B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
va oshig'ini kutib turgan ekan. Ulug' shoir faxriyadan foydalanib o'zi va
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
va oshig'ini kutib turgan ekan. Ulug' shoir faxriyadan foydalanib o'zi va Atorud bitgan zavqli misralami qalbida iftixor tuyib sevgilisiga o'qib beradi. Go'zal mahvash esa shoirdan eshitgan baytlari evaziga shirin tabassum hadya qilib qo'yadi va ijodiy musobaqadan chetda qolishni istamagan ma’shuqa oldidagi qalamni olib, bir soat muhlat o'tmay, ulug' shoimi hayrat—hayajonga soluvchi quyidagi misralami yaratishga muyassar bo'ladi: «К-ey, yuzung zohir qilib bayram sabohi safvatin, Anda qoshing aylabon paydo yangi oy hay’atin» (5. 480). Bunday najib lavhalardan ulug' shoir «behol-u masru’» bir holatda shoh saroyiga keladi va shu ma’noda boshqa bayt yozish mumkin emasligini da’vo qilib, Atomd, o'zi va mahbubasi bitgan baytlami o'qiydi. Shoh kulib, o'zining nozik tab’i mahsuli bo'lgan quyidagi badihaning yangi baytini majlis ahliga yetkazadi: “Shoh Abulg'oziy saodat axtari Sulton Husayn, Kim, quyoshni zarra der ko'rgan sipehri hashmatin”(5. 481). Yuqorida keltirilgan ayrim lavhalardan ko'rinadiki, Samarqandda yashayotgan ulug' shoir Xuroson davlati atrofida sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o'ta sinchkovlik bilan kuzatarkan, maktabdosh do'stining ulug' g'alabasiga katta ishonch bilan qaragan. Ayni kurashlaming intixosi tahniyat marosimiga olib kelishi muqarrarligi avliyosifat shoirga tobora ayonlashib qolgan. U «Sayqali ro'yi zamin» Samarqandda «Hiloliya»day go'zal asami bunyodga keltirish uchun puxta hozirlik ko'rgan. Nihoyat, 1469 yil navro'zi arafasida Amir Shayxim Suhayliyning «Iydiya» va Alisher Navoiyning «Hiloliya» qasidalari yaratiladi. «Iydiya» forsiyda, «Hiloliya» turkiyda ibratli ijodiy hamkorlikning dilbar namunasi sifatida ro'shnolik ko'radi. Ta’kidlash joiz, garchi «Hiloliya» ulug' shoiming yagona turkiy qasidasi bo'lsa- da, biroq unda qo'llangan mutlaqo yangi uslubiy jilo, teran falsafiy mazmun, betakror san’atkorlik tufayli shunday yuksak mahorat pag'onasiga ko'tarilganki, ayni she’riy janrda bunyod qihngan o'nlab she’rlar bilan bemalol raqobat qila olish qudratiga egadir. www.ziyouz.com kutubxonasi Qasidada Sulton Husayn Boyqaro tarixiy shaxslikdan badiiy asar qahramoni darajasiga ko'tarilib, juda zo'r ehtiros bilan madh qilinadi. Shoh saodat yulduzi yanglig‘ porloqdir. Uning ulug'vorligi nazdida quyosh bir zarra bo'lib ko‘rinadi. Shu tariqa ulug4 shoir hukmdomi samoviy jismlar timsollaridan foydalangan holda uning o'ta mubolag'aviy badiiy tasvirini chizishga erishadi. Alisher Navoiy «Hiloliya»da o‘zi orzu qilgan shoh timsolini Husayn Boyqaro qiyofasida ko'rsatistiga harakat qiladi. Shoir nazarida mazkur hukmdor shohlar darveshi-yu datveshlar shohidir. U suratini shoh, siyratini darvesh maqomida tutganligi uchun ham yuksak ehtiromga loyiq zotdir. Shunday tantanavorlik, ko'tarinki kayfitni o‘zida aks ettirgan misralar va yuqorida ko'chirilgan maqta’ noyob badiiy mahorat namunasi bo'lgan qasidaga yakun yasaydi. Alisher Navoiyning ikki turkum qasidalari ham ana shunday ehtirosli baytlardan tarkib topgan. «Sittai zaruriya»dagi badiiyat namunalari falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy mohit kasb etib, ular Anvariy, Xusrav Dehlaviy, Xoqoniy Shervoniy, Abdurahmon Jomiy va Sharqning boshqa buyuk shoirlarining qasidalariga tatabbu’ sifatida yaratilgandir. «Sittai zaruriya» tarkibidagi uchinchi forsiy qasida «Tuhfat ul-afkor» bo'lib, Amir Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror», Nuriddin Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul-asror» asarlari ta’sirida dunyoga kelgan. Alisher Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida mazkur qasidaning yaratilishi tarixiga doir qiziqarli lavhalar keltiradi. Xuroson davlatining vaziri a’zami lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan ulug' shoir Marvga qilishi lozim bo'lgan rasmiy safari oldidan (1476-yilda) Maxdumi Nuran ziyoratiga kiradi. Suhbat jarayonida Abdurahmon Jomiy «Lujjat ul-asror» qasidasini Alisher Navoiyga beradi. Ulug' o'zbek shoirining o'z taklifi bilan Amir Xusrav Dehlaviy «Daryoi abror»iga javobiya tarzida yozilgan bu qasida unga (Alisher Navoiyga) favqulotda ta’sir etadi va shu tabarruk dargohda ushbu she’rga tatabbu’ qilish niyati tug'iladi. Nihoyat, Hirot — Marv safari davomida, ot ustida to'qson to'qqiz baytdan iborat shoh qasida «Tuhfat ul-afkor» dunyoga keladi. Asar chindan ham jo'shqin ilhom, ulkan ehtiros va zavqning mahsulidir. Mulohazalarimiz muallaq qolmasin uchun o'sha dilbar qasidaning shoh baytlaridan birini nazardan o'tkazaylik: Ba dahoni xushku cbashmi tar qanoat kun az on-k, Har ki qone’ shud ba xushku tar, shahi bahr-u bar ast. (20. 230) Mazkur misralar mamlakat podshohiga murojaat yo'sinida yozilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi Podshohi qanoat va qone’likni turmush tarziga aylantiigan yurt gul-gul yashnaydi. Ammo hayot hamisha ham insonga gul tutmaydi. Gulni suyuvchi qalb uning tikani zahriga dosh bermog'i zarur. Shohlik faqat ishrat emas, saltanat o'z-o'zicha turmaydi va shukuh paydo qilmaydi. Uning zarbalari, qon yuttirishlari, iztirob-u tashvishlari (og‘iz-quruq ko‘zlar-yoshli) borki, sabr-u qanoat ila o‘shalarga bardosh bergan fahm- u farosat bilan ulami bartaraf eta olgan shohgina Alloh inoyatiga muyassar va katta sarhaddagi (bahr—dengiz, bar—samara, tuproq usti-quruqlik) mamlakatning sohibidir. Qone’ va qanoatlilik faqat podshohninggina emas, barchaning (shoh-u gadoning) ham kunlik fazilatiga aylangan yurt nurafshondir... «Sittai zaruriya» bag‘rida kelgan to‘rtinchi asar «Qut ul-qulub» qasidasi bo'lib, shu haqda ozroq mulohaza yuritish bilan cheklanamiz. 240 misradan iborat manzuma Hakim Anvariyning shu yo'nalishdagi falsafiy-irfoniy qasidasi tavrida-tatabbu’ida yaratilgan. Tavr-tatabbu’ Alisher Navoiyning o'z e’tirofidir. Biroq bunday qaydlar ulug' o'zbek shoiri qalamidan chiqqan asarlaming ijodiyligiga, ohoriga qilcha bo'lsin, ta’sir ko'rsata olmaydi. «Qut ul-qulub» tagdor ishoralarga, ko'p ma’noli majoz-u tashbehlarga, teran tafakkurga undovchi ibora-yu istilohlaiga boyligi bilan diqqatni jalb qiladi. Ana o'shanday badiiyat zamirida yashirin g'oyaviy niyatni «fano va baqo o'rtasidagi masofa, oliy xilqat—insonning unga munosabati» tarzida umumlashtirish mumkin. Dunyoga kelish, tug'ilish haq, tabiiy-ilohiy qonuniyat ekan, unga vido aytish, fano qa’riga singib, yo'q bo'lib ketish, o'lish ham muqarrardir. Baqo—mangulik inson peshonasiga bitilmagan. Qur’oni karimdagi xabarga qaraganda, Luqmoni hakim ming yil, Nuh alayhis-salom ham shunga yaqin umr ko'rishgan. Biroq ularga ham dunyoning ustuni bo'lib yashash nasib etmagan. Rivoyat qiladilar, zulmat tubida pinhon obi hayot — tiriklik suvini Iskandari Maqduni va Xizr alayhis-salom birga izlashgan. Iskandar qolib, Hizr payg'ambarga o'sha majoziy obi hayot nasib bo'lgani uchun ham ul zoti bobarakot ezgulik tug'i ostida yaxshilik urug'ini sochishda davom etayotgan ekanlar... Alisher Navoiy bunday hikmat-u rivoyat, hikoyat-u haqiqatlardan ko'pini bilgan. o'shalardan qaysigadir ixlos bilan qaragan, ishongan, ba’zilarini shubha ostiga olib inkor qilgan. Shundan bo'lsa kerak, qasidaning butun matnini bosiq, sokin va o'ychan kayfiyat egallab olgan. Uning har bir so'zidan falsafiy mushohada, ogohlikka da’vat ruhi anqiydi. Ulug' shoir insonga qarata urg'u ila yozadi: www.ziyouz.com kutubxonasi Jahonki marhalai tangi shohrohi fanost, Dar o‘ majo'y iqomat, ki rohi shoh-u gadost. (20. 257). Ushbu misralami quyidagicha o‘zbekchalashtirish mumkin: Dunyo ayvoni inson uchun muqim manzil emas—o'tkinchi. U fanoga olib boruvchi shoh ko'chadagi muvaqqat bekatni eslatadi. Bekat esa hamisha omonatdir. Unda uzoq turish niyatida bo'lganlar qattiq yanglishadilar. Negaki, shoh yo‘1 chetidagi bekat tafovutni bilmaydi. U shohni ham, gadoni ham birday qabul qilib, kuzatishga mo'ljallangandir. Dunyo ayvoni—harakatdagi karvon. Bo'ynida qo‘ng‘irog‘i bor nor tuyalar hamisha safarda. Daftari a’molidagi sehrli bitikka ko'ra, navbat— banavbat fanodan baqo olamiga ketish davom etadi... Alisher Navoiyning bunday qarashlaridan noto'g'ri xulosaga kelish yaramaydi, albatta. Qasida muallifi mo‘min-musulmonlami uzlatga, go'shanishinlikka da’vat etayotgani, o‘lishdan burun o'limga ham undayotgani yo'q. Ul zoti mukarram ikki jihatdan bunday g‘oyani ilgari surolmas edi. Birinchidan, Alloh marhamati bilan Odam Ato zurriyotlari uchun taqdir qilingan ne’matlardan butkul yuz o‘girib, go'shaga kirish islomiy e’tiqod ahkomlariga rost kelmaydiki, ulug* shoirning unga xayrixohlik qilishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatiga mansub bo'la turib, «Dil ba yor-u tan ba bozor», «Dil ba yor-u.dast ba ког» kabi solikning o‘z luqmai halolini tanti qo‘l mehnati bilan topishga chorlovchi hayotsevarlik g'oyalarini inkor qilolmasdi, albatta. «Qut ul-qulub» keyingi satrlarining mutolaasi muallifning tayanch g'oyaviy niyatini oydinlashtirish imkoniyatini hozirlaydi. Buning uchun bayt-u satrlarda qo‘llangan tazod san’ati kitobxon uchun ko‘makka keladi. O'sha badiiy-tasviriy vosita yordamida fano va baqoning qirralari juda ko'p hayotiy lavhalar, tabiiy, tarixiy, ilohiy, adabiy, afsonaviy istiloh-u dalillami keltirish, yuzlashtirish orqali ochib beriladi. Nahang agarchi buvad qahramoni kishvari bahr, Ba kirmi obie az xud fuzun hamesha g'izost. (20. 259). Nahang (akula) dengiz-u okeanning eng katta hayvoni va o'zini o'sha makonning egasi, yagona sohibi hisoblaydi. Atrofida o'rmalab yuruvchi ko'p sonli suv qurtchalarini nazar-pisand ham qilmaydi. Ammo vaqt-u soati kelib, u ana shu qurtchalaming yemiga aylanishini xayoliga ham keltirmaydi. Tashbeh uchun nahangning tanlanishi tasodifiy emas. Shunday urinish negizida katta hikmat, ibrat bor. Xuddi shunday gapni suv qurtiga nisbatan ham aytish o'rinlidir. Fano olamida hamma narsaning sarhad-u o'lchovi bor. Bu hukm jismoniy, ruhiy, ma’naviy, moddiy www.ziyouz.com kutubxonasi ne’matlaming barcha-barchasi uchun birday tegishlidir. Pahlavonlikning ojizlik, yoshlikning qarilik, zebolikning xunuklik, boylikning qashshoqlik bilan almashinishi muqarrardir. Nahangning fojiali qismati bunga yorqin misol. Afsuski, bugun hamma narsani g'alamislik bilan yutuvchi bu yuho sifat maxluq ertaga yutilish navbati o'ziga yetishini unutib qo'yadi... Keyingi baytda ganj va ajdarho timsollariga duch kelamiz. Og‘zaki va yozma badiiy adabiyot namunalarida bular hamisha yonma-yon keladi. Xazina bor joyda, albatta, ajdarho paydo bo'ladi. Bu maxluq xazinadagi javohirotni yutmaydi, ammo undan bahra oladi. Biroq tirik ekan, uni birovga ravo ko'rmaydi... Ulug' shoir esa bu maxluqqa doir hukmini ham e’lon qiladi: hire ham fano. Xazina siljiydi, ajdarholar esa kelib-ketishda davom etadi. Biroq ulug' shoiming muddaosi dahshatli maxluqlar qismatini yoritish emas. Ulug' shoiming nigoh-u nidosi esa insonga, uni nafs-u hirs domidan qutqazish, g'aflat uyqusidan bedor qUishga qaratUgandir. Suxan mago'y zi anqo, Id har kio‘ qone’ shud, Farozi Qofi qanoat bidon kio‘ anqost. (20. 259). Qo'hi Qof, unga anqo urug'ining bo'lishi haqidagi afsona qadimiy. Ulug' shoir esa o'sha sayyor va an’anaviy afsonaga yangi niyat bilan murojaat qilgan. O'zi yo'q anqoni izlashdan murod hosil bo'lmaydi. Undan ko'ra qanoatga zo'r berish ma’qul. Nahang-u ajdarhoning fojiasidan xulosa qilmoq va hirs o'pqoniga tushmaslikka intilmoq insonni Qo'hi Qofdan ham yuksakroqqa ko'tarib qo'yadi. Ustma-ust tabiiy misollaiga murojaat etish, fojiiy qismatlami ro'kach qilishdan ulug' shoiming ko'zlagan muayyan maqsadlari ham yo'q emas. Insonning yashashi uchun moddiy отШаг juda zarur. Uni inkor qilish hayotni tan olmaslik bilan barobardir. Biroq ma’naviy-ma’rifiy omillarsiz ham inson hayoti qashshoqlashib qolmaydimi? Fikrimizcha, Alisher Navoiyning qalbi va tafakkuridan-da shunday savollar tez-tez o'tib tuiganligi tufayli o'sha bezovtalik ruhi uning barcha nazmi-yu nasriy asarlariga ko'chgan. Shu jihatdan «Sittai zaruriya»ning xotimaviy qasidasi «Nasim ul-xuld»dagi mana bu misralar e’tibomi tortadi: Chunin gulshan naboshad g'ayri bog'i ma’rifat, ey dil, Ki kard orosta az bahri komil sun’i yazdonash. Chi komil on ki az ta’limhoi in muallim yoft, Sharaf vayronai zohir, zaxoir ganji pinhonash. (20. 300). Dil yayraydigan, zavq-u shavqqa to'ladigan notakror gulshan — bog' - ma’rifat bog'idir. Unda hamma uchun birday yo'l yo'q. Yazdon bu bog'ni komil insonlar go'shasi sifatida zebo oro berib qo'ygan. Alisher Navoiy talqinicha, haqiqiy komillik, donishmandlik ilohiy ma’rifat orqaligina www.ziyouz.com kutubxonasi shakllanishi mumkin. Shu g'oya ulug' shoiming (katta-yu kichik, nasri-yu nazmiy, ilohiy-u dunyoviy) barcha asarlarida ko‘rinib qoladi. «Sittai zaruriya»da hukmron mavzu darajasiga ko'tariladi. Islom ruknlari, shar’iy talablar go'zal badiiy libosda yuksak shoirona ifodasini topadi. Bunday notakror saboqlaming muallifi ham notakrordir. U-Allohdir. Qasidalar turkumida, ko'chiiganimiz iqtibosda ham komil insonning zohiriy va botiniy olami muvozanatiga alohida e’tibor beriladi. Zohir—dabdabadan xoli, ammo axloqiy qiyofa—sharafli. Yuzadagi sokinlik—botindagi ma’rifiy zahira tufayli ko'rkamdir. Zero, u—pinhon. Komillik—sokinlik, har damda hush bilan qadamni nazarda tutmoqlikdir. Shunday saodatga muyassar fuqarolari bor yurtning istiqbolida buyuklik nuri porlaydi... 8.5. «Devoni Foniy»ning tuzilishi, janriy tarkibi va g'oyaviy-badiiy xususiyatlari Adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiyning tabarruk nomi zullisonayn ijodkor sifatida ham qadrlidir. Shoir bu sharafli unvonga boy ma’naviy merosi tufayli sazovor bo'ldi. U fors-tojik tilini puxta bilibgina qolmay, qadimiy an’analarga boy bu tilning imkoniyatlaridan ham durustgina xabardor edi. Buni ulug' adibning «Muhokamat ul-lug'atayn» asari to'la tasdiq etadi. Asar forsiy va turkiy tillar bilimdonining shu ikki lisonning ichki imkoniyatlarini o'zaro qiyoslash asosida bildirgan umumlashma-xulosalari zaminida vujudga keldi. Shuningdek, Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi asarlari «Devoni Foniy» (Ba’zi manbalarda to'plam «Devoni forsiy» tarzida ham tilga olinadi. Bunday nom ilmiy haqiqatga zid) nomi bilan mukammal bir to'plam tusini oldi. Devonning mundarijasi xususida muallifning o'zi «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida shunday mulohaza yuritadi: «Yana forsiy g'azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami’ suxan adolar va nazm piyrolar nazarida mustahsan va matbu’dur, tartib beribmankim, ko'prak ul hazrat she’riga tatabbu’ voqe’ bo'lubtur.» (Alisher Navoiy. Asarlar. 14-tom, 125-bet) Ko'chirganimiz parchadan «Devoni Foniy»ning ikki muhim xususiyati ayon bo'layotir. Bulardan birinchisi, shu to'plam tarkibidagi asarlaming aksariyati Xoja Hofiz Sheroziy g'azaliyotiga tatabbu’ qilinganligi hisoblanadi. Ikkinchisi, to'plamga kiritilgan she’rlar miqdorining (misralar sonining) olti ming baytdan ziyodroq ekanligidir. Alisher Navoiy o'zining bu devoniga daxldor qaydlarini davom ettirar ekan, yozadi: «Va ba’zi hazrati Shayx Muslihiddin Sa’diyg'akim www.ziyouz.com kutubxonasi g‘azal tavri muhtariidur. Va ba’zi Mir Xusravg'akim, ishq otashkadasining shu’la angizidur va dard g‘aribxonasining ashkrezi. Va ba’zi hazrati Maxdumi Nurang'akim, kamol avjining mehri lomiidur va mazkur bo'lg'on azizlar holatining jamiiki, bu devon xaloyiq orasida shoe’dur va ro'zg'or ahlining tab’lari ul sari roje’ va anda ko'p turluk dilkash adolar va dilpazir ma’nolar voqe’durki, tafsili bu faqirdin munosib emas». (0 ‘sha asar. 125-bet) Alisher Navoiy musulmon mintaqa she’riyati shuhratini Sharq-u G'arbda tanitgan yetuk ijodkorlar haqida gapirar ekan, u birgina jumlada ular nazmining o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlashga erishadi. Shuningdek, shoir «Devoni Foniy» tarkibidagi nazmiy janrlami ham ma’lum qiladi. Shoir qaydlariga ko‘ra, bu to'plam tarkibida g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, ta’rix, lug‘z, qasida, musaddas kabi janrlarda bunyod etilgan she’rlar jamlangan. Shu bilan bir qatorda, ko‘pchiligi Abdurahmon Jomiy e’tiboridan o'tkazilgan besh yuzga yaqin muammolar ham «Devoni Foniy» tarkibidan o‘rin olgandir. «Devoni Foniy»ning ikkita Parij, ikkita Turkiya, ikkita Hirot va bitta Tehran kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari mavjud. Adabiyotshunos Hamid Sulaymon o‘z tadqiqotlarida sanab o'tilgan qo'lyozmalar o'rtasida «Devoni Foniy»ning Parij nusxalari birmuncha mukammal ekanligini e’tirof etadi. Akademik B.Valixo'jayev ana shu nusxalar asosidagi «Devoni Foniy» tarkibidagi she’rlaming quyidagicha janriy tarkibga ega ekanligini ma’lum qiladi: «1. Debocha; 2. Qasida—10 ta; 3. G‘azal-554 ta; 4. Musaddas-lta; 5. Marsiya—lta; 6. Qit’a—72 ta; 7. Ruboiy—73ta; 8. Ta’rix—16 ta; 9. Muammo—373 ta; 10. Lug'z—9ta. Demak, devondajami 1109 ta asar bo'lib, ulaming umumiy hajnii 6179 baytni tashkil etadi». (B.Valixo'jayev. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 122—bet). Olim devonning mukammal nusxasi hali aniqlanmaganligini asosli dalillar vositasida izohlaydi: «Bu o'rinda Alisher Navoiyning forsiy tildagi muammolar soni haqida «besh yuzga yaqin muammo» (MAT. 20-tomlik, 16-tom, 32-bet) degani e’tiborga olinib, bu Parij nusxalaridagi muammolar soni (373 ta) bilan solishtirilsa, unda Parij nusxalari ham «Devoni Foniy»ning mukammal nusxalari bo'la olmasligini ko'rsatadi. Bu fikmi Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn»da forsiy she’rlari janrlari qatorida masnaviyni eslatishi va bu janrdagi asaming Parij nusxalarida uchramasligi yana bir karra tasdiqlaydi. Demak, «Devoni Foniy»ning mukammal nusxasini aniqlash hali davom etmoqda» (O'sha asar. 122-bet). www.ziyouz.com kutubxonasi «Devoni Foniy»ning mazmun va mundarijasini belgilashda «Ixtirolar» va «0 ‘ziga javob aytadi», «Na’t», «Zamon ahli tanqidiga doir», «Zamonaning bevafoligi xususida nasihatlar», «0‘sha tavrda», «Oldingi uslubda», «Mav’iza», «Ba’zi azizlaiga tatabbu’», «Maxdum she’riga javob», «Amir Xusrav Dehlaviy g'azaliga tatabbu’», «Maxdumning Xoja tavridagi g‘azaliga tatabbu’» singari sarlavhalar muhim ahamiyat kasb etadi. «Devoni Foniy»dagi she’rlar mavzu doirasi, g'oyaviy-badiiy Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling