B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
tasodifiy so'zlaming «kezib» yurishi aqlga aslo sig'maydi. G'azal xotimaga
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
tasodifiy so'zlaming «kezib» yurishi aqlga aslo sig'maydi. G'azal xotimaga tortgan sayin zabardast shoiming g'oyaviy niyati tobora qalqib yuzaga chiqa boshlaydi. Ishq azoblari bobida Majnun navbatining o'tganligi, borliq dunyosining fano—besh kunligiga daxldor gaplar hali g'azalning yakuni emas. Aslida yakunga— matlaga ravshanlik kirituvchi maqtadagi xulosaga o'tish uchun tayyorgarlikdir: Xoja Hofizning zohiran bu www.ziyouz.com kutubxonasi dunyodan voz kechish haqidagi gaplariga qarama, aslida uning siynasi— yuragi ma’shuqa muhabbatiga xazinadir! Qarang, qanday tagdor va teran mushohadaga da’vat etuvchi xulosa. Bunday jumboqli yakundan har kim o‘ziga keragini oladi. Yana o'ylab qolasan, bu ta’kid naqshbandiya tariqatining «dil ba уог-u dast ba ко г» talab—tamoyiliga amaliy javob emasmi? Garchi, Xoja Hofizning bu tariqatga aloqasi ayon bo'lmasa- da, o‘shanday xulosalar misralar zamiridan sizilib chiqadi. Masalaning bu tomoni oyin-u tariqatlar tabiatida kuzatiladigan mushtarak jihatlaming amal qilganligi bilan izohlansa, ajab emas. Ana o‘sha jihatlari uchun ham Alisher Navoiy Xoja Hofiz g'azaliyotining maftuni bo‘lmadimikin? Foniy—Navoiyning tatabbu’-g‘azallarida yorqin ko'zga tashlanadigan yana fazilat-oddiy hayotiy voqealardan go'zal badiiy umumlashmalar chiqarishda namoyon bo'ladi. Aytilgan gapni tahlil qilayotganimiz g'azal misolida ham ravshan his etish mumkin. Tatabbu’- g'azalda ma’shuqa tashqi qiyofasining ayrim chizgilari beriladi. Ayniqsa, yoming labi tasviriga diqqat qilinadi. Sharq xalqlari adabiyotidagi an’anaga ko'ra, ma’shuqaning labi haqida gap ketganda, ko'pincha u la’lga nisbat beriladi. Navoiy—Foniy ham shu shakllangan an’anaga rioya qiladi. Ko'rganimiz satrlarda ifodalanishicha, yoming la’l misol labi mayga bo'yalgan. La’l qizilcha, may esa tiniq qip-qizil. Ikki rang birlashib to'q qizilni vujudga keltiradi. Mahbuba labining bunday jozibasi oshiqqa xush yoqadi. Shuning uchun oshiqning halovati yo'qoladi. Gap lab ta’rifida ketar ekan, yana bir nozik jihatni eslatishga to'g'ri keladi. Ulkan shoir yor labining faqatgina rangin tasvirlash bilan kifoya qilmaydi. Go'zal misraga «mayga bo'yalgan»lik ishorasini kiritish bilan satrlar o'rtasida mantiqiy zanjimi vujudga keltirgan. Ikkinchidan, shu kichik bir urinish bilan labning ko'rk-u tarovatini kuchaytirishga erishgan. Negaki, nami qochgan bo'yoqdan ko'ra, obdor rang, qaqragan labga qaraganda, namli labning joziba va dilkashligi chandon baland bo'ladi. Navoiy-Foniy g'azal misralaridagi tashbehli iboralarning muvozanati, mutanosibligiga jiddiy diqqat qiladi. Tahlil etilayotgan g'azaldagi mayolud lab va qonga to'lgan ko'z tasvirida shunday urinishni yaqqol ko'rish mumkin. Tahlil qilayotganimiz she’riy qatorlarda turli ishoralarda davr jarohatlarini «qistirib» o'tish hodisasi ham ko'zga tashlanadi. Mayolud labning qonga qiyoslanishi, ko'zlaming qonga to'lganligi va yosh o'rnida qon tomishi lavhalari zamirida «Gahi toptim falakdin notavonliq»,-deya o'z zamonasidan zorlangan ulug' shoir, uning jafokash zamondoshlari iztiroblari yotmadimikin? Shunday qilib, www.ziyouz.com kutubxonasi Navoiy—Foniy barcha tatabbu’-g'azallarida, ulaming deyarli hamma misralarida o‘rtaga qo‘yilgan masalalarga ijodiy qarash, zakiyona munosabat mujassam. Mutafakkirona g'oyalar, teran mazmun, navoiyona mushohada o'rtaga qo'yilgan muammolar yechimida sobitqadamlik, insondo'stlik o‘sha asarlaming mag'z-mag'ziga singdirilgandir. Alisher Navoiyning maqtaga xotimaga kelish yo'lida Xoja Hofiz g'azalida kuzatganimiz tasvir uslubiga mayl seziladi. Navoiy —Foniyga fanoning uyqash qilinishi, xarobotga moyillik, o'sha g'aribona kulbani yoqtiradigan dilbarga xizmat qilishni sharaf bilish zamirida yashiringan mazmun g‘oyat keng qamrovlidir. Masalaning bir uchi esa qanoat va qone’lik, faqirona turmush tarziga bog'lanadi. Shuningdek, dabdaba- yu sun’iylikdan xoli turish, niyat va qalbning pokligi, shuhrat va mol- u mulkka hirs bilan qarash illatiga o't ochish tuyg'usiga borib ulanadi. Bular Alisher Navoiy qalbini rom etgan, umr bo‘yi uni shu yo‘lda xizmat qildirgan ezgu niyatlar edi. Yuqorida qisman qiyosiy o'rganganimiz ikki g'azaldan ravshan bo'ladiki, tatabbuchilik an’anasi Alisher Navoiyning nihoyatda cheksiz badiiy salohiyati imkoniyatlarini jilovlab qo'yaqolmagan. Ulug' o'zbek shoiri loqaydona taqlid qoliplarini yorib, ijodiy kenghklarga ko'tarilgan. Ana shu hukmni Alisher Navoiy qalami hadya etgan barcha tatabbu’-g'azallar, fors-tojik adabiyoti ulkan arboblarining eng sara asarlari tavrida vujudga kelgan she’rlariga ham taalluqli desak, xato bo'lmas. Bu va shunga o'xshash qator fazilatlariga ko'ra «Devoni Foniy» Alisher Navoiy adabiy merosining eng qadrli manbalaridan biridir. M avzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Alisher Navoiy she’riy merosining asosini qaysi manbalar tashkil etadi? 2. Ulug' shoir devonlari, ulaming tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi haqida so'zlang. 3. Alisher Navoiy she’riyatidagi mujoziy va ilohiy ishq mohiyatini nima tashkil etadi? «Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq» misrasini izohlang. 4. Ulug' shoir g'azaliyotidagi yetakchi uslubiy jilolar haqida nimalami bilasiz? 5. Alisher Navoiy g'azalnavislikda kimlami o'ziga ustoz deb bilgan? Shoiming nazmda shakl va ma’no mutanosibligi xususidagi adabiy- tanqidiy qarashlarini izohlang. www.ziyouz.com kutubxonasi 6. Musalsal va mustaqil baytlardan tarkib topgan g'azallaming bir- biridan farqli jihatlari nimalarda namoyon bo'ladi? 7. Shoiming «Yordin ayru ko'ngil mulkedurur sultoni yo‘q» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida qanday mavzular qalamga olinadi? 8. Kichik she’riy asarlar: qit’a, ruboiy, tuyuq, chiston (lug'z)laming janriy xususiyatlari haqida gapirib bering. 9. Alisher Navoiyning qaysi asarlari tarkibida qit’alar mavjud va shoir o'z qit’alariga xos xususiyatlar haqida qanday mulohazalarini bayon etgan? 10. Shoir ruboiylarining yetakchi mavzui nimalarda ko'rinadi? 11. Alisher Navoiyning qit’a, ruboiy singari janrlarga nisbatan tuyuq janrida kam asarlar ijod etganligining sababi nimada deb o'ylaysiz? 12. Shoiming chistonlarida nimalar yashiringan? 13. Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda qanday qasidalar ijod etgan? 14. «Hiloliya» qasidasining yozilishi tarixi va voqeabandligini tashkil etuvchi lavhalar hamda yetakchi obrazlari haqida so'zlang. 15. «Devoni Foniy»ning qo'lyozma nusxalari, janriy tarkibi haqida nimalar bilasiz? 16. «Devoni Foniy»dagi sarlavhalar nimani anglatadi? Muxtare’ va tatabbu’-g'azal deganda nimani tushunasiz? Mavzuga oid tayanch tushunchalar «Ilk devon». «Badoyi’ ul-bidoya». «Navodir un-nihoya». «Xazoyoin ul-maoniy». Nasriy asarlardagi she’riy parchalar. G'azal. Ruboiy. Muxammas. Mustazod. Musammat. Musaddas. Tarje’band. Tarkibband. Qit’a. Lug'z—chiston. Muammo. Fard. Masnaviy. Qasida. Musamman. Soqiynoma. Ishqi majoziy. Ishqi ilohiy. Musalsal g'azal. Voqeaband g'azal. Mustaqil baytlardan tashkil topgan g'azal. «Hiloliya». «Sittai zaruriya». «Ruh ul-quds». «Ayn ul-hayot». «Tuhfat ul-afkot». Ag'yor. «Qut ul- qulub». «Minhoj ul-najot». «Nasim ul-xuld». «Fusuli arbaa» «Saraton». «Xazon». «Bahor». «Day». «Devoni Foniy». Muxtare’-g'azal. Tatabbu’- g'azal. Tavr. Ixtiro. Mahbuba... Adabiyotlar 1.Alisher Navoiyning adabiy mahorati. Maqolalar to'plami. Toshkent: «Fan», 1993. 2.Alisher Navoiy. Lirika (Tuzuvchi :N.Mallayev, 3-nashri). Toshkent: «O'qituvchi», 1992. www.ziyouz.com kutubxonasi 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 1-6-tomlar. Toshkent: «Fan», 1997-2000. (Iqtiboslarda jild va sahifalar ko‘rsatib borilgan). 4.Alisher Navoiy. G'azallar. Sharhlar. Toshkent: «Kamalak», 1991. 5. Abdug‘afforov.A. «Xazoyin ul-maoniy» jumboqlari. «0‘zbek tili va adabiyoti». 1995, 1-son, 10-18-betlar 6. Valixo‘jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 85-129-betlar. 7. Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. Toshkent: «Yozuvchi», 2001. 8. Jumaxo'ja N. Satrlar silsilasidagi sehr. Toshkent: «0‘ituvchi», 1996. 9. Mallayev N. 0 ‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «0‘qituvchi», 1976, 380-419-betlar. 10. Shayxzoda M. Asarlar. 6 tomlik, 4-tom. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972, 195-234-betlar. 11. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom. Toshkent: «Fan», 1987, 82-201- betlar. 12. Hayitmetov.A. «Xazoyin ul-maoniy» devoni tahlili va Husayn Boyqaro. «O'zbek tili va adabiyoti», 1998. 1-son, 7-10-betlar; Yana Alisher Navoiy uslubi muammolari. «0‘zbek tili va adabiyoti». 1999, 1- son, 26-28-betlar. 13. Hasan.N. XVI asr o'zbek adabiyotida Yassaviy an’analari. «0‘zbek tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 26-34-betlar. 14. Haqqul I. Kamol et kasbkim. Toshkent: «Cho‘lpon», 1991. 15. Haqqul I. Tasawuf va she’riyat. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. www.ziyouz.com kutubxonasi IX-BOB SHARQ XALQLARI ADABIYOTIDA XAMSACHILIK AN’ANAS I YA ALISHER NAVOIY “XAMSA”SI 9.1. Xamsachilik an’anasi va Alisher Navoiy «Xamsa»sming yaratilishi tarixi Sharq xalqlari adabiyoti tarixida beshlik dostonlar turkumining bunyod etilishi an’anasi Alisher Navoiy dunyoga kelgunga qadar sal kam uch yuz yillik jarayonni boshidan kechirdi. Ozar xalqining suyukli va salohiyatli farzandi Ilyos Yusuf o'g'li Nizomiy Ganjaviy (1141-1205) «Panj ganj» («Besh bebaho xazina») asarining yaratilishi musulmon olami badiiy so'z san’ati tarixida inqilobiy hodisa, mo'jizaviy voqea bo‘ldi. Forsiyda dunyo yuzini ko'rgan bu besh ma’naviy xazina qalam sohiblari qalbini junbushga soldi, ular uchun chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini belgilashning sinashta tamal toshiga aylandi. Shunday qilib, Nizomiy Ganjaviyning mo'jizakor qalami tuhfa etgan «Panj ganj» Sharq xalqlari adabiyoti tarixidan xamsachilik an’anasiga asos bo'lgan asar sifatida o'rin oldi. Xamsa ijod etish besh doston yozish bo'libgina qolmay, bu adabiy janrga xos bo'lgan me’yorlar bevosita «Panj ganj»ning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi. Bunga ko'ra, dostonlaming nomi, janri, vazni, voqealar tizimi, qahramonlari va tuzilishi bilan Nizomiy Ganjaviy beshligi talab—tamoyilariga monand bo'lishi, shuningdek, yangi ijod etilgan xamsa ulug' ozar shoiri shoh asarining takrori yoki taqlidiy nusxasi bo'lmay, balki mavzu va g'oyalari, badiiyati nuqtai nazaridan tamomila yangi asar bo'lishi talab etilardi. Bulardan tashqari, xamsa muallifi so'z san’atining ilohiy qudratini teran his qilgani holda uning ravnaqini yanada yuksak cho'qqUaiga ko'tarishga o'z asari bilan xizmat qilmog'i lozim edi. Sharq adabiyotida bu nihoyatda murakkab va o'ta talabchan an’anaga aylanib qoldi. Musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida bu adabiy janming vujudga kelishi sabablarini taniqli adabiyotshunos olim, akademik B.Valixo'jayev quyidagicha izohlaydi: «Xamsa deb ataluvchi asarlaming maydonga kelishigacha, ya’ni XII asrgacha bo'lgan davrda turkum qissa va dostonlardan iborat «Kalila va Dimna», «Sindbodnoma» (Ro'dakiy), «Shohnoma» (Firdavsiy), «Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi. Eslatilgan asarlaming ayrimlari bir syujetli («Qutadg'u bilig») bo'lsa, boshqalari ko'p syujetli («Kalila va Dimna», «Shohnoma») asarlardir. Xuddi ana shu davrda xamsa o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan www.ziyouz.com kutubxonasi badiiy janr sifatida shakllandi. Shuning natijasida u ham bir syujetli, ham ko‘p syujetli hamda syujetsiz—maqolatlardan iborat asarlardan tashkil topdi, ya’ni qurilishi jihatidan ko‘p qirrali janr bo'ldi. Uning asosiy mavzusi ham insonning ko'p qirralari faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ettirishdan iboratdir» (Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 131-bet). Ko'rinadiki, xamsa inson kamolotining serqirra jihatlarini o'zida to'la in’ikos etish imkonini hosil qilgan adabiy janr sifatida vujudga kelib, bir va bir necha syujetli asarlarga xos bo'lgan xususiyatlami o'zida mujassam etdi va ijodkoming yana o'sha komil inson xususidagi falsafiy, ilohiy-irfoniy, ijtimoiy— siyosiy, axloqiy—ta’limiy qarashlarini mufassal bayon etishi uchun tarkibida mavjud bo'lgan syujetsiz maqolatlar bilan mukammallashdi. Ayni choqda xamsa tuzilishiga aloqador bo'lgan bunday unsurlarbir— birini taqozo qilishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Shayx Nizomiyning «Panj ganj»i «Maxzan ul-asron> («Sirlar xazinasi») sarlavhali dasturiy doston bilan boshlanadi. Mazkur asar tarkibidagi maqolat-u hikoyatlar uning «Panj ganj»ining barcha dostonlari uchun rejanoma vazifasini o'tashini ta’min etgan. Ana shu shoh asarda xalq maqollari kabi sayqallangan va lo'nda xulosalar tarzida teran badiiy ifodalangan dolzarb umuminsoniy mavzu— muammolar turkumning «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Y yetti go'zal»), «Iskandamoma» kabi masnaviylarida mantiqiy badiiy tajassumini topadi. Shuning uchun ham zohiran alohida—alohida va mustaqil dostonlar maqomida ko'zga tashlanuvchi bu asarlar uchun ana o'sha «mustaqillik» o'ta nisbiy tushunchadir. Ular, bizningcha, barcha a’zolari bir—biri bilan uzviy aloqador, yaxlit, yagona jismni eslatadi. Aslida ana shu bosh tamoyil xamsaning Sharq xalqlari adabiyoti tarixida mustaqil janr maqomida ko'rinishining tayanch omilidir. Shayx Nizomiydan keyin undan o'iganish, uni ustoz deb bilish, ilg'or adabiy an’analarini davom ettirish adabiyot olamida asrlar osha turli shakllarda yashab keldi. Buyuk Nizomiyga izdoshlik qilish an’anasiga doir ma’lumotkmi umumlashtirgan holda uch katta yo'nalishga ajratish mumkin: l.«Panj ganj»ga to'la javobiya yozgan shoirlar. Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)—xamsa janrining yuqorida eslatganimiz nozik nuqtalarini to'g'ri ilg'agan va uni nazariy jihatdan amalda asoslagan ikkinchi xamsanavisdir. Shoir «Xamsa»sining ilk dostoni «Matla’ ul - anvor» («Nurlaming boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va www.ziyouz.com kutubxonasi Layli», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat»), «Oyinai Iskandariy» («Iskandar oynasi») singari keyingi masnaviylari uchun ma’naviy sarchashma, kengaytirilgan rejanoma vazifasini o'tadi. Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko'taigan ulug' 0‘zbek shoiri Alisher Navoiyning ham qutlug‘ nomi «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan shoirlar qatoridan munosib o‘rin oldi. «Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, muayyan turk ulusi xud meningdur»,-deya iftixor bilan e’tirof etgan ulug‘ shoir «Xamsa»si turkiy qavmlar ma’naviy ehtiyojini qondiigan yagona shoh asar bo‘lganligi bilan boshqa xamsalardan tubdan farq qiladi. Turkiy tilda xamsa yozish Alisher Navoiy ko‘nglida tugilgan orzulardan biri ekanligi «Hayrat ul-abror»dagi quyidagi baytlarda o‘z ifodasini topgan: Kim bu yo‘1 ichraki alar soldi gom, Bir necha gom o'lsa manga ham xirom. Forsi o‘ldi chu alarga ado, Turki ila qilsam ani ibtido. Forsi el topti chu xursandliq, Turk dog‘i topsa barumandliq (7, 55). She’riyatimiz bobokalonining shirin orzulari ushaldi. U o‘z oldida qo‘ygan ulkan maqsadiga erishdi. Juda qisqa muddatda, atigi ikki yil (1483 - 1484) ichida turkiy tildagi birinchi va hoziiga qadar yagona «Xamsa»ni maydonga keltirdi. «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» («Y yetti sayyoh, musofir»), «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») kabi g'oyaviy—badiiy jihatdan baquwat besh go‘zal masnaviyni o'zida birlashtiruvchi turkum dunyo yuzini ko‘rdi. Alisher Navoiy «Xamsa»si nihoyatda salmoqli asar -ellik bir ming ikki yuz o‘ttiz misradan tashkil topgan. Shunchalik ulkan badiiy yaratmani shiddat bilan, juda qoyil qilib ijod etgan shoir xotimaviy doston — «Saddi Iskandariy»da bu ulkan beshlikni yozish uchun bevosita sarflangan vaqt olti oy ekanligini qayd etadi: Chekib xoma bu noma itmomig‘a, Yeturg‘aysen og'ozin anjomig‘a Ki, ahli muxosib shitob aylasa, Deyilgan zamonin hisob aylasa, Yig'ishtursa bo‘lmas bori olti oy, Ki, bo'ldung bu ra’nog‘a suratnamoy (11, 569). Alisher Navoiy yirik jamoat arbobi sifatida Xuroson mamlakatining buyuk davlat darajasiga ko‘tarilishi, el-yurt osoyishtaligi va mulk ma’murligi yo'lida jonbozlik ko‘rsatdi. Mana shunday ulug' ishlaidan xoli bo'lgan www.ziyouz.com kutubxonasi paytlarida Ustod Sadriddiy Ayniy ta’biricha, uyqu va istirohat soatlari hisobidan sevimli mashg'uloti — badiiy ijod bilan shug'ullandi. Tabiiyki, Husayn Boyqaro mamlakatidagi siyosiy jihatdan beqarorlik shoh asar ustida qizg'in ijod bilan mashg'ul bo'lgan Alisher Navoiyni ham befarq qoldirishi mumkin emas edi. Buyuk shoir ulug' xamsanavis salaflari zimmasida bunday mas’uliyatli vazifa (davlatni idora qilish ishlariga aralashish) bo'lmagani, ularda mavjud bo'lgan imkoniyat nuqtai nazaridan masalaga yondashib «Xamsa»ning ijod etilishiga sarflangan vaqtni hisob qilsak, olti oyga bormasligini e’tirof etadi. Bu ta’kid zamirida, bizningcha, umrining «shabob ayyomi»da shoiming ustozi va otaxoni darvesh Sayyid Hasan Ardasheiga yozgan maktubidagi o'z ijodiy salohiyatidan iftixor tuyib, ehtiros bilan bitilgan baytlari (bir kunda yuz, ikki yuz bayt bitish holva eyish bilan barobar...) mubolag'a emasligiga ishora mavjud. «Panj ganj»ga to'la javobiya yozgan shoirlar qatorida fors-tojik adabiyotining ulug' namoyandasi Nuriddin Abdurahmon Jomiyning nomi ham yuksak ehtiromga sazovor. Bu buyuk so'z san’atkori «Hafl avrang»ining ayrim dostonlari Alisher Navoiyning ba’zi masnaviylari bilan oldinma—keyin yozilgan bo'lib, har ikkala zamondoshning shoh asarlari xamsanavislikda yana bir yuksak pag'onaning zabt etilishiga sabab bo'ldi. Hojui Kirmoniy (1281- 1352), Mavlono Ashraf (vafoti 1450), Abdulla Xotifiy (vafoti 1521) kabi ijodkorlar ham Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»iga to'la javob aytish baxtiga muyassar bo'ldilar. Biroq Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling