B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
o'g'li Suhaylga unashtirilgan edi. No'mon Suhaylni dengiz yo'li bilan
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
o'g'li Suhaylga unashtirilgan edi. No'mon Suhaylni dengiz yo'li bilan ko'p sovg'a-salomlar ortilgan kemada to'y kunini belgilash maqsadida Navdaming oldiga jo'natadi. Kema dengizda bo'ronga uchraydi. Keyinchalik Jobir boshliq qaroqchilar qarshiligiga duch keladi. Suhayl Jobiiga qarshi mardonavor kurashadi, biroq Jobir hiyla yo'liga o'tib Suhaylni asir oladi www.ziyouz.com kutubxonasi va uni birorta asir hali omon chiqmagan chohga tashlaydi. Farzandlarini zolim Jobiming asiri bo'lganini eshitgan Navdar quruqlikdan, No'mon esa dengizdan qaroqchilaiga qarshi jangga kirishadi. Navdar o'rmonda bir go'zal kiyikni uchiatib, uning ortidan quvib ketadi. Oqibatda shoh lashkaridan ayrilib, dushman qo‘liga asir tushadi. Ulug‘ shoir shu lavhadan so'ng, “Sab’ai sayyor”ning bosh qahramoni, ovga mayli juda yuksak bo'lgan Bahrom va barcha shohlaiga o'git bo'larli quyidagi satrlami bitgan: Shab Шаг bo‘lsa shohlik, qilmoq, Sipalildin kerakmas ayrilmoq. Shahni derlar sipoh biria shoh, Shoh emasdur yo'q ersa anda sipoh. Shahg'a xayl o'Isa fath aning ishidur, B ir kishi Rustam o'Isa, bir kishidur, Shahlig' oyinin aylabon zanbo'r, Aylamas besipah sukunu murur. Uchsa yolg'uz ko'rarga oq-u qaro, Ne tafovut ulu yana bir aro. Borsa shatranj shohining sipahi, Ko'rki, bormu hisob ichinda shahi. Chunki Navdar adug'a bo'ldi asir, So'ydilar har ne kiyganin bir-bir (10,295-296). No'moning kemalari ham dengizda to'fonga uchraydi. Bu tabiiy falokat No'monning kemalarini va sanoqsiz askarlarini dengiz tubiga olib ketadi. O'zining omon qolishiga ham ishonmagan No'mon Jobirga asir tushadi. Mehming tadbiri bilan chohdan ozod bo'lgan Suhayl Jobir oldiga peshvoz chiqib: “Sen agar zohir etting itlikni, Men sanga ko'iguzay yigitliki”,-deya dushmanini halok etadi. Shu tariqa adolat tantana qilib sevishganlar visolga erishadilar. Navdar va No'mon mamlakatlari birlashtirihb uning taxti Suhaylga i?' 4 topshiriladi. Oltinchi iqlimdan kelgan musofir cho‘l-u biyobonda ko'p yurib tajriba orttiigan, dili pok, ko'ngli ochiq, sabr-toqatli Muqbil, dengiz sayrida ustasi farang, biroq o'zining yolg'onchiligi, yaramas odatlari bilan kishilarga ziyon yetkazuvchi Mudbir haqidagi qissani so'zlab beradi. Baxtar nomli mamlakatdan Xovar yurtiga otlangan bu ikki yo'lovchi tabiati tamomila bir-biriga qarama-qarshi. Bu zidlik “Vodiyi hamim”(“Qaynoq vodiy”)dan o'tish jarayonida yorqin namoyon bo'ladi. Muqbil taqdiriga tan berib, sabr-toqat bilan Tangriga shukronalar qilib, toat-u ibodatni kanda qilmay manzil tomon davom etsa, Mudbir taqdiiga tan berish o'miga falakdan www.ziyouz.com kutubxonasi shikoyatlar qiladi, Tangriga shak keltiradi. Ular dengiz safarida to‘fonga uchrab bir orolchaga borib qoladilar. Sandal daraxti ostidagi chashmaga cho'milish jarayonida Muqbilga Allohning inoyatidan bahramand bo'lish nasib etadi. U chashmada cho'milganda, pariy misol bir qizni sevib qoladi. Mudbiming tani esa chashma suvi haroratining yuqoriligidan kuya boshlaydi. U yolg'onchilik qilmaslikka so‘z berib, buloqdan suv ichgan edi. Yana yolg'onchilik qilsa, yorilib o'lishini bilardi. Biroq Mudbir eski odatidan voz kecha olmaydi. Ikki yo'lovchi dengizda sandal daraxtlari ortilgan ulkan kemaga duch kelishadi. Kemadagi odamlar ochlikdan halok bo‘lishgan edi. Kema Xovar yuitiga yo‘1 oladi. Mamlakat podshohi oldida yolg'on gapiigan Mudbir yorilib o'ladi. Muqbil esa o‘sha chashmada ko‘rgani Xovar podshohining qiziga uylanadi. Hikoyatda kishilami sabr-qanoatga undash g‘oyalari ustuvorlik qiladi. Yettinchi iqlimdan kelgan musofir shoh Bahromga bir tomondan, o‘zi Xorazm o‘lkasining mashhur sozandasi bo‘la turib, taqdir taqozosi bilan bu yurtga kelib qolishining tafsilotlari, ikkinchi tomondan esa Diloromning saiguzashtlaridan bahs etuvchi qissani hikoya qiladi. She’riy qissadan ma’lum bo'lishicha, Xorazmga Xitoy savdogari chang chalishda mashhur bo‘lgan kanizagi bilan kelganida, uning ovozasi butun o‘lkaga tezda tarqaladi. Xojaning m ol-u dunyosi behisob, osmondagi oyga o ‘xshash go‘zal, samodagi Zuhra misoli mashhur sozanda bo‘lgan kanizagining ta’rifiga so‘z ojiz. U chang chalib musiqagajo‘rb o ‘lganida, eshituvchilar jon berishga ham tayyor edi. Xorazm shohi ham bu qizning ta’rifini eshitib, uning kuyi va husn-u jamoliga mahliyo bo‘ladi. Kanizakni sevib qolgan shoh oraga sovchilar qo‘yadi. Biroq qizning taibiyachisi Xoja Haq uni davrning yagonasi va dunyodan toq o‘tadigan qilib yaratganini ma’lum qiladi. Shoh esa qizning visoliga zo'riik bilan erishishga harakat qiladi. U n i majburan haramiga olib keladi. Shunda qiz qo‘liga changgini olib, shunday mungli bir kuy chaladikidiki, saroy a’yonlari va shoh uyquga ketadi. Bu hoi bir necha bor takrorianadi. Shoh oppoq kiyim li kanizak visoliga zo‘rlik bilan erishish mumkin emasligini anglagach, Xojani ota, qizni esa singil sifatida qabul qiladi. Yettinchi iqlim yo'lidan kelgan musofir mashhur sozanda bo'lib, kanizakning san’atini eshitgan xalq Xorazm m ashshog'iga bo'lgan iltifo tin i o'zgartiradi. Xorazm xalqi bazmlarining dostonnavozi bo'lgan mashhur sozandaning ishi kasodga uchraydi va u arz qilib Xoja hamda uning kanizagining oldiga boradi. Boshqa hunari yo'qligi, lozim topishsa, shu kan izakka shogird tu sh ish in i aytadi. Shunday q ilib , o 'zaro www.ziyouz.com kutubxonasi ahdlashuvlardan so‘ng, Xorazm mashshog‘i kanizakdan musiqa sirlarini o'rgana boshdaydi. Kanizakning kuyida qandaydir dard, alam bor. U sozandadan tunlari afsona so'zlashni iltimos qilar, so‘z firoq, hajr haqida ketganida o'ksib-o'ksib yig'lardi. Xorazm sozandasi kanizakning ko'nglidagi sirlarini bilishga harakat qiladi. Qiz esa, awalo, tafiishni bas qilishni taklif qiladi. Agar ko‘nglida pinhon saqlangan siridan voqif bo‘lishni juda istasa, bu o'lkadan bosh oUb ketishga so'z berishini mashshoqdan talab qiladi. Shunday qilib, Diloromning Bahromga turmushga chiqqani, o'jarligi bois sahroda o'z sochlariga bog'lab tashlab ketilgani, uni ko'rishga kelayotgan Xojasi kanizakni sahroda hushsiz va holsiz bir ahvolda uchratgani, hushiga kelgach, Bahromdan uzr so'rash uchun uning oldiga borishni qanchalik talab qilmasin, Xojasi Xorazmga olib kelganini so'zlab beradi. Shoh Bahrom yettinchi iqlim yo'lidan olib kelingan musofirdan Diloromning hayot ekanligi haqidagi xabami eshitgach, shohligini ham unutib, afsona so'zlovchini quchoqlab oladi. Hukmdor tong otishi bilan Xorazmga borishga ahd qiladi. Biroq arkoni davlatining maslahati bilan Xoja va Diloromga maktub bitib har ikkalasini saroyga chorlashni ma’qul ko'radi. Shunday qilib, sevishganlar qayta topishadi. Ular у yetti qasrda bazm uyushtirishadi lekin, у yetti darvesh hikoyasidan tegishU xulosa chiqarmagan shoh Bahrom yana ovga beriladi. U ovlagan jayronlaming terisi yer yuzini qoplaydi. Qonlari ariq bo'lib oqadi. Ko'k yuzini qoplagan bulutlardan tomayotgan yomg'ir selga aylanadi. Ov maydoni yumshoq, usti o'tlar bilan qoplangan botqoqlik edi. Jonivorlarning behad ko'p oqizilgan qoni bilan aralashgan yomg'ir suvlari botqoqlik yuzini ishg'ol qiladi va shoh Bahrom hamda uning hamrohlarini yer yutadi. Alisher N avo iy doston so'ngida shoh Bahrom ni tushida ko'rganligini o'quvchilariga so'zlaydi. Hukmdor shoiiga nihoyatda yuksak ehtirom bilan munosabatda bo'ladi. Husayn Boyqaroni o'ziga o'xshashligini aytib, uning davlatiga xayr-saodat tilaydi. Bu bilan ulug' shoir shoh Bahrom qissasidan barcha podshohlar xulosa chiqarishi lozimligini ta’kidlaydi. “Sab’ai sayyor” dostoni uchun asos bo'lgan hafta kunlari, ularga homiylik qiluvchi, qadimdan muqaddaslashtirilgan у yetti sayyoraga xos ranglar bilan qasrlaming bezatilishida o'ziga xos ram ziy-m ajoziy m a’no “yu klan g an ”. T a n iq li adabiyotshunos S.H asan o vning “Navoiyning у yetti tuhfasi” (Toshkent, 1991) asarida bu masalaga alohida e’tibor beriladi. Jumladan, shanba kuni Zuhal (Kayvon, Saturn) sayyorasi bilan bog'liq bo'lib, qasming rangi Bahromning yurish-turishi- www.ziyouz.com kutubxonasi barcha-barchasi shu rangda tasvirlanadi. Bu rang, awalo, sevgilisidan ayrilgan shoh Bahromning musibatli kunlarini anglatsa, dastlabki hikoya qahramonlari Axiy va Farruxlar uchun muruwat, yaxshilik va saodatli hayot ram zidir. Bu bilan shoir inson axloqi, yurish-turishi uning taqdirini belgilaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. Shuningdek, qora rang yoshlik va baxt ramzi deya ham talqin qilinadi. Bunday xulosaga kelishda Axiy va Farrux sarguzashtlarining dostondagi tasviri imkon beradi. Dem ak, shoir har bir rangning o‘ziga xos ram ziy-m ajoziy ma’no qirralariga alohida e’tibor qaratadi. Shoir qahramonlar ruhiy holatini yanada yorqinroq tasvirlashda, ranglarning ram ziy-m ajoziy ma’no qirralaridan san’atkorona foydalanishda davom etarkan, bu uslubiga dostonning asosiy voqealar tizimining yakuniga qadar sodiq qoladi. Yakshanba kuni Quyosh sayyorasi homiyligi bilan bog'liq bo'lib, shoir talqinida oltin rang tiniqlik, xursandchilik-olijanoblik ramzidir. Shuningdek, bu rangga xos bir oz o'zgaruvchanlik, tovlanish unga sharmandalik va nafrat uyg'otish ma’nolarining ramziy ifodasini ham beradi. Natijada dostondagi oltin rang Diloromidan ajralgan hukmdoming ishq dardiga chalinib xastalanganligini anglatish bilan bir qatorda, ilm - u hunar ahlining ba’zi nuqsonlaridan bahs etuvchi Zayd zahhobning qallobligi, firibgarligini ifodalaydi. Dushanba kuni Oy sayyorasi bilan bog'lanib, shoh Bahrom yashil qasrda afsona tinglaydi. Yashil — tasawufiy ta’limotga ko'ra, hayot ramzi sanaladi. Uchinchi iqlim musofiri tomonidan so'zlangan qissa qahramoni Sa’d ulug' pin Faylaqus o'gitlari asosida baxtli hayotga erishadi. Ayni choqda, bu rang samoviy mavjudotlar bilan bog'lanishni anglatadi. Shu bois Sa’d ikki musofir va uzlatda chekingan Faylaqusdan madad oladi. Shuningdek, bu hikoyat bilan shoir shoh Bahromni baxtli hayot uchun kurashga undaydi. Seshanba kuni Mirrix (Mars, Bahrom) sayyorasi homiyligida o'tadi. Shu bois shoh Bahrom shu sayyora rangi bilan bog'liq qizil qasrda kunni o'tkazadi. Bu rang qoliplovchi hikoyat qahramoni xastaligining avj nuqtasini ifodalaydi. Keyingi qasrlar bilan aloqador ko'k, sandal va oq rang hukmdor tanasidan kasallikning asta-sekin barham topa boshlaganini bildiradi. Shuningdek, ranglarning asta-sekin so'na boshlashi Bahrom hayotining so'nggi damlari yaqinlashganidan darak beradi. Ulug' shoir dostonida qizil rang ezgulik kuchlarining yovuz kuchlar ustidan qonli kurash bilan g'olib kelib, baxtga erishish ramzi sifatada qo'llanadi. Hikoyatdagi ezgulik kuchlari: Juna, Mas’ud, yovuzlik kuchlari bo'lgan Jaypur, M alluni hayot uchun kurashda mag'lub etadi. Chorshanba kuni Utorid (Merkuriy) www.ziyouz.com kutubxonasi sayyorasi homiyligida o'tadi. Shoh Bahrom shu sayyora rangiga uyg'un bunyod etilgan moviy qasrda bazm uyushtiradi. Dostonda ko‘k yoki moviy rang qandaydir bezovtalik va g'amgin holatni eslatadi. Bu shoh Bahrom ruhiy holatining beshinchi iqlimdan kelgan musofir qissasi qahramonlari zolim Jobir qo‘lida tutqunlikda qolgan sevishganlar Mehr va Suhayl iztiroblari bilan mushtarakligini bildiradi. Hikoyat davomida hukmdorlar juda ko'p lashkarlarining vafot etishi esa moviy rangning motam ramzi ekanligini dalillaydi. Mushtariy (Yupiter) sayyorasining homiyligida o‘tadigan payshanba kuni shu samo yoritqichi rangi bilan aloqador sandal rangli qasrda shoh Bahrom uchun bazm uyushtiriladi. Sandal shifobaxshlik va xotirjamlik ramzi. Hovar mamlakati podshohi qizining sandal daraxtidan shifo topishida bunga ishora bor. Muqbilning har qanday holatda ham qanoat bilan xotiijam harakati uni baxtga eltadi. Mudbir esa fojiali o'lim topadi. Shoh Bahrom ruhiy kasallikdan asta-sekin tuzala boshlaydi, biroq uning axloqiy tuzalishi, aytilganlardan xulosa chiqarishi uning irodasiga bog'liq. Nihoyat, juma kuni sodir boiadigan voqealar Zuhra (Venera) sayyorasining hukmiga bog'liqligi bois uning rangi bilan aloqador kofuriy (oq) qasrda shoh Bahrom qissasi davom ettiriladi. Oq rang poklik va sofdillik ram zi bo'lganligi bois Bahrom uzoq ayriliqdan so'ng, Diloromning vasliga qayta etishidan darak beradi. Shuningdek, bu rang keksalik, inson hayotining poyoniga etishidan nishona tarzida ham talqin qilinadi. Shu bois o'zini axloqiy jihatdan tuzatishga iroda topa olmagan Bahromning hayoti fojiali yakun topadi. Ko'rinadiki, ulug' shoir “Sab’ai sayyor” dostonida shoh Bahrom va Diloromning ishqiy saiguzashtlaridan bahs etuvchi qoliplovchi qissa hamda inson ma’naviy kamolotiga xizmat qiluvchi у yetti hikoyatni yagona voqealar tizimiga ega bo'lgan yaxlit doston holida yuksak san’atkorona mahorat bilan ijod etgan. “Xamsa” ichidagi xamsa deya nomlash mumkin bo'lgan bu doston X V III asrda yozma va og'zaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom tuikumining paydo bo'lishi, X IX asrda qashg'arlik G'aribiy tomonidan «Shoh Bahrom va Dilorom», Umar Boqiy qalamiga mansub «Qissai haft manzari Bahrom» singari ko'plab asarlaming vujudga kelishiga zamin hozirladi. 9.6. “Saddi Iskandariy” — “Xamsa”ning xotimaviy dostoni. Asaming mavzu va g'oyalar olami, hikoyat va masallar tahlili “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”)—Alisher Navoiyning adolatli va ma’rifatli hukmdor rahnamoligida markazlashgan davlat ЬафО etish, www.ziyouz.com kutubxonasi xalq osoyishtaligi va yurt ma’murligini ta’minlash, o'zaro toj-taxt kurashlari, ixtilof-u nifoqlarga barham berish singari umumbashariy g'oyalarini o'zida badiiy ifoda etgan dostondir. Ulug‘ shoir “Xamsa” tarkibidagi boshqa asarlarida bu masalaga alohida e’tibor berib, Anushervoni odil, Sulton Muhammad Xorazmshoh, Shohi G 'oziy, Chin xoqoni, Xusrav Parvez, Bani Omir va Hay qabilasi boshliqlari, Ibn Salom, Bahrom singari katta-kichik hukmdorlar obrazini ijod etdi. Mazkur asarlarda o‘sha hukmdorlaming yaxshi a’mollari yuksak san’atkorlik bilan vasf etilgan bo'lsa, ulaming tabiatidagi noqisliklar tanqid ostiga olindi. “Hayrat ul-abror” dostonida “Iskandaming у yetti iqlim mamolikini panjai tasarrufig'a kiyurg'oni va xoli ilik bila olamdin rixlat markabin surgoni” (14 - maqolatdan so'ng keltirilgan hikoyat)ni ibrat namunasi qilib ko'rsatgan buyuk mutafakkir “Saddi Iskandariy”da odil va ma’rifatli, ma’naviy yetuk shoh obrazini Iskandar timsolida mujassamlashtirdi. Bu bilan shoir “Xamsa” tarkibidagi boshqa dostonlarida ilgari surilgan ijtim oiy-siyosiy qarashlarini “Saddi Iskandariy” dostonida yanada takomillashtirib, o'zi orzu qilgan hukmdoming mukammal obrazini asar qahramoni misolida badiiy tasvirladi. Iskandar tarixiy shaxs bo'lib, u eramizdan oldingi IV asrda (356- 323) yashagan buyuk jahongir Aleksandr Makedonskiyning Sharqdagi nomidir. Sharq xalqlari orasida bu ulug4 sarkarda Iskandar Zulqam ayn, Iskandari Rum iy, Iskandar Maqdon nomlari bilan atalgan. Aleksandr nomi shu so'zga talaffuz jihatidan uyg'un “Iskandar” so'zi bilan ifodalangan bo'lsa, “Rum iy” va “Maqdon” uning vatanini anglatgan. “Zulqam ayn” Iskandaming ilohiylashtirish zaminida unga nisbatan berilgan sifat bo'Ub, ikki shoxli degan ma’noni bildiradi. Manbalarda ma’lumot berilishicha, shoh juda qadim zamonlarda Yaqin Sharqda ilohiy qudratning timsoli sanalib, xudolar singari shoxli tarzda tasawur qilingan. Aleksandr Makedonskiyninng tarbiyasi bilan uning ustozi Aristotel (Arastu er. av. 384-322) shug'ullangan. Eramizdan awalgi 336- yilda otasi Filip p o'ldirilgach, Aleksandr Makedonskiy taxtga chiqadi. 26 yoshida Doro I I I ni yengib, Eronni egallaydi. Keyinchalik u Movarounnahr va Hindistonni z^bt etadi. Dunaydan Hind daryosigacha bo'lgan katta hududda ulkan mamlakat barpo etadi, nihoyat, eramizdan awalgi 323-yilda, 33 yoshida vafot etadi. Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari haqida antik davr tarixchilaridan Anian Flaviy va Plutarx asarlarida ma’lumot beriladi. Yunon tarixchisi Arrian Flaviy Iskandar haqidagi rivoyat-u afsonalaming vujudga www.ziyouz.com kutubxonasi kelishi sababini uning jahongirlik yurishlarida ishtirok etgan askarlar faoliyati bilan bog‘laydi. Unga ko'ra, Iskandar jangdan vataniga qaytayotgan askarlariga forslar va midiyonlami, baqtriyaliklar va shaklami, Kaspiy dengizga qadar cho'zilgan hududda yashovchi parfiyonlami, xorazmiylami va girkanlami qanday bo'ysundirgani haqida hikoya qilib berishni aytgan ekan. Hikoyachilar tarixiy ma’lumotlarga nisbatan taxayyul va uydirmaga ko'proq berilishlari natijasida bir qancha afsona va rivoyatlar vujudga kelgan. Keyinchalik X I-X T I asrlarda Ovrupoda Iskandar haqidagi ritsarlik romanlari ijod etilgan. Sharq yozma badiiy adabiyotida atoqli fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiy ilk bor Iskandar haqida doston ijod etdi. Asaming bosh qahramoni «Shohnoma» tarkibidagi bir qator sosoniy hukmdorlaiga bag'ishlangan dostonlardagi yetakchi obrazlardan keskin farq qilmaydi. Shoir buyuk jahongitga bag'ishlangan ushbu masnaviysida uning Doroga qarshi janggi, insonlami ya’ju j-m a’jujlardan xalos etish uchun g'ov qurishi singari lavhalar bilan Iskandami adolatli va najotkor hukmdor qiyofasida tasvirlasa- da, sarkardaning ko'plab jangovor yurishlarining sababi, mohiyati va oqibatini ochib bermaydi. 12 0 3 -12 11-yillaida ulug' ozar shoiri Nizom iy Ganjaviy «Panj ganj»i tarkibidan o'rin olgan «Iskandamoma» dostonini ijod etib, xamsachilikda Iskandaming jahongirlik yurishlari va hukmronligiga bag'ishlangan alohida doston yozish an’anasini boshlab berdi. 130 0 -130 1- yillarda Amir Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sining so'nggi dostoni «Oyinai Iskandariy» ijod etildi. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonini 1484- yilning sentabr—oktabr oylarida nihoyasiga yetkazdi. Bu ma’lumot taniqli adabiyotshunos B.Valixo'jayevning «Mumtoz siymolar» (Toshkent, 2002, 179-bet) kitobida bir necha dalillaiga tayanilgan holda qayd etiladi. O'sha yilning 28-dekabrida Abdurahmon Jom iy «Xiradnomai Iskandariy» Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling