B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
M en ham qildim fasona bunyod (9, 57)
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
M en ham qildim fasona bunyod (9, 57).
«Layli va Majnun» dostonida ishq talqini «Xamsa» tarkibidagi boshqa masnaviylarga nisbatan batamom ayricha yo'sinda hal etiladi. Dostonda naql qilinishicha, Qays Hay qabilasida joylashgan maktabga o'qish uchun beriladi. U o'qishga kelgan kuni Layli xasta bo'lgani sababli mashg'ulotda yo'q edi. LayU sog'ayadi va maktabga keladi. Qays Laylini va u Qaysni ko'radi, nigoh-nigohga tushishi bilan qalblaiga ishq otashi tutashadi. Firoq va hijron azoblari o'sha kundan boshlanadi. Ushbu dostonda qahramonlar holatida sukr (mastlik, sarxushlik, o'zidan ketish) alomatlari bag'oyat baland. Layli va Majnun visol onlaridagi qarashlar to'qnashuviga dosh berolmaydilar va ular tabiatida mastlik, behushlik kayfiyati yuz beradi. Ilk uchrashuv manzarasi Laylining tuzalganidan shodlangan ustodning hamma shogirdlarini darsdan ozod qilgandan so'ng, Layli va qizlar gulshan sayriga chiqqanlarida sodir bo'ladi. 5-6 yoshlardagi bu norasida go'daklar bir-birlariga ro'baro' kelganlarida, Qays bexosdan ishq haqida so'zlaydi. Uning ruhiy holatida jiddiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Qaysning hushidan ketishi Laylini sarosimaga soladi. Ikki kanizak kelib qizni bu tashvishdan xalos etishadi. Majnundagi junun - ishq tufayli. U o'ta yuksak harorat bilan Laylini (uning timsolida Allohni ham) sevadi. Biroq bu muhabbatga Laylining otasi rozi emas. Chunki Qays mansub bo'lgan Bani Omir qabilasi mavqe-e’tibor jihatidan Hay qabilasidan birmuncha past. Shunday gapni davlat-u sarvat xususida ham aytish o'rinlidir. Barcha to'siqlar ana o'sha nuqtadan boshlanadi. o'rtaga Ibn Salom qo'shiladi. U arablaming Bani Asad qabilasidan. Dostonning I8-bobida Ibn Salom xususida shunday satrlar bor: Ham xayli Bani Asadg'a voli, Yuz xayli Bani Asadcha moli (9, 128). Laylining otasiga ma’qul kelgan jihat ham Ibn Salomning ana o'sha www.ziyouz.com kutubxonasi nufuzi, molidir. Doston voqealarining keskin tus olishi Ibn Salom sovchilarining katta sovg‘a-salom bilan Layli mansub xonadonga kelishidan boshlanadi. Qaysdagi ishq jununi kun sayin emas, hatto, soat sayin ortar edi. Qabila oqsoqollarining maslahati bilan Qays islom olamining muqaddas sajdagohi—K a’baga olib boriladi. Muborak va muallaq mo'jizaviy tosh— «hajar ul-asvad» qarshisida Qays Yaratganga munojot qilib, o'z «dardi»ga shifo tilashi lozim edi. Qarang, Qays Egamdan nimalami iltijo bilan so'raydi: Ko'nglumga fazo hariml ishq et, Jonimg‘a g‘izo nasiml ishq et! Ishq isidin et rtamimni mushkin. Ishq o‘tidin et yuzumni rangin!.. Jonimg‘a sol ul sharorani ham, Boshimg‘a ur ushbu xorani ham. Ko'nglum g‘am ila to‘q ayla, yo rab! Ishq ichra meni yo‘q ayla, yo rab! Derlar manga: «Ishqni unutg‘il, Layli g‘amidin kanora tutg'il*. Alloh, Alloh bu ne so‘z o'Ig'ay, U l qavmg(a Tengri uzr qo‘lg‘ay... LayU ishqin tanimda jon qil, Layli shavqin ragimda qon qil. Dardini najotim et, Dohi, Yodini hayotim et, Ilohi! (9, 145-146). Majnunning ushbu munojoti g'oyaviy mazmuni, ishqqa bo'lgan baland m as’u liy ati jih a tid a n Farhodning X usrav b ilan qilgan munozarasiga juda yaqin turadi. Alisher Navoiy qalami bilan nash’-u namo topgan bu yuksak e’tiqodli oshiqlaming ma’naviy-m a’rifiy olami boy. U lar shunchaki bulhavas oshiq emas, balki xudoboxar, sabr-u bardoshU, hayo va iboni, shar’iy axloq talablariga rioya qilishni bir lahza ham unutmaydigan, iym on-e’tiqodi butun insonlardir. Ulug' shoir kitobxon qalbida shubha uyg'otmaslik maqsadida ulam i tanho qoldiradi, d il ro zin i aytish uchun sh art-sh aro it ho zirlab beradi. B iroq sevishganlaming barcha sa’y -u harakatlari ruhiy-m a’naviy muloqot doirasidagina qolib ketadi. N a Farhod va na Majnun faoliyatida odobsizlik, jism oniy yaqinlashishga mayl alomatlari, shariati islomiya ahkomlariga xilof harakatlar ko'zga tashlanmaydi. Aniqrog'i, shar’iy axloqiy talablar www.ziyouz.com kutubxonasi ulam i ma’lum nuqtaga tortib turadi. Shuningdek, qanoat va qone’lik tamoyillari ham borki, Farhod-u Majnunlar unga qat’iy rioya qiladilar. «Layli va Majnun» dostonida «Farhod va Shirin»dagi Shopumi xotirga keltiruvchi bir timsol mavjud. T o ‘g‘ri, ulaming mavqe va ijtim oiy hayotdagi o‘m i birday emas. Shopur — Eron farzandi, u jahongashta tijoratchi, dunyo kezgan, yurt ko'rgan «base achchiq-chuchuklam i» boshidan kechirgan inson. M uhim i, u faqat pul topish, uni sanash va mo‘may foyda izidan quvuvchi, ma’naviy olami qashshoq kimsa emas. Shopur-m a’rifatli, fahm-u farosati joyida bo'lgan shaxs. U o'z va o'zgalar qalbi ila sirlasha oladi. Shuning uchun u Farhodni o'zi uchun kashf qiladi, uning qalbi tubida pinhon darddan ogoh bo'la oladi. Shunday jasur, hoziijavob, hunarli insonga madad qo'lini cho'zishni o'zi uchun sharaf hisoblaydi. Farhod va Shopurdagi ma’naviy-m a’rifiy uyg'unlik ulam i shu qadar yaqinlashtiradiki, natijada bu ikki birodar yagona maqsad yo'lida birday xizmat qiladi. Shopur tabiatida Axiy («Sab’ai sayyor»dagi birinchi hikoyat qahramoni)ga xos fazilatlar namoyon bo'ladi. «Layli va Majnun»da Navfal shunday qiyofada ko'zga tashlanadi. A w alo , mushohada qilib ko'raylik, Shopur, N avfal, Axiylam ing voqealar to'qimasiga olib kirilishi hayot haqiqatiga rost keladimi? Ular sun’iy ravishda o'ylab topilgan to'qima timsollar emasmi? Dadil javob berish mumkinki, ushbu qahramonlar o'zlari mansub asarlarda faoliyat ko'rsatmasa, o'sha dostonlarda norasolik, kemtiklik yuz berardi va o'sha badiiy yaratmalaming adabiy-m a’rifiy qadri bu qadar yuksakda bo'lmas edi. Xalqiyatda «ahli dard» degan ibora mavjud. Uning paydo bo'lishi esa tasodifiy emas. Dard bor joyda uni his etuvchi, himmat qo'lini cho'zuvchi insonlaming bo'lishi shak-shubhadan xolidir. Fikrim izcha, o'shanday zaminda «ahli dard» iborasi tug'ilgan. Navfal ana shunday ahli dardlardan biri edi. U tasodif bilan sahroda jonivorlar bilan sirlashib, qalbiga taskin berib yuigan Majnun bilan uchrashib qoladi. Navfal — o'z ma’naviy olamiga ega sarkarda. U faqat nayzabozlik qilish, qilich chopishni emas, insonlar qalbiga quloq tutishni ham biladi. Qaysning tashqi ko'rinishi uni hayratga soladi. Biroq u bilan muloqot jarayonida Navfal uchun juda ko'p sohalarga oydinlik kiritiladi. Sarkardaning Qaysga doir tasaw uri ijobiy tomonga o'zgaradi. Ayniqsa, Qaysdagi boy m a’naviy-m a’rifiy olam Navfalni hayratga soladi va unda shunday dardmand (ishq dardiga giriftor), bama’ni yigitga madad berish istagi tug'iladi. Navfal Laylining otasiga murojaat qiladi, uni yo'lga solmoqchi, murosaga keltirmoqchi bo'ladi. Biroq sarkardaning bunday savobli www.ziyouz.com kutubxonasi urinishlari hayf ketadi. Tabiiyki, muloqotda mag‘lubiyatga uchragan shijoatli Navfal jism oniy kuchiga tayanmoqchi bo'ladi. Saibozlari bilan Laylining otasiga qarshi jangga hozirlik ko'radi. U Layli mansub qabilani, uning sardorini kuch bilan taslim qilish maqsadida qurol ishlatish payiga tushadi. Ishqday daxlsiz insoniy tuyg'uning zo'ravonlik qurshovida qolishi va uning shu yo‘1 bilan hal etilishi Alisher Navoiyga ma’qul emas edi. Biroq asarga o'sha voqealar tasvirini kiritmaslik ham tabiiylikka xilof bo'lardi. Shuning uchun ulug' shoir ana shunday tang vaziyatdan chiqishning xolisona va tinch yo'llarini izlaydi. Dostonga kiritilgan tush manzarasi tasviri ana o'sha ijodiy izlanishlaming samarasidir. Asardagi tasviiga ko'ra, Majnun tushida Laylini ko'radi. Layli o'z sevgilisiga xabar beradi: «Agar Navfal qabilamiz (Hay qabilasi) ustiga qo'shin tortsa, otam meni o'ldirmoqchi». Bu shum xabar Majnunga yashinday ta’sir qiladi va u Navfal huzuriga boradi. Majnunning iltijolari tufayli sarkarda jang qilish fikridan qaytadi. Lekin u Majnun bilan mutlaqo xayrlashib ham ketmaydi. Sarkarda Navfal jo'mardlarcha yo'l tanlaydi. O'zining bo'yga yetgan qizini Majnunga nikoh qilib bermoqchi bo'ladi. Shunday qilib, bir kechada bir yoqda Layli va Ibn Salomning, ikkinchi tarafda esa Navfalning qizi va Majnunning nikoh to'ylari bo'lib o'tadi. Muhimi, har qanday vaziyatda ham Alisher Navoiy o'z qahramonlarini himoya qiladi, ular pokligiga ozor yetkazadigan barcha urinishlar oldini olish, bartaraf qilishning tabiiy, ishonarli omillarini topadi. Nikoh to'ylari bo'lib o'tadi, biroq Alisher Navoiy talqinidagi qahramonlaming pokligiga qilcha bo'lsin, xalal yetmaydi. Navfalning qizi bilan Majnun tanho qoladilar. Kelin Qaysga iltijoli nazar tashlab, o'z sevgilisi borligi va otasi irodasiga qarshi borolmay, to'yga rozi bo'lganligini ma’lum qiladi. Ayonki, o'zi ishq o'tida yonayotgan Qays Navfal qizining irodasiga zid borolmas edi. U o'sha lahzadayoq kelinga taloq-rozilik berib, o'zi Najd tog'iga qarab yo'l oladi. Ibn Salom va Laylilaming mushkuli ham ana shunday ishonarli darajada hal etiladi. Kuyovning xafaqon xastaligi bor edi. Orzusining ushalishi va to'y shodiyonalaridan ko'proq ichib qo'yganligi sababli Ibn Salomning o'sha kasali jazaba qiladi. U hushsizlanib yotib qoladi. Fuisatdan foydalangan Layli kelin libosida uni tark etadi. Shu tariqa Layli va M ajnunlarning pokizaligi saqlab qolinadi. Asar xotimasida jism an birlashish baxtiga muyassar bo'lmagan oshiq-u ma’shuqalar ruhan shunday baxtga erishadilar. Alisher Navoiy ikki sevishgan qalb sohiblarini yana o'sha qorong'u tun qo'ynida uchrashtiradi. Layli Ibn Salomning notobligi tufayli dashtga www.ziyouz.com kutubxonasi yo‘1 olgan bo'lsa, Majnun ham taqdir taqazosi bilan kitobxonga tanish ishq vodiysiga ravona bo'lmoqda edi. Tasvir va tamsillar o'zgaradi. Kitobxon ko‘z o‘ngida dahshatli bir manzara emas, aksincha, sokin ruhiyat hukmron bo'lgan ishq vodiysida sevishganlar dardlashadilar. Oshiq — ma’shuqlar bir-birlarining vasliga etishganidan butun borliq xushnud tin olmoqda: hayvonlar, o‘simliklar—barcha-barcha mavjudot sukut saqlaydi. Pok muhabbat sohiblari ruhan birlashadilar. Ikkilik o'rnini birlikka—tavhidga bo'shatib beradi: M ajnun sog'inib o'zini Layli, Aylar edi noz-u ishva mayli. Layli o'zini sog'indi Majnun, Shukr ettiki, yori erdi maqrun. U l bu bo‘ldi-yu lek bu ul, Topmadi aroda ikkilik yo‘1. H ar ishki o‘tub haloklikdin, Ayru emas erdi poklikdin. Ishq ahli bu nav’ o‘lsalar pok, G ar vasl muabbad o‘lsa nebok? Oshiqki murodi kom bo‘lg‘ay, Oshiqlik anga harm bo‘lg‘ay. Alqissa ul ikki yori dilband, Chun qildilar o'yla vasl payvand. Payvandi sipehrning uzuldi, Ohangi jafo yana tuzuldi. Yolg‘on kunlariga bo‘ldi rog‘ib, Ш т , qildi tulu’ subhi kozib (9, 250). Layli va Majnun o'rtasidagi pok muhabbat sevishganlami Ruhi Mutlaqqa yaqinlashtiradi. U lar bir-biriga mazhar bo'lganligi bois pok ishq bilan shunday ma’naviy yuksaklikka ko'tariladilarki, natijada qalblari ilohiy fayzdan bahra oladi. Tong otishi bilan hajr iztiroblari yana qalbida o'sha haroratli muhabbat tug'yon urganlami o'z iskanjasiga ola boshlaydi. Majnun Najd tog'idan makon topadi. U vahshiy hayvonlar va qushlar bilan unslashib, Layli qabilasini kuzatardi. Tabiat Qaysni o'z bag'riga chorlaydi, unga tasalli beradi, mehr ko'rsatadi. o'g'illarining Navfal uyidan ketganini eshitgan ota-ona ham g‘am -anduhlarga bardosh berolmay dunyodan o‘tishadi. Majnun tushida ulaming vafotidan voqif bo‘ladi. U qabristonga kelib ham ota-onasi, ham sevgilisidan ayrilgani uchun zor-zor yig‘laydi, nihoyatda ko‘p iztirob chekadi. Farhodning www.ziyouz.com kutubxonasi Sh irin n in g o ‘ lgani haqidagi xabarni eshitganidan so‘ ng jism i parokandalikka yuz tuta boshlagani singari Majnunning tanasi ham zaiflasha boshlaydi. Ayni choqda Qaysning boshiga tushgan bu kulfatlaiga o 'zin i sababkor bilgan Laylin in g ruhiy holatida ham shunday o‘zgarishJar kuzatiladi. Qattiq iztirobdan Layli tanasida kuchli harorat paydo bo‘ladi. Tabiblar bu kasallik oldida ojiz edilar. Shu tariqa Layli ahvoli borgan sari og‘irlashadi. U onasiga so'nggi armonlarini so‘zlarkan, Majnunning kelishini, unga o‘z farzandlariga qilgan munosabatlari yanglig* mehr ko‘rsatishlarini o‘tinib so‘raydi. Qays ayni paytda g'oyat xastahol yotardi. Tasodifan quloqlariga bir nido kelib, Laylining o‘lim oldida ekanliginidan xabar beradi. Majnun jismida zaiflik sodir bo'lgan bo‘lsa-da, qoplon yoinki tog‘ kiyigi singari Hay qabilasi tomon yo‘1 oladi. Layli endi onasiga aytadigan vasiyatlarini tugatish arafasida edi: Layli qilibon safarg‘a niyat, Aylardi anosig‘a vasiyat. H ar nuktaki aylabon guzorish, Majnunni qilur edi suporish. Kim , kirdi uy ichra yori joni, Yo‘q, yo‘qki rafiqi jovidoni, Bir-birga nazar kushod topti, Ham bu va ham ul murod topti. Jononig‘a ul fido qilib jon, Bu jon beribon nechukki jonon (9, 290) Shunday qilib, Layli va Majnunning daidchil ishqiy saiguzashtlari ikki sevishganlaming vafoti bilan yakunlanadi. Ulug‘ shoir «Xamsa»ning ikkinchi dostoni «Farhod va Shirin»da pok ishq insonni ruhiy-ma’naviy yuksaklikka ko‘tarishi asar qahramonlari sarguzashti asosida tasvir etilgan edi. «Layli va Majnun»da ayni g‘oyaning yangicha jilodagi badiiy ifodasi ko‘zga tashlanadi. Farhodning ma’rifat martabalaridan odimlashida Suhaylo, Xizr, Suqrot singari donish ahli qo‘l beigan bo‘lsa, Majnunga Navfal madadkor bo'ladi. Biroq ishq falsafasini teran anglash bobida Navfal Farhodga madadkor bo'lgan ulug‘laiga tenglasha olmaydL Ujismoniykuchga ishonadi Hay qabilasi boshlig'i, Ibn Salom singari obrazlar timsolida ilohiy fayzdan bebahra kishilaming qiyofesi namoyon bo'ladi. «Layli va Majnim»dagijozibadoriik qahramonlaming ruhiy holati tasviri, tabiat manzaralarining ramziy-majoziy mohiyat kasb etishi, tush lavhalarining kelajakdan xabar berishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 9.5. «Sab’ai sayyor» — Navoiy nazmining у yetti sohir tuhfasi www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» (Y yetti musofir, sayyoq) dostoni ulug‘ shoir «Xamsa»si tarkibidagi masnaviylardan tuzilishiga ko'ra tubdan farq qiladi. Dostonning tuzilishi «M ing bir kecha», «To'tinoma» asarlari singari bo'lib, uning boblari voqea ichida voqea tarzida joylashtirilgan. 1484 yilda ulug' shoiming o'z e’tirofiga ko'ra bor- yo'g'i to'rt oyda yakunlangan dostonning hajm i besh ming bayt atrofidadir. Bahrom G o 'r va uning m a’shuqasi Dilorom ning sevgi sarguzashtlari asaming qoliplovchi, у yetti iqlim yo'lidan keltirilgan у yetti musofiming у yetti rangdagi qasrda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy muammolardan baJis etuvchi voqealari qoliplanuvchi hikoyatlardir. Asaming bosh qahramoni Bahrom Sharq xalqlari adabiyotida juda ko'p murojaat etilgan an’anaviy obrazlar sirasiga mansub. Uning zamiri qadim iy m ifologiyaga borib taqalishi bilan bir qatorda, tarixiy manbalaming guvohlik berishicha, Sosoniy hukmdorlardan Varaxran V (hukmronligi 418-438) bilan ham bog'liqdir. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarida Bahromning go'r (xachir) oviga mayli ko'proq bo'lgani uchun xalq orasida «Bahrom G o'r» laqabi bilan tanilganligini e’tirof etadi. Shuningdek, m uallif Bahromning shijoatliligi, jasurligi bilan aloqador tarixiy ma’lumotlarni ham keltiradi. Unga ko'ra, Sosoniy hukmdor Yazdijurd vafot etgach, undan zulm ko'igan arkoni davlat mamlakatni uning o'g'li Bahromga topshirishni istashmaydi. Ardasher naslidan Kisro nom li kishini taxtga o'tqazadilar. Bundan xabar topgan Bahrom No'm on bilan Yazdijurd saltanatini egallashga harakat qiladi. Arkoni davlatga uning uchun toj-u taxt ota meros ekanligini ta’kidlaydi. Bahrom va Kisro o'rtasida talosh bo'lgan saltanat tojini ikki och arslon orasiga qo'yishga va bu ochofatlami mahv etgan qahramon mamlakat podshohi bo'lishiga qaror qilinadi. Kisro bosh salomatligini g'animat bilib bu ishdan voz kechadi. Bahrom esa arslonlami halok qilib mamlakat tojini boshiga kiyadi va adolatli siyosat yuigizadi (Alisher Navoiy. Asariar. O 'n besh tomlik. 14-tom , Toshkent, 1967, 218-bet). Bahrom G o 'r haqidagi rivoyat va afsonalar ham da tarixiy manbalardagi ma’lumotlardan ijodiy foydalangan taniqli fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiy yozma adabiyotda ilk bor shu mavzuga bag'ishlangan doston ijod etdi. Shoir «Shohnoma»si tarkibidan o'rin olgan ushbu asarda Bahromning shohligi tarixi va u bilan bog'liq juda ko'plab afsona hamda rivoyatlar o'zining badiiy talqinini topgan. Doston muallifi asarda Bahromni nihoyatda shavkatli va adolatli podshoh, vatanparvar bahodir, pahlavon va mohir ovchi sifatida tasvirlash bilan birga uning aysh- www.ziyouz.com kutubxonasi ishratga mayli yuksakligi hamda qahr-g‘azabi quyushqonidan chiquvchi dahshatli shaxs ekanligini ham badiiy ifoda etadi. Dostondagi shoir qalamida badiiy sayqallashtirilgan eng mashhur lavha — Bahromning Munzir tomonidan unga hadya etilgan kanizak xushovoz xonanda Ozoda bilan ovga chiqishidir. Shoh Bahrom o'zining kiyik ovlashdagi san’atini ko‘z-ko ‘z etish maqsadida Ozodadan qarshisidagi jonivorlam i qanday otishni so'raydi. Ozoda tomonidan qo'yilgan shartga ko'ra, u ota kiyikning ikki shoxini o‘q bilan kesib tashlab uni ona kiyikka, ona kiyikni esa o'q otib ota kiyikka aylantirmog'i, shuningdek, keyingi kiyikning oyog'ini o'q bilan uning qulog'iga bog'lamog'i lozim edi. Shoh Bahrom Ozodaning shartlarini qoyil maqom qilib bajaradi. Biroq kanizak uning mohirligini olqishlamagani uchun uni ot bilan toptab o'ldiradi. Ulug' ozar shoiri Nizom iy Ganjaviy «Panj ganj»ining to'rtinchi dostoni «Hafl paykar» («Y yetti go'zal»)da ham Firdavsiy asaridagi singari ov lavhasi qalamga olinadi. Bundagi kanizakning nomi Fitna bo'lib, u Bahromga faqat kiyikning oyog'ini uning qulog'iga bog'lashni shart qilib qo'yadi. A m ir Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sidagi «Hasht behisht» («Sakkiz jannat») dostonida esa Bahromning kanizagi sifatida Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling