B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
xamsachilik tarixida bu qalamkashlaming hammasi ham birday mavqega
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
xamsachilik tarixida bu qalamkashlaming hammasi ham birday mavqega ega emas. Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy xamsalarining shuhrati ancha baland bo'ldi. Buning boisi, bizningcha, o'sha mualliflar qalami sehri, iqtidorining balandligi, fikriy teranlik, tasvir mahoratining yuksakligi, umuminsoniy g'oyalar, axloqiy— ta’limiy, ilohiy-irfoniy qarashlarning bo'liqligidadir. Bizning bu ta’kidimiz Hojui Kirmoniy, Mavlono Ashraf, Abdulla Xotifiylaming beshliklari xususida noto'g'ri taassurot uyg'otmasligi lozim. Mazkur mualliflar asarlarining shuhrat qozonishida o'sha noyob badiiy yaratmalar qo'lyozma nusxalarining kamyobligi, bugungi kunga qadar tugal holida nashr yuzini ko'rmaganligi, yetarii darajada ommalashmayotganligi salbiy ta’sir ko'rsatgan bo'lsa, ajab emas. 2. «Panj ganj»ning ayrim dostonlariga javob yozgan shoirlar. Bu guruhga mansub ijodkorlar o'z oldida yaxlit «Panj ganj»ga emas, balki uning tarkibidagi u yoki bu dostonga javob aytishni maqsad qilib qo'yishdi. O'sha harakat tufayli Sharq xalqlari adabiyotida sayyor mavzu, voqea- www.ziyouz.com kutubxonasi qahramonlar guruhi shakllanib, musulmon olami badiiy adabiyotida keng tarqaldi. Faqatgina Layli va Majnunlaming fojiaviy sevgi saiguzashtlari bilan bog'liq voqealar asosida arab, fors-tojik va turkiy tillarda yuz ellikdan ortiq nomdosh, biroq bir-birini mutlaqo aynan takrorlamaydigan dostonlaming bunyodga kelganligi Shayx Nizomiyga izdoshlik qilish ikkinchi yo'nalishining ancha faol kechganligidan yorqin nishonadir (Ageh Sirri Levend. Arap, fars ve turk edebiyatlarinda Leyli ve Mejnun hikayesi. Ankara. 1957). Ikldnchi yo'nalish harakat maydoni va qutblarining bu qadar ko'lamdorligi ma’lum ma’noda adabiy aloqa va o'zaro ta’sir hodisasiga uzviy bog'liqdir. Mazkur yo'nalish o'z navbatida ichki bo'linishga ham ega. «Panj ganj» tarkibidagi muayyan voqealar tizmasiga murojaat qilib, doston yaratgan tab’ ahliining hammasi ham bevosita Nizomiy Ganjaviy asarlaridan ilhomlangan emas. Ya’ni Nizomiy Ganjaviy dostoni ta’sirida vujudga kelgan yangi asarlardan ruhlangan (ta’sir tufayli ta’sir) boshqa zamon, makon va zabondagi ijodkorlar o'zining toza tarhdagi she’riy namunasini yaratgan. Shu tariqa, bosh xalqaga ulanuvchi halqachalar tufayli yaxlit adabiy zanjir shakllana boigan. Demak, Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i bag'ridagi ma’naviy— ma’rifiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy—falsafiy ziyo nuri asrlar, zabon-u makonlar osha yashab, sayqallangan, takommillashib, barkamol inson tarbiyasi yo'lida beminnat xizmat qilgan. Yaxshi g'oya, so'z va qadriyatlarning millati, makoni va zamoni bo'lmaganidek, ular pinhon ham qolib ketmaydi. Ezgulikka tashna qalblar uni, albatta, topib oladi. Kuzatganimiz ayrim lavhalar ayni paytda adabiy aloqa va o'zaro ta’siming nihoyatda murakkab ijodiy hodisa ekanligidan dalolatdir. Shayx Nizomiydan boshlangan badiiy mantiq zanjiri Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ijodida davom etdi. Forsiy zabon ozar adabiyoti Shayx Nizomiy siymosida fors-tojik, o'zbek va yana bir qator xalqlar badiiy so'z san’atiga o'zining samarali ijobiy ta’sirini ko'rsatdi. Alisher Navoiyning Muhammad Fuzuliy (1498-1556) adabiy merosiga ko'rsatgan ijodiy ta’siri tufayli (xususan «Layli va Majnun»da) Shayx Nizomiy dahosining hayotbaxsh ma’naviy—ruhiy olami o'zbek adabiyoti vositachiligida yana o'z ona xalqi adabiyotiga g'oyaviy rahnamolik qildi. O'sha ma’noda Shayx Nizomiy keyingi davming aksariyat ijodkorlari (o'zbek, fors-tojik, turkman, ozar...) uchun bilvosita ustoz bo'lib qoladi... 3.«Panj ganj» dostonlarini erkin-ijodiy taijima qilish. Nizomiy Ganjaviyga payravlik (izdoshlik) qilishning uchinchi yo'nalishi adabiy www.ziyouz.com kutubxonasi aloqa va o'zaro ta’siming faol shakli — taijima san’atiga bog'liqdir. Bu toifaga mansub tab’ ahJi ikki tomonlama ijodiy mehnatni o'z zimmalariga olgan: Birinchidan, Shayx Nizomiy mahorat maktabidan o'rganish, unga payravlik qilish va javobiya yaratish; ikkinchidan, ulug' ozar ijodkorining sehigar qalami va yuksak tafakkuri tuhfa etgan go'zal ma’naviy xazinadan turkiy tilda so'zlashuvchilami bahramand etishdan iborat edi. O'zbek ijodkorlari Qutb va Haydar Xorazmiylaming (XV asming birinchi yarmida yashashgan) ana shu yo'ldagi xayrli qadamlari g'oyat ibratlidir. Shunday qilib, tarix hukmi, davr taqazosi bilan Ozarbayjonda yaratilgan dilbar asar fors-tojik tili orqali juda katta hududdagi kitobxonlar o'rtasida shuhrat topdi, ulaming ma’naviy- adabiy boyligiga aylandi. 9.2. «Hayrat ul-abror» — muqaddimaviy doston. Asaming tuzilishi, maqolat va hikoyatlar tahlili «Hayrat ul-abror»-Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi muqaddimaviy—rejanoma dostoni. Mazkur asar o'z navbatida «Xamsa» uchun g'oyaviy-mazmun nuqtai nazaridan yo'naltiruvchilik ahamiyatiga molik. Unda lo'nda xulosalar holida bayon etilgan dono fikrlar, komil insonga xos noyob fazilatlar talqini «Xamsa»ning boshqa dostonlarida mantiqiy rivojlantiriladi, takomiliga yetkaziladi. «Xamsa» dostonlarini ana shu shoh asardan ibtido topuvchi pishiq, o'ylangan tafakkur zanjiri bir- biriga bog'lab, tutashtirib turadi. Doston 63 bobdan tarkib topgan bo'lib, uning 21 faslini an’anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini—20 maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki bobini esa—xotima va bir hikoyat tashkil etadi. Asaming o'z ichki bo'linishlariga ega bo'lgan an’anaviy — muqaddimaviy boblari, insonning ijtimoiy hayotdagi o'mi va ma’naviy kamolotiga bag'ishlangan maqolat hamda ulardagi fikrlaming tasdig'i uchun keltirilgan hikoyatlari ham mohiyat e’tibori bilan butun «Xamsa»ning boshlanmasi sanaladi. Muqaddimaviy boblar bir—biri bilan mantiqan chambarchas bog'liq bo'lib, ulami shaitli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 1.Hamd, munojot va na’tlar (1-11-boblar ) Bunda ikki hamd, to'rt munojot va besh na’tga o'rin berilgan. 2.Ulug' salaflar, zamon hukmdori va so'z ta’rifi (12-16-boblar). Mazkur boblarning dastlabkisida ikki ulug' xamsanavis Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy, keyingi to'rttasida esa Nuriddin Abdurahmon Jomiy, so'z ta’rifi va Sulton Husayn Boyqaro haqida fikr yuritiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 3.Ko‘ngil ta’rifi, uch hayrat va Bahouddin Naqshband hamda Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy vasfi (17-21-boblar). An’anaviy boblar «Hayrat ul-abror»ning dasturiy —rejanoma doston bo'lishi uchun zamin hozirlaganini bir misol asosida izohlashga harakat qilamiz. Ma’lumki, asaming ilk misrasini «Bismillohir—rahmonir rahim» ilohiy jumlasi tashkil etadi. Jami bir yuz-u ikki misradan tarkib topuvchi ushbu bobda boshdan oxir o'sha «Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan (boshlayman)» ilohiy jumlasiga badiiy talqin beriladi. Harf san’atiga tayangan ulug' shoir, nafaqat so'zlarda, balki o'sha so'zlami yozuvda aks ettirishga ishtirok qiluvchi har bir harfga keng mazmunli hamda badiiy bo'yoqdor talqinlar beradi. Ulug' shoir harflami sharhlar ekan, ilohiy jumlaga munosabat qiluvchining ko'ngil holatiga ko'ra, istiqbolga keluvchi kayfiyatini (yaxshi yoxud yomon) alohida uig'u bilan ko'rsatadi. Musulmon dunyosida amalga oshiriladigan har bir savobli, xayrli ishning «Bismillohir—rahmonir rahim» ilohiy jumlasi bilan boshlanishi muqaddas an’anadir. Zamonasining yetuk va komil musulmoni bo'lgan Alisher Navoiy esa o'sha an’anaga rioya qilishni sharaf hisoblagan. «Hayrat ul-abror» birinchi bobining ayni muqaddas mavzuga bag'ishlanishi fikrimiz dalilidir. «Xamsa»dan o'rin olgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari boshida — birinchi bobida o'sha ilohiy jumla ko'zga tashlanmaydi. Shayx Nizomiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari Alisher Navoiy ham «Xamsa»ni yaxlit jism, o'zaro mantiqan bog'langan dostonlar turkumi sifatida qabul qilgani uchun ham shu yo'ldan boradi. Ikkinchidan, «Hayrat ul- abror»dayoq keyingi dostonlaiga taalluqli ishora-yu lavhalar singdirilib boriladi. Shundan bo'lsa kerak, har bir dostonning oxirida «Hayrat ul- abror»ga daxldor xulosa bor, ammo yakuniy xutba—duo yo'q. Butun «Xamsa»ning xotima-yu xutba—duosi «Saddi Iskandariy» dostonining oxirida beriladi. Bunday janriy belgilami yana qatorlashtirish mumkin. Fikrimizcha, bildirilgan mulohazalarimiz ham «Xamsa»ning yaxlit asar ekanligini ko'rsata oladi. Shunday ekan, aytish mumkinki, «Hayrat ul- abror» Alisher Navoiy «Xamsa»sining muqaddimaviy—dasturiy dostoni ekan, «Saddi Iskandariy» uning xulosaviy—xotimaviy masnaviysidir. «Hayrat ul-abror» qomusiy asar bo'lib, uning asosiy qismini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda barcha zamonlar uchun o'ta dolzaib bo'lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug' mutafakkiming teran axloqiy—ma’naviy, ijtimoiy—falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan. Turkiy adabiyot tarixida bunday asarlar ramziy-majoziy www.ziyouz.com kutubxonasi obrazlaming turli masalalaiga oid savol-javobi (Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig») yoki asar muallifming hadislaiga tayanib insonning ma’naviy kamolatga yetkazuvchi fazilatlari hamda uni jaholat botqog'iga chorlovchi nuqsonlarini qiyoslash (Ahmad Yugnakiy «Hibat ul-haqoyiq») uslubi bilan vujudga kelgan bo'lsa, Nizomiy Ganjaviy ilk dostonining erkin- ijodiy taijimasi bo'lgan Haydar Xorazmiyning «Maxzan ul-asroi»ida kuzatilgani singari «Hayrat ul-abror»da ham ijodkoming barkamol shaxs haqidagi o'ylari maqolatlarda yorqin in’ikosini topgan. Asardagi hikoyatlar esa maqolatlarda ilgari surilgan tayanch g'oyalami o'quvchi shuuriga yanada teranroq ta’sir etishi, uning mavzu bilan mukammalroq tanishishiga imkon yaratadi. Dostondagi maqolatlar sarlavhalarining o'zi asarda komil inson ulug'langanligidan dalolat beradi: 1-maqolat: «Iymon sharhida». 2-maqolat: «Islom bobida». 3-maqolat: «Salotin zikrida». 4-maqolat: «Riyokorlik—fnibgarlik haqida». 5-maqolat: «Хауг-u ehson vasfida». 6-maqolat: «Adablilik odati haqida». 7-maqolat: «Qanoat haqida». 8-maqolat: «Vafo haqida». 9-maqolat: «Ishq o'ti ta’rifida». 10-maqolat: «Rostlik haqida». 11-maqolat: «Ilm osmonining yulduzlaridek baland martabaliligi haqida». 12-maqolat: «Qalam va qalam ahllari haqida». 13-maqolat: «Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqida». 14- maqolat: «Osmonning tuzilishidan shikoyat». 15-maqolat: «Jaholat mayi». 16-maqolat: «Xunosasifat oliflalar». 17-maqolat: «Bahor yigitligining sofligi haqida». 18-maqolat: «Falak g'amxonasi haqida». 19-maqolat: «Xurosonning misli yo'q viloyati haqida». 20-maqolat: «Maqsadning o'talganligi haqida». Ulug' shoir nuqtai nazarida iymon—komillikning tayanch belgisi. «Hayrat ul abror» birinchi maqolatining iymonning badiiy sharhiga bag'ishlanishi ham shundan dalolatdir. «Xamsa»ning tayanch masalasi insoni komilning zamonlar imtihonidan o'tishga yaragulik ibratli timsolini yaratish ekan, ulug' shoiming mavzu ibtidosini iymondan boshlashi www.ziyouz.com kutubxonasi tasodifiy emas, albatta. Iymon—islom daigohiga boshlovchi yo‘1, unga olib kiruvchi eshikdir. Iymondan so'zlanganda, mantiqiy tafakkur rishtalari islomga borib taqalishi bois ham «Hayrat ul abror»ning ikkinchi maqolati islom ruknlari talqiniga bag'ishlangan. Mazkur bobda shu ulug' e’tiqodni tutib tuigan besh rukn xususida birin-ketin badiiy mushohada yuritiladi. Tabiiyki o'sha qarashlaming ibtidosini «La ilaha illalloh» shahodat kalimasi tashkil etadi, ya’ni islomning birinchi tayanch ustuni kalimai shahodatdir. Bunda Allohning bir-u borligi, azaliy-u abadiyligini e’tirof qilishdan tashqari, Muhammad Mustafoning Uning rasuli, elchisi ekanligi masalasi ham bor. Ana shu mo'tabar g'oya har bir iymonli mo'min-musulmonning tilidan tushmasligi vojib. Bu hali hammasi emas. O'sha muborak tuyg'u dildan ham mustahkam o'rin olmog'i shart. Sidq- u sadoqati butun insonlarda til va dil muvozanatining tanosubi o'zak masala hisoblanadi. Salot—namoz, savmaa— ro'za, zakot, muqaddas haj tavofi singari ruknlar negizini ham insonning ruhiy-ma’naviy poklanishi bilan aloqador murakkab jarayonlar tashkil qiladi. Bular orasida ro'za ayricha sinov vazifasini o'tashi bilan ahamiyatUdir. Ulug' shoir bu haqda quyidagicha fikr yuritadi: Soyiri a’zoga xalal etmamak, Shar’ xilofiga shuru’ etmamak. Har biri o'z shug'lig'a zohid bo'Iub, Man’i xilof ichra mujohid o'lub. Bormag'a-yu ko'rmag'a-yu tutmag'ay, Aytmag'ay, eshitmag‘a-yu yutmag'ay (7, 115). Keltirilgan iqtibosdan uch muhim xulosaga kelish mumkin. Birinchidan, har qanday toat-u ibodat shu amallarni bajaruvchi insonning salomatligiga ziyon yetkazmasligi, aksincha, uning jismoniy- ma’naviy balog'atiga hissa bo'lib qo'shilmog'i shart. Ikkinchidan, har bir sa’y-u harakat shariati islomning talab taqazolari doirasida ijro etilmog'i lozim. Uchinchidan, har bir islomiy rukn ijrosida iymoniy mukammalliksiz kutilgan natijaga yetib bo'lmaydi. Ana shu tamoyil ro'zaga ham tegishlidir. Islomiy ibodatning bu rukni ijrosi uchun tongdan oqshomga qadar (quyoshning chiqishidan sal oldinroq va uning botishidan keyin bo'lgan muddat ichida) yeyish hamda ichishdan tiyilishgina kamlik qiladi. Alisher Navoiyning qat’iy ta’kidlariga binoan ro'za tutishdan kuzatiladigan maqsadni to'la yuzaga chiqarmoq uchun insonning jismidagi barcha a’zolar bahamjihat harakat qilmoqlari lozim. Ya’ni qo'l harom narsa-yu ishlarga www.ziyouz.com kutubxonasi cho‘zilmasligi, oyoq noravo joylarga olib bormasligi, ko'z noloyiq narsalami ko'rmasligi, burun biror noxush hidni sezmasligi, yurakdan ikkilantiruvchi holatlarning kechmaslligi... Ko'rinadiki, o'rtaga qo'yilgan barcha axloqiy-ma’naviy tamoyil-talablar bir nuqtaga — inson tabiatida mavjud bo'lgan nomaqbul xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan. Alisher Navoiy o'zining shar’iy axloqiy mulohazalarini ibratli hayotiy lavhalar bilan dalillash maqsadida musulmon dunyosida dovruqli mutasawif Ibrohim Adham haqidagi she’riy hikoyatini keltiradi. Mazkur lavhalarda yana bir taniqli ma’naviy-ruhiy arbob Robiai Adviya ham ishtirok etadi. Ibrohim Adham o'n to'rt yil sahro kezib Makkai mukarramaga yetib keladi. Ammo Ka’batulloh o'z o'mida yo'q ekan. O'sha muqaddas makonda hozir bo'lganlar muborak sajdagohning Robiai Adviya istiqboliga chiqqanligini ma’lum qilishadi. Tabiiyki, bunday kutilmagan hodisa Ibrohim Adham fig'onini falakka ko'taradi. Shunday qilib, Ibrohim va Robianing uchrashuvi hamda muloqotlari voqe’ bo'ladi. Ibrohim Adhamning fig'onli savollarini tinglagan bokira-yu zakovatli ayol Robia quyidagicha javob qaytaradi: Robia dedi anga: «Ogoh bo'l, Kim necha yil bodiyada borcha yo‘1. Bo'ldi ishing arzi namoz aylamak, Sbeva manga and niyoz aylamak. Sanga samar berdi namoz-u riyo, Bizga bu bar berdi niyoz-u fano» ( 7, 120). Ka’batullohning Robiai Adviyaga bir qadar ehtirom-u Ibrohim Adhamga tamomila teskari munosabatda bo'lishining sababi nima? Axir, Ibrohim Adham ham umrini Alloh va uning vasliga muyassar bo'lishdek ulug' orzuga baxsh etganligi ma’lum-ku? Masalaga zohiran nazar tashlaganda, go'yo Ibrohim Adham faoliyatidagi hamma narsa o'z o'mida tuiganday namoyon bo'ladi. Aslida uning e’tiqodi yo'lida, zohir va botini o'rtasidagi tanosubi oz bo'lsa-da ozor topgan. Alloh nazarida faqat toat-u ibodatgina emas, inson shar’iy ahkomlami ijro qilish bilan birga, o'zini atrofdagilar, dindoshlariga ezgu ishlar qilishga ham bag'ishlamog'i lozim. Robiai Adviyada ana shu nuqta ham mujassam edi. Ibrohim Adham faoliyatida esa, ayni masalada norasoliklar nazarga tashlanadi. Hamma narsani ko'ruvchi, biluvchi, sezuvchi, baholovchi Parvardigorga o'sha bo'shliq ayon bo'lgan edi. Shuning uchun Alloh ana shu qaltis nuqtani suyukli bandasi Robia ko'ngliga solib uning tili orqali oshkor ayladi. Bu ikki mutasawif o'rtasidagi yuzma-yuz muloqot www.ziyouz.com kutubxonasi jarayonidagi holatning badiiy tasviri esa ilohiy karomatdan kichik bir lavhadir, xolos. She’riy parchada ramziylik ham nazaiga tashlanadi. Bodiyaning ma’nosi aiablarning bepoyon va qaqragan sahrosini anglatadi. Ko'chirilgan iqtibosda bodiya Ibrohim Adhamning ibodat-u tariqat yo'lida sarflangan umri ma’nosini ham ifodalagan. Yuqorida ta’kid qilganimizdek, sidq-u sadoqat, e’tiqod-u ibodat jabhasida faqat rostlik yarashadi. Unda qilcha bo'lsa-da nazaiga tashlanadigan bo'shliq katta o'pirilishday namoyon bo'lishi va kutilmagan salbiy oqibatlaiga olib kelishi ham muqarrar. Xuddi shunday hodisa Ibrohim Adham bilan sodir bo'ldi. Fojiaga teng qo'yish mumkin bo'lgan o'sha bo'shliq Robia javobida mujassam: Uning namozida zohidlarcha riyokorlik (o'zini yomonliklardan saqlagan qilib ko'rsatish, ikki yuzlamalik) alomatlari borligi tufayli Ibrohimning nafasi o'tmaslashib qolgan. Robianing islom va tariqat dargohidagi barcha sa’y-u harakatlarida «arzi niyoz» (sidqan Yaratganga yalinish, yolvorish, umid-tavakkulga ko'ngil bog'lash) mayli hukmronlik qiladi. Tavakkul—tasawufda bir maqom, mutavakkilning ko'nglidagi manzil. U bor joyda tama’ bo'lmas. Ikkinchidan, solik yoxud iymonli shaxsning turmush ikir-chikirlari haqida bosh qotirish, mol- mulk va hokazolar haqida o'ylashga tob-u toqati ham, vaqti ham bo'lmaydi.U o'zini to'la Alloh panohiga topshiigani holda, toat-u ibodatini sidq bilan amalga oshiradi. Bunday yo'lning ibrati Robianing qismatidir. Fikrimizcha, «Hayrat ul-abror»ning hamd, munojot, na’t boblari, iymon-u islomga ulug' shayx-u tariqat peshvolariga atalgan sahifalarida ilohiy-islomiy bo'yoqning quyuqlashtirilishi zamirida ham ana o'shanday mazmun-mohiyat mujassam. Ular—ibrat, o'qilmagan hayot sabog'i, murdorlik, bulg'anishlardan hazar qilishga da’vat, ezgulik, rostlik, sidq-u sadoqat, luqmai halolga intilish, qanoat panohida ma’naviy-ruhiy olam ostonasini tavof qilishga chaqirishdir. Ayni choqda bu o'lmas mavzular «Xamsa»ning boshqa masnaviylari uchun ham tayanch omil sanaladi. Istiqlol mafkurasining tayanch maqsad-muddaosi Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling