B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
tushunish buyuk so'z san’atkori dostonining javharini yo'qqa chiqarib
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
tushunish buyuk so'z san’atkori dostonining javharini yo'qqa chiqarib qo'yish bilan barobardir. Ta’kid etilganidek, ozar shoiri Orif Ardabiliy «Farhodnoma» dostonini yozib, Farhodni bosh qahramonlik shohsupasiga olib chiqqan edi. Bulardan tashqari, asar nomining o'zgartirilishi ham doston ruhini tubdan o'zgartirishga olib kelmasligi tayin. Jumladan, Alisher Navoiy talqinidagi Farhod ham shahzoda. Chin mamlakati xoqonining yakka-yu yagona va tilab olingan farzandi edi. Zarrin taxt, behisob mulk, davlat-u saltanat unga muntazir. Masalaning bu jihati uni Xusravga yaqinlashtirib qo'yadi. Ammo Alisher Navoiyni o'ylatgan, qalam ushlatgan mavzuning bu kabi shakliy jihatlari emas edi. Barhayot ishq mojarolaridan «Mavzun bir libos» sifatida foydalangan muallif sayyor an’anaviy mavzu mohiyatini yangi o'zanga burib yuborish orqali kuzatilgan maqsadini naqshbandiya tariqati ma’naviy-axloqiy talablariga muvofiq keladigan komil inson hamda shahzoda timsolini yaratishdan iborat bo'lgan. Ulug' shoir bunday ezgu niyatni «Hayrat ul-abror» dostonining 21-bobidayoq muxlislariga ma’lum qilib qo'ygan edi. Mazkur bob Bahouddin Naqshband va Xoja Ahrori Valiy madhiga bag'ishlangan www.ziyouz.com kutubxonasi ekan, muallif o'zining shu ta’limot muridi ekanligi bilan faxr etadi. Ana shu ulug* ta’limot mas’uliyati Alisher Navoiy badiiy tafakkuri va sohir qalamini mohiyatan yangicha jilodagi doston yozishga undadi. Shuning uchun ham «Farhod va Shirin»da muayyan shaxsdan umum manfaati, shohdan ulus ehtiyoji, aysh-u ishratdan ishq dardi, hijron azoblari ustun qo'yiladi. Shuning uchun ustozlari sha’nini daxlsiz bilgan Alisher Navoiy sharqona va tariqat odobi doirasida ulaming ayrim g'oyalariga qo'shilmasligini ma’lum qiladi. Ulug' shoiming quyidagi misralarini xuddi shu ma’noda qabul qilmoq o'rinlidir: Vale chekkanlar ushbu jomdin roh, Sarosar bo'ldilar Xusravga maddoh. Ki, mulki andoq-u oyini mundoq Sipohi andoq-u tamkini mundoq... Topib gah Maryam og'ushida orom, Shakar halvosidin gohi olib kom. Yaqindurkim bu shohi noz parvard, Erur dard-u balo oyinidin fard (8, 45-46). «Rosti-yu rusti» niginida naqshlangan va unga amal qilishga hamisha tayyor turgan shohgina raiyat g'amida bo'ladi. Bunday shoh behisob mol-mulk va go'zallar og'ushida farog'at topish ilinji bilan nafas olmaydi. Ishq — ilohiy javhar, uni muqaddas bilgan oshiqning ma’shuqani ishrat manbaiga aylantirishi noravo. Ishq — dard-u balolar olovida toblanib, poklanishi mumkin. Ishq — mehnat, bunyodkorlik, fidoyilik, jasorat bilan nurli. Ana shular Xusravda yo'q. Shuning uchun ustozlar qalamida sayqallangan Xusrav Alisher Navoiy tabiatiga mos kelmaydi. Shuning uchun ulug' Navoiy barcha ibratli fazilatlarga ko'ra Xusravning ziddi bo'lgan Farhod timsolini yaratish ishtiyoqi bilan qalam surdi. XV asrning ikkinchi yarmi Xurosonda murshidi komili hazrat Jomiy bo'lgan naqshbandiya tariqatiga sidqan ixlos qilish bilan qanoatlanmaydi, inson manfaati va poklikdan o'zga iddaosi bo'lmagan o'sha o'lmas g'oyalami badiiy ijod olamida keng targ'ib qilgan Alisher Navoiy «Farhod va Shirin»da ham ayni g'oyaviy uslubiga sodiq qoladi, «Dil ba yor-u dast ba kor»ni farzona Farhodning ham harakat dasturiga aylantiradi. Muallifning bunday urinishi dostonning boshlanish boblarida kelgan mana shu satrlardayoq namoyon bo'ladi: Zaruratkim solib bir o'zgacha tarh, Bu mehnatnomani qilgimdurur sharh (8, 46). Ana shu ishoradan ravshanki, dostonda ifodalangan sevgi sarguzashtlari www.ziyouz.com kutubxonasi mehnat, hunar, qahramonlik, jasorat, sadoqat, yuksak insoniy birodarlik singari qator olijanob g'oyalami yuzaga chiqarish uchun xizmat qilgan. Shu bois Alisher Navoiy tasviridagi Farhodni yuz baloga giriftor qilgan yagona dard — bu uning Shiringa bo'lgan samimiy va beg'ubor muhabbati bo'ladi. Aslida bu javonmardning, ya’ni Farhodning fe’l—atvori va tabiatiga ishq o'ti endi ta’sir qilayotgani yo'q. U dunyoga ko'z ochgan kundanoq uning qismatida ishqiy mojarolar bitilgan edi. Shahzoda va taqdiri toj-u taxt qurshovida bo'ladigan Farhodni nimalar kutmoqda edi, degan savolga shoir uning ismi birinchi sharhi munosabati bilan yozadi: Jamolidin ko'rungach farri shohi, Bu fardin yorudi moh to bamohi. Quyub yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat. Bu javharlarg'a chu isnod topti, Murakkab aylagach Farhod topti (8, 67). Muammo qoidalariga amal qilgan ulug' shoir shu olti satrda shahzoda Farhod nasibasiga nimalar bitilganligi, aniqrog'i, shu muborak ismning birinchi sharhini berayotir. «Farri shohiy»dan (shohlik savlati, izzati, qadr-u q:mmati) «Far»ni (porloqlik, hashamat, shukuh, bezak) olib, unga «Hi nmat», «Iqbol» (arab yozuvida alif bilan yozilishi nazarda tutilgan) \a «Davlat» so'zlarining bosh harflarini ilova qilish orqali (Far — h — о -d) yasalishi ko'rsatilmoqda. Boshqacha aytganda, toj kiyib, taxtda o'tiiganida Farhodga o'sha fazilatlaming hamdam bo'lishi tayin edi. Odam Ato singari zuvalasi ishq sharobi-la qorilgan bu farxunda shahzoda nomining ikkinchi talqini esa quyidagicha beriladi. Bu o'rinda ham ulug' shoir muammo qonun-qoidalariga ko'ra ish ko'radi: Bu nav’ ermas ato qo'ymadi otin Ki, ko'rgach ishq aning pokiza zotin. Anga farzona Farhod ism qo'ydi, Hurufi ma’xazin besh qism qo'ydi* Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. Borin ustodi ishq etgach murakkab, Tarakkubdin bu ism o'ldi murattab (8, 67). Parchadan ikki jiddiy xulosa o'rtaga chiqadi. Birinchidan, tug'ilgan yosh chaqaloqqa bu ismni otasi qo'ygani yo'q. Azal kotiblari uning peshonasiga ishqiy qismatni katta qilib yozib qo'ygani uchun ham «Ustodi ishq» unga Farhod nomini ravo ko'rdi. Ikkinchidan, ushbu nom shunchaki qo'yilgan www.ziyouz.com kutubxonasi emas. U «tarakkub» (bir necha moddaning birikishidan hosU qilish) talaboti asosida yuzaga kelgan sirli nomdir. Chinakam ishq yo'lini tanlab olgan va uni yuksak ilohiy ne’mat maqomida qabul qilgan oshiq hech qachon arzongina visol nashidasi payida bo'lmaydi. «Otadan o'g'il»-deganlariday Odam Atoning zurriyodi bo'lgani uchun ham Farhod pokiza ishqning kuyish, kuydirish orqali poklanishga olib boruvchi tanti yo'liga munosib ko'rildi. Bunday sharafni uning nasibasiga «Ustodi ishq»-Alloh munosib ko'rgani uchun ham «firoq», «rashk», «dard», «oh», «hajr» so'zlari birinchi harflarini tarakkub etishni loyiq topdi. Aksariyat hollarda arab yozuvida «а» harfi ifodasini topmay qoladi. Shu qoidaga asosan Farhoddan ikkinchi harf «fard» bo'lgani, ajralib chiqqani (yozilmasligi) uchun nom so'zning arab alifbosidagi imlosida uning ko'rilmasligi lutf san’ati orqali shama’ qilinadi. Alisher Navoiy Farhodning ma’naviy-jismoniy kamolotini uning bolalik yillaridan boshlaydi: Uchunchi oy ravon bo'ldi savodi, Burung'i yilda Qur’on bo'ldi yodi. Agar bir qatla ko'rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo'q erdi ul varaqni... O'qub o'tmak, uqub o'tmak shiori, Qolib yodida safha-safha bori (8, 70). Farhodning hunarga bo'lgan ishtiyoqi yilning to'rt fasliga moslab uning uchun bunyod etilayotgan hashamdor qasrlar qurilishi jarayonida yanada yorqinroq ko'zga tashlanadi. Shu o'rinda Alisher Navoiyning naqshbandiya tariqatining sidqiy muridi ekanligini yana bir karra his qilish qiyin emas. Asaming faqatgina XV bobida naqqosh, naqshin, naqshpayvand, naqshband kabi so'z-u birikmalar 15 martaga yaqin ifoda etiladi. Shuningdek, Farhodning qurilish jarayonida qo'l keladigan hunarlarni, ayniqsa, teshaga suv berib toblash, tosh kesish, naqsh solishni mohirlik bilan o'iganishida ham o'sha mayl seziladi. Aslida asaming 12-bobidan Farhodni Shaxs, Oshiq, ma’naviy-ma’rifiy olami shakllangan Inson pag'onasiga ko'tarish uchun tayyorlash jarayoni boshlanadi, «Tabiiy, riyoziy, ilohiy» fanlami mukammal o'zlashtirgan Farhod qiyosida «Arastu kichik bir shogirdi»ga aylanib qoladi. Farhod— shahzoda, uning istiqbolida taxt turibdi. Toj-u taxt esa qo'shin bilan himoya qilinadi. Uni sarkarda boshqarishi, ehtiyoj tug'ilganda oldinda shohning o'zi ot surishi va birinchi qilichni uning o'zi chopishi lozim. Shuning uchun Xoqon suyukli Farhodini jismoniy jihatdan shakllantirishga alohida e’tibor qiladi. Mualifning o'z e’tirofi bilan www.ziyouz.com kutubxonasi aytganda: «Bo'lub o‘n yoshqa umrining mururi, yigirma yoshcha qadd- u jism -u zo‘ri» bo'lib qoladi. Pahlavonsifat Farhod harbiy ilm -u mashqlarni ham maromiga yetkazib o'rganadi. Natijada «Q ilichi zaibasi olinda har marz, Shigof andoqki suvdin yer aro darz» darajasiga ko'tariladi. Bunday qudrat-u shiddat faqat harb maydoni uchun emas, balki ishq-u hunar olami uchun ham zarur edi. Shundan bo‘lsa kerak, dostonning 14-bobida M ulkoro sarkorligida yilning to‘it fasliga m o'ljallangan to'rt qasrning bunyod etilishi tashvish-taraddudlari boshlanadi. K eyin g i boblarda esa (14 -15 -b o b la r) Farhodning toshyo‘nuvchi Qoran, m usaw ir—naqqosh M oniy bilan tanishuv jarayonlari kechadi. Farhod—Alloh marhamatiga muyassar inson. Uning kuch-quwatiga munosib fahm-u farosati, aql-u zakovati, zehn-u idroki bor. Alisher Navoiy ana shu tarzda uni komillikning ibratli maqomiga ko'tarish uchun tayyorlay boradi. Farhod Qoranning po'lat teshaga suv berishi sir-и asrorini o'iganadi. Bunday tesha xoroni—tog‘ning eng qattiq toshini pichoq suvni yoxud yog‘ni kesganday kesadi. Alisher Navoiy ijodiy uslubining tarkibiy qismi bo'lgan dalillash, ishontirish san’atlariga «Farhod va Shirin»da ayricha uig‘u beriladi. Shundan bo'lsa kerak, asarda vazifasiz, muallaq turuvchi lavhani topib bo'lmaydi. Ana shu ma’noda m uallif Farhodning kasb o'rganishini asoslash barobarida uni hunarli, iymon — e’tiqodi but, Alisher Navoiyning o'z so'zlari bilan aytganda «Demonkim ko'ngli pok-u ham o 'zi pok, tili pok-u so'zi pok-u o'zi рок» naqshbandiya soliki maqomiga ko'tarib qo'yadi. Alisher Navoiy talqinicha, Farhod o'n to'rt yoshida balog'atga yetdi, uning qalbida ishq o'ti paydo bo'ldi. Aslida Farhod qismatida ishqdan dardnoklik и dunyoga kelgan kundan mavjud edi. Biroq shahzoda va uning atrofidagilar bu hazinlikning sababini idrok etolmasdi. Xoqon buyrug'i bilan qurdirilgan yilning to'rt fasliga mos hashamatli qasrlar ham Farhod qalbidagi tushkun kayfiyatni dunyo go'zalliklari bilan forig' etish yo'lidagi bir urinish bo'ldi. Chin hukmdori faizandi ko'nglini g'ashlik g'uboridan ozod qilish maqsadida bir yil davomida to'rt qasrda bazm uyushtirdi. Biroq bunday tadbirlar bilan shahzoda holida hech qanday o'zgarish paydo bo'lmadi. Xoqon dilbandining ruhiyatidagi o'sha tushkun kayfiyatni siquv ostiga olish orzusi bilan yashar, ammo o'zining barcha sa’y-harakatlari besamar ketishidan ajablanardi. U mamlakat taxtini shahzodaga topshirish vaqti keldi, deb o'ylaydi. Xoqon Farhodning bu ishga har jihatdan mos ekanligini yurak-yurakdan his etardi. T o j-u taxt o'g'lini anduhlar girdobidan xalos etishiga ishonardi. www.ziyouz.com kutubxonasi U saroy ahlini chaqirib ulkan yig‘in o'tkazadi. Farhodga taxti oldidan joy berib dilidagilam i tiliga keltira boshlaydi. Shoh Alloh beigan toj-u taxtdan minnatdorligini, buning ustiga Tangri unga Farhoddek solih farzand in ’om etganidan mamnunligini bayon etadi. Keyinchalik muddaoga o‘tib, yagona tilagi o'zining farzandi aijum andini taxt uzra ko'rish ekanligini Farhodga quyidagicha ma’lum qiladi: K i, o*lmasdin burun ochib ko'zumni, Sarir uzra yigit ko'rsam o'zumni. K i, ya’ni toj-u taxt-u saltanat ham, Sipoh-u mulk-u mol-u mamlakat ham. Bori bo'lsa sening biria muzayyan, Seni o'z o'muma qilsam muayyan. Sanga tutsam musallam podsholiq, Xaloyiq ustida kishvarxudoliq. Manga shahlikda qulluq ham qil emdi, Atoliq ham, o'g'ulluq ham qil emdi (8, 114). Farhod qalbini xufton qilgan g‘am -anduh bulutlarini quyosh yanglig' kuydiruvchi cho'g', uni oyinafom etib, shahzoda ko'ngliga ma’shuqi Mutlaq jam olini jilvalantiruvchi o't dunyo zeb-u ziynatlari- yu amal martabasi bo'lmay, balki azal kotiblari uning peshonasiga bitgan ishq edi. Shu bois u juda ko'p hayotiy dalillar keltirib Xoqon taklifini rad etadi. Biroq Chin hukmdori qarorida sobit tuigani uchun yosh shahzoda otasining ko'ngil istaklariga qarshilik ko'rsatishga botinolmaydi. Vaziyat undan bir oz chekinishni talab etmoqda edi. Vujudga kelgan siyosiy holatni to'g'ri baholay olgan Farhod taklif etilgan ishining ulug'ligi-yu o'zining hali yosh va tajribasizligini, shu choqqacha barcha ishlardan g'ofil bo'lib, faqat aysh-ishrat bilan band bulganligini, shu sababli podshoh inoyat etsa, b ir-ikki yil kichik xizmat bilan boshqaruv sirlarini o'zlashtirishi lozimligini bayon etadi. Xoqonga uning fikri ma’qul bo'ladi. Alisher Navoiy asardagi ushbu badiiy lavhalar vositasida Farhodni temuriy shahzodalarga ibrat qilib ko'rsatish bilan bir qatorda doston qahramonining qalban mol-dunyoga qiziqmasligi va darvesh tabiatligini namoyon qiladi. Shuningdek, shoir yana o'sha fikrini dalillash ijodiy uslubiga sodiq qolib, Xoqon xazinasidan o'rin olgan sandiqda pinhon tutiluvchi Iskandar oynasiga e’tibomi qaratadi. Bu bilan ijodkor asar tugunini voqealar rivojiga ulash im konini yaratadi. Sandiqda yashirin saqlanuvchi tilsimlangan oyna har biri Aflotunga teng to'rt yuz nafar dono olimlar tomonidan yaratilgan bo'lib, uning tilsim i www.ziyouz.com kutubxonasi yechilsa, oyna g‘ayb sirlarini oshkor qila boshlashi lozim . Biroq bu ishni amalga oshirish g'oyatda murakkab edi. Iskandar oynasini ko'rishni istagan kishi Yunonistonga safar qilib, Suqrot yashaydigan qorong'u g'oiga yetib borishi lozim bo'lgan. Bu yo'lda uch manzil bo'lib, ulaming har birida bir ofat bor edi. Birinchisida — Ajdarho, ikkinchisida—Axriman dev, uchinchisida bulardan ham mudhishroq balo kishiga ro'baro' keladi. Mana shu ofatlardan g'olib kelgan insongina so'nggi — to'rtinchi m anzil—Suqrot yashaydigan qorong'u g'orga yetadi. Agar Suqrot tirik bo'lsa, uni izlab kelgan kishini mushkullardan xalos etadi. Biroq u hayot qaydida bo'lmasa, uning ruhiga tavajjuh (chuqur tafakkuiga berilib o'zi istagan odamni huzuriga olib kelish va u bilan yuzlashish) qilishi lozim bo'lgan. Shundagina Suqrot ruhi keluvchiga uning kelajagini aytib berarkan. Iskandar oynasi tilsimining yechimi nimada ekanligini anglagan shahzoda yunon safariga chiqishni ixtiyor etadi va bu qaroridan atobegi Mulkoroni voqif qiladi. Xoqon vaziri bilan ayni masala xususida uzoq bahslashgandan so'ng, Farhod bilan biiga borishni, ya’ni yunon mulki tomon lashkar tortishni m a’qul ko'radi. Tan iq li adabiyotshunos N .Kom ilov Farhodning yunon safarini suluk yo'liga kirib, ma’rifat manzillarini (maqomotni) bosib o'tish deb biladi. Chin shahzodasi zo'r qobiliyat bilan zohiriy bilim lam i o'zlashtirgan, ammo ular tilsimotlar, ya’ni ilohiy sir-asrom i ochishga kifoya qilmaydi. Olimning fflaicha: «Irfoniy-botiniy bilim lam i egallab, ilm ul-yaqin darajasidan haq u l- yaqin darajasiga ko'tarilish ko'ngil oynasida g'ayb jam olini aks ettira olish uchun esa u (Farhod)—piri komil ta’lim ini olishi kerak edi. Farhodning xazinadagi ko'zguni b illu r sandiq ichidan ololm ay (chunki u tilsimlangan) Yunonistonga safari, Suqrot huzuriga otlanishiga zamrat shundan kelib chiqadi» (Kornilov N . Tasawuf. Bitinchi kitob. Tokent: «Yozuvchi», 1996, 204-bet). N .Kom ilovning mazkur tadqiqotida dostondagi obraz va timsollaming ramziy-majoziy xususiyatlari ham juda to'g'ri tahlil qilingan. Jumladan, Farhodning Yunonistonda hakim Suhayloga uchrashi — shahzodaning tariqat yo'lidagi birinchi piridan saboq olishidir. Hakim Suhaylo besh yuz yil hayot qaydida bo'lib, Farhodning kelishini ilhaqlik bilan kutadi. U qadimgi Eron afsonaviy donishmandi va munajjimi Jomospning bashoratida C hin shahzodasi Iskandar tilsim ini echadi,-deya fikr bildirilganligini aytadi hamda Farhod yengib o'tishi kerak bo'lgan to'siqlar ajdaho va devdan xabar beradi. Shuningdek, shahzoda Axriman devni yengib juda katta boylikka ega bo'lishi, www.ziyouz.com kutubxonasi biroq bulaming hammasi Xoqonga tuhfa qilinishi lozimligi, o‘zi uchun esa Suqrot bilan uchrashish va Iskandar tilsimiga nazar solish kifoya ekanligi Jomosp bashoratida qayd etilganligini bayon etadi. Hakim Suhaylo Farhodning tariqat yo‘lidagi ilk pin bo'lganligi bois unga ilohiy ishq sirlarini o‘rgatadi. Aw alo, ta’kidlash o'rinliki, dostonda keltirilgan bu obraz bilan aloqador badiiy timsollaming ma’no-mohiyati majozda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Suhaylo Farhodga ajdarhoni yengish uchun bir necha otashgohlardan yurib yiqqan samandar yog‘ini tuhfa etadi. Samandar — afsonaga ko‘ra, o‘tda kuymaydigan qush bo'lib, u - ishq, ajdarho esa — nafs timsoli. Demak, Farhodning pin unga ishq bilan ko‘ngilni oyinafom etish, nafsni mag'lub qilish sirlarini o‘igatadi. Shahzoda Suhayloning so‘zIariga amal qilib, Axriman devni o‘ldiradi. Uning bo‘ynidagi lavhani ohb o‘sha yordamida Jamshid jom ini qo‘lga kiritadi. Jom aylanasida esa Suqrot huzuriga olib boruvchi yo‘1 haqidagi yozuv mavjud edi. Ayni choqda, dostonda ifodalangan dev saltanat—hokimlik ramzi bo‘lib, jom —Farhodning ishq o‘ti bilan shaffoflanayotgan qalbidir. Shahzodaning ishqqa tashna qalbi ulug‘ pirga tomon intilishda davom etadi. Zero, tasawuf ta’limotiga ko‘ra, shayxlar o‘z muridlarini ma’lum muddat taitiiya qilgandan so‘ng, salohiyati o‘zlaridan yuqori bo‘lgan boshqa pirlardan ta’lim olishni tavsiya etganlar. Farhod ham Suhaylo yordamida kom illik sari ildamlayotgan bo‘lsa-da, hali u tilsimni yechish imkoniyatiga ega emasdi. Shahzodaning irfoniy bilimlarining oshganligi esa X izr alayhis-salomga duch kelishida namoyon bo'ladi: Padid o‘ldi falakdek marg'zore, Quyosh yanglig* ichinda chashmasore. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling