B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan «Xazoyin ul-maoniy» qatoridan
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan «Xazoyin ul-maoniy» qatoridan o‘rin olishga sazovor. Bu ayniqsa, Navoiy—Foniyning muxtarelarida— ixtiro g'azallarida yorqin ko'zga tashlanadi. Yuqoridagi sarlavhalar shoiming javobiya yo tatabbu’ tarzida aytilgan g'azallariga tegishli bo'lib, ulardan tashqari, devon tarkibida bevosita Alisher Navoiyning o‘z kashfiyoti bo'lgan muxtare’-ixtiro g'azallar ham talaygina uchraydi. Ko'rinadiki, g'azal shoiming turkiy devonlarida bo'lgani singari «Devoni Foniy»da ham yetakchi janr sifatidagi mavqeini saqlab qolgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, muxtare’ va tatabbu’ g'azal namunalari bilan yaqindan tanishish «Devoni Foniy» haqida umumiy tasawur hosil qilishga imkon beradi. Hamid Sulaymon, Abdug'ani Mirzoyev, Rasul Hodizoda, Shoislom Shomuhammedov, B.Valixo'jayev, Rahim Vohidov, E.Shodiyev, Alisher Shomuhammedov, Yoqubjon Ishoqov kabi adabiyotshunos olimlar «Devoni Foniy»ga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarida ulug' shoiming forsiy she’rlari ham turkiyda bitilgan ko'p sonH asarlari singari mazmun-mohiyati, badiiyati nuqtai nazaridan g'oyatda qimmatli ekanligini e’tirof etadilar. Bu, ayniqsa, Alisher Navoiy g'azalliyotiga xos bo'lgan musaisallik—fikmi tadrijiy rivojlantirish uslubi forsiy devon tarkibidagi g'azallaming vujudga kelishi uchun ham asos bo'lganligida yaqqol ko'zga tashlanadi. «Devoni Foniy»dagi ixtiro g'azallarga mansub bo'lgan quyidagi voqeaband g'azal ham yuqorida qayd etilgan navoiyona uslubning mahsulidir: Rasid on parichehra mastona imshab, Zi masti maro soxt devona imshab. Maro kulbai bexudi-yu junun shud Az on partavi ro‘ parixona imshab. Zi sham’e tajaШ namud on, ki megasht, Maloyik ba davrash chu parvona imshab. Zi ganji visolash imorat paziruft, Maro kunji toriki vayrona imshab. Zi shavqi mai vasli o‘ bud nazdik, www.ziyouz.com kutubxonasi Ki pur sozadam charx paymona imshab. Ba bomu daram az pai in tamosho Furo‘ rexta xeshu begona imshab. Ba in nash’ai ishq-u may gasht Foni, Hama umr devona, tanho na imshab. Mazmuni: U parichehra bu kecha mast bo'lib keldi, Mastlikdan meni bu kecha devona qildi. Bu kecha mening bexudlik va jununiy kulbam Ul panning chehrasi sochgan nurdan parixonaga aylandi. Bu kecha qandaydir bir sham’ nur sochdiki, Malaklar uning atrofida parvonadek aylanar edi. Bu kecha u (mahbuba)ning vasl xazinasidan Qorong'u, xaroba kulbam obod bo'ldi. Bu kecha uning vasli mayining shavqidan Falak paymonamni to‘ldirayozdi. Bu kecha shu tomosha uchun tom-u eshiklardan Qarindosh-u begonalar yopirilib tomosha qilgani kelishdi. Foniy bu ishq va may nash’asi bilan (faqat) bu kechagina emas, bir umr devonadir. (Navoiy. Asarlar. 5-tom, 1-kitob. 102-103-b) Ko‘rinadiki, ushbu g'azalning matlaidan maqtaigacha ishqiy kechinmalar qalamga olinadi. Matlada mahbubaning mastona yurib kelishi, buni ko'rgan oshiqning telbalarcha raftori ustida gap boradi. Ikkinchi baytda o'sha ruhiy holat tasviri davom ettiriladi. Oshiqning xaroba kulbasi yor jamolidan charog'onlashib, parixona tusini oladi. Uchinchi baytda oshiq kayfiyati haqida so'zlanadi. Sham’ bor joyda parvona bo'ladi. Shuningdek, yorug'likka maloikalar ham talpinadi. Mahbubaning jamoli yorug'idan sarmast oshiq parvona-yu maloikalar vazifasini ado etadi, yor atrofida kapalakday aylanadi. To'rtinchi baytda oshiqning xaroba kulbasi xususida gap boradi. Mahbubaning tashrif buyurishi bilan oshiq kulbasi o'z qiyofasini o'zgartiradi, ko'rkamlashadi. Beshinchi baytda she’r qahramoni—oshiq ruhiy-ma’naviy kayfiyatining tasviri chiziladi. Oltinchi baytda oshiq va ma’shuqa visol onlarining qo'ni- qo'shnilarga ta’siri borasida gapiriladi. Odatda, xonadonda xursandchilik bo'lsa, qo'ni-qo'shnilar unga sherik. Qulayjoy topib tomosha qilishadi: kim eshikdan, kim tomdan o'ziga qulay joy topib qaraydi. Mahbuba qadamidan obod bo'lgan oshiqning xarobasi ham bu oqshom ana www.ziyouz.com kutubxonasi shunday tomoshagoh tusini olgan. G'azalning maqtaida oldingi baytlarda tasvirlangan voqealarga yakun yasaladi. Shu ma’noda maqta’ g'azalning xulosasi bo'lib xizmat qiladi. Yor vasli va boda kayfiyatidan sarxush bo'lish oshiq uchun mavsumiy, tasodifiy narsa emas, balki doimiy holdir. U umri bo'yi o'zini ana shu yo'lga baxshida etgan. Ko'rinadiki, Alisher Navoiy talqinidagi oshiq uchun bulhavaslik, qo'nimsizlik tamoman begona. Zotan, bunday holat ulug' o'zbek shoirining tabiati va tub orzulari uchun mutlaqo yotdir. Buning aksi o'laroq buyuk mutafakkir g'azallarida tasvirlangan oshiq irodasi, o'z e’tiqodiga sodiq barcha qiynoq va imtihonlaiga bardosh berish uchun tayyor turgan kishi sifatida namoyon bo'ladi. Alisher Navoiyning aksariyat tatabbu’ she’rlari Xoja Hofiz Sheroziy g'azallaridan ijodiy ta’sirlanish samarasi o'laroq vujudga kelgan. «Devoni Foniy»da «Dar tavri Xoja Hofiz», «Tatabbui Xoja» sarlavhalari ostida talaygina javobiya-g'azallar jamg'arilgan. Ulaming miqdori haqida turlicha fikrlar bor. Akademik A.Mirzoyevning yozishicha, devonning Tehron nashrida Navoiy—Foniyning Xoja Hofizga tatabbulari soni 232 tadir. Prof. H.Sulaymon «Devoni Foniy»ning Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi asosida bu raqamni 237 taga yetkazadi. (Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi tadqiqotidan. «O'zbek tili va adabiyoti», 1965.5-son). Devonning Toshkent nashrida esa hammasi bo'lib 156 ta tatabbu’-g'azallar uchraydi. Agar yuqorida eslatilgan ikki olimning ma’lumotlari ishonchli bo'lsa, unda «Devoni Foniy»ning Toshkent nashri ham mukammal emas ekan. Xoja Hofiz—dilbar she’riyat meros qoldirgan ijodkor. Uning o'ynoqi, yuksak mahorat bilan yozilgan mazmundor she’riyati Sharq-u G'arbda dovrug' taratdi. Unga eigashish, undan o'rganish, mag'zli g'azallariga javob aytish, tatabbu’ qilish, muxammas bog'lash, hofizxonlik bazmlari o'tkazish badiiy so'z mulkida qutlug' an’ana tusini oldi. Shu ro'yxat boshida Alisher Navoiyning tabarruk nomi bor. Aytilganlarga qanoat hosil qilish uchun Alisher Navoiy va Xoja Hofizning bittadan g'azallarini qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: Xoja Hofiz: DO saropardai muhabbat o‘st, Dida oinadori tal’ati o'st. Man, ki sar bar nayovaram ba du kavn, Gardonam zeri bori minnati o'st. Tuv-u to‘biv-u mov-u qomati yor, Fikri har kas ba qadri himmati o'st. www.ziyouz.com kutubxonasi Gar man oludadomanam, chi ziyon? Hama olam guvohi ismati o‘st. Man ki bosham dar on haram, ki sabo, Pardadori harimi hurmati o‘st. Davri Majnun guzasht, navbati most, Har kase panjro‘za navbati o'st. Fikri zohir mabin, ki Hofizro, Sina ganjinai muhabbati o‘st. (Hofizi Sherozi. Muntaxabi g‘azaliyot. Dushanbe, 1967, sah. 46.) Tojikistonda Xoja Hofiz asarlarining yana ikki nashri (Dushanbe, 1971, 1983) amalga oshirilgan. Yuqorida ko'chirilgan g'azal keyingi ikki kitobda (sah. 33, sah. 96) ham bor. Ammo mazkur g‘azal juda katta o'zgarishlar bilan shu kitobdan joy olgan. Birinchidan, so'nggi nashrlarda ko‘chirilgan g‘azal o'n bir baytdan iborat. Ikkinchidan, g'azalda baytlarning joylashtirilishi shu qadar aralash-quralashki, bunday «tahrir»ni tasawurga sig'dirish qiyin, albatta. So'zlaming yozilishidagi xilma-xillikni aytmasak ham bo'lar. Quyidagi baytlar esa biz murojaat qilgan kitobda uchramaydi, ammo keyingi nashrlarda mavjud: Mulkati oshiqi-yu ganji tarab, Har chi doram, zi yumni himmati o'st. Man-u dil ar fano shavem, chi bok? G'araz andar miyon salomati o‘st. Bo xayolash mabod manzari chashm, Z-on Id in go‘sha xosi xilvati o‘st. Har guli nav, ki shud chamanoroy, Asari rang-u bo‘i so‘hbati o‘st. Matnshunoslik bilan bog'liq bunday chalkashliklar Xoja Hofiz taqdirida o'tmishda ham bo'lgan ko'rinadi. Alisher Navoiyning tatabbu’- g'azali shunday xulosaga kelish uchun asos bo'ladi. Chunki javobiya у yetti baytdan iborat. Navoiy-Foniyning qurbi o'n bir baytli g'azalga javob aytishga ham etar edi. Biroq ulug' shoir qo'liga mazkur g'azalning у yetti baytli nusxasi tushgan ko'rinadi: Navoiy—Foniy: Dar dilam otashi muhabbati o'st, Obi chashmam zi dudi furqati o'st. Nest dudi dilam ba hay’ati sarv, Az dilam rasta sarvi qomati o'st. Labi Ia’Iash, ki shud may oluda, www.ziyouz.com kutubxonasi Chashmam oluda xun zi hasrati o‘st. Rahshash abri balo-u lam’ai na’l, Dar gahi po‘ya barqi ofati o‘st. Gar zalilam ba ishq-u may, ey shayx, In mazaUat ham az maishati o‘st. Bandai pin dayram, ey zohid, Ki farog‘am zi durdi suhbati o‘st. Foniy-u dObari xaroboti, Ki fano hosil ash zi xidmati o‘st. Mazmuni: Dilimda yor muhabbatining o‘ti bor, Ko‘z yoshlarim firoq tutinidandir. Dilimdan chiqadigan sarv yanglig' (narsa) dilim tutini emas, (Balki) dilimdan o‘sib chiqqan uning sarv qomatidir. U nozaninning la’l lablari mayga, bo‘yalgan, Ko‘zim esa uning hasratidan qonga belandi. Uning chaqin sochuvchi taqali oti—balo buluti-yu, Yurish chog‘ida u go'yo ofat yashinidir. Ey shayx, agar ishq va may sababi bilan xor bo'lsam. Bu xorlik ham Tangrining xoxishidandir. Ey zohid, mayxona pirining qulidirmen, Farog'atim esa uning suhbatidagi may quyqasidandir. Foniy (bo‘lsin-u) unga mayxona dilbari bo'lsin, chunki Uning xizmatidan foniylik (yo'qlik) hosil bo'ladi. (Asarlar. 5-tom, 1-kitob. 122-123-betlar) Ulug' o'zbek shoiri ayrim javobiya-g'azallarida an’anaviy nazmiy unsurlar: vazn, qofiya, radif, timsol va tashbehlarni saqlab qolgani holda, she’ming g'oyaviy mazmun qirralari, she’r qahramoni ruhiy holati va g'azal ohangini o'ziga manzur yo'nalishda davom ettiradi. Ayrim javobiyalarida esa nazirachilikning an’anaviy shakliy unsurlari batamom ko'zga tashlanmaydi. Bu fikr yuqorida keltirilgan tatabbu’-g'azalga to'la daxldordir. Chunonchi, Alisher Navoiy Xoja Hofiz g'azallarida qo'llangan atigi biigina qofiyani saqlagani holda, qolganlarini batamom yangilaydi. Bunday harakatni Navoiy—Foniy g'azaliga singdirilgan ayricha mazmun va g'oyalar taqazo etadi. Tatabbu’ g'azaldagi yangilikni faqat у yetti qofiyadosh so'zning almashganidan iborat deb qarash ham to'g'ri emas. Chunki tatabbu’-g'azal zamirida buyuk mutafakkiming shaxsiy kuzatishlari, o'ziga xos insonsevarlik g'oyalari, teran hayotiy www.ziyouz.com kutubxonasi mushohadalari yotadi. Ijtimoiy hayot va uning zeboliklariga navoiyona muhabbat nuri g'azal satrlariga yog'du sochadi. Xoja Hofiz g'azalining matlaida majoziy muhabbat haqida gap boradi. Biroq o‘sha ishq talqini mavhum, o‘quvchi shuuriga aniq va zudlik bilan yetib bormaydi. To'g'ri, Xoja Hofiz g‘azalidagi faqr-u fano, ishqi ilohiyga aloqador bo'lgan lahzalar ma’lum darajada AUsher Navoiyning ham tatabbu’-g'azalida ko'zga tashlanadi. Biroq «Sheroz sehrgari»ga izdoshlik qilgan ulug* o'zbek shoiri o'sha an’anaviy she’riy ashyolami: ishq va uning mojarolarini ijodiy talqin qilish va yangicha jiloda tasvirlash yo'lidan boigan. Alohida ta’kidga sazovor nuqta shundaki, Navoiy—Foniy javobiyasida dunyoviy ruh, ko'tarinki hayotiy kayfiyat, insoniy muhabbat va undan zavqlanish ko'zga tashlanadi. Ayni mulohaza Xoja Hofiz va Alisher Navoiy g'azallarining umumiy ruhiyatida ohangdoshlik, uyg'unlik borligini ham inkor etmaydi. U bor. Chunki har ikkala ulkan iste’dod sohibining maslakdosh qilgan, bir-biriga bu qadar jipslashtiigan bosh omil— inson va uni ulug'lash mavzuidir. G'oyaviy yo'nalishi, ifoda uslubi, dunyoqarashda Xoja Hofizning ham, Alisher Navoiyning ham o'ziga xosligi borligini e’tirof etgan holda, har bir tatabbu’-g'azalda, o'sha tafovutlardan qat’iy nazar, ikki dohiy so'z san’atkorini yuqorida eslatganimiz kabi bosh ma’naviy uyg'unlik birlashtirib turadi. Navoiy—Foniy o'z g'azallarining ichki tuzilishiga alohida e’tibor bilan qaragan. Tatabbu’-g'azal matnida muallifning voqeabandlikka ishtiyoq bilan qaraganligini his qilish qiyin emas. Tadrijga erishmoq uchun shoir satrlarda qo'llangan voqea-hodisalar va buyumlaming xossalariga, shuningdek, ular o'rtasidagi mantiqiy uzviylikka amal qiladi. Ana shu zaminda Alisher Navoiyning aksariyat g'azallarida bir-biriga ma’no va mazmun jihatidan tutash baytlar vujudga keladi. Bunday misralarda gapdan-gap tug'iladi. Xoja Hofiz g'azaliga qilingan tatabbuning matlai va undan keyingi baytida Navoiy—Foniyning o'ziga xos o'sha yetakchi tasvir uslubi ravshan namoyon bo'ladi.: Dar dilam otashi muhabbati o'st, Obi chashmam n dudi furqati o'st. Nest dudi dilam ba hay’ati sarv, Az dilam rasta sarvi qomati o'st. Mazmuni: Dilimda yor muhabbatining o'ti bor, Ko'z yoshlarim firoq tutunidandir. Dilimdan chiqadigan sarv yanglig' (narsa) dilim tutini emas, www.ziyouz.com kutubxonasi (Balki) dilimdan o'sib chiqqan uning sarv qomatidir. Tatabbu’-g'azal matlaida ishq, oshiqlik va uning iztiroblari, mashaqqatlar xususida gap boradi. Hijron azoblaridan oshiqning dili yonadi, go'yo unda laxcha cho'g' bor. Uning ko'zlaridan qatra-qatra yoshlar oqadi. Buning boiskori ham o'sha olamso'z ishq. Oshiqning ma’shuqa firoqida cho'g'dek yongan yuragidan bo'rqsib tutun chiqadi. Achchiq tutun oshiqning ko'zlariga ta’sir etadi, achitadi, yoshini shashqator qiladi. Qarang, birgina baytda qanchalik teran mazmun va voqealar tizmasi mujassam. Ayni satrlarda she’r qahramonining azoblarga liq to'la ruhiy olami tasviri ham yorqin ifodasini topgan. Biroq, shoir hali tugal yoritilmay qolgan niyatlarini ro'yobga chiqarishda qo'l kelishi mumkin bo'lgan so'z va tasviriy ashyolar bilan g'azal matlasidayoq «xayrlashib» qo'ya qolmaydi. Aksincha, ulami sharhlash, mohiyatini kengroq ochish, yoritilmay qolgan yangi-yangi qirralarini kashf qilishda davom etadi. Ulug' o'zbek shoiri o'rtaga qo'ymoqchi bo'lgan g'oyaviy muddaosiga mos tushuvchi nozik hayotiy manzara — «dildan o'rlab chiqqan tutun»dir. Tatabbu’-g'azalning ikkinchi bayti ana o'sha tashbehli birikma asosida quriladi. Ma’lumki, mo'ridan chiqqan tutunning samoga «sayri» — o'rlab chiqishi kuzatishga arzigulik manzara va u rang-barang shakllarni vujudga keltiradi. Birinchidan, ulug' shoir oshiqning iztirobli, oh-u fig'onli qalbi bilan mo'ridan chiqayotgan tutun o'rtasida monandlik tuyadi. Masalaning yana bir nozik jihati ham bor. Xoja Hofiz g'azalining matlaida ishqi ilohiyga ishoralar mavjud edi. Navoiy — Foniy ham tatabbuida buni nazardan qochirgani yo'q. O'sha «ko'z ostiga olingan» g'oyaviy niyat nafis ishoralarda o'zini ko'rsata boshlaydi. Shuning uchun tasvir yo'nalishi samoga qarab buriladi. Ikkinchidan, buyuk mutafakkiming topqirligi va sinchkovligi shundaki, unchalik nazaiga tashlanmaydigan ana shu oddiygina hayotiy voqeadan nafosat topgan. o'sha topilma bo'yoqdor, zavq uyg'otuvchi, ta’sirchan badiiy tashbeh tarzida kitobxon hukmiga havola etiladi. Alamlar girdobida qolgan oshiq dilidan toshib, osmonga ko'tarilayotgan tug'yon oddiy shakldagi tutun emas, u sarv ko'rinishidadir. Aslida u odatiy sarv daraxti ham emas. Oshiq dili zaminida o'sib, parvarish topgan ma’shuqaning hushbichim, sarvmisol qomati. Daraxt quyoshga, nurga intilgani kabi qomat—sarv ham osmonga bo'y cho'zmoqda. Qarang, qanday nozik, ta’sirchan va mohirona o'rtaga qo'yilgan chiroyli tasvir! Navoiy-Foniy tatabbu’- g'azaliga xos bo'lgan bunday fazilatlami Xoja Hofiz she’rlarida ham ravshan his qilish mumkin. Xususan, Alisher Navoiy ilhomini www.ziyouz.com kutubxonasi qo'zg'atgan g'azalning o‘n bir baytli nusxalari matlaida tajassumini topgan ma’ho-mazmunning har tomonlama o'ylangan va mushohadaga undovchi o'ramlarda (pech dar pech) berilganiga qanoat hosil qilish mumkin. Rindi Sheroz bu yo'lda donishmandlik va bo'liq mahorat ko'rsatgan. Tafakkur va mantiq qudratiga tayangan, forsiy kalomning ko'p ma’nolilik xususiyatlaridan o'rinli foydalana olgan. G'azal satrlarida «parda», «oyina», «tal’at», «ikki dunyo» («du kavn»), «himmat», «ismat» («poklik»), «faqn>, «zohir» so'zlarining tagdorligi kitobxonni fikrlashga undaydi. Ro'yxatdan joy olgan so'zlaming misralarda qo'llanishi tasodifiy emas. Xoja Hofiz qasddan bu so'zlarga murojaat qiladi. Ko'ngliga tukkani iddaoni kitobxon qalbiga ko'chirish istagi o'sha majburiyatini ado etishga undagan. Ayonlashadiki, hayotiy va islomiy-ilohiy yoxud tasawufiy oqimlar boshini yagona o'zanda birlashtirish mayli lison ul- g'ayb (Xoja Hofizni) shoimi shunday yo'l tutishga undagan. Sinchkov nazm shinavandasi ham u so'zlami befarq ko'zdan o'tkazib yubormaydi. Ayniqsa, «du kavn», «faqr», «tal’at» kabi so'zlar fikrlashga chorlaydi. Sirli sandiq qulfini ochish uchun kalit vazifasini bajaruvchi mazkur so'zlar tufayli Yer-u Samo o'rtasidagi masofa qisqaradi, mazmun rishtalari teranlikka yuz tutadi. Borliq olami va ruhiy dunyo o'rtasida ko'ndalang turuvchi chegara chiziqlari ko'zdan g'oyib bo'la boshlaydi. Shuningdek, ayrim baytlarda tazod she’riy san’atiga ataylab murojaat qilinishi zamirida ham tasawufiy va hayotiy muhabbat manzaralari ifodasining qorishiq berilishini anglatishda ishoraday tuyuladi. Oshiqning nazarida ikki qomat—to‘bi-yu yana yor jilvasi namoyon. Har bir o'quvchi esa ulardan o'ziga ma’qul va maqbulini tanlab oladi. Oshiq poklik da’vo qilmaydi, ammo bunday harakatidan ortiq tashvish ham tortmaydi. Chunki u inson avlodiga mansub. Shunday ekan, u qaysidir jihatdan nuqsonga yo'l qo'yishi mumkin. Aniqrog'i, oshiq xalqning «beayb Alloh» dono hikmatiga amal qiladi. Xoja Hofiz satrida ham shunga yaqin ishora ko'zga tashlanadi. Butun olam uning pokligiga guvohdir! G'azal misralarida" parda ortidagi jamol bilan aloqamand ta’kidlaming ko'chib yurishi ham tasodifiy emas. Xoja Hofizday zakiy daho qalami tuhfa etgan g'azalda Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling