B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Mehinbonu Farhodning o'limiga bir onadek aza tutgan bo'lsa-da, awalo
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehinbonu Farhodning o'limiga bir onadek aza tutgan bo'lsa-da, awalo, qam alda qolgan xalqning ayanchli ahvoli va arkoni davlatning mulohazalariga tayanib, Xusravning takffini qabul qiladi. Shirin esa bir www.ziyouz.com kutubxonasi necha bor o‘z joniga qasd qilishga urinadi, biroq atrofdagilar bunga mone’lik qilishadi. U juda ham beqaror, betob bo‘lib qoladi. Mehinbonu Xusravdan ruxsat olib, Shirinni istirohat uchun Farhod keltiigan suv va qurdiigan qasr tomon yuboradi. Bu orada Shiringa oshiq bo'lib qolgan Xusravning o'g'li Sheruya o'z otasini o‘ldiradi. Voqealar rivojida Shopur tutqunlikdan ozod bo'ladi. Shirin Farhodning jasadi qo'yilgan uy eshigini ichkaridan mahkamlab, oshig'i bag'rida mangu uyquga ketadi: Bu yanglig* uyqu ko*rgach sarvi cholok, Anga ham xobaliq qildi havasnok. Qo*yubon ro‘y-barro‘, do‘sh—bardo‘sh, Bo‘lub o*z bedili biria hamog*ush. Ko‘nguldin shu’laliq ohe chiqordi, Ko'zi hamxobadek uyqug'a bordi. Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu, Qiyomatqa degil uyg‘onmas uyqu (8, 446). Shirin husn-u malohatda yakto bo'lgan, Farhodning mahbubi Mutlaq visoliga erishish yo'lidagi mazhar bo'lish bilan bir qatorda, oshig'i singari ulug' niyatni ko'nglida tukkan oshiq edi. Uning ham jism i hajr qiynoqlaridan afgor bo'lib borar, ko'ngli g'ashlik saltanati hukmronligiga tobe’ bo'lib qolgandi. Farhodning mangu orom olayotganini ko'rib unga havas qiladi. Xayolan sevgilisining yuziga-yuz, taniga-tanini qo'yib, o'zini uning og'ushida ko'radi. Ko'nglidan o'tli bir oh chiqib, ko'zi Farhodniki singari mangu uyquga ketadi. Ko'rinadiki, Farhod va Shirinning o'lim i ular qalbidan o'rlagan o'tli oh natijasida sodir bo'ladi. Bu Suqrot bashorat etgan chaqin bo'lib, uning shu’lasidan ishqi majoziy harorat olib, ishqi haqiqiyga aylanadi. Bu sevishganlar ruhining jism zindonidan ozod bo'lib, abadiylik olamiga ravona bo'lishidir. Ayni choqda ranj-u mashaqqatlar natijasida poklangan ko'ngil hijron iskanjalaridan jonini o'tli bir oh bilan xalos etadi. Shunday o'lim Mehinbonu qismatida ham uchraydi. Ulug' shoir Shirinning jonsiz tanini ko'rgan Mehinbonuning foniy dunyoni tark etishini quyidagicha tasvirlaydi: Chu Bonu ko'rdi mundoq turfa holat, Anga xud bor edi jondin malolat; Chiqib gardun son afg*oni oning, Fig*oni biria chiqti joni oning. Chu Shirin joni erdi onsiz o'ldi, Damekim o'ldi onsiz, jonsiz o'ldi (8, 447-448). Dostonning asosiy voqealari qirqqa yaqin fazl egalarr bo'lgan www.ziyouz.com kutubxonasi donishmandlaming bir xil tush ko‘rishi hamda Farhodning ko‘kaldoshi Bahromning Arm an o‘lkasiga lashkar tortib Sheruyani mag‘lub etishi va yurtda adolat o‘rnatilishi bilan nihoyalanadi. Asardagi tush lavhasi undagi yetakchi g'oyani teran tahlil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Unda tasvirlanishicha, benihoya go‘zal jannat bog‘ida Farhod va Shirin bir qasr ichra nurdan yasalgan taxt uzra barqaror turadilar. Mehinbonu ham shu yerda, sevishganlaming ota-onalari ham bu zavq- u shavqdan bahramand emishlar. Shoiming xulosasiga ko‘ra, ishq o‘tida poklanganlar va ularning yaqinlari Farhod-u Shirinning Vujudin o‘rtab ul so‘z-u gudozi, Haqiqatqa badal bo‘Idi majozi (8,449)- tufayli bu saodatga loyiq ko‘rildilar. Dostonda idrok etilishi nihoyatda murakkab bir mavzudan bahs etiladi. Jum ladan, Xoqon, M ulkoro, Bahrom , Q oran, M oniy, Mehinbonu, Shopur singari obrazlar ham zohirbin kishilar vakili bo‘lsalar-da, ular ilohiy fayzdan bahramand bo'lib, kom illik sari intiluvchi Farhod va Shiringa zulm qilishmaydi, ularga madadkor bo'lishga tayyor turishadi. Xusrav, Buzrug Um m id, Sheruya, makkora zol esa nafs bandalari, ulaming qalbi zulm va qabohat, m akr-hiyla maskanidir. Alisher Navoiy Farhod va Shirin singari komil insonlami kom il jamiyat vujudga keltirishi va avaylab asrashi lozimligidan o'quvchilarga saboq beradi. Bahromning g‘alabasi, Arman o'lkasida adolatning tantana qilishi buning yorqin namunasidir. Asardagi Suhaylo, Xizr, Suqrot obrazlari orqali haqsevarlik, insonsevarlik g‘oyalari ilgari suriladi. Shuningdek, ular vositasida inson olamning gultoji ekan, uning tafakkur doirasi kengligi, ma’rifati, hamida axloq-u najib fazilatlari bilan o‘zini kom illik rutbasida ko'rishga qodirligiga ishora etiladi. Doston so'ngidan Shoh G'arib Mirzoga nasihatlaming o‘rin olishi zamirida esa ulug‘ shoiming adolatli jamiyat qurish orzusi o‘z ifodasini topgan. 9.4. «Layli va Majnun» — ishqiy, fojiaviy doston. Asaming tuzilishi, yetakchi obrazlari va badiiyati Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozongan Layli va Majnunning dardchil ishqiy saiguzashtlariga bag'ishlangan. Bu sayyor mavzu nihoyatda qadimiy bo‘lib, manbalarda e’tirof etilishicha, uning badiiy talqini namunalari V II asming ikkinchi yarmidan arab adabiyotida vujudga kela boshlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Dastlab qadimgi ko‘chmanchi arab qabilalari orasida paydo bo‘lgan mazkur mahzun qissaning tarixi va tadrijiy takomiliga doir ilm iy tadqiqotlarda Majnunning tarixiy shaxsligi masalasi munozarali ekanligi qayd etiladi. Jumladan, arab manbalarining ayrimlarida el orasida Bani Om ir qabilasiga mansub b o iib , Majnun nomi bilan tanilgan shaxsning haqiqiy nomi Qays ibn M ulawah yoki Qays ibn Muod bo‘lganligi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ba’zi manbalarda Majnunning haqiqiy nomi Mahdiy ibn Muod yoki al-Buxturiy ibn al-Ja ’d tarzida ham uchraydi. Qays o‘z qabiladoshi Laylini sevgan va shu muhabbatning hijron iztiroblariga doir mungli she’rlar ijod etgan. Shunday qaydlar IX asrda yashagan Ibn Qutaybaning (vafoti 889) «Kitob ush-she’r va shuaro» asarida ham mavjud. V III asr va IX asming boshlarida yashagan ba’zi arab tarixchilari, jum ladan, Avon ibn Hakim al-Q albiy (vafoti 764) hamda Hishom al-Q albiy (vafoti 819)lar esa Majnunning tarixiy shaxsligini inkor etishadi. Ulam ing fikricha, Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziydir, uning nomi bilan bog'liq she’rlar esa, o'z yaqin qarindoshlaridan birining qiziga oshiq bo'lgan um m aviylar xonadoniga mansub bir yigitning g'azallari bo'lib, u o'z nomini oshkor etmaslik uchun Majnun taxallusini qo'llagan. Y yetti yildan ziyodroq davr ichida musulmon davlatlarida sayohatda bo'lgan fors-tojik adibi Nosir Xusrav esa o'zining «Safarnoma» asarida Arabistonda unga Layli hamda Majnun nomi bilan bog'liq joylaming xarobalarini ko'rsatishgani haqida ma’lumot beradi. Ko'rinadiki, Majnunning tarixiy shaxsligi qanchalik bahsli bo'lsa, uning to'qimaligi va unga nisbat berilgan she’rlaming muallifi masalasi ham shunchalik munozaralidir. Shunday qilib, mavzu tarixiga oid aksariyat ilm iy tadqiqotlarda qayd etilishicha, dastlab Majnunga nisbat berilgan mungli she’rlar zamirida V III asrda arab adabiyotida uning sevgisiga oid rivoyatlar paydo bo'la boshlagan. IX asrdan boshlab esa bunday to'qima voqealar miqdor jihatidan ancha ko'payib keng xalq ommasi orasida shuhrat qozongan, uning yangi- yangi tahrirlari paydo bo'lgan. X asrga kelib Majnun nomi, unga nisbat beriluvchi she’rlar hamda uning Layliga bo'lgan yoniq muhabbati haqidagi voqealar tizmasi Arabiston sarhadlaridan oshib, sayyor syujet sifatida musulmon xalqlari orasida keng tarqala boshlaydi. Layli va Majnun haqidagi dardchil ishqiy sarguzashtlar va bu mahzun voqealar tizimining to'laqonli badiiy asar sifatida shakllanib, yozma adabiyotdan mustahkam o'rin olishida taniqli ozar shoiri N izom iy Ganjaviyning «Layli va Majnun» (1188) dostoni asos bo'ldi. Albatta, www.ziyouz.com kutubxonasi bizning bu ta’kidim izning shu mavzuda yaratilgan barcha mustaqil asarlarga tegishli ekanligi, yangi manbalarda kashf qilin ib, ayni yo‘nalishning o ‘q ildizlari V I I I-I X asrlarga (hatto undan oldinroqqa ham) daxldor bo‘lib qolishi mum kinliginii ham esdan chiqarmaslik lozim. Shuningdek, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, she’riy satrlarda Layli va Majnunlar nomining tilga olinib, ulaming nomurod muhabbatiga doir armonli lavhalaiga ishora qilish johiliyat davridan boshlanib, hoziiga qadar davom etayotganligi adabiy haqiqatdir. Shayx Nizom iyning asari esa nomlari qayd etilgan maxsus badiiy yaratmalar ijod qilinishining debochasi hisoblanadi. Turk adabiyotshunosi Agah Sirri Levend «Агар, fors va turk adabiyotlarinda Layli va Majnun hikoyasi» (Anqara, 1957) nomli tadqiqotida ayni mavzu bilan bog'liq voqealar asosida yuqorida sanalgan tillarda yuz ellikdan ortiq nomdosh, biroq bir-birinini mutlaqo aynan takrorlamaydigan dostonlar bunyodga kelganligini e’tirof etgan edi. Salohiyatli olim mazkur kitobida o'zi qo‘lga kiritishga erishgan asarlar haqida mulohaza yuritadi, mavjud ma’lumotlami umumlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Asar oxirida Layli va Majnun mavzuidagi dostonlar va ulaming muallifi to‘g‘risida ixcham ma’lumotnomadan iborat ro'yxatni ilova qiladi. Biroq Agah Sirri Levendning bu qaydlarini ham hali tugal deb bo'lmaydi. Chunki o'sha mavzuda juda katta jug'rofiy hududlarda yozilgan barcha asarlar ro'yxatini bir muallifning tugal to'plashi qiyin, albatta. Masalan, Shamsuddin Shohin (1859-1893) 1888-yilda Buxoroda tojik tilida «Layli va Majnun» dostonini yozdiki, bu asar, hatto shu muborak zaminda istiqomat qilayotgan ko'pchilik mutaxassislarga ham tanish emas. Bunday dalillam ing yana ko'plab topilishi muqarrardir. Ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»ning uchinchi dostonini ijod etayotganida, N izom iy Ganjaviy, Am ir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog'aviy, Shayxim Suhayliylaming shu mavzuda yozilgan asarlari bilan yaqindan tanish edi. Buyuk salaf va tengdoshlarining ushbu mavzuga oid masnaviylariga yuksak ehtirom bilan baho bergan ulug' shoir «Layli va Majnun» dostonini yozishdan ko'zlagan maqsadi bu sayyor syujetni yanada takomillashtirish, unga sayqal berib, yangicha jilo baxsh etish ekanligini quyidagi misralarida aks ettiradi: Awalda ko'p ayladim taamul, To ko‘ngluma kirdi bu taxayyul. Kim , Ganjada ganjlar yoshurg'on, H ar ganjigakim yasadi qo'rg'on. Yo bind najodi hinduviyzod, www.ziyouz.com kutubxonasi Kim , qasrlarini qildi obod. Ham qal’a uchun kerakdurur shahr, Ham qasrg‘a bog‘-u sabzadin bahr. Bo'lsa manga fiirsat ul qadar chog‘ Kim , shahr ila tarh solibon bog'. Bog'ini riyozi xurram etsam, Shahrini savodi a’zam etsam (9, 43-44). Shoir ko‘chirilgan iqtibosning dastlabki baytida ko‘ngliga mana shu o'y kelguniga qadar juda teran mulohaza yuritganini ifoda etadi. Shubhasizki, bu taxayyul «Layli va Majnun» dostonining loyihasi (dastlabki chizgilari) umumiy rejasi edi. Bunday ishoralar parchaning keyingi misralarida yanada tepanroq badiiy in ’ikosini topgan. Jum ladan, «G anjada ganjlar yoshuig‘on»,- deganda, ulug' shoir Nizom iy Ganjaviyning «Panj ganj»ini nazarda tutadi. Har ganjdan yasalgan «qo'ig'onlar» esa o'sha ganjina tarkibidagi dostonlardir. Ayni masnaviylari bilan Nizom iy Ganjaviy Sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lgan sayyor syujetlami bir joyga to‘pladi, ularga badiiyat libosini kiygizib, har birini ulkan bir qo'rg'on monand to'laqonli badiiy asar holida yozma adabiyot olamiga oUb kirdi. A jnir Xusrav Dehlaviy ham o‘z navbatida o‘sha «qo‘ig ‘onlar»ni yangi go‘zal qasrlar bilan obod qildi. Alisher Navoiy mantiqiy-badiiy tafakkurini tadrijiy rivojlantirar ekan, qasmi ko‘zni qamashtiruvchi bog‘-u bo'stonlar bilan bezash lozim ligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy nigohida, L a y li va M ajnunning d ardchil ishqiy sarguzashtiga bag'ishlangan Nizom iy Ganjaviy dostoni bir qo'rg'on bo'lsa, Xusrav Dehlaviy masnaviysi unga yanada ko'rkamlik baxsh etgan qasrdir. Ulug‘ shoir o'zining turkiyda bunyod qilingan dostoni haqida ham badiiy mushohada yuritishni unutmaydi. Alisher Navoiyning talqinicha, o'z qalami tuhfa qilgan doston o'sha «qal’a»lar ichra «savodi a’zam» — ulkan shahar hamda qasrlar husniga husn qo'shuvchi «riyozi xurram» — gullab-yashnagan bog'dir. Baytlarda keltirilgan bunday ajoyib tamsillar vositasida Alisher Navoiy salaflar yaratgan asarlardan yuksak badiiy zavq olib, ta’sirlanganini, ular istiqbolida turib, o'sha masnaviylar «panjasiga panja urishga» yaroqli doston yozishday g'oyat murakkab vazifani bo'yniga olganligini o'quvchilardan sir tutmaydi. Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonining xotimasida ham salaflari ijodi hamda o'z asarining fazilatlari xususida qiyosiy badiiy mushohada yuritadi: Men xastaki, bu raqamni chektim, www.ziyouz.com kutubxonasi Tabriri uchun qalamni chektim. Yozmoqta bu ishqi jovidona, Maqsudum emas edi fasona. Mazmunig‘a bo‘Idi ruh mayli, Afsona edi aning tufayli Lekin chu raqamga keldi mazmun, Afsona anga Ubosi mavzun. Bu erdi g‘arazkim ul guruhe Kim , so‘?da ayon qilib shukuhe, Bu nomrf uchun bo‘lub raqamkash, Safha yuzin ettilar munaqqash. G ar nuktalari jahonni tutti, G ‘avg‘oIari ins-u jonni tutti. Chun forsi erdi nukta shavqi, Ozroq erdi anda turk zavqi, U l tU bila nazm bo‘ldi malfuz. Kim , forsi anglar o‘ldi mahzuz. M en turkcha boshlabon rivoyat, QOdim bu afsonani hikoyat Kim , shuhrati chun jahong‘a to‘lg‘ay, Turk eliga dog‘i bahra bo‘lg‘ay (9, 3 10 -3 11). Keltirilgan mazkur iqtibosda ulug' shoir ushbu sayyor mavzuning badiiy talqini xususidagi ikki muhim jihatga o'quvchi e’tiborini qaratadi. Dastlab asar muallifmmg bu «jovidona» — abadiy ishq haqida doston yozishdan muddaosi shunchaki afsona so'zlash bo'lmay, balki bag'rida turk xalqi «zavqi»ni yashirgan davrning ulug‘ dardlarini badiiy umumlashtiruvchi bir doston yozishdan iboratligiui yoniq satrlarda ifodalashga erishadi. «Afeona anga Ubosi mavzun» misrasi orqali turkiy dostonda qadimiy mavzu har jihatdan yangicha badiiy jilo topganligiga ishora qilinadi. Bu holat, ayniqsa, qahramonlar ichki kechinmalari tasvirida yaqqol namoyon bo'ladi. Asardagi tabiat manzaralari ham doston ishtirokchilarining murakkab ruhiy holati badiiy ifodasiga xizmat qildiriladi. «Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo'lib, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (m af ulu mafo’ilun faulun —v v -v - v—) bahrida bitilgan. Doston 38 bobdan iborat. Asaming dastlabki to'qqiz bobi an’anaviy muqaddima (hamd, na’t, ustozlar, Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo madhi va «U l tun mahobati ta’rifi») bo'lib, 10-bobdan asar asosiy www.ziyouz.com kutubxonasi voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli va Majnun fojiaviy ishqiy sarguzashtlari tasviri sevishganlaming vafoti bilan intiho topadi. Dostonnning so'ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda «Ishq ta’rifidakim...», shahzoda Sulton Uvays Bahodir madhi hamda ulug‘ shoir «dard navhasi» («dard nolasi»), deya e’tirof etgan «Layli va Majnun» voqealari yakuniga bag'ishlangan boblaiga ham o'rin berilgan. Asaming «U l tun mahobati ta’rifi» nom li 9-bobini o'ziga xos boshlanma tarzida talqin etish mumkin. Ulug' san’atkor bu bo'limda navoiyona bir uslub bilan buyuk ustozlari asarlariga bo'lgan o'zining cheksiz ehtiromini go'zal badiiy ifoda etadi hamda tun va hotif (g'aybdan ovoz beruvchi) obrazlari vositasida «M a’nisi daqiqu lafzi shirin», «dard-u so'zi ko'prak» bo'lishi nazarda tutilgan dostonining asosiy voqealari tasviriga kirishadi. Tun, chaqin, yomg'ir timsollari va ishqqa berilgan ta’rif-u tavsiflar orqali ulug' shoirning tayanch m uddaosi asar qahramonlari ruhiy holati va ichki kechinmalarining jozibador tasvirini yaratish ekanligi anglashilib turadi. Ulug' shoirning vujudi qorong'u zulmat asiri bo'lganda, u taxayyul otiga erk beradi. Xayol tavsani (chopqir oti) Arabistonga yetishi bilan ishq hidini tuygani bois chopishdan to'xtaydi. Axir, u ishq vodiysiga yetgan edi-da! Bu vodiydan o'tish esa nihoyatda mushkul. Boz ustiga otning oyog'i ham oqsoqlanib qoladi. Bu ham yetmaganidek, bulut ko'z yummay yosh to'ka boshlaydi. Tungi shamolning dahshat solib esishi yomg'ir shiddatini kuchaytiradi. Ba’zan-ba’zan Tur tog'i uzra chaqnagan chaqin quyosh Sharqni yoritganidek tog'ni shu’lalantiradi. Mana shunday vahimali tun bag'ridagi chaqin yog'dusida Hay qabilasi ko'zga tashlanadi. Xayolot olamiga g'arq shoir bunday hayratli manzaradan ko'z ocholmay qoladi. U (shoir - satrlarda harakatlanuvchi qahramon) tong yeli tun kulini supurganidagina, bir lahza orom oladi. U yana aql-u hushini egallagan tun tafsilotlari haqida o'z-o'ziga savol bilan murojaat qiladi: «Bu tunmi yoki balo dashtidan nishona — qorong'u kunmi?! Har tomondan ofat yog'iladi, nahotki, jahonda shunchalik ko'p jaholat bor bo'lsa?! Bu qanday zulm atli vodiy ekanki, hatto, nafas yo'lini qorong'ulik tutadi?!» Ulug' shoir—she’r qahramoni poyonsiz savollariga javob topishga ulgurolmay g'oyibdan nido keladi: Kim : «Keldi bu dasht—ishq dashti, Jon ofati keldi sarguzashti. H a r barqki ko'rdung ozari ishq, H a r lam’asi barqi xanjari ishq. H ar tiyra sahob zulmat andud, www.ziyouz.com kutubxonasi Gardun uza ishq o‘tidin dud. Yomg‘ur dema, qatrai bahoron, Ishq aylabon anda tiyrboron. Darranda sibo’kim solib sho‘r, Bu dashtda har taraf ushog‘ mo‘r (9, 53). Shu tariqa hotif — g‘oyibdan kelgan sado ulug‘ shoirga Layli va Majnunning jonso'z ishqi haqida hikoya qiladi. Ayni mavzuda o'ziga qadar qalam tebratgan ulug' salaflr hamda unga shunday noyob asami bunyod etish uchun to'g'ri yo'l ko'rsatgan hotifga tasannolar aytiladi: U l nav’ki hotif yetti irshod, Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling