B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
dostonini yozib tugatdi. A lisher N avo iy «Saddi Iskandariy» dostoni uchun Iskandar Zulqamaynning jahongirlik yurishlari tarixini asos qilib olsa-da, ulug' shoir asarida tarixiy Iskandar-Aleksandr Makedonskiydan tubdan farq qiluvchi yangi bosh qahramon obrazini yaratdi. Buyuk mutafakkir o'z davriga qadar yozma va og'zaki badiiy adabiyotning turli janrlarida sayqallashib, takomillashib borgan Iskandar obrazi va uning hukmronligi, jangovor yurishlarining badiiy lavhalaridan ijodiy foydalandi. Shuningdek, bu asar «Xamsa» tarkibidagi boshqa masnaviylarda ilgari surilgan yetakchi g'oyani takom illashtiruvchi, yaxlit jan r hisoblangan «Xamsa»ning yakunlovchi dostoni bo'lgani uchun uning tuzilishi navoiyona badiiy www.ziyouz.com kutubxonasi tafakkur bilan alohida mohiyat kasb etdi. «Saddi Iskandariy»da nazariy- axloqiy doston sanalgan «Hayrat ul-abror» va yaxlit voqealar tizimiga ega dostonlar «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» asarlariga xos tuzilishning o'zaro yaxlitlashuvi ko‘zga tashlanadi. Dostonning asosiy voqealari Iskandaming tug'ilishi, Faylaqus uni valiahd deb e’lon qilishi, taibiyalagan otasi (Faylaqus) vafotidan so‘ng, Iskandaming taxtga chiqishi lavhalarini o'zida mujassamlashtiigan X V bobdan boshlanadi. Bu bob asar asosiy voqealari tizimining muqaddimasi sanaladi. Keyingi tartibda keluvchi har to'rt bob mazmunan bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, asaming alohida bir qismini tashkil etadi. Unda Iskandaming sarguzashtlariga oid biror bir lavhani tasvirlashdan oldin hukmdoming to'g'ri yo'l tutganini nazariy jihatdan asoslash uchun awalgi uch bobda m a’lum bir masala xususidagi shoirning m ulohazalari (maqolat, chunonchi, himmat, adolat avf xususida), uni tasdiqlovchi biror hikoya yoki masal va Arastuning ayni masalaga oid qarashlari keltiriladi. Asardagi har to'rt bobning dostonning bir qism ini tashkil etishi Iskandar saiguzashtidan bahs etuvchi boblaming so'ngida keltirilgan lavhaga yakun yasovchi soqiy, mug'anniy va shoiming o'ziga murojaati o'rin olganligida ham ko'riladi. Sakson to'qqiz bobdan tashkil topgan dostonning muqaddimasi sanalgan (asosiy voqealar badiiy tafsilotining boshlanishi nuqtai nazaridan) X V bobda Alisher Navoiy talqinidagi Iskandar tarixiy Iskandar-Aleksandr Makedonskiydan tamomila farqli ekanligiga ishora qilinadi. M a’lumki, tarixiy manbalarda Iskandar Zulqarnaynning nasl- nasabi xususida turlicha ma’lumotlar uchraydi. Ba’zilar uni Eron shohi Doro II ning o'g'li desa, boshqa asar mualliflari jahongiming shajarasini M isr flr’avnlariga borib taqalishini qayd etadi. A lisher N avoiy dostonidagi Iskandar esa asrab olingan farzand, uning nasl-nasabi ma’lum emas. Asarda tasvirlanishicha, shikordan qaytayotgan Rum -u Rus podshosi Faylaqus otining sarkashligi tufayli endigina tug'ilgan, yordam bo'lm agani uchun m adorsizlanib chalajon holiga kelgan chaqaloqni qo'liga oladi. Unga Iskandar nomini berib, o'g'il va valiahd deb e’lon qiladi. ’’Hayrat ul-abror”ning “Adab dab’i”dagi bobida o'rtaga qo'yilgan talablaming amaldagi ijrosini Iskandaming jism oniy- ma’naviy shakllanish jarayonida ham his qilish mumkin. Iskandarga ta’lim va tarbiya berish uchun zamonasining eng zo'r donishmandlari jalb qilinadi. Naqumohis olinda das tur edi, K i hikmatqa olamda mashhur edi (11,90 ). www.ziyouz.com kutubxonasi Iskandar bilan Arastu hamsaboq edi. Uning m a’naviy-m a’rifiy shakllanish yillari ana o'shanday muhitda kechdi. U zamonasining yaktolari-allom ai davronlaridan insonshunoslikni, Insonni qadrlash ilm ini o‘zlashtirdi. Tarafayn (ikki taraflama) sa’y -u harakatlar tufayli zamon Iskandari: Bori ilm aro, o'yla, sohib kamol, K i, komil aningdek topilmoq mahol ( 11 , 9 1)- martabasiga ko‘tariladi. Ulug' shoir asarlarining asosiy voqealari to'qimasiga talay hikmat va hikoyatlarni kiritganki, bu ayni badiiy yaratmalarning mantiqiy bo‘liqligi, g‘oyaviy mazmuni nuqtai nazaridan ta’sirchan bo'lishini ta’min etgan. Aytilganlar jihatidan «Iskandar va gadolikni ixtiyor etgan shahzoda muloqoti» tarzida nomlash mumkin bo'lgan she’riy hikoyat ahamiyatli. Mag'rib davlatlaridan birini o‘z tasamifiga olgan jahongir odatiga ko'ra o ‘sha yurt shohlaridan (yoxud o‘sha hukmdoming avlodlaridan) biriga taxtni topshiiishi kerak edi. Mulozimlari munosib nomzod topmay qaytishadi. Iskandaming takroran talablari oqibatida go'ristondan go'sha topgan, aflodahol kiyingan, hamma yog'i kir shahzodani uning huzuriga olib kelishadi. Iskandaming podshoning taxtini unga topshirish bobidagi urinishlari befoyda ketadi. Chunki shahzoda faqirlikni shohlikka almashtirishni istamaydi. Iskandar o'z qarorida turib olgach, shahzoda uning oldida quyidagi to'rt shartni ko'ndalang qo'yadi: ...B iri andin o'ldi hayoti abad, K i, yo'qdir aning intihosig'a had: Yana bir: yigitlikka topmay xalal, Qariliq bila bo‘lmag‘ay ul badal, Yana bir g'inoyi muabbaddurur, K i, olinda iflosqa raddurur. Yana: shodlig'kim, yo'q aning g'ami, Adam bo'lg'ay ul surnlng motami ( 1 1 , 102). T a b iiy k i, ushbu sh artlarn in g ijro si b ir em as, m inglab Iskandarlaming ham qo'lidan kelmaydi. Garchi Alisher Navoiy o'z Iskandariga jahongirlik bobida mag'lubiyatni ravo ko'rmasa-da, ammo ma’naviy-irfoniy olamda uni qo'llab-quwatlash buyuk mutafakkiming ham qo'lidan kelmaydi. Gadolik — faqr yo'lini tanlagan shahzoda oldida m a’rifiy -ru h iy m ag'lubiyatga duch kelgan Iskandam ing tilidan quyidagilami shoir tan oldiradi: « ...K i bu dayr aro topsang ogohlik, Sanga faqr berdi, manga shohlik. www.ziyouz.com kutubxonasi Agarchi meni ayladi aijumand, Sanga berdi himmatni mendin baland» (11, 103). Alisher Navoiyning o'lmas “Xamsa”si uning yakuniy dostoni “Saddi Iskandariy ”da hamon yechimini topmagan bunday jumboqlar benihoya ko'pdir. Tahlil etayotganimiz hikoyatdagi dastlabki savol Iskandami dovdiratib qo‘ygan edi. Iskandar huzuriga kelayotgan shahzoda ikki qo‘lida ikki kalla suyagini ham ushlab kelgan edi. U qarshisida shohona salobat bilan o‘tirgan Iskandarga ma’noli nigoh tashlar ekan, birinchi savolini o'rtaga qo'yadi: Kalla suyaklaridan qay biri shohniki-yu, qaysinisi gadoniki? Javob — sukut. Darvesh mantiqiy-ma’rifiy shiddatga zarb berar ekan, so'raydi: «...Chu o'lganda birdur bu ikki mato’ , Tiriklikda nevchun qilurlar nizo’» (11, 102). Insoniyat avlodi qachon bu jumboqni ijobiy hal qiladi, yolg'iz Parvardigorgagina ayon, xolos. Alisher Navoiy Iskandar taqdiridagi ikki qutb — jism oniy (jahongirlik da’vosidagi janglar) va ma’naviy- ma’rifiy munozarani yonma-yon qo'yib badiiiy ifodalashda davom etadi. Yurtda iym on-u adolat bilan hukmronlik qiladigan shohning bo'lishi shart. Ikkinchidan, badiiy adabiyotda yashab kelayotgan markazlashgan davlat g'oyasi borki, Alisher Navoiy ham unga xayrixohlik qiladi. Biroq bu boradagi kurashlar jangsiz kechmaydi. Jang — vayronalik, begunoh odamlar qonining to'kilishiga boisdir. Bunisi Alisher Navoiyga ma’qul emas. Asar davomida bir-biriga zid ana shunday tuyg'ular muallifni o'z iskanjasiga oladi. «Saddi Iskandariy»da o'shanday tang vaziyatdan nozik chiqib ketilgan o'rinlar bilan birga, ikkilanishlar, chalkashliklar ham ko'zga tashlanib qoladi. Mana, bir misol. Faylaqus saltanati zamonida Rum -u Rus davlati Eronga, Doroga ming tovuq tuxmi kattahgidagi olmos hajmida boj to'lar edi. Taxt Iskandarga o'tgach, u o'sha xirojni to'lamay qo'yadi. Doroning elchilariga u tuxum tug'adigan o'sha tovuqlaming o'lgani, endi yo'q, ular tarzida javob qaytaradi. Bundan darg'azab bo'lgan Eron tojdori bir chavgon shari, tayog'i va bir xalta kunjut berib, takror elchilarini yuboradi. Bu bilan Doro aytmoqchi: Sen hali bolasan, toj-taxt da’vosini qo'ya turib, chavgon o'ynab yur. Mening kunjut donalariday behisob qo'shinim borki, sen uning zarbiga tob berolmaysan. Elchilam i ramziy ashyolari bUan qabul qilgan Iskandar hushyorlik ko'rsatadi. U mulozimlariga bir to'da och tovuqlami haydab kelishni buyuradi. Elchilar ko'z oldida xaltadagi kunjut tovuqlarga beriladi va bir necha daqiqada uning nom-nishoni ham qolmaydi. Chavgon tayog'i www.ziyouz.com kutubxonasi va shar (koptok)ni Iskandar o'zicha talqin qiladi: Dunyo koptok (shar) singari aylana va yumaloq. Doro uning ixtiyorini menga qo'yib beribdi... Elchilar ko'rgan va eshitganlarini Doroga aytib berishadi. G'azab otiga mingan Eron podshohi Iskandar davlati ustiga qo'shin tortadi. Jang muqarrar, chiqmaslikning iloji yo'q. Iskandar ham mudofaaga otlanadi. O'rtada tog' tizmalari. Urushning boshlanishiga hali muayyan fursat bor. Iskardar xos yigitlari bilan tog' qullalaridan biriga chiqib, Doro qo'shinini kuzatadi. U lar m o'r-u malax singari behisob, keti ko'rinmaydi. Hayratga tushgan Iskandami xayol o'z og'ushiga oladi. Shunday bir kayfiyatda uning ko'zi ikkinchi bir qulla ustida o'zaro urushayotgan kaklMaiga tushadi. Biri — semiz, ikkinchisi — ozg'in. Kutilmagan hodisa yuz beradi, havoda bir buigut paydo bo'ladi va chang urib semiz kaklikni olib ketadi. Iskandar o'zicha fol ochadi: Semiz kaklik — Doro, ozg'ini — men. U ni burgut olib ketdi, g'alaba esa menda qoldi... Navqiron jahongir o'z qarorgohiga qaytadi, unga Eron tarafidan elchilar borligini ma’lum qilishadi. Iskandaming muloqotidan ma’lum bo'ladiki, Eron qo'shini sarkardalari shohga qarshi isyon ko'tarishgan va unga suiqasd qilingan. Iskandar elchi libosida Doro huziriga kirib boradi. (Keyinchalik ana shu lavha asosidagi hikoyat «Lison ut-tayr»ga kiritiladi). Eron shohi chindan ham tiriklikning oxirgi daqiqalarini boshidan kechirayotgan ekan. Iskandar o'zini tanishtiradi. Shu o'rinda ulug' shoir Doroning uch vasiyati badiiy talqiniga uig'u beradi: Menga qasd qilib, qonimni oqizgan sarkardalami jazola. Chunki, men ulam i bolaligidan tarbiyalab shu darajaga olib kelgan edim. Menga xiyonat qilgan bu nonko'rlar seni ham, albatta, aldaydi. Mening avlod-ajdodlarimga ozor berma, qizim Ravshanakka uylangin. E ’tibor qiling, Alisher Navoiy juda katta nazokat ko’rsatadi. Har bir ishora-yu lavhaning hayotiy-shar’iy jihatlarini hisobga oladi. Bulardan eng asosiysi — kitobxonni ishontirish muammosiki, asarda uning yechim i ham yaxshi taassurot qoldiradi. A na shu to'qimalaming barchasi sodir bo'lishi tayin bo'lgan katta xunrezlikka chap berishga qaratilgandir. Shunga yaqin manzara Kashmiming olinishida ham ko'zga tashlanadi. Badiiy adabiyotda Kashm ir sehr-u jo d -u vatani sifatida ham m a’lum. Iskandar va uning qo'shini Kashmirda ajib bir to'siqqa duch keladilar. Shahar qal’asi shunday silliqki, uni hech narsa qilishning iloji yo'q. A lish e r N a v o iy tasviridagi Iskand ar sarkarda, davlat arbobi, donishmand va valiy maqomiga etgan shaxs. U qo'lga kiritayotgan g'alabalaming tayanch omili ham bor. U tanho emas. Iskandar zabardast www.ziyouz.com kutubxonasi olimlar qurshovida harakat qiladi, ulaming maslahatlariga quloq tutadi. Kashmiming zabt etilishida ham shu manzara namoyon bo'ladi. Sehrli devomi ko'rgan olimlar Iskandardan uch kunlik muhlat so‘rab, sabr qilishni maslahat ko‘rishadi. Aytilgan muddatda katta miqdordagi toshni balandga va uzoqqa ota oladigan qurolni yasab berishadi. Uning yordamida Iskandar Kashmir tilsim ini ochadi va bu shahami qo‘lga kiritadi. Shu yurt podshosi Malluning qizi Mehrinozga uylanadi. Qarang, bu o'rinda ham asar muallifi o'z Iskandarini himoya qila oladi. «Saddi Iskandariy» dostonining markazida tuigan bosh masala Y a ’juj va M a’jujlarning insoniyat boshiga soladigan qironining oldini olishga xizmat qiladigan sad (to'siq) — devomi bunyod etishdir. Aslida bu mavzu sayyorligining teran tomirlari Qur’oni karimdan boshlanadi. Ayniqsa, ilohiy kitob «Qahf» surasining 83-98-oyati karimalari ayni mavzu uchun g'oyaviy asos vazifasini ado etgan. Shu gapni Alisher Navoiy dostoni haqida ham aytish mumkin. Mulohazalarimizni dalillash uchun «Qahf» surasi 94-96-oyati karimalarini nazardan o'tkazaylik: «Ular: «Ey Zulqam ayn, shak-shubhasiz, (shu tog'lar ortidagi) Y a ’juj va M a’juj (qabilalari) yer yuzida buzg'unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) to'lov to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir sad chekib (bir to'g'on qurib) berurmisan?-dedilar. U «Zulqamayn aytdi: «Parvardigorim menga ato etgan (saltanat) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga (mol-dunyo bilan emas, balki) kuch-quwat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o'rtasida bir devor bino qilay. Sizlar menga temir parchalami keltiringlar. To (temir parchalari) ikkala tog' bilan barobar bo'lgach, (Zulqam ayn: «Bosqonlar bilan) dam uringlar»,-dedim. Bas, qachon u (temir-tersaklami qizdirib) o't qilgach (eritgach) dedi: «Menga eritilgan mis ham keltiringlar, uni (temir parchalaming) ustidan quyurman» (Qur’oni karim. O'zbkcha izohli taijim a. 213-bet). Sharq xalqlari adabiyoti tarixida yaratilgan deyarli barcha Iskandamomalarda Ilohiy kitobdagi shu lavhalar asos vazifasida keladi. Jumladan, «Saddi Iskandariy»da ham ikki tog' oralig'ida Y a ’juj va M a’jujlar yuradigan yo'l ustida haybatli yoysimon (qilichsimon) devor barpo etiladi. T u rli m etall qotishm alaridan qad rostlagan devorning o'sha m axluqlaiga qaragan yuzasi oqish-kulrang ma’danlar bilan silliq qilib pardozlanadi. Bular — ramz. Insoniyat tafakkurining yovuzlik yo'lini to'sish bobidagi chorasi, kashfiyotidir. Qay zamonlar uchun bunday sadlar — to'siq-u to'g‘onlar o'zining ramziy «burchi»ni bajarib, insoniyat qalbiga dalda berib kelgandir. www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiy o‘z Iskandari uchun X V asr sharoitida inson aql-u zakovati qodir bo'lgan barcha m o'jiza-yu ezguliklami ravo ko'radi, biroq uni haddan ziyod taltaytirib ham qo'ym aydi. Dunyoning baqosizligi, foniyligini unga har daqiqada eslatib turadi. Arastu bilan qilgan muloqotlari orqali ana shu tuyg'uni uning shuuriga singdira boradi. Ayni balog'at yoshida (o'ttiz uchda) uni o'lim bilan ro'baro' qilib qo'yadi. Ulug' shoir Iskandaming achchiq qismati orqali insoniyatga dahshatli haqiqatni yana bir karra ravshan ko'rsatadi. Azal kotiblari belgilagan lahzalar yetsa, na mol-dunyo, na mansab- u saltanat, na suyangan tog'laring joningga oro kirolmaydi. Sen dunyodan to'ymagan ko'zlaringni jovdiratib ketasan, ular esa (m ol-dun-yo va hokazolar) chapak chalib qola beradi! Iskandari Maqduniy bilan ham shunday bo'ldi, qazosi yetganini his qilgach, uning ko'zi ochildi, ammo endi kech edi. Jahongir shundagina afsus qildi: Ne qiIg‘on xayolim bori xom emish, Havas jom i ko'nglumga osxom emish ( 11 , 522). O'shanday lahzada onasini (tutingan onasi Bonuni) esladi. O'sha mushtipar nazdidafarzandlikburchini ado etaolmaganidan nadomat chekdi. Undan rozi-rizolik tiladi, gustohliklarini afv etishini o'tindi: Demon qilsam erdi o'g'ulluq sanga, Qabul aylasam erdi qulluq sanga ( 11 , 523). Bunday holat-hodisalar inson avlodi peshonasida naqsh topgan bitikka o'xshaydi. To'rt muchasi sog', ishi avjida, kuch-quw ati to'lib- toshib yuigan paytlarida inson xudbinlik, hirs-u havas etagida yuradi. Boshi yostiqqa yetgach, afsus tortadi. Iskandar bilan ham shunday bo'ldi. Ulug' shoir tili bilan aytganda: «Necha sarvari baxti farxundasan, Alar bandadur, sen dog'i bandasan», ha, ba’zan ma’naviy-m a’rifiy dunyosi boy odam ham bandaligini unutib qo'yar ekan, chunki o'rtadagi (Alloh bilan orif o'rtasidagi) hijob yo'qolgan emas, ma’naviy- ma’rifiy shakllanish jarayoni maromiga yetmagan. Iskandar ham qalbida shunday bo'shliq borligini tuydi... Dostonda ular jahongiming onasiga (tug'gan emas, tarbiyalagan enagasi) yozgan maktubida alam va dard bilan ifodalanadi. O'sha jonso'z maktub oxirida esa Iskandaming vasiyatlari beriladi. «Hayrat ul-abror»da ular ayrim lavhalar shaklida keltirilgan bo'lsa, «Saddi Iskandariy»da uning bafuija tasvirini ko'ramiz. Iskandaming ancha keng shuhrat tutgan bu vasiyati uch banddan iborat. U onasiga murojaat qilar ekan, ta’kidlaydi: «Boshim uzra ko'p iztirob aylamang, Jahonni azodan xarob aylamang». Masalaning bu www.ziyouz.com kutubxonasi qabilda qo‘yilishi shar’iy talablaiga to‘la mos keladi. Negaki, islomiy ta’limotga ko‘ra, odamning tug'ilishi Xudoning berishi, uning o‘lim i Yaratganning bandasini o‘z huzuriga da’vat etishi, olishidir. Falsafiy- m antiqiy jihatd an tug‘ilish muqarrar ekan, o'lim ham haqdir. Iskandaming ikkinchi vasiyati mulozimlariga qaratilgan va she’rdagi ifodasi quyidagicha: Qiling naql jahd-u jidd aylab bori, Skandarni Iskandariya son. H riklikda ul yer edi ma’manim, O iu m vaqti ham aylangiz madfanim ( 11 , 526). O stona, kin d ik qoni tomgan zam in parchasi —V atanning boshlanishidir. Odamiyligi bor, o'zini qadrlay oladigan inson uchun o‘sha go‘sha mo'tabar sajdagohdir. Iskandaming vasiyatida ana o‘sha muborak tuyg‘u ustuvor. U —ibrat maktabi. Iskandaming uchinchi vasiyati — falsafiy-mantiqiy teran. Uning zamirida Alisher Navoiyning yurak nidosi ham yashirin. U zamon, zabon, makon nuqtai nazaridan sarhad bilmaydi. Iskandarona—navoiyona bu ibratnoma—pandnoma butun insoniyat avlodiga qaratilganligi, um um bashariyligi bilan ham ahamiyatlidir. «...Chiqoring bir ilgimni tobutdin, Hamul nav’kim rishta yoqutdin. K i el solib ul son hayrat ko‘zi, Ne hayrat ko'zi, balki ibrat ko'zi: «Bu panjaki, barmoqlari chekti saf, Jahonni jahon ahlidin urdi kaf. Kafi ichra oldi jahon kishvarin, B ar-u bahming la’l Ua gavharin. Chu urdi ajal ilgi tabli rahil, Baqo bo'ynig'a soldi habli rahil. Jahondin shal ilgi misoli borur, Nechukkim, chinor ilgi xoli borur. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling