n to'qqiz shajarasidan tavil, madid, basit, vofir va komil bahrlarida turkiy tilda juda oz ijod etilgani ta’kidlanadi. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling