B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
ham ana shunday komillik sadoqatiga yo'l solishdan iboratdir
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
ham ana shunday komillik sadoqatiga yo'l solishdan iboratdir... Alisher Navoiy mulk-mamlakatni malik-podshosiz tasawur qila olmaydi. Jumladan, «Xamsa»ning bosh qon tomirini ham mamlakat va podsho mavzuining rang-barang qirralarini badiiy talqin qilish tashkil etadi, desa sira xato bo'lmaydi. Mazkur masala «Xamsa» tarkibidagi dostonlami o'zaro tutashtiruvchi oltin zanjimi eslatadi. Uning bosh xalqasi esa «Hayrat ul-abrop>dan mustahkam joy olgan. Masnaviyning uchinchi maqolati «Salotin zikri»ga bag'ishlanadi. Ayni ana shu sahifalarda www.ziyouz.com kutubxonasi ulug* shoiming ibratli podsho (shohi g‘oziy) qiyofasining yorqin chizgilariga duch kelamiz. Awalo, aytish joiz, Alisher Navoiy nuqtai nazaridan podsholar ikkiga: shohi g'oziy (odil), shohi zolimga taqsimlanadi. Bunday tasnif shoiming qit’a-yu g'azallarida ham uchraydi. Ammo podshoga nisbatan fikrini yorqin ko‘rsata olish uchun «vase’»- keng maydon deya ta’riflangan masnaviyning imkoniyatlari ancha qo'l keladi. Doston muallifi shoh qiyofasi manzaralarini chizishga jazm etar ekan, «Hayrat ul-abror»ning uchinchi maqolatida uning qismatida kuzatilishi muqarrrar bo'lgan bir-biriga zid har ikkala nuqtani yonma- yon tasvirlashni ma’qul ko'radi. Hotami adlingg‘a sipehri baland, «Rosti-yu rusti» bilan naqshband (7, 122). Podsholik tojining kimgadir muyassar bo'lishi—Allohning o'sha insonga ko'rsatgan behad marhamatidir. Ikki olam sarvari taxtni ravo ko'igan bandasiga Hotam nigjnli (muhrli) uzuk taqishni ham ravo ko'radi. Shu bilan barobar uning muhriga «rosti-yu rusti»ni naqsh etadi. Ya’ni Allohning hiiz-u panohida bo'lishni istagan podsho davlatni adl-u amniyat bilan idora qilmog'i lozim. Shuningdek, muhrida o'yib yozilgan «rosti-yu rusti» — kuch adolatdadir, rostlik—halolllik, rostlik—iymonlilik, insofga tayanishdir kabi dasturiy bitiklar odil podsho kunlik faoliyatining negizini tashkil etmog'i lozim. Ikkinchi misra oxirida kelgan «naqshband» so'zining qo'llanishida iyhom—so'zning yaqin va uzoq ma’nolarini nazarda tutish san’ati mavjud. Ushbu so'zning birinchi talqinini «rosti-yu rusti» naqsh, zeb-u ziynat misol uzugingga o'yib yozildi, tarzida yakunlash mumkin. Alisher hazratlari komil naqshband edi. Buyuk mutafakkir shu tariqat soliki ekanligi bilan faxrlangan. Ikkinchidan, naqshbandiya tariqati ta’limotining ham podsho elkasiga yuklaydigan mas’uliyali «rosti-yu rusti»dir. Alisher Navoiy ana shu haqiqatga ishora qilmoqda. Bobda shohlik tojini kiyib, bosar-tusarini yo'qota boshlagan, ma’rifat-u ma’naviyati past podsholar bilan qizg'in bahsga kirishiladi: Bil munikim, sen dag'i bir bandasen, Ko'pragidin ojiz-u afgandasen (7, 122). Ulug' shoir ming marta haq. Podsho ham yer farzandi. Uning jismida ham to'rt unsur muttahiddir. Ba’zan o'shalar jazaba qilib bosar-tusarini ham bilmay qolishi mumkin. Shuning uchun mutafakkir adib uni ogohlantiradi. Butun bob davomida mamlakat boshlig'ining fazilat-u nuqsonlarini badiiy tasvirlash mayli hukmronlik qiladi. Maqolatda o'rtaga qo'yilgan mulohazalaming tasdig'i sifatida o'quvchiga «Shohi G'oziy va www.ziyouz.com kutubxonasi tilla kampir» haqidagi she’riy hikoyat taqdim etiladi. Unda naql qilinishicha, Shohi G'oziyning yurishlaridan birida mamlakatda yashayotgan bir kampiming yakka-yu yagona o'g'li shahid bo'ladi. Taxt egallangandan keyin, podsho shahid bo'lgan yigit va uning onasini unutadi. Boquvchisini yo'qotgan kampir moddiy jihatdan ancha qiynaladi, kunining o'tishi og'irlashib qoladi. Kunlardan birida podshoning mushtipar ona yashayotgan yurtga kelishi haqidagi xabar kampiiga yetadi va u ham hukmron istiqboliga chiqadi. Munkillagan, asosiga tayangan kampir Shohi G'oziyning yo'lini to'sadi va uni zolimlikda ayblaydi. O'tmish voqealarini to'g'ri eslay olmagan hukmdor shariat qozisiga murojaat qilib, masalani yetarii o'rganish lozimligini aytadi. Taftishlardan keyin, kampir haq bo'lib chiqadi. Bunday vaziyatdan noqulay ahvolga tuihgan tojdor otdan tushadi, bir qo'lida yalang'och qilich, ikkinchi qo'lida esa oltin to'la hamyonni tutgan holda kampiiga qarata aytadi: Ey ona, o'g'linggiz xunini istang, xun bilan, istasangiz pul bUan oling!. Podsho bilan sodir bo'lgan bunday hayratomuz manzara kampiiga qattiq ta’sir qiladi. U shohga murojaat etarkan, aytadi: Sen odil inson ekansan. Agar men o'z tirikchiliginini o'zim tashkil qila olganimda edi, o'g'limnmg xunidan jo'mardlik va adolating uchun kechgan bo'lardim. Biroq, bugun mening iqtisodiy ahvolim tang bo'lgani uchun hamyonni tanlashdan boshqa choram yo'q. Hikoyatga shunday xotima yasaladi: Zolni anjum kibi siymi ravon, Zoli falakdek qilibon navjuvon. Siym kuchidin bo'Iubon siymbar, Xalq laqab ayiab anga «Zoli zar» (7, 132). Shohning otdan tushib, asoga suyangan kampir yoniga kelishi, uning arz-u dodini tinglashi, bir qo'lida qinidan sug'irilgan qilich va ikkinchi qo'lida tilla to'la xaltachani tutib turishi—bulaming barchasi ulug' shoiming kitoblar sahifasida qolib ketgan shirin orzularidir. Alisher Navoiy ana shunday shohning saltanat surishini o'zining maktabdoshi, do'sti Husayn Boyqaro misolida real hayotda ko'rishni juda-juda istar edi. Biroq istak va hayotning, badiiy adabiyot sahifalari va saroy muhitining mutlaqo boshqa-boshqa narsalar ekanligi, ulami murosaga keltirish, yagona yo'ldan yuigizish noimkonligini yetuk ijodkor achchiq tajribalari qiyosida ko'p marta ko'rdi. Lekin oizu-orzuligini qildi. Ulug' Alisher Navoiy qalbi orqali kitoblaming nurli sahifalariga ko'chib, insoniyat avlodiga ibrat bo'lish, zarra qadar bo'lsa-da, unga ta’sir ko'rsatishda davom etayotir. www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiyning shoh va shohlikka doir bunday mulohazalari «Hayrat ul-abror»dan o'lmas «Xamsa» tarkibidagi boshqa dostonlarga ko‘chdigina emas, yangi-yangi talqinlarini topdi. «Hayrat ul-abror»ning beshinchi maqolati karam ta’rifiga bag'ishlangan bo'lib, 108 baytdan tashkil topgan. Karam—komil inson qiyofasida, umuman, inson umri va uning taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga molik fazilatdir. Karam—saxovat, himmat, ehson, marhamat, olijanoblik, yaxshilik, ochiq qo'llilik, javonmardlik singari xilma-xil qinalaiga ega. Tarix qavatlaridajo'mardlik, javonmardlik nomlari bilan tildan tushmay kelgan bu atama komillikka, ma’naviy-ruhiy balog'atga olib borishi lozim bo'lgan yo'llardan (tariqatlardan) biri sifatida ma’lum. Uning bosqich-zinalari esa karam talqinlarida mujassam. Shundan bo'lsa kerak, Alisher Navoiy ana o'sha qirralaming har birini ayricha ixlos-u uig'u bilan bo'yoqdor yoritish yo'lidan boradi. Maqolat ibtidosidayoq zamin-u samovotning alohida e’tibor qilishga arzigulik voqea-hodisa, harakat-holatlari ulug' shoir muddaolarini yuzaga chiqarish, ulaming ko'p sonli kitobxonlarga bekam-u ko'st yetkazilishi yo'lida beminnat xizmatga shay turadi. Aytilganlar nuqtai nazaridan, quyidagi baytlarni tahlilga tortib ko'raylik: Ey tushub egningga karam klsvati, Qolmayin ilgingda diram qiymati. Panjang o'lub siym fishonliqqa fosh, Mashriq-u Mag'ribda nechukkim quyosh (7, 143-144). Maqolatning birinchi satridayoq ulug' shoiming g'oyaviy niyati o'zini ko'rsatib qo'yadi. SaxovatpeshaUk—olijanoblik. Maqolat markazida ijobiy fazilatlari bilan salobat to'kib turgan qahramon, eng awalo, ayni ana o'sha jihati bilan ulug' shoiiga manzur va uning mehru oqibatini qozongan. Himmat va yaxshilikni nomigagina yuzaga chiqarib bo'lmaydi. Bu boradagi sun’iylik va soxtalik darrov o'zini ko'rsatib qo'yadi. Shundan bo'lsa kerak, Alisher Navoiy ta’simi o'zak masaladan boshlashdan tashqari, yana bir haqiqatni qat’iyat bilan o'rtaga qo'yadi. Jo'mard yoxud olijanob inson bo'lib tug'ilish lozim. Tabiatan va sidqan moyillik bo'lmas ekan, bu jabhadagi barcha sa’y-u harakatlar bekorga ketaveradi. Fikrimzcha, birinchi satrda «kisvat»ni qo'llash zamirida ana o'sha maqsad yotadi. Kiyim, ust-bosh ma’nosidagi o'sha so'z mantiqiy urg'u vazifasini o'taydi. Saxovatpeshalik shu yo'lni qismat qilgan insonning zohir-u botinidan anglashilib turishi lozim. Shunday bo'lsagina u pul «jinni»ligidan xalos bo'ladi, eng mayda chaqani ham mushtumiga www.ziyouz.com kutubxonasi mahkam tutib, uni «tug'dirish» ilinjida tunlami tongga ulamaydi. Ochiq va himmatli panjalar sifatida shuhrat qozonadi. Bunday manzaralardan sarxush shoir himmat ko‘rsatadi, o‘sha panjalami quyosh bilan yonma- yon qo'yadi. Shams—yaxshilik, himmat-u saxovat izmida bo'lganlaming sarxayli. Bu borada tanlov uning uchun begona, Sharqdan G'arbgacha bo'lgan bepoyon hududda birday nur sochaveradi. Himmat va saxovatni hayot dasturiga aylantirgan inson ham quyoshdan ibrat olishi va «siymfishonlikka» (siym—kumush, tanga, aqcha, yoming badaniga nisbatan rangni: oq, oppoq va silliq; fishon-sochuvchi) uning yo'lini davom ettirishi lozim. Saxovat—tama’dan yiroq. Oluvchi olganini qaytara oladimi (o'zini yoxud ortig'i bilan), yo'qmi, beruvchi uchun masalaning bu jihati ahamiyatsiz bo'lmog'i lozim. Shuning uchun satrda quyosh va saxiy odam yonma-yon turibdi, hatto quyosh ibrat darajasiga ko'tarilgan. Ulug' shoir kitobxon e’tiborini yana muhim bir masalaga jalb qilishni ham unutib qo'ymaydi. Barcha sohada hudud va me’yor bo'lgani kabi saxovatning ham chegaralari bor. Alisher Navoiy mavzuning shu jihati ustida jiddiy bahs yuritadi. Shuningdek, baxil—baxillik, qurumsoqlik, xasislik bilan bog'liq masalalar ham qalamga olinadi: Aqlki ta’rif etar avsofni, Buxl bila teng tutar isrofni (7, 145). Maqtov, shon-shuhrat uchun sochilgan mol-mulk saxiylik emas. Hamisha va hamma yerda inson aql-u farosat doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Isrof—illat. Hatto behuda isrofgarchilik xasislik bilan barobardir. Ulug' shoiming takror va takror ta’kidiga ko'ra, aql-u farosat tamoyillariga zid har qanday harakatning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. Alisher Navoiy nazdidagi saxovatli inson quyidagi baytlarda o'z ifodasini topgan ezgu fazilatlar sohibidir: Oni saxiy anglag'il, ey xushmand, Kim ani davlat qilibon sarbaland. Holi agar yaxshi durur, gar taboh, Kimsadin etmas tama’i mol-u joh. Ham neki haq bersa qanoat qilur, Ham neki amr etmish itoat qilur (7, 148). Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror»ning beshinchi maqolatida vujud- vujudi bilan saxovatni taig'ib qiladi. Uning xayolga keltirish dushvor bo'lgan ochilmagan qirralarini kashf etishga erishadi. Biroq o'sha qarashlaming tasdiq muhri sifatida «Hotami Toyi va o'tinchi chol» hikoyatini taqdim qiladiki, uning ayni lavhalarining mazmuni www.ziyouz.com kutubxonasi boshqacha... Hotam—musulmon dunyosida saxovat timsoli. Uning haqida behisob asarlar yaratilgan. Ulug‘ o'zbek shoiri she’riy hikoyatining qahramoni ham o‘sha Hotami Toyidir. Kunlardan birida Hotamning suhbatdoshla'ridan biri «dunyoda o‘zingdan ham himmatliroq odamni ko‘rdingmi?»- -deb so‘raganda, u javob beradi: Dedikl: «Bir kun qilibon jashni om, Indab edim bodiya ahlin tamom. Matbax aro yuz teva qurbon edi, Qo'y-u qo‘zi behad-u poyon edi. Bazm ichidin dasht son bir nafas, Kasbi havo aylamak ettim havas. Sayrda ko‘rdum bir asiri mihan, Bir quchoq orqasig‘a yuklab tikan (7, 152). Shakllangan an’anaga ko‘ra haftaning muayyan kunlaridan birida nochor-u nokom, beva-yu bechoralar Hotamning hovlisida yig‘ilishib, «yuz tuya va behad qo‘y-u qo‘zilar»ni so‘yib xayriya taomlari pishirib yeb ketishar ekan. Ana shunday kunlardan birida, bazm avjiga chiqqan paytda Hotam tanholikni qo‘msab qoladi va hovlisining orqasida joylashgan katta sahroga chiqadi. Sahro sayri paytida uning ko'ziga uzoqdan bir qora ko‘rinib qoladi. Dastlab o‘sha namoyon bo‘lgan qora to‘rt oyoqli bir jonzotday ko‘zga tashlanadi. 0 ‘rtadagi masofa yaqinlashgach, Hotam munkillagan, afloda, asoga suyanib qadam tashlaydigan bir cholga ro‘baro‘ keladi. Fartud chol bir orqa yontoqni ko‘tarib olgan, aso yordamida bir qadam qo'yadi va nafasini rostlab olib, yana harakatini davom qiladi. Alisher Navoiy o‘sha manzarani quyidagicha badiiy aks ettiigan: Jismi uyin aylabon ul yuk nigun, Tirkabon ul uyga asodin sutun. Har qadam olg‘uncha tinib muddate, Har nafas urg‘uncha о‘tub muddate (7, 152). Ulug‘ shoir yantoqfurush cholning davron va yillar azobidan zada bo'lgan, bujmaygan jismini tom yuki bosib qolgan uyga o‘xshatadi. Badiiy topqirlik va qiyosni davom ettiigan muallif hayotiy lavhalarni satiga olib kirish san’atiga zo‘r beradi. Fatorat uyning tomi bosib qolmasin uchun unga yordamchi ustun va tirgaklar qo‘yish turmushdagi odat. 0 ‘tinchi cholning jism uyi ham shunday yordamga muhtoj. Shuning uchun u aso ushlagan va har qadamda unga tayanmay iloji yo‘q. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, uning hayot tashvishlari oldida taslim bo‘lgisi, kimningdir minnatU taomi bilan kun ko‘rgisi kelmaydi. Oxirgi www.ziyouz.com kutubxonasi nafasigacha mehnat noni lazzatini his etib yashashni afzai ko'radi... Hotami Toyi unga murojaat qilib aytmoqda: Ki—ey qadin emgak yuki past aylagan, Jismida g‘am xori nishast aylagan. Dasht aro go‘yoki xabar bilmading, Hotam uyi son guzar qihnading? Da’vat etib asr-u farovon bukun, Qildi yomon-yaxshini mehmon bukun. Tashla tikan, gulshani izzatqa yet, Chekma mashaqqat, ko‘p-u da’vatqa yet (7, 153). Yantoqfurush chol Hotami Toyini tanimaydi. Yelkasiga ko‘tarib olgan yantog‘i bilan uning so‘zlarini tinglaydi. Asoga tayanib, orqalab olgan yukini yerga qo'yadi va peshonasidagi maijon-maijon terlarini sidirib tashlab, Hotami Toyiga nigohini qadab javob beradi: «К-ey solibon fairs ayog‘ingg‘a band, Ozu tama’ bo‘ynug‘a bog‘lab kamand. Vodiyi gayratga qadam urmag‘on, Kunguri himmatg‘a alam urmag‘on. Sen dog‘i chekkil bu tikan mehnatin, Tortmag'il Hotami Toy minnatin. Bir diram olmoq chekibon dast ranj, Yaxshiroq andinki birov bersa ganj (7, 153). Alisher Navoiy talqinidagi Hotami Toyi karam — himmat, saxovat timsoli bo‘lish bilan bir qatorda, adolatli, xolis va rostgo‘y inson qiyofasida ham namoyon bo‘ladi. U o‘tinchi cholning dadil va asosli javoblari oldida lol qoladi, uning qat’iyatini mardona tan oladi. Himmat masalasida savol bergan suhbatdoshiga quyidagicha yakuniy javob qaytaradi: Ulki bu yanglig* so‘zi mavzun edi, Mendin aning himmati afzun edi (7, 153). Bu aslida Alisher Navoiyning ham «yuz o'lchab, bir kesilgan» xulosasi. Naqshbandiya tariqat-u ta’limoti, umuman, inson tabiatidagi barcha ezguliklaming oshuflasi bo'lgan ulug‘ shoiming boshqacha xulosa payidan bo'lishi aslo mumkin emas edi. She’riy hikoyatdagi Alisher Navoiyning o'z xulosasi tajassumini topgan mana bu satriari ham bizning mulohazalarimizni quwatlaydi: Himmat agar bo'lsa Navoiy sanga, Banda durur Hotami Toyi sanga. www.ziyouz.com kutubxonasi Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil, Bazlni Hotamg'a namudor qil (7, 153). Hotami Toyi himmat bobida o'tinchi cholni o'zidan ustun qo'ygan ekan, bu o'z navbatida ulug4 shoiming ham hukmidan aks-sado beradi. Darvoqe, ixchamgina she’riy hikoyatda o'tinchi chol mehnat kishisining timsoli sifatida ishtirok etadi. U o'zining xislat-xususiyatlari, dunyoqarashi, insonning yashashdan maqsadi, hayot va uning voqea- hodisalariga teran va o'ychan nazari bilan diqqatni tortadi. Hikoyat mitti bo'lgani kabi o'tinchi chol ishtiroki ham unda bir lahzalikdir. Biroq ana shu «lip etib» ko'rinib, so'ng bedarak bo'lishigaqaramay, bu nuroniy va zahmatkash mo'ysafid o'zining mag'zli hamda mardona javoblari bilan o'quvchi nigohida saxovat, himmat, qanoat, halollik, poklik ramzi sifatida muhrlanib qoladi. Alisher Navoiy o'tinchi choldagi olijanoblikdan zavq olar ekan, uning yo'lini «Xamsa» tarkibidagi dostonlarda harakat qiluvchi juda ko'plab qahramonlar faoliyatida rivojlantiradi, xilma-xil qirralarini oshkor eta boradi. Albatta, bunday pandnomalar, dilkash manzaralar faqat kitob sahifalarining bezagi uchungina yaratilgan emas. Ular ulug' shoiming avlodlarga vasiyati— ezgulikka, poklik—poklanish, halol mehnat noni bilan umr yo'lini bezashga shirin da’vatidir. «Hayrat ul-abror»dagi maqolatlarda insonni ezgu amallar sohibi bo'lib, noqisliklardan mosuvo bo'lishga da’vat etilar ekan, fikr tasdig'iga xizmat qildirilgan hikoyatlar qahramoni sifatida turli ijtimoiy tabaqa vakillari tanlanadi. Shohi G'oziy (Sulton Husayn Boyqaro), Anushirvoni odil, Sulton Muhammad Xorazmshoh, Iskandar, Bahrom singari hukmdorlar, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Robia Adviya, Xoja Abdulloh Ansoriy, Shayx iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak, Hasan Robi’, Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr kabi tasawuf ahli namoyandalari, shuningdek, darvesh va mehnatkash inson timsoli bo'lgan o'tinchi chol, oddiy xalq vakili hisoblangan ikki vafoli yor, yuksak insoniy fazilatlami o'zida mujassamlashtirgan «qoni’ javonmard» va boylikka hirs qo'ygan «tomi’ jahongard» kabi obrazlar ishtirokida maydonga kelgan g'oyatda sermazmun badiiy lavhalarda insonni komillik rutbasida ko'rish g'oyasi hayotiy tamsillar bilan boyitiladi. Ko'rinadiki, ulug' shoir dunyoqarashicha, inson qaysi tabaqa vakili bo'lishidan qat’iy nazar, ma’naviy kamolot pillapoyalaridan odinilab bashariyatning komili darajasini egallashga haqU. Dostonda insonni ana shunday yetuklik sari yetaldovchi ma’naviy-ma’rifiy omillardan yana biri odob va hayo (oltinchi www.ziyouz.com kutubxonasi maqolat) xususida juda ibratli mulohazalar bayon etiladi. Ulug‘ shoiming fikricha, insonga sharaf uning nasl-u nasabi yoki amal martabasidan emas, balki hayo-yu odobi tufayli keladi. Shu bois hayoning qatrasi tuproqni oltinga aylantiruvchi kimyoga qiyoslanadi: Elga sharaf bo‘Imadi joh-u nasab, Lek sharaf keldi hayo-yu adab. Chunki yog'in manbai o‘Idi hayo, Qatrasi tuprog‘ni qilur kimyo. Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling