B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Bo‘Imas adabsiz kishilar aijumand
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo‘Imas adabsiz kishilar aijumand, Past etar ul xaylni chand baland (7, 155). Maqolatda behuda kulgu adabsizlikning belgisi deya talqin qilinadi. Adabning eng yaxshi sifati—tavoze’dir. Biroq ulug‘ shoir bu borada ham me’yorga rioya qilish tarafdori. Chunonchi, gado oldida sajda qilish karamning belgisi bo'lmay, unga bir diram in’om etish saxovat namunasi sanaladi. Shuningdek, adib bola tarbiyasiga e’tibomi qaratib, awalo, unga munosib nom qo'yish, yaxshi muallimga berib ilm o‘rgatish ota- ona mas’uliyati ekanligini ta’kidlaydi. Ayni choqda ota-onaga hurmat ko'rsatish ham maqolatdagi o‘zak masalalar qatoridan o‘rin olgan: Biri erur makramati volidayn, Bilki munung qilmogMdur farzi ayn. Bu ikining xizmatini bir bil, Har necha ifrot esa, taqsir bil. Boshni fido ayla, ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Ikki jahoningg‘a tilarsen fazo, Hosil et ushbu ikisidin rizo. Tun—kunungg‘a aylagali nur fosh, Birisin oy angla, birisin quyosh. So‘zIaridin chekma qalam tashqari, Xatlaridin qo‘yma qadam tashqari. Bo‘lsuu adab biria bori xizmating, Ham qil adab «dol»i kibi qomating. So‘ngra rahmning silasin qarz bil, Rahm o‘shul toifag‘a farz bil (7, 160). Maqolat so‘ngida odob va hayosi bilan podshohlik darajasiga ko‘tarilgan Anushirvon haqidagi kichik bir hikoyat keltiriladi. Anushirvon shoh bo‘lmasidan awal bir go‘zalning ishqi bilan beqaror bo‘lib qolgandi. G‘uncha kabi ko'ngli to‘la qon bo'lgan oshiq www.ziyouz.com kutubxonasi sirlarini pinhon tutar, toki mahvashning visoliga yetguniga qadar hisobsiz g'am-u anduhlar iskanjasida yashar edi. Nihoyat, bir gulzor ichidagi ovloq joyda ma’shuqasi bilan suhbat qurish baxtiga muyassar bo'lgan komgor (baxtli) oshiq yoriga tomon intiladi. Gul yuzli sevgilisi ham butun ixtiyorini Anushirvonga taslim qilgandi. Oshiq dilbarni quchish niyatida qo‘l cho'zganida, ko‘zlari banogoh nargis guliga tushadi. Odob va hayo bobida yakto bo'lgan Anushirvon holatida ajib bir o‘zgarish sodir bo'ladi. Qo'llari o'z-o'zidan mahbuba tomon intilishdan voz kechib, orqaga qaytadi. Bundan hayratlangan go'zal yor oshiqiga savol bilan murojaat qiladi: «Kim bu ne qo‘l sunmog'u chekmak edi?» Posmdni shohi muaddab dedi «Kim: bu visol ichraki voqe’ durur— Nargisi shahlo ko'zi mone’ durur» (7, 164). Keltirilgan iqtibosdan anglashiladiki, Anushirvon holatining o'zgarishiga nargis gulining qarab turganligi sabab bo'ladi. Nargis — oq yoxud sariq rangdagi ko'zga monand shaklda ochiladigan gul turidir. Uning gulchalaridagi ko'zga shaklan uyg'unlik oshiq tasawurida nargis nigohlarining bu voqeaga qadalganini eslatadi. Tabiiyki, muaddab shoh bundan xijolat chekadi. Ayni choqda ulug' shoir tanlagan nargis timsoli o'quvchiga odob va hayo haqidagi ijodkor tushunchalarini yanada teran idrok etish uchun imkoniyat yaratadi. Ulug' shoir insondagi bunday yuksak fazilat e’tiqodiy qarashlari samarasi o'laroq vujudga kelishini e’tirof etib, juda ibratli xulosani she’rxon hukmiga havola etadi: Ayni hayo biria futuwat anga, Bermadi ul amrda quwat anga. Nargisini to'ldurubon yoshidin, Qo'pti dog'i kechti ul ish boshidin. To ani oxir bu arig‘ niyati, Buyla hayo shevasi xosiyati. Jumlai olam aro shoh ayladi, Adlini olamg'a panoh ayladi. Aysh, Navoiy, necha diikash durur Lek adab biria hayo xush durur (7, 164). Anushirvonning parichehra mahbubi visoliga erishgunga qadar behisob g'am-tashvishlar iskanjasida qolganligi, ammo shunday bo'lishiga qaramay, komgor sevishganlarning bir muddat visol lazzatidan bahramand bo'lishlaridan «voqif» bo'lsa-da, uni idrok etolmaydigan, elga oshkor qilish www.ziyouz.com kutubxonasi imkoniyatiga ega bo‘Iimgan, tilsiz va dilsiz, faqatgina suratida ko'zga monandlik zuhur qШb turgan kichkina guldan uyalib bir oniylik nasib etgan visoldan voz kechishini izohlash mushkul. Alisher Navoiy buning sababini hayo va futuwatdan deb biladi. Futuwat XV asrda ancha ommalashgan javonmardlik tariqatidir. «Istiloh (termin) sifatida fiituwat deb omma orasida yaxshi sifatlar va namunali axloq bilan mashhur bo'lishni aytadilar, bu vajdankim, bunday odam hamisha axloqi bilan o'z kasbdoshlari, toifa-tabaqasi orasida doimo mumtoz bo'ladi. Xos ta’rif yuzasidan esa futuwat insoniy fitrat nuri zuhurining nafsoniy belgilar zulmatiga qarshi qo'yilishi, (shu zulmatni) yorib o‘tishdan iboratdir» (Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. Toshkent, 1994, 7-bet). Futuwat kishidagi hamida va najib axloqni targ‘ib qilar ekan, tabiiyki, shar’iy nikohsiz yaqinlashishni man’ etadi. Anushirvon shu bois ko'zlariga yosh olib niyatidan qaytadi. Undagi yangi niyat, odob va hayo jumla olamaro adolatli shoh bo'lishiga sabab bo'ladi. Ulug' shoir esa aysh qanchalik dilkash bo'lmasin, odob bilan hayo xush ekanini uqtiradi. Bu ulug' falsafa insonni ezgu amallar sari chorlashi, jaholat va tubanlik botqoqlaridan asrashi, jamiyatni axloqsizliklardan forig' etishi bilan nihoyatda yuksak ahamiyatga molikdir. Tabiiyki, bu o'lmas g'oya «Xamsa»ning boshqa masnaviylaridagi Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Bahrom va Dilorom kabi pok sevgi sohiblari sarguzashtlari tasvirida yanada sayqallashdi, mukammallik kasb etadi. «Hayrat ul-abror» ulug' shoiming insoni komil xususidagi falsafiy mushohadalari mahsuli sifatida vujudga kelgan asar bo'lib, uning o'ziga xos qurulmasi «Xamsa»dagi keyingi dostonlarga nur baxshida etib turgan quyoshni eslatadi. Dostonda haq, olam, odam munosabatlari, iymon— e’tiqod, bashariyat taraqqiyoti, uning o'tmishi, buguni, kelajagi singari inson aqlining asrlar davomida fikrlashga undovchi muammolari xususida ulug' shoiming mutafakkirona qarashlariga badiiy zeb berilishi, asaming kishini tafakkur olamiga undovchi g'oyatda sermazmun hayotiy tamsillar bilan mukammallashtirilishi quyoshdan ayrilgan zarralarga xos munawarlik namunalari bo'lsa, keyingi masnaviylarda o'sha o'lmas g'oyalaming yanada sayqal topishi ezgulik nuridan nabotot olamining jonianishi, fusunkorlik kasb etishini yodga soladi. 9.3. «Farhod va Shirin» — ishqiy sarguzasht doston. Asaming tuzilishi, mavzu va g'oyalar olami, yetakchi qahramonlari «Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy «Xamsa»sining ilk masnaviysi «Hayrat ul-abror»dagi umumbashariy fikr-mulohazalardan nur olib www.ziyouz.com kutubxonasi Sharq she’riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir. Farhod, Xusrav va Shirin muhabbati mojarolari musulmon xalqlari og‘zaki va yozma ijodiyotida keng tarqalgan sayyor syujet sanaladi. Ulug' shoir «Xamsa»sining ikkinchi dostoni «Farhod va Shirin» uchun ham, an’anaga ko'ra, mana shu sayyor syujetga murojaat etiladi. Turkiy «Xamsa» ijodkori mazkur asami yozishga kirisharkan, nihoyatda topqirlik bilan keltirilgan hayotiy haqiqatga o'quvchi e’tiborini qaratadi. Adibning fikricha, nozik va nafis naqshlar solib to'qilgan ipakmato bilan uyni bezash uchun, awalo, o'sha uyning tarhi (loyihasi) ham did bilan ziynatlangan, puxta o'ylangan bo'lishi lozim. Doston muallifi she’rxon hukmiga havola etgan tamsil negizida o'zi qalamga olgan ko'chuvchi voqealar tizimini nazarda tutadi. Buning boisi shuki, mazkur mavzu bilan aloqador dilkash nazm namunalari ijod etilgan bo'lib, uning afsonasi ham eshitguvchining tab’iga g'oyatda muvofiqdir. Masalaning nozik nuqtalarini teran anglagan shoir «Farhod va Shirin»da o'ziga murojaat etib quyidagi baytlami bitadi: Burun jam’ et nekim bo'lg'ay tavorix, Borida ista bu farxunda tarix. Topilg'ay shoyad andog' bir necha so'z, So'z aytur elga ul yon tushmagan ko'z. Ani nazm etki tarhing toza bo'lg'ay, Ulusqa mayli beandoza bo'lg'ay. Yo'q ersa nazm qilg'onni xaloyiq Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Xush ermas el so'ngincha raxsh surmak, Yo'likim, el yugurmishtur yugurmak. Biravkim bir chamanda soyir erdi, Nechakim gul ochilg'on ko'rdi, terdi. Hamul yerda emas gul istamak xo'b, Bu bo'ston sahnida gul ko'p, chaman ko'p (8, 44). Alisher Navoiy mazkur baytlarda ko'chib yuruvchi voqealar tizimi asosida doston bunyod etishdagi o'ziga xos ijodiy uslubidan o'quvchini voqif etadi. Shoir o'ziga murojaat etib, dastlab shu mavzuda yozilgan asarlarni jamlash, ulami o'rganish lozimligini ta’kidlaydi. Ijod—yangi, ohori to'kilmagan so'z aytish, aytganda ham nihoyatda nazokat bilan she’rxon his-tuyg'ularini junbushga keltiradigan darajada aytishdir. Ulug' shoir har bir asariga ana shu tayanch tamoyil nuqtai nazaridan yondashadi. Asar muallifi Farhod, Xusrav va Shirin muhabbati www.ziyouz.com kutubxonasi mojarolari mavzuida badiiyat namunalarini ijod etgan shoirlaming sohir qalami hali bu o‘tli ishqning barcha sir-u asrorini oxirgi nuqtasiga qadar yoritishga muyassar bo ‘ lmaganliklarini va hali bu borada aytilmagan so'zlar topilishidan umidvorligini bayon etadi. Mana shu aytilmagan so'z bilan asar toza tarhda nazm qilinsa, u yangi vabir xil qolipdagi andozalardan xoli bo'ladi. Shuningdek, shoir o‘zidan oldin bunyod etilgan badiiy yaratmalami taqlidan qayta takrorlashni el oti ortidan ot choptirish yoki birov bir chamanda sayr qilib, ochilgan gullarni tergan- u yana o‘shanday dilkash gullarni izlashga vaqt sarflashday behuda harakatga qiyoslaydi. Bunday chekilgan «zahmat»ni «xushermas»-deya qoralaydi. «Bu bo'ston sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p» misrasida ijod maydonining sarhadsizligi-yu nihoyatsizligini nazarda tutadi. Musulmon xalqlari adabiyotida mashhur bo'lgan bu ishq mavzui qahramonlaridan biri Xusrav haqida fikr yuritgan ko'pgina sharqshunos olimlar uning tarixiy shaxs ekanligini e’tirof etishadi. Ulaming fikricha, Xusrav mashhur sosoniy podshohlaridan bo'lgan Anushervonning nabirasi Xusrav Parvez binni Hurmuzdir. Ma’lumotlarga ko'ra, u 590- 628-yillarda hukmronlik qiladi va o'g'li Sheruya buyrug'i bilan qatl etiladi. X asr arab tarixchilari Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning «Tarixi rasul val-muluk», Ibn al-Faqih Hamadoniyning «Kitob ul-buldon», Mis ar-Muhilhil abu Dalafning «Risolai soniya», XII asrda yashagan mashhur muarrix Abu Abdulloh Yoqutning «Mu’jam ul-buldon» kabi asarlarida ham shunday qaydlar uchraydi. Ayrim ma’lumotlarga ko'ra, jumladan, Muhammad at-Tabariy asarida arman qizi yoki oromiylardan bo'lgan Shirin ham tarixiy shaxs bo'lib, u Xusravning sevikli xotini bo'lganligi e’tirof etiladi. Xusrav Parvezning shaxsi va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari haqida zamondoshlari bo'lmish misrlik Feofikat Simokattaning «Tarix» kitobi va arman tarixchisi Sebeosning «Yepiskop Sebeosning tarixi» asarlarida ham hikoya qilinadi. Bulardan tashqari, XV asr tarixchilari Mirxond va Xondamir asarlarida hamda Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asari sahifalaridan ham Xusrav Parvezga oid ma’lumotlar o'rin olgan. Mana shu tarixiy voqealar zaminida xalq og'zaki badiiy ijodida turli-tuman afsona, rivoyat va qissalar vujudga kela boshlaganki, keyinchalik o'shalar asosida badiiy yozma adabiyotda nomlari keltirilgan tarixiy shaxslami xotirga keltiruvchi, ammo ulardan farqlanuvchi qahramonlar vujudga kelgan. Xusrav va Shirin muhabbati yozma badiiy adabiyotda ilk bor Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida uchraydi. Unda mazkur obrazlar www.ziyouz.com kutubxonasi tasvirida tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilganligi, muallif sevishganlaming tarixiy shaxs sifatidagi faoliyatini yoritishga harakat qilganligi diqqatni tortadi. Firdavsiy asaridagi Farhod obrazi Xusravning sarkardasi bo'lib, ishq bobida uning Shiringa yaqinligi nazarga tashlanmaydi. Nizomiy Ganjaviy «Xusrav va Shirin» dostonida esa asar qahramonlari tarixiy shaxsdan badiiy obraz darajasiga ko'tariladi. Undagi Farhod toshyo'nar hunarmand bo'lib, Shiringa muhabbat qo'ygan oshiq sifatida namoyon bo'ladi. Biroq pok muhabbat schibi bo'lgan Farhod dostonda qalamga olingan voqelikning ibtidosidan intixosiga qadar ishtirok etuvchi obraz sifatida qalamga olingan emas. U sut arig'i qazish lavhalari tasvirida asar voqeligigajalb etUadi. Shu asnoda u Shiringa ko'ngil qo'yadi, ma’shuqasi visoliga erishish uchun Xusravning og'ir shartlarini bajaradi, ammo Xusrav uyushtiigan makkor kampiming hiylasiga ishonib fojiali o'lim topadi. Nizomiy Ganjaviydan so'ng xamsanavislikda dong taratgan Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida Farhod obrazi yana-da takomillashtiriladi. U endi Chin xoqonining o'g'li, shahzoda tarzida tasvir etiladi. Shuningdek, Farhod va Shirin muhabbati ikki taraflama sevgi ekanligi bilan dostonning g'oyaviy-badiiy qimmatining oshishiga sabab bo'ladi. «Shirin va Xusrav»da Farhod asar voqeligiga yetakchi badiiy obrazlar singari birmuncha faol ishtirok etadi. Mazkur sayyor syujetning bidiiy talqinlari bilan yaqindan tanishgan taniqli shoir Alisher Navoiy «Forhod va Shirin»da Xusrav Dehlaviy dostoni ko'ngliga ancha ma’qul tushganini bayon qiladi: Chu Xusrav surdi bu rangin fasona, Dedi so'z awalidin ham nlshona. Manga ham chun bu pok insho ko'rundi, Bidoyatdln demak avlo ko'rundi (8, 49). Ulug' shoir o'z asarida ushbu mavzu badiiy talqini haqidagi elga u qadar ma’lum bo'lmagan fikrlarini davom ettirar ekan, uning o'tli nigohi yana ikki ijodkor dostoniga qaratiladi: Bu maydong'a chu Ashraf surdi markab, Bu so'zni o'zga nav’ yetti murattab. Yana bo'lg'on ekan bu noma marqum, Vale roqim emastur yaxshi ma’lum (8, 49). Farhod, Xusrav va Shirin ishqi mojarolaridan bahs etuvchi asar mualliflaridan biri XV asrda yashab ijod etgan xamsanavis, «Shirin va Xusrav» dostoni muallifi Ashraf Marog'aviydir. Keltirilgan iqtibosdan Ashraf Marog'aviyning bu ko'hna mavzuni yangicha talqin etgani ma’lum bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ozar adabiyotshunosi akademik H.Orasli «Orif Ardabiliy va uning «Farhodnoma poemasi» tadqiqotida ulug‘ shoir muallifi noma’lumligini ta’kid etgan asar ijodkori XIV asr o'rtalarida Shimoliy Ozarbayjonning Ardabil viloyatida yashab, badiiy ijod bilan shug'ullangan shoir Orif Ardabiliy bo'lishi mumkin, degan fikmi ilgari suradi. «Farhodnoma» dostoni 717 hijriy (1369) yilda fors tilida bitilgan. Asar muallifi ushbu mavzuda qalam tebratayotgan shoirlar orasida birinchi bo'lib, Farhod obrazini dostonning bosh qahramoni darajasiga ko'taradi. Orif Ardabiliy «Farhodnoma»sining bosh qahramonini Xusrav Dehlaviy dostonida kuzatilgani kabi Chin xoqonining o'g'li, shahzodadir. Akademik B.Valixo'jayev «Farhodnoma»ning qisqacha mazmunini quyidagicha bayon etadi: «...dostonning birinchi qismi Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarda bo'lmagan voqea bilan, Farhodning Abxaziyalik mashhur toshyo'nar ustaning qizi Gulistonga oshiq bo'lishi bilan boshlanadi. Voqea davom yetib, Farhod Abxaziyaga kelib, Gulistonga uylanadi, uch farzand ko'radi. Guliston vafot etadi. Shundan so'ng dostonning ikkinchi qismi, ya’ni Farhodning Abxaziya hokimi qizi Shirin bilan bog'liq qissasi boshlanib, Farhodning vafoti bilan nihoyasiga yetadi» (Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 151-bet). Ko'rinadiki, «Farhodnoma»ning umumiy syujeti Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan farqlidir. Ulug' shoir «Xamsa»sining ikkinchi dostonini ijod etishda mazkur sayyor syujetning xalq og'zaki ijodidagi badiiy talqinlari bilan ham yaqindan tanish bo'lgan ko'rinadi. O'zbek va qardosh xalqlar folklorlarida Farhod va Shirin muhabbatini vasf etuvchi rivoyatlar X-XI asrlardan vujudga kela boshladi. Jumladan, Xorazmdagi Dev qal’a yodgorligi bilan bog'liq rivoyatda Farhod odamzot bajara olmaydigan ishlami yolg'iz uddalovchi dev sifatida tasvirlanadi. Bunday tasvirlar xalq og'zaki ijodining qissa, afsona, rivoyat kabi janrlarida turli-tuman ko'rinishlarda ko'plab uchraydi. O'tmish tarixnavisligida bunday folklor namunalaridan unumli foydalanilganligi ma’lum. Ulug' shoir doston muqaddimasida: «Qilib ko'nglimni bu andesha shaydo, Tavorix ayladim har sori paydo»,- satrlarini bitganida, tarixiy manbalar bilan bir qatorda Sharq xalqlari og'zaki badiiy ijodidagi mavzuga oid turli janrlarda yaratilgan asarlami ham nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Shunday qilib, ulug' shoir bu ko'chib yuruvchi syujetning badiiy talqinlari bilan yaqindan tanishib, uning yangi namunasini ijod qilishga kirishadi va 54 bob (5782 bayt)dan tarkib topgan «Farhod va Shirin»ni 1484 (hijriy 889) yilda bunyodga keltiradi. Doston an’anaga muvofiq hamd va na’tlar (1-5- boblar) bilan ibtido www.ziyouz.com kutubxonasi topadi. Ijodkor qalami ta’rifi ulug‘ salaflar: Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy (6-bob) va Abdurahmon Jomiy (7-bob) maqtovidan so'ng, dostonning yozishga nimalar sabab bo'lgani (8-bob) hamda asar rejasini tuzib olgani, tarixiy manbalarni ko'rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo'l qo'yilgan xatolami tuzatib, o'z g'oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayoni (9-bob) keltiriladi. Shundan so'ng zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqaro (10-bob) va shahzoda Badiuzzamon Mirzo madhi (ll-bob)ga o'rin beriladi. Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo'lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta’rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug'ilishi bayoni bilan boshlanadi. «Farhod va Shirin» dostoni Sulton Husayn Boyqaroning o'g'li Shoh G'arib Mirzo madhi va shoiming unga nasihatlari (53- bob) hamda asar xotimasi (54-bob) bilan yakunlanadi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin»i ilgari shu mavzuda ijod etilgan dostonlar, xususan, ulug' salaflari Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlaridan tubdan farq qiladi. Bu farq, awalo, shoir dostonining badiiy qimmati, turkiy tilda bunyod qilingani hamda Farhodning bosh qahramon darajasiga ko'tarilganligida namoyon bo'ladi. Ulug' shoir Xusravni Shirinning muhabbatiga noloyiq deb biladi. Biroq Alisher Navoiy asarlaridagi yangicha talqinni yuqorida aytilgan fikrlardangina iborat deya Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling