B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
sohibjamol bo'lsa, bu yerlarda yurma, Halabga bor»,-degan ovoz uning
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
sohibjamol bo'lsa, bu yerlarda yurma, Halabga bor»,-degan ovoz uning quloqlari ostida aks-sado beradi. Halab — katta, serodam shahar. Biroq unda ichim lik suvi tanqis. Ehtimol, jug'rofiy jihatdan shundaydir. Ammo Alisher Navoiy uchun Farruxni o'z qurshoviga olgan odamlardan xalos qilish shart. Shuning uchun ulug' shoir kitobxonni ikkilantirmaydigan chora izlaydi. Vaziyatni hisobga olgan Farrux kunning tun pardasi ortiga o'tishini kutadi. Hamma uyquga ketgach, qog'oz-qalam olib, sheriklariga maktub yozadi. U endi boshiga ishq savdosi tushganligini ham yashirmaydi. Hamrohlik qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirib xayrlashadi. Farrux shu yerdan shohona liboslariga vido aytadi. Qora namatdan tikilgan kiyimda shahar ko'chalari bo'ylab sayohatini davom etadi. Farruxning sheriklari uyg'ongach, uning maktubi orqali bo'lgan voqeadan xabar topishadi. U n i izlashning befoyda ekanini his etgan qo'shin va mulozimlar Sarandibga qaytib ketishadi. B ir necha kunlik www.ziyouz.com kutubxonasi ochlik, tashnalik va ruhiy iztiroblar o‘zini ko'rsatib qo'yadi. Farrux madorsizlikdan Halab shahridagi musofirxonalardan birida yotib qoladi: Shahr aro po'ya urdi ko'y-bako'y Telba yanglig4 yugurdi so'y-baso'y. Oqibat kunji gulxani topti, Yotib o'zga palosini yoptL Garchi gulxan kuli makoni aning, Lek do'zax o'tida joni aning. Anga bu hoi soldi kofir ishq, To ne qilg'ay ishini oxir ishq (10, 15 1). Halabda Axiy ismli boy-badavlat kishi yashaydi. To'g'ri, bu gavjum shaharda sarvat-u hashamatli insonlar va saxovatpeshalar ko'p, ammo ular Axiy emas. Uning o'zgalardan butkul farq qiladigan fazilati — oliy darajadagi javonmardligidadir. Akademik A.P.Qayumov ta’biri bilan aytganda: «Axiyda muruwat va futuwat mujassam» («Ishq vodiysi chechaklari», 194-bet). Shundan bo'lsa kerak, u har kuni erinmay shahar musofirxonalarini bir-bir aylanadi, muhtojlarga himmat qo'lini cho'zadi. Axiy uchun bunday odat- qalb ehtiyoji. Ana shunday «sayr»lardan birida taqdir Farrux bilan Axiyni uchrashtirib qo'yadi: Xojae bor edi Halabda g'aniy, Mehmondorliq shior-u fani... Ko'ngli behad rahim -u tab’i saxiy, Shahr xalqi ichinda oti A xiy... Go*yi nl kun Axiyi sohib xayr, Shahr atrofini qilur edi sayr. Kim , buzug'ni vatan qilib Farrux, Qo'ydi idbor tufrog'i uza ruh...(10, 15 4 -15 5) Shunday qilib, Axiy behol Farruxni odamlari bilan uyiga olib keladi, hammomda cho'miltirib, toza kiyimlar kiyintiradi. Kechki ovqat va suhbatlar jarayonida musofir yigitning yuragida o'tli bir dard borligi, u o'sha azobda qovjirayotgani seziladi. Biroq Farruxdan biror gapni aniqlashning imkoni bo'lmaydi. Tajribali Xoja yo'l izlaydi va nihoyat, uning xayoliga bir reja keladi. Axiy Farruxni gapirtirish uchun sharobdan foydalanadl Maydan sarxush bo'lib qolgan musofir yigit sevgi dostonini boshlaydi. Muloqot jarayonida aytilgan belgilami o'z xonimida ko'rgan Axiy ruhiy iztirobga tushadi, ammo bunday holatini mehmoniga bildirmaslikka harakat qiladi. Farrux bilan muloqotini tugatib, mehmoni uyquga ketganidan so'ng, o'z xonasiga kirgan Axiy jufti haloli bilan suhbat quradi. O'z Axiysini joni www.ziyouz.com kutubxonasi dilidan sevgan sohibjamol erining so‘zlaridan hayratga tushadi: Chekdi gulrux nafir ila faryod, K i: « Nedin mundog* aylading bedod, Ne ко‘rub manga bu sitam qilding? Qismatim to abad alam qilding!»(10, 16S). Axiy xotini bilan muomala-munosabatini davom ettirar ekan, uning to‘la roziligini kutmasdan umr yo‘ldoshiga taloq beradi. She’riy qissa qahramonining bunday raftori har qanday kitobxonni ham hayratga solishi tabiiy. Chunki Sharq xalqlari uchun ayol mo‘tabar xilqatdir. Chindan ham eri ishtirokida ayolning husn-u jam olini maqtash, unga nisbatan ortiqcha harakatlar qilish ayanchli fojialarga yo‘1 ochib berishi turgan gap. Axiy ham mo‘min, unga ham bu talablar begona emas. Ulug‘ shoir bizning dilim izda kechayotgan tub holatlarni takror va takror aql-u farosat mezonida tortib, zaruriy toshlami qo‘yishga ulgurgan. Asarda Axiyning ichki ruhiy kechinmalari va xotini bilan bog‘liq holatlaiga doir nozik ishoralar bor. Biroq ushbu javonmardning tutgan yo‘li oddiy insoniy munosabatlar doirasiga sig‘maydi: Jazm qildi Axiyi daryo dil, Qaydin o‘lg‘onni xasta shaydo dU. Dedi, fikr aylabon muruwat ila, Topti bu nuqtani futuwat ila. Kim : bu yanglig* g‘arib-u ham oshiq, Ishq tavrida bu sifat sodiq... Menki oning g‘amig‘a qolurmen, Dardi chora aylay olurmen. Qilmasam, o‘lsa, ul muruwat emas, O ni yaxshi muruwat ahli demas (10 , 162) . Keltirilgan iqtibos bir qator savollarga dadil javob bera oladi. Axiy uchun tasawuf — qismat. U shunchaki boy-badavlat, himmat-u karamni yashash dasturiga aylantiigan emas. Axiy ma’rifati baland, dunyo ko‘rgan, hayotdagi har qanday hodisa (xoh yaxshi, xoh yomon) atrofida sovuqqonlik ila mushohada yuritish qobiliyatiga ega shaxs. Shuning uchun xotini bilan aloqador muammolardan u hayrat-u dahshatga tushmadi, esankirab qolmadi, chora izladi. Axiy tasawuf olami talab-u tamoyillarini pishiq biladigan solikkina emas, o‘sha nazariy ko‘rsatmalami o‘z badanida sinovdan o‘tkazishga qodir va shunday imtihonlardan dadil o'ta oladigan «daryo dil» inson. Birovga pichoq sanchishga qasd qilgan banda o'z jismiga hech bo'lmaganda, nina suqib ko'rishi lozim . Axiy — tariqatning ikki www.ziyouz.com kutubxonasi katta jilg ‘asini bir o‘zanga oqiza olgan solik. Futuwat (borini bermoq) va muruwat (boridan bermoq) uning ikki kaftida turgan. Muayyan sharoit shulardan qaysini talab qilsa, Axiy o‘shasini qo'llagan. Farruxning dilidagi o'sha ruhiy holat borini ayamay berishni talab qilardiki, Axiy vaziyatni to‘g‘ri baholashdan tashqari, juda o'rinli qaror ham qabul qildi. She’riy qissa voqealari shu yo'sinda tabiiy, jonli davom etadi. Axiy o'z xotinini Farruxga shar’iy nikoh qilib beradi. Yetarii m ol-m ulk va yo‘1 anjomlarini hozirlab, kelin-kuyovlami Sarandibga kuzatib qo'yadi. Farrux yodgor sifatida uning namat liboslarinigina olib qoladi. Yo'lda kuyov kelinning yuragiga qo'l solib ko'radi. Uning ko'zlaridan yosh o'm ida qon oqayotganligini ko'rgan Farruxning taajjubi oshadi va kelin bilan jid d iy suhbatlashadi. Ana shu muloqot jarayoni anchagina jumboqlarni yechib beradi. Farrux bor haqiqatdan xabar topdi va uning Axiy va axiylikka bo'lgan sidq-u sadoqati yuz chandon oshdi. Farrux o'sha lahzada sadoqat shevasiga sodiq bu sohibjamolni o'ziga singil deb e’lon qildi va shunday munosabat boshlandi. Axiyning «omonati xiyonatsiz» muhofazaga olindi. Farrux vataniga yetib bordi. Vorisiylik me’rosi — taxt unga nasib bo'ldi. Musofiratni boshidan kechiigan, dunyo g'alvalari-yu oddiy insonlar turmushidan ogoh bo'lgani uchun ham u davlatni adl-u amniyat, iym on-u insof, din-u diyonat talablari asosida shunday boshqarishni afzal ko'rdi. Farrux shoh tutingan singilni ham unutmadi, uning uchun maxsus qasr qurdirib, o'sha yerda farovon yashash tarzining barcha shart-sharoitlarini hozirlab berdi. Bulaming hamma-hammasi shoirga ma’qul, ammo Farrux yo'lga qo'ygan boshqa bir fazilat mavjudki, doston muallifining bosh murodi ham shu edi: Axiy ishin shior aylab edi, Tavrini ixtiyor aylab edi. Mehmonxonai yasab oliy, G'urabo andin o'lmayin xoli. Goh o‘lur erdi otlanib soyir, Shahming davrig'a bo'lub doyir (10, 172). Farrux tufayli Axiylik — muruwapeshalik harakati Shom-u Halabdan to Hindiston-u Xitoyga qadar bo'lgan katta hududda shuhrat tutdi. O 'z izdoshlarini topdi. «Sab’ai sayyor»dagi Farrux Alisher Navoiyning ma’naviy-ruhiy farzandi ekan, uning tomirlaridan navoiyona falsafa yo'g'rilgan qonning oqqanligi shak-shubhasizdir. Farrux axiyona sayrlaridan birida kutilmagan mo'jizaviy holat ustidan chiqdi: www.ziyouz.com kutubxonasi ,,, Ushbu kunkim Axiyg'a erdi bu hoi Sayr aro erdi shohi farruxfol. U l buzuq son chunki soldi nazar, Qildi o'z holi xotirig‘a guzar. So‘rdi ul yonki: «Ne g'arib erkin K i, bu mehnat anga nasib erkin?» 0 ‘z palosini oshno ko'rdi, Notavone palos aro ko'rdi. Dedi: “Qo'p, ey g'aribi tiyra maosh!” Axiy uyg'ondi-yu ko'tardi bosh. Shahni ul tanidi-yu oni shoh, Otidin tushti shoh tortib ob. Shoh tushgan zamon Axiy qo'pti, U l muni quchti-yu bu yer o'pti (10, 172). 0 ‘z xotinini Farruxga nikoh qilib beigan, m ol-u sarvat bilan yo‘lga kuzatgan Axiy shahzodaning oshiqlik libosini (palosini), qora namatdan tikilgan kiyim larini olib qolgan edi. Oradan bir muncha vaqt o'tdi, ancha suvlar oqib bo'ldi. Baxt qarshisida badbaxtlik hamisha shay turarkan. Omadsizlik omad payini qirqish ilinjida uni hamisha ta’qib qilarkan. Axiy bilan ham shunday bo'ldi. Shum raqiblaming qo'li baland keldi. Axiy fitna va g‘urbatning qurboni bo'ldi. Halab podshosi uning m ol- m ulkini musodara qilib, o'zini o'limga mahkum etdi. Axiy sadoqatli do'stlari yordamida Halabdan jo nin i olib chiqishga ulgurdi. Axiy tomonidan o‘z xotinining Farruxga nikoh qilib berilishi, iltifot va e’tibor bilan kuzatib qo'yilishi raqiblariga omad keltirdi. Yurt podshosi hech qanday tafiishsiz fitnachilar gapini ma’qulladi va yuqoridagidek hukmni e’lon qildi. Um rini inson ma’rifati yo'lida baxsh etgan Axiyni ham ulug‘ shoir balolar domiga tashlab qo‘ymaydi va uni o'z muhofazasiga oladi. Farrux Axiyni ko'rishi bilan darrov uni taniydi va o'z og‘ushiga oladi. U (Farrux) zamon podshosi edi. Uning Axiy bilan o‘rtasiga tushgan ayriliqlardan bir necha yil o'tgan edi. Shulaiga qaramay, Farrux aslligini ko'rsatdi va Axiyga iltifot qildi. Ishq dardiga chalinib, uning g'amidan tatiy boshlagan oshiq, albatta, qora libos (aksariyat oshiqlar pashmina) kiyadi. Maxsus g'amxonalarda o'sha iztiroblar “nashidasini suradi”.Yana bir mumtoz manbalarda ommaviy holat ham yashab keladi. Dardmandning darddoshi, sirdosh- u homiysi timsoli vazifasida og'zaki hamda yozma badiiy adabiyotimizning www.ziyouz.com kutubxonasi “sinashta va tanish” timsollari harakat qiladi. 0 ‘sha belgilar birinchi musofir hikoyati qahramonlari taqdirida ham namoyon bo'ladi. “Oyning o'n beshi qorong'u, o'n beshi yog'du bilan”,- deydi dono xalqimiz. Farrux esa o'sha zulmatni nurafshon etgan oy misol Axiy uni o'z panohiga oldi. Xotinini hech qanday xiyonatsiz, yangidan nikoh bilan unga • qaytardi. Saroyidan nufuzli lavozim berdi. Sarandibda o'zini Halabdagidek his etmog'i uchun barcha shart-sharoitlami muhayyo ayladi. Biroq Axiy egnidan qora libosini tashlamadi, sababi: Qora rang elga toj-u torakdur, Kim bu rang ichradur, muborakdur (10, 176). “Sab’ai sayyor”dagi Zayd zahhob saiguzashtlariga bag'ishlangan ikkinchi she’riy qissada ulug' shoir yurt hukmdorlarini nihoyatda seigak va hushyor, zukko va tadbirkor bo'lishga chaqiradi. Mamlakatni idora etishda ilm -u hunar ahlining madadidan foydalanishning afzalliklari, ayni choqda, podshohning e’tiborsizligi bilan shu ijtim oiy tabaqa vakillarining ba’zi порок harakatlariga yo'l ochilishi natijasida saroy fisq-u fujur, adovat, qalloblik makoniga aylanishi haqida filer yuritiladi. Zayd tabiblikda tengi yo'q shifokor. Falsafa bobida tengsiz faylasuf. Xullas, u har jihatdan usta va uddaburon inson. Uning yagona nuqsoni—hiylagarlik va firibgarlik bilan boylik orttirishga intilishidir. Ilm -u hunari bilan podshohning eng yaqin kishisiga aylangan Zayd hukmdordan ikki ming botmon oltin talab etib, ulkan taxt baipo etishga kirishadi. Zaigar tabiatidagi nuqsonli illatlar g'olib kelib, bunyod etilayotgan oltin taxtning juda katta ichki qismi kumush bilan “bezatiladi”. Keyinchalik saroy a’yonlari Zaydning bu qilmishini fosh etishga tushishadi. Hukmdor taxtining yuqori qismidan o'rin olgan to'rt tovus qanotlarini yoyib, Humo qushi misol unga baxt-iqbol tilagandek soyabon bo'lardi. Taxtning pastki minoralarida joylashgan to'tilar esa: “Shohg'a kom o'lsun, Anga bu taxt mustadom o'lsun” deyishardi. Saroy ahli ikki to'tini almashtirib, ulardan biriga: ’’Taxt ro'kashdur”, ikkinchisiga esa: “M usannifi g‘ashdur“,-so'zlarini o'rgatishadi. Shu tariqa Zaydning qallobligi fosh bo'lib, u zindonband etiladi. Ilm -u hunarini namoyish etgan va nafsini tiya olishi bilan tutqunlikdan ozod bo'lgan Zayd butparastlar vatani bo'lgan Qustantaniyaga yo'l oladi. Bu yerda butparastlikning rasm-u qoidalarini yaxshi o'zlashtiradi, buyuk diniy arbobga aylanadi. Ammo shu yerda ham u qallobligidan voz kechmaydi. Oltindan yaratilgan butlami o'zi yaratgan temir butlar bilan almashtirib, ulam i oUb yurtiga qaytadi. Mamlakat hukmdori xastalanib yotgan edi. U Zaydni ko'rishni www.ziyouz.com kutubxonasi istaydi. Zargar podshohi xazinasini o‘g‘irlangan oltin butlar bilan boyitib, uni kasallikdan forig‘ etadi va yana hukmdoming yaqin kishisiga aylanadi... Uchinchi iqlimdan kelgan musofir “eshigi hojat ahlining vatani” bo'lgan M isrdagi badavlat bir kishining o 'g 'li Sa’dning ishqiy sarguzashtlari haqidagi qissani hikoya qiladi. Sa’d yashil kiyim li ikki musofimi o‘z uyiga mehmon qiladi. Suhbat asnosida ulardan biri Kesh yoki Shahrisabz deb ataluvchi shahardagi bir ibodatxonada bir kecha tunagan kishiga ikki qush kelajagidan xabar berishini bildiradi. Ikkinchisi esa ko'rilgan tushdan so'ng nima qilishini bilmagan kishiga bir g‘orda yashayotgan donishmand Faylaqus yordam berishini aytadi. Sa’d otasining fotihasini olib yo'lga tushadi. Ibodatxonada tunaydi. Tongga yaqin uyquga ketgan Sa’dning tushida bir qush: “Kim nasibing pariy bo'lmish, K i, yuzi mehri xovariy bo'lmish”,-desa, sherigi: “Kim seni dev qilg'usidur asir, Solib ikki oyog‘ingga zanjin>,-deya ma’lumot beradi. Shundan so‘ng, Sa’dni Shahrisabzga boshlagan musofirlar Faylaqus yashaydigan g'oiga olib borishadi. Donishmand yigitning nomini, bu yurtlaiga nima sababdan kelganligi, ko'rgan tushini Sa’ddan hech narsa so'ramay so'zlab beradi. Faylaqus o'z tarixini ham hikoya qiladi va yigitning taqdirida Shahrisabz shohining go'zal qiziga uylanishi uchun uch shartni bajarishi bitilganligini bildiradi. Faylaqusdan o'igangan ilm lari asosida Sa’d Qatron nomli qora devni engadi, donishmandning savollariga javob beradi va o'ziga ro'ba-ro' kelgan sehigardan g'olib keladi. Shundan so'ng yigit yashil qasrda shahrisabzlik malikaga uylanib, baxtli hayot kechiradi. Hikoyatda ezgulikka da’vat, inson tafakkur olamini ma’rifat nurlari bilan yoritib, ko'ngil ozodaligini ta’minlash saodat asosi ekanligi, bunday ma’naviy kamolotga erishgan ustoz tadbirlarining afzalliklari kabilar badiiy ifodasini topgan. “Sab’ai sayyor”dagi to'itinchi hikoyat shoh Juna va cheksiz saxovat sohibi bo'lgan Mas’ud saiguzashtlariga bag'ishlangan. Dehli podshohi Junaning boyligi nihoyatsiz bo'lib, u huzuriga kelgan kishilaiga saxovat ko'isatishi, adolatli siyosati bilan mashhur edi. Qissada tasvirlanishicha, tog'-u toshlaidan oshib podshohga meva olib kelgan bir muhtoj bog'bon Junaning unga bo'lgan munosabatidan ranjiydi, bundan xabardor bo'lgan hukmdor bog'bonga himmat ko'rsatadi. Bir kun shohning huzuriga kelgan mehmon unga g'ayri tabiiy bir ko'zguni tortiq qiladi. Uning g'aroyibligi shundaki, kimki yolg'on gapirsa, ko'zguda uning yuzi qora bo'lib aks etadi. Mehmon oliyhimmatlik va saxovatda Junani tengi yo'q, deya ta’rif etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Biroq mehmon podshohning talabi bilan oynaga yuzlanganida, uning yuzi qora rangda akslanadi. Shunda mehmon saxovatda Hotami toyni ortda qoldimvchi Mas’ud haqida ma’lumot beradi Juna Mas’udning uyiga mehmon bo‘ladi. Uning oliyhimmatliligi va mehmondo'stligiga qoyil qoladi. Taroz viloyatining valiysi Jaypur zolim va pastkash inson edi. Juna tezda Jaypuming o'miga Mas’udni hokim qilib tayinlaydi. Alamzada Jaypur o‘z noyibi Mallu bilan Mas’uddan o‘ch oUsh payiga tushadi. M as’udning uyida uyushtirilgan ziyofatdan so'ng, uyquga ketgan xonadon sohibini M allu arqon bilan bog‘lab shahar chetidagi bir chohga olib borib tashlaydi. Malluning go‘zal, oy yuzli qizi Gulrux Mas’udni sevib qoladi. U sevgilisini chohdan ozod etadi. Voqealar rivojida Mas’ud Juna saroyiga borib qoladi. Hukmdor Jaypur bilan M alluni qatl etadi. Hikoyatda oliyhimmatlilik va pastkashlik, insof va insofsizlik, adolat va zulm, to'g'rilik va munofiqlik o'rtasidagi ayovsiz kurash qalamga olingan. Ulug' shoir mamlakat hukmdorlariga Junani, viloyat hokimlariga esa Mas’udni ibrat namunasi qilib ko'ratishga harakat qiladi. Asardagi g'ayri tabiiy ko'zgu timsoli hikoyatda ilgari surilgan yetakchi g'oyani o'quvchiga muayyan tarzda yetkazishda imkon yaratgan bo'lsa; Mas’ud Junaga tortiq qilgan jom , oy yuzli qiz va Gulgun laqabli oti saxovatpeshalikni ulug'lash hamda voqealar tizim ining yaxlitlashuviga xizmat qildirilgan. Beshinchi iqlimdan kelgan musofir mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shijoat va qahramonlik g'oyalari ilgari surilgan Mehr va Suhaylning ishqiy saiguzashtlariga bag'ishlangan qissani hikoya qiladi. Adan mamlakatida Jobir ism li bir qaroqchi bo'lib, u dengiz sayohatiga chiqqanlarga zo'ravonlik ko'rsatish yo'li bilan katta m ol-m ulk sohibi bo'lishni odat qilgan edi. Kunlardan bir kun dengiz sayohatini ixtiyor qilgan Bihishti shahrining hokimi Navdaming sohibjamol qizi Jobiming tuzog'iga tushadi. Zo limning hujumidan omon qolgan Mehming yaqinlari Jobir qaroigohiga keltiriladi. KemadagUar orasida Zuhra (yulduz) misol go'zal qiz ham asir tushganini eshitgan Jobir Mehmi ko'rishni istaydi. Qiz uning huzuriga keltirilgach, qaroqchilar boshlig'i hushidan ketadi. Bu holat bir necha marotaba takrorlangach, Mehr qasiga eltib qo'yiladi, uning odamlariga esa vataniga qaytishga ijozat beriladi. Mehr Yam an shohi No'monning Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling