B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Zuloliy chashmai hayvon masallik
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Zuloliy chashmai hayvon masallik, Bo‘lub bar qatra andin jon masallik. Qirog‘inda daraxti ko‘kka hambar, Bu hayvon suyi ul Xizri payambar. Yetib Farhod anda bo'ldi xurram, Yig'ochqa bog'labon raxshini mahkam. Hamul suv ichra g'usli ayladi pok, Yubon g‘am chiridni bo'ldi tarabnok. Sujud у etti tilab maqsudig'a yo'l, Tazarru’ ayiabon ma’budig'a ul. Ko'targach boshni ko'rdi sabzpo'she, Yuzi nuroni andoqkim surushe. Chu ko'rdi oni, holi topti tag*yir, www.ziyouz.com kutubxonasi Buyurdi lutf-u sbafqat ko‘rguzub pir K i, ey farzand, g'amdin bargaron bo‘l, Bu ishkim koming o'lmish, komron bo‘I. M eni Xizr anglakim, tuttum yo‘lungni, K i, to bu yo‘Ida tutqoymen qo‘lungni (8, 163). Farhodning istiqbolida osmondek keng ko‘lamli ko‘kalamzor, uni qarshisida obi hayot chiqarib tuigan buloq hozir bo'ladi. Buloq suvining har qatrasi jondek shirin va yoqimli, qalblarga huzur baxsh etadi. Obi hayot bulog'ining qiig‘og‘ida ko'kka bo'y cho'zgan bir daraxt mavjud bo'lib ayni ashyolar ramziy mohiyat kasb etadi: obi hayot manbai buloqni — tiriklik, osmon bilan bo'ylashuvchi daraxtni esa X izr payg'ambar timsoli deyish mumkin. Shahzoda xursand bo'lib otini daraxtga bog'laydi va buloq suvi bilan g'usl qilib poklanadi. U Allohga tazarru’ qilarkan, maqsadiga erishmoq uchun Yaratgandan inoyat so'rab ibodat qiladi. Farhod sajdadan boshini ko'taiganida, uning nigohi yashil kiyim li Surush (Jabroil alayhis-salom) yanglig' bir nuroniy cholga ko'zi tushadi. Bunday kutilmagan manzaradan Farhodning ruhiy holatida o'zgarish paydo bo'ladi. G'aybdan yetgan ulug' pir shahzodaga lutf-u shafqatini namoyon etib, unga «farzand»,-deya murojaat qiladi. Nuroniy mo'ysafid shahzodaning tanlagan yo'li uning baxti ekanligini va bu yo'lda unga baxtiyor bo'lishlikni tilarkan, o'zining Xizr ekanligini aytadi. X izr Farhodga hamisha madadkor bo'lishini bildiradi. Ko'rinadiki, Farhod ishq sirlaridan voqif bo'la boshlagani bois g'aybdan kelgan madad timsoli X izr payg'ambar maslahati bilan jomga qaraydi, unda Suqrot maskan tutgan tog' va qorong'u g'om i ko'radi. Farhod bu ulug' zot oldiga borish uchun eng mudhish manzil hisoblangan sher va «temir paykar» odam lar- robotlar maskaniga duch keladi. Sher — g'azab, temir paykarlar esa—dunyo mo'jizalari ramzi. Farhod Axriman devdan tortib olgani saltanat timsoli—Sulaymon xotami bilan shemi daf etadi. Tem ir paykar bilan jangda Xizrdan olgan tasbihiga tayanib g'olib chiqadi va qorong'u g'om i jom i Jamshid — ko'ngli shu’lasi bilan yoritib Suqrot huzuriga yetadi. Alisher Navoiy Suqrotni nihoyatda ehtiros bilan ta’riflaydi. Shoir nazdida u burjlar orasidagi quyosh bo'lib, olam allomalari uning oldida shogirddirlar. Tog' o'midan tebranmaganidek, u dunyoviy ne’matlardan tog'dek etak uzgan donishmanddir. Uning ko'ngli shu qadar kengki, unda olamning aw alidan oxirigacha bo'lgan davr zuhurlangan. Y u zi - ilohiy nur ko'zgusi, o'zi g'aybiy sirlami mukammal anglagan zotdir. www.ziyouz.com kutubxonasi Farhod, Chin xoqoni, Mulkoroni Suqrot ochiq yuz bilan kutib oladi. Dastlab Xoqonga yuzlanib, uning bu yerga juda ko‘p ranj chekib kelganining, evaziga Sulaymon uzugi-yu Jamshid jom iga, yana bir qancha dur-u javohirlarga ega bo‘lganini so‘zlaydi. Suqrot Xoqonni yana ikki xushxabar bilan xushnud etadi. Biri — uning umri juda uzoq bo‘lishi haqida ulug' hakimning bashorati bo'lsa, ikkinchisi har qanday kasallikni daf etuvchi yumaloq toshning tuhfa qilinishidir. Xoqon keksayganida uni og‘ziga solib, bir oz tutib turgandan so'ng, suvini yutsa qayta yasharadi. Ayni vositalar tufayli uning umri uzayib ajdodlari ichida u qadar uzoq hukmronlik qilgan boshqa bir zot topilmaydi. Suqrot Mulkoroga qarata shoh tirik ekan, vazirlik unga hamisha nasib etishini bashorat qiladi. Mulkoro keksayganida kasalliklardan forig' qiluvchi tosh yordamida shoh uni ham yashartirishini bayon qiladi. Suqrot yana shoh va uning vaziri taqdirida to'rt unsuming ikkitasi: yer va suvdan xatar bo'lishi, Alloh xoxishi bilan bu xatarlar bartaraf qilinsa, ular besh yuz yil umr ko‘rishlarini ta’kidlaydi. Xoqon va Mulkoro Suqrot oldidan chiqib ketganlaridan so‘ng, donishmand Farhodni yoniga chorlaydi. C h in shahzodasining kelishini u intizorlik bilan kutganini so'zlab, murodi hosil bo'lgani uchun Allohga shukronalar qiladi. Vaqt qisqaligi uchun tezda maqsadga o'tib, Farhodga abadiylik haqidagi mulohazalarini bildiradi. U shahzodaga dunyoning foniyUgi, umrning o'tkinchiligi, Iskandar m ulki-yu N uh hayoti nasib etsa ham, hayotning bir kun intiho topishini bayon etadi. Alloh vaslini umid qilgan kishigina abadiy yashashini ma’lum qiladi. Buning uchun o'sha yo'lni ixtiyor qilgan inson o'zligidan kechib, mahbubi Mutlaqni topishi lozim. Dengiz tubiga sho'ng'imay, tengsiz dumi topib bo'lmagani singari kishi o'zligidan kechmay U ni topolmaydi. Majoziy ishqni haqiqiy ishq maqomiga ko'tarilishi o'zlikdan kechishning nishonasidir. Tong paytida nurlar sochilib quyosh paydo bo'lganidek, majoziy ishq ham hijron-u iztiroblar olovida toblanib, sayqal topadi. Shoir majoziy ishq haqiqiy ishqqa eltuvchi yo'l ekanligini nihoyatda go'zal tasvirlaydi: M ajoziy ishq bo‘ldi subhi anvar, Haqiqiy ishq anga xurshidi xovar (8, 18 1). Ko'rinadiki, ulug' shoir talqinicha, ishqi majoziy-yorug' tong bo'lsa, ish q i h aq iq iy—Sharq quyoshidir. A badiy ishqning chaqm og'i chaqnaganida, uning bir alangasi majoziy ishqni kulga aylantiradi. Suqrot Farhodga ham majoziy, ham haqiqiy ishq nasib etishini, uning dovrug'i butun olamga mashhur bo'lishini, otasidek yuzlab xoqon-u podshohlar www.ziyouz.com kutubxonasi unutilsa ham, shahzodaning yaxshi sifatlari jahon ichra abadiy qolishini so'zlab, Suhaylo singari u ham foniy olamdan o'tadi. Xoqon, Mulkoro va Farhod Suqrotning dafn marosimini o'tkazadilar. Donishmand yashagan tog‘ va uning atrofida ulkan shahar barpo etib, vatanga qaytadilar. Chin shahzodasi Iskandar oynasining tilsimini yechishga muvaffaq bo'ladi. Bu tilsim — komil inson Suqrotning qalbi edi. Unda Farhod Shirinni, o'zini va o'z boshidan kechirishi lozim bo'lgan voqealami ko'radi. Suqrot ta’kidlaganidek, Farhodni maqsad sari eltuvchi yo'l— ishqi majoziy bo'lib, unda oshiqning jism i yonib erishi —o'zligidan foniy bo'lishi talab etiladi. Buning uchun bir mazhar— ilohiy jam ol siymosida aks etgan kishi lozim edi. Shunday vazifani Shirin o'taydi. Shahzoda ko'zguda go'zal mahbubasini ko'rib, hushidan ketadi. Tabiblar dengiz safariga chiqishni tavsiya etadilar. Dengizda kuchli to'fon sodir bo'lib, Farhodni xoqon va MuUcorodan ajratib qo'yadi. Xo'tandan Yaman tomon yo'l olgan savdogarlar kemasi ulkan dengizda bir taxta ustida hushsiz yotgan Farhodni ko'rib, uning hayotini saqlab qolishadi. Kemaga qaroqchilaming hujum qilishi va Farhodning m islsiz qahramonlik namunalarini ko'rsatib savdogarlarni ofatdan asrashi, Shopur bilan tanishib, Arman mamlakati tomon yo'l olishi, bu yerda mashaqqatlar girdobiga qolgan xalqning holiga achinib, «Nahr ul-hayot» arig'i, «Bahr ul-najot» hovuzining barpo etishga kirishi dostondagi Farhod obrazining har tomonlama yetuklik sari intilishini badiiy ifoda etgan jozibali lavhalardir. Shuningdek, Shirinni ilk bor ko'rgan shahzodaning behush bo'lib yiqilishi, Xusravning Shiringa o'ylanish orzusi bilan unga sovchi yuborishi, murodi hosil bo'lmagach, Annan mamlakatini qamal qilishi, yana Farhodning jasorati oldida dushmanning ojizligi-yu hiyla bilan uni tuzoqqa ildirishi singari badiiy lavhalaming barchasi Farhodning majoziy ishq yo'lida chekkan hijron iztiroblarining asardagi in ’ikosidir. Ayni choqda, dostonda Shirinning Chin shahzodasi ishqiga bo'lgan mayli yolqinlanib namoyon bo'lganligi nihoyatda joziba bilan tasvirlangan. Ikki sevishgan qalbning bir-biriga nisbatan pok muhabbatiga Xusrav Parvezning rahna solishga urinishi dostondagi qahramonlararo zidiyatning kuchayishiga sabab bo'lgan. Ana shunday ruhiy holatlami boshidan kechirayotgan Shirin Mehinbonudan Xusrav sovchilarining so'zini eshitganida, o'zining bu zolim shohga nisbatan nafiatini quyidagicha bayon etadi: Manga ne уог-u ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘Isam, ushbu basdur! Agar Bonu iloje bilsa, qilsun, www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘zumni oMtururmen yo‘qsa, bilsun! (8. 293-bet). Alisher Navoiy tasviridagi Farhodning ishqqa va o'z sevgilisiga munosabatini oydinlashtirishda uning Xusrav Parvez bilan qilgan munozarasi katta ahamiyat kasb etadi: ...D edi: nedur sanga olamda pesha? Dedi: ishq ichra majnunluq hamisha... Dedikim: ishq o‘tidin de fasona! Dedi: kuymay kishi topmas nishona. Dedikim: kuymagingni ayla ma’lum! Dedi: andin erur job ahli mahrum! Dedi: qay chog‘din o'ldung ishq aro mast? Dedi: ruh ermas erdi tang‘a paypast... Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur! Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur! Dedi: ol ganj-u qo‘y mehrin nihoniy, Dedi: tufroqqa bermon kim yoni!.. Dedikim: shahg'a bo'lma shirkat andesh! Dedi: Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!.. Dedi: kishvar beray kech bu havasdin! Dedi: bechora kech bu multamasdin! Dedi: ishq ichra qatling hukm etgum! Dedi: ishqida maqsudumg'a etgum! (8, 323-325). Mazkur parcha bir necha jihatdan e’tibomi tortadi. Ishq va junun— oshiq qismatida markaziy halqa. Chunki bu o'rinda m ajnunlikjism oniy- ruhiy xastalik emas. Jazba yoxud junun — ishqning maqomlaridan biri. Bunday bosqichdagi ishq majoziy yoxud haqiqiy bo'lsin, uning vatani dildir va u boshqa har qanday tuyg'udan ustun turadi. Junun holatiga yetgan oshiqni ma’shuqadan keladigan hijron, g‘am, anduh, jabr-u jafo qilcha bezovta qilmaydi. Ishqning kuydirishini oshiq o'zi uchun sharaf deb biladi va uni quvonch bilan peshvoz oladi. Negaki, ana shu sinovlarsiz poklanish baxti muyassar bo'lmaydi. Shuning uchun ham Farhod muhabbatni shahvoniy hirsni qondirishning vositasi deb biluvchi Xusravga pisanda qilayotir. Kuyishni so'z bilan yetkazib bo'lmaydi, uni jisman va qalban tuymoq lozim. Munozarada o'rtaga qo'yilgan masalalardan yana biri ishq va uning tarki (undan voz kechish) muammosidir. Sadoqat shevasini shior aylagan oshiqlar uchun ishqdan kechmoq — o'zidan kechmoq, o'lim bilan barobardir. Insonning olijanob fazilatlaridan biri so'zining ustidan www.ziyouz.com kutubxonasi chiqish, lafzini himoya qila olishi hisoblanadi. Oshiqlar ahli bu borada ibratdir. Xuddi shunday dadil munosabat ishq va ganj, ishq va zar (boylik) xususida ham namoyon bo'ladi. Fidoyi oshiq nigohida ishq-muhabbat daxlsiz daigoh hisoblanadi. U sotilmaydi va sotib olinmaydi. Farhodning Xusravga bergan javobida buni yorqin sezishimiz mumkin. Ishq ruhiy- ma’naviy xazina. Javohirot xazinasi esa uning qiyosida tuproq bilan teng. Ishq-kimyo. Kim yoni faqatgina kimyo bilan yonma-yon qo'yish mumkin. Kimyo yoxud kimiyo Sharq mumtoz adabiyotida qo'llanadigan va seijilo so'z, istilohlardan biridir. Kim yo fanning nomi. Yana bir tushuncha ham mumtoz adabiyotda keng tarqalgan bo'lib, asarlardan asaiga ko'chib yashaydi. O'sha aqidaga ko'ra, shu fan vositasida mis, qalayi kabi ma’danlami (hatto tuproqni) oltinga aylantirish mumkin ekan... Kimyo—ajoyib, noyob, nodir narsa. Har qanday ortiqchaliklardan arigan, pokiza sohadir. Farhod lafzida ana shu ma’noda istifoda etilgan ishq pok ruhiy-ma’naviy tuyg'u. Xazina esa bu sharafdan benasibdir. Bunday qochirim o'z mantiqiy zaminiga ham ega. Negaki, biror-bir ma’dan tabiatda kimyoviy nuqtai nazardan sof holida emas, balki qotishma, qorishiq taizida uchraydi. Ulug' shoir shu qonuniyatni nazarda tutadi va ishq kimyosini xazina bilan bir safga qo'yish uchun rozilik bermaydi. Ilmiy-adabiy asarlarda «kimyoyi vujud» atamasi ham uchraydi. Mazkur ibora vujudni poklovchi, vujudni saralovchi iksir ma’nolarida keladi. Odam vujudi uchun iksir vazifasini komillik maqomiga ko'tarilgan ulug' zot — pir, shayxning nazari yoxud favqulotda ta’sir qilish kuchiga ega bo'lgan narsa, tuyg'ular o'tashi mumkin. Tabiiyki, ikkinchi omil ishq-u oshiqlikdir. Ulug' shoir she’rlarida «ishq ichra shoh-u gado tengdur, balki gado fiizun»,-degan g'oya yashaydi. Farhod tilida o'sha mazmun yana bir karra aks-sado bermoqda. Ishq iksir ekan, u poklanishga moyil barcha qalblardan makon topishi muqarrar. Ayonki, o'sha safda shoh ham, gado ham tura oladi. Alisher Navoiyning gadoga urg'u berishi o'z tag ma’nosiga ega. Shohning suyangan toji, taxt-u baxti, jo h-u davlati bor. Gadoda esa yolg'iz ishq iksiri mujassam. Uning gadoligiga esa o'sha ishq boisdir. Chunki oshiqning ko'ngU xazinasi ana o'sha boylikdan o'zgasini qabul qila olmagani tufayli gadolik holatiga tushgan. Shundan ishq iksiri tufayli Farhod toj va mamlakatdan «tozalanib», oshiqlik shevasini shior aylagan edi. Xusravning qatl haqidagi do'g'-u dabdabalarini ham Farhod nihoyatda sovuqqonlik bilan, seskanmay qabul qiladi. Bahouddin Naqshband hazratlari nuqtai nazaridan «o'lim do'stning do'st huzuriga (Alloh dargohiga) tashrifl ekan, bundan xafa bo'lmoq ne hojat?» www.ziyouz.com kutubxonasi Darvoqe, odamning dunyoga kelishi Uning xoxish—irodasi ekan, qaytishi—o'lim i ham bandasini o‘z huzuriga da’vati emasmi? Kom il musulmon rutbasidagi Alisher Navoiy uchun bunday islomiy qarashlar kunday ravshan edi. Shundan bo‘lsa kerak, uning qalamidan sayqal ko'rgan Farhod pinagini buzmay, «ishq yo‘lida qurbon bo'lish mening maqsadimdir»,-deya turaveradi. Dostondagi ilohiy ishqdan mahrumlik, dunyoviy zulmning timsoli bo'lgan Xusrav Parvez Farhodning javoblaridan nihoyatda ta’sirlanadi. U ni doiga osmoqchi bo‘ladi, biroq vaziri Buzrug Ummidning taklifi bilan Chin shahzodasi Salosil (Zanjirlar) g‘orida bandilikda saqlanadi. Shunday qilib, m a’rifat martabalaridan odim lab, ruhiy-m a’naviy yuksaklikka tomon harakatlanayotgan oshiq bilan jaholat, makr-hiyla, beburdlik, g'ofillik botqoqlarida botib borayotgan zolim orasidagi to'qnashuv asar sahifalarini g‘oyat ziddiyatli lavhalar bilan boyitadi. Suqrot ta’kid etgan: «Haqiqat ahli zindoniydur asru»,-degan hukm shahzoda qismatida ham mavjudligi namoyon bo'ladi. Farhod Suqrotdan olgan ta’lim i asosida tutqunlikdan xolos bo'lish imkoniyatiga ega edi. U shunday qudrat sohibi ekanligini namoyon ham qiladi. G 'o r yo'lida qum va olmos tashlanganligi-yu, besh yuz qorovul tayinlanganiga qaramay, bemalol temir darvozani ochib chiqib ketaveradi. Biroq nigohbonlar Xusrav tomonidan o'limga hukm etilishini istamay, yana zanjirlar g'origa kelishni ixtiyor etadi. Shopur bu xabardan voqif bo'lib, hushsiz yotgan Shiringa Farhodning tirik ekanligini aytadi. U oshiq va ma’shuqalaming ishq haroratidan jo'shib bir-birlariga intiqlik bilan yozgan maktublarini ulaiga yetkazib turadi. Biroq ezgulik jaholat qurboniga aylanadi. Xusrav yana makr-hiyla yo'liga o'tadi. Hiyla-nayrangi falaknikiga o'xshash, qaddi ikki bukilgan qari kampimi Farhod huzuriga yo'llaydi. Firibgar zol Xusrav Arman mamlakatini bosib oladi, Mehinbonu u bilan yarashadi. Shirinni unga berishga rozi bo'ladi, ammo Shirin bunga chidolmay o'zini halok etadi, deb Farhodni ishontiradi. Bu makkora kampir afsonasidan Farhod ichida yuz minglab tig' tushib, u faryod ko'taradi: G'iryovi tortibon Farhodi mazlum, Dedi: Bas qilki, bo'ldi qissa ma’lum. G 'araz gar jon edi, olding ana hoy, O 'luk tandin ne istarsen yana voy. Ko'ngul qonin ichardin to'yg'il emdi, M eni o'z mehnatimg'a qo'yg'il emdi. Debon qo'pti jahondin silkibon qo'l, www.ziyouz.com kutubxonasi Adam dashtig‘a hijron aylabon yo‘1. Yoshidin tog‘da solib sel rezi, Demakim sel rezi rustaxezi. Bu seli jismining qasrin qo‘ngorib, Hayoti xayli ham ul suvg‘a borib (8, 402). Alisher Navoiy Farhodning keyingi ayanchli ahvolini tasvirlarkan, lining butun vujudi sekin-asta parokanda bo‘layotganiga e’tibomi qaratadi. U — g‘oyatda ta’sirli ko'ngil g'ashlarini bag‘riga olgan hajr dashtining oviga aylanadi. Hajr esa o'tkir qilichdan ham og'ir jarohat yetkazib, uning bag'rini ikki pora qiladi. Farhod fig‘on tortib o‘midan turishga har qancha harakat qilmasin, holsizlanib yiqiladi. Ajal buzg‘inchisi jismidan quwatini oladi, natijada uning ko'zi oldida olam qorong'u go‘r bo'lib ko'rinadi. Qorong'ulikda toshlar tomon talpinganida, jismidagi suyaklar sina boshlaydi. Shunda u boshini toshlarga urib yig'laydi. Farhod charxga, g'am tig'i, anduh toshi, ajal, qiynoq, azob, hijron g'ami, tog', metinday qattiq tog' toshi, hayvonlarga nolalar qila boshlaydi. Uning o'lim i oldidagi bu afg'onlarida hayotga tashnalik tuyg'usi nihoyatda bo'rtib ko'rinadi. Shundan so'ng u bodi saboga iltijo qilib, Chin-u Xito mulkiga yo‘1 olishini, Xoqonga uchrab ota yuzini ko'rolmay armon bilan o'lgan farzandidan unga xabar yetkazishini o'tinadi. Shuningdek, bu o'tinch zamirida Farhodning salomi mushtipar onasi, Mulkoro va Bahrom, ustozlari Moniy va Qoranga ham yo‘llanganligini ifodalaydi. Do'sti Shopurdan qabrining toshidan hamisha voqif bo'lishini iltimos qilib jon taslim etadi: Buzulg‘on joni jononig‘a tushti, Balo o‘ti buzuq jonig'a tushti. U l o‘t bir nav’ kuydirdi vujudin, K i, kul qildi vujudi tor-u pudin. Q ilib jononi otin tilga ta’lim, Tutub jonon otin, jon yetti taslim (8, 419). Farhodning o'lim i yirtqich hayvonlarga ta’sir qilib, ular makkora kampimi burda-burda qilib tashlashadi. Chin shahzodasining halok bo'lganligi haqidagi xabar tezda el orasida tarqaladi. Uning dushmani bo'lgan Xusrav Shirin visoliga yetish orzusidan shodlansa-da, Allohning g'azabiga uchrashidan qo'rqardi. Nim a bo'lganda ham Mehinbonu qasriga kordonlari-ishbilarmon kishilarini yuboradi. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling