B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Nogah ahli sidq ko'ngli mehrin ifsho aylasa
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Nogah ahli sidq ko'ngli mehrin ifsho aylasa. Dahr sho'xig'a, Navoiy, sayd bo'lma nechakim, Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa. (1, 66-67). Ko'chirilgan g'azal o'n baytli, tuzilishiga ko'ra yakpora— musalsaldir. Mavzu va g'oyaviy yo'nalishi nuqtai nazaridan oshiqona- orifona g'azallar sirasiga kiritish mumkin. Radifli («aylasa» o'zgarishsiz takrorlanib, shunday vazifani ado etadi), taxallusli. Matla’ o'zaro qofiyalangan, birinchi bayt (band) va maqtaiga (xulosa, xotimaga) ega. Matndagi «parvo», «paydo», «tamanno», «tamosho», «oshkoro», «га’по», «Masiho», «rasvo», «shaydo», «ifsho», «mutarro» so'zlari qofiya vazifasida kelgan. Qofiya uchun mazmun ozor chekkan misralar ko'zga tashlanmaydi. G'azalda ma’shuqa bevosita ishtirok qilmaydi. Uning haqidagi barcha ma’lumot-u xabarlar oshiq tilidan beriladi. g'azalda matladan boshlangan mazmun (oshiqning ma’shuqa nazdidagi qasamyodi) maqtaga qadar izchil davom etadi. Ayni uslubiy-g'oyaviy jilo g'azal yakporaligini ta’min etgan. G'azalda majoziy va ilohiy-irfoniy ishq qorishiq keladi. Bunday mayl, ayniqsa, g'azalning у yetti va sakkizinchi baytlarida ravshan ko'rinib qoladi. Undagi «quyosh», «zarra», «Masiho», «mug'», www.ziyouz.com kutubxonasi «qadah», «xarobot» singari qator ishoralar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi. Ishqda poklikni tayanch shart sifatida biluvchi oshiq unga rioya etishni vujud-vujudi bilan istaydi va ayni talabni ma’shuqadan ham so‘raydi. Shunday bayt misralarida qasamyodlar yonma-yon tutilib, badiiy talqin beriladi: Oshiq o‘z qat’iy so'zi ustidan chiqish uchun yuragini tilka-pora qilishga, juvonmarg bo'lishga, ko'zlarining ko‘r, tilining lol (soqov)ga aylanishiga rozi. Shunday qarg‘ishlar shartini buzgan ma’shuqaga yoxud uni poklik yo'lidan chalg'itishga urinuvchi - ag'yorga ham ravo ko'riladi. G'azalda shoh baytlar uchraydi. Fikrimizcha, beshinchi va oltinchi baytlar shunday xususiyatga ega. Unda bir necha badiiy san’atlar (tashbeh, yashirin talmeh, mubolag'a, tanosub va hokazo) qorishiq kelib misralar nazokatini ко‘tar ishga xizmat qilgan. Oshiq gulzor ichra xirom qilib yurgan sarvi ra’no ma’shuqasini nargisdan ham rashk qiladi. Ma’shuqa nuqta misol (yo'q hisobi) og'izchasi bilan so‘z aytsa, uning oydek gulgun chiroyi yana ochiladi va hokazo. Alisher Navoiy she’riyatida hamd, na’t yo'nalishidagi asarlar, ijtimoiy hayotning turli muammolari, odob-axloq me’yorlariga bag'ishlangan badiiyat namunalarini juda ko'plab uchratish mumkin. 8.2. Alisher Navoiy g‘azaliyotining shakliy, g'oyaviy xususiyatlari, yetakchi qahramonlari va badiiyati Alisher Navoiyning o'zbek tilidagi qomusiy devoni «Xazoyin ul- maoniy» mumtoz adabiyotimiz xazinasidagi jozibali she’riyatning eng yuksak cho'qqisi sanaladi. Ulug' shoiming kichik she’riy janrlar taraqqiyoti tarixidagi muhim xizmatlaridan biri shuki, u o'zi yashagan daviga qadar turkiy badiiy so'z san’atida mavjud bo'lgan g'azal, masnaviy, qasida, tuyuq, qit’a, ruboiy, fard, soqiynomani yuksak ravnaq pog'onasiga ko'tardi. Shuningdek, yig'ma devonlarini rang-barang mavzularda bitilgan, turkiy she’riyat uchun nisbatan taqchil bo'lgan muxammas va musaddas, musamman va mustazod, taqe’band va tarkibband, muammo va lug'z- chiston singari adabiy shakllar bilan bezadi. Alisher Navoiy ma’naviy merosi tarkibidagi 16 janr orasida g'azal alohida mavqega ega. Ulug' shoir o'ziga xos uslubda ijod etgan bunday badiiy yaratmalarida, awalo, mavzuni batafsil yoritish uchun matlada aytilgan fikmi mantiqiy rivojlantirib borish, she’r qahramoni hissiy- www.ziyouz.com kutubxonasi ruhiy kechinmalarini badiiy san’atlar yordamida haqqoniy va samimiy tasvirlashga erishdi. Oshiqona g‘azallari tarkibida mav’iza—pand-nasihat mazmunidagi baytlarga keng o'rin berdi. Ayni mayl g'azal janrini tor oshiqona qoliplardan ma’no-mavzu ko'lamdorligiga olib chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda ulug* shoir yuksak san’atkorlik namunalarini namoyish qildi. 0 ‘zidan keyingi ijodkorlar uchun ilhom manbai, adabiy maktab vazifasini o'tagan navoiyona bunday uslubning shakllanishida, shubhasiz, XV asrga qadar musulmon mintaqa adabiyotida vujudga kelgan adabiy an’analami teran o'rganish muhim ahamiyat kasb etgan. G‘iyosuddin Xondamiming ma’lumotiga ko'ra, Alisher Navoiyning bolalik chog'laridanoq ulug' turkigo'y shoir malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning nazariga tushib, uning yuksak bahosiga loyiq ko'rilishi yosh shoiming ijod maydonida zavq bilan javlon urishi uchun o'ziga xos adabiy maktab vazifasini o'tagan. «Xazoyin ul-maoniy» tarkibidan o'rin olgan besh musammat (3 muxammas, 2 musaddas) barchasining faqatgina Mavlono Lutfiy g'azalriga bog'langan taxmislar ekanligi fikrimizni to'la quwatlaydi. Ulardan birining maqtaida quyidagi satrlar mavjud: Har gado egnida bo‘Isa eski to‘n yo choki jayb, Bilmay asli niyatin qilmoq g'alatdur shakku rayb, Ey Navoiy, chun sanga ma’Ium emas tur sirri g‘ayb, Lutfini mayxonada oshufta ko'rsang, qilma ayb, Kim, bu majnun ixtiyori zuffi qullobindadur. (5. 457.) Mavlono Lutfiy g'azaliyoti ravon, o'ynoqi ohangda bitilganligi, baytlarda xalq maqollari va iboralaridan foydalanib yetakchi g'oyani o'quvchiga teran yetkazish hamda insonning murakkab ruhiy holatlari tasvirini she’rxon ko'z o'ngida o'sha vositalar yordamida ta’sirchan bo'yoqdor gavdalantirish fazilatiga egaligi bilan ahamiyatlidir. Alisher Navoiy g'azaliyotida ham lutfiyona bunday uslubning ijodiy rivojlantirilganligini kuzatish mumkin. Ulug' shoir shundan bo'lsa kerak, «Badoyi’ ul-bidoya» devoni “Debochasi”da turkigo'y ijodkorlardan Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiyga juda yuksak baho berib, yozadi: «...Va uyg'ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag'osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahum ollohkim (Alloh ularga marhamatli bo'lsin) birining shirin ab’yoti ishtihori Turkistonda bag'oyat va birining latif g'azaliyoti intishori Iroq-u Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud bo'lg'ay.» (MAT. 1-tom, 14-bet). Alisher Navoiyning Mavlono Sakkokiy ijodi bilan yaqindan tanishligi www.ziyouz.com kutubxonasi g‘azallaridan birining maqtaida kelgan va faxriyaga murojaat asosida yaratilgan quyidagi baytda yorqin namoyon bo'ladi: Navoiy nazm aro tig‘i zabonni uyla surdikim, Pichoq topmas uyatdin o‘zni o‘lturmakka Sakkokiy. (4. 423.) Keltirilgan iqtibosda Alisher Navoiyning turkiy adabiyotning bu ustoz qalamkashi ijodiga bo'lgan mehr-muhabbati, hurmati, ayni choqda bu ulug' shoir bilan o'zaro adabiy musobaqa—mushoim uyushtiigani sezilib turadi. Baytdagi yana bir nozik jihatga e’tibor qilmaslikning iloji yo'q. Alisher Navoiy ikkinchi misrada badiiy san’at qo'llashda nafis mahorat ko'rsatgan. Iyhom tasviriy vositasiga murojaat qilgan ulug' shoir «pichoq»-«pichoqchi» so'zlarini «o'ynatadi». Buning uchun «Sakkokiy»ning «pichoqchi» ma’nosiga ega ekanligi unga qo'l kelgan. Shunday qilib, baytni quyidagicha talqin qilish mumkin: Navoiy nazm bobida mahorat ko'rsatib, shunday go'zal misralar yaratdikim («tig'i zabonni uyla sundikim»-bu o'rinda ham «tig'» orqali pichoq nazarda tutiladi va bu bilan misralararo tanosub hosil qilinadi), ulami o'qigan «Pichoqchi» (Sakkokiy) uyalib, o'zini so'yish uchun pichoq topolmay dog'dadir. Fikrimizeha, so'z san’ati bobida bundan-da yuksak nazokat bo'lmas... Tabiat Alisher Navoiydan o'z ehsonlarini darig' tutmagan. Jumladan, kuchli hofiza quwati va bir necha tilni puxta bilish iste’dodini unga ravo ko'igan. Arab va fors tillarini puxta bilgan shoirga o'ziga qadar bo'lgan fors-tojik va arab adabiyotlarini o'ta sinchkovlik bilan o'rganish imkoniyatini berdi. Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Xoja Hofiz, Shayx Sa’diy, Kamol Xo'jandiy, Salmon Sovajiy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, singari ustoz ijodkorlar merosini o'ta zavq bilan mutolaa qildi. O'sha ta’b sohiblarining ma’naviy meroslari uning ijodkor sifatida shakllanisliida ma’lum darajada ta’sir ko'rsatgan bo'lsa, ajab emas. Ulug' shoir zikri o'tgan adabiy gulshandan ilk bor tuygan va diqqatini tortgan, dimog'ini qitiqlagan muattar gullar tarovatini bir umrga unutmaydi. Shundan bo'lsa kerak, g'azalchilik bobida o'z she’riyatida Amir Xusrav, Xoja Hofiz, Abdurahmon Jomiy o'mini alohida ta’kidlaydi va ulami ustoz deyishdan faxrlanadi. «Xazoyin ul-maoniy» va «Devoni Foniy»dagi o'nlab ishoralar shundan dalolat beradi. «Favoyid ul-kibar» devonidagi quyidagi qit’a bu jihatdan, ayniqsa, ahamiyatlidin G'azalda uch kishi tavridur ul nav’ K im , andin yaxshi yo'q n a z m ehtimoli. Biri mo“jaz bayonlig' sohiri hind Ki, ishq ahlini o'rtar so'z-u holi. Biri Iso nafaslik rindi Sheroz, www.ziyouz.com kutubxonasi Fano dayrida mast-u louboli. Biri qudsi asarilk orifi Jom Ki, jomi Jamdurar sing'an safoli. Navoiy nazmig‘a boqsang, emas tur, Bu uchning holidin bar bayti xoli. Hamono ko'zgudurkim, aks solmish, Angga uch sho‘x mahvashning jamoli. (6, 516). Alisher Navoiyning mazkur qit’asida Sharq adabiyotining uch buyuk allomasi ulug'lanadi. Qizig'i shundaki, ko‘chiiganimiz she’riy misralarda nom-u taxallusdan nishona yo'q. Alisher Navoiy ijodiyotidan yaxshi xabardor bo'lmagan kitobxon uchun ushbu misralardagi ishoralar jumboqligicha qolaveradi. Qit’aning boshida Amir Xusrav Dehlaviy tilga olinadi. Shoir uni «sohiri hind» tarzida tanishtiiadi. Alisher Navoiyning boshqa asarlarida ham bu ishora tez-tez uchraydi. «Sohir-sehigar, jodugar; ajoyib san’atkor, qiziq hunarlar ko'rsatuvchi» kabi talqinlaiga ega. Hind— Hindiston. Shajara ildizi Shahrisabzdan boshlanadigan Amir Xusravning Hindistonda istiqomat qilganligiga ishora. Yakunga keladigan bo‘lsak, Amir Xusrav Alisher Navoiy nazdida oddiy shoir emas. U so'z ma’no qirralarini teran kashf etgan va uni sehr—yuksak san’at maqomiga ko'targan ilohiy iste’dod egasidir. Ikkinchi ustoz—«Iso nafaslik», «rindi sheroz», «mast-u louboli», «fano dayrida» (sohillarida) sayr qilish maqomidagi shaxs. Ayrimlari qayd etilgan fazilat—belgilar rindga daxldor. U— Sherozdan. Alisher Navoiy ma’naviy merosidan voqif kitobxonga manzara ancha oydinlashadi. Ma’no rishtalari Xoja Shamsuddin Hofiz Sheroziyga ulanadi. Majoziy va haqiqiy ishqni bir sho‘x jilg‘aga mastona oqizish uning qo'lidangina kelgan, xolos. Shuning uchun u mast va sho'xliklar qilishga haqli. U— rindona raftor qilish huquqiga ega. Rind—musulmon mintaqa adabiyotining faol timsollaridan biri. Sho‘ro zamonida rind dahriylik ramzi bo'lib keldi. Aslida unday emas. «Ziyrak», «hushyor», «erkin fikrli», «sho‘x», «beparvo», «ishratga berilgan», «mayxo'r» kabi ma’nolaiga ega rind tasawuf olamiga daxldordir. Maslak, oyin (tariqat) maqomida esa Xoja Hofiz she’riyatida ustuvor o'mashgan. Shundan bo'lsa kerak, Rind Hofiz taxallusining sinonimi ma’nosida ham tushuniladi. Rind so'zi talqinidagi «may», «ishrat», «mayxo'rlik», «beparvolik» va hokazolar majoziy ma’nodadir. Aksarit belgilariga ko'ra, rind-u rindlik malomatiya tariqatiga tortib qoladi. Yana biri—Orifi jom. Undan poklik nuri yog'iladi. Uning qo'lidagi www.ziyouz.com kutubxonasi singan safol-afsonaviy Jamshid jomidan ham afzaldir. Jom-u may— oriflar nasibasi — ma’rifat nuridir. Bunday dovruqli orif naqshbandiya sulukining Xurosondagi peshvosi Nuriddin Abdurahmon Jomiyning sifatlovchisi. Har uchala ustoz qalbi va asarlarini birlashtiradigan yagona g‘oya va fazilat—ishqdir. Uning oxirgi bekati poklanish, oriflik rutbasi. Alisher Navoiy uchun ham bu bekat — orzu, intilish ma’vosi nuqtasidir... Ulug‘ shoir Sharq mumtoz adabiyotining asrlar davomida vujudga kelgan boy an’analarini mufassal o‘rganib, Amir Xusrav Dehlaviyga xos so‘zning ma’no qirralarini teran kashf etgan holda uni yuksak san’at maqomiga ko'tarish, Hofiz Sheroziyga xos majoziy va ilohiy ishqni bir o‘zanga birlashtirib tarannum etish, Abdurahmon Jomiyga xos poklik va ma’naviy yetuklikni ulug‘lash singari fazilatlarni o‘z ijodida birlashtirdi. Shuningdek, Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiy singari qalamkashlaming tajribasidan, dahosidan, ijodidan adabiy ta’sirlandi. Ayni choqda, Alisher Navoiy shakl va ma’noning o'zaro uyg‘unligini asaming badiiy salohiyatini oshiradigan hamda uning umrboqiyligini ta’minlaydigan muhim jihat deb biladi. «Hayrat ul-abror» dostonining muqaddimaviy boblaridan birida adibning bu haqdagi adabiy-tanqidiy qarashlari quyidagicha tasvirlanadi: Bo‘lmasa e’joz maqomida nazm, Bo‘hnas edi tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma’ni durur, Bo‘Isun aning surati har ne durur. Nazmki, ma’ni anga marg‘ub emas, Ahli maoniy qoshida xo‘b emas. N a zm k i ham surat erur xush anga, Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga. (Xamsa. 1960, 34). Shoir nazdida, nazm e’joz—mo'jiza ko'rsatish maqomidadir. Unda shu fazilat bo'lmaganda edi, Tangri kalomida (Qur’oni karimdagi «she’rda sehr bor» iborasi yashirin talmeh vositasida misraga singdirilgan) nazm bo'lmas edi. Badiiy ijod o‘ziga xos yuksak ehtiros bilan ulug'langan mazkur parchada muallif nazmdagi eng muhim jihat shakl-u mazmun mavzuidagi mulohazalarini bayon etadi. Awalo, shuni ta’kidlash o'rinliki, shoir tafakkuridagi shakl g'oyatda katta tushuncha. Uni shoir asarlarining faqatgina jinsi (janri) doirasida chegaralab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy yaratmalarda qo‘llanadigan tasvir vositalari—adabiy san’atlar ham ma’lum www.ziyouz.com kutubxonasi ma’noda unga taalluqli. Ikkinchidan, shakl va mazmun o'rtasida Iskandar devorini qo'yish ham adolatdan emas. Chunki iste’dodi bor san’atkor qalami tuhfa qilgan badiiy yaratmada (xoh u nasr va xoh nazmda bo'lsin) muallaq turuvchi unsur bo'lmaydi. Anosiming katta-kichikligidan qat’iy nazar, ulaming har biri o'z vazifasiga ega bo'ladi. Biri ikkinchisini to'ldiradi, taqozo etadi. Ulaming hammasi yagona maqsadni ro'yobga chiqarish, muallif g'oyaviy niyati tantanasi yo'lida xizmat qiladi. Maromiga yetgan badiiy asami yaxlit tanaga qiyoslash joiz bo'lsa, murakkab jarayonda ishtirok etgan barcha bo'laklar o'sha jismni shakllantiigan teng huquqli a’zolardir. Ulardan birida nuqson sezilsa, dunyoga keladigan asaming to'laqonligiga putur etishi tayin. Taniqli adib va navoiyshunos olim M. Shayxzoda «Alisher Navoiy lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida» (Asarlar. 6 tomlik. 4-tom, Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972, 195-216-betlar.) nomli maqolasida shoir g'azaliyotiga xos yetakchi to'rt uslubiy jilo haqida fikr yuritadi. Ulaming ikkitasi bevosita tadrij badiiy san’atiga murojaat etish bilan (yakpora yoki voqeaband, musalsal) vujudga keladi. Alisher Navoiy she’riy ijodiga xos bo'lgan g'azallarda baytlami ma’nan, fikran va shaklan bog'lash orqali ma’lum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan ma’lum xulosani bayon etish, shuningdek, baytlar silsilasida obrazning tadrijiy etiluvi, takomilini ta’minlash shular jumlasidandir. Tadrij san’atiga murojaat etish vositasida g'azal tuzilishi jihatidan musaisallik yoki ma’lum voqea asosida vujudga kelishiga ko'ra voqeabandlik kasb etadi. Ma’lumki, Sharq g'azalchiligi tarixida bunday g'azallar uchrab tursa-da, baytlararo mantiqiy bog'liqlik g'azalga xos yetakchi xususiyat maqomini olgan emas edi. Mumtoz adabiyotda davom etib kelayotgan an’anaga ko'ra, g'azallar mohiyatan ko'p mavzuli (parokanda) edi. Mustaqil baytlardan tuzilgan bunday g'azallarda mavzular mantiqan bir-biri bilan izchil bog'lanmagan (ayni ta’kid nisbiy mohiyat kasb etadi) baytlarda yoritilardi. Ularda yagona mantiqiy butunlikni vazn, qofiya, radif singari badiiy unsurlar va she’r qahramonining ichki dunyosi tasviri, shuningdek, muallifning hayotga, ishqqa, zamon va ahli zamonga munosabatini ta’minlab turadi. Alisher Navoiy ijodida tuzilishiga (g'azal misralarining joylashtirilishi) ko'ra har ikkala yo'nalishga oid g'azallar uchrasa-da, ulaming aksariyati mohiyatan musaisallik kasb etadi. Fikrimizni quyidagi g'azal bilan asoslashga harakat qilamiz: www.ziyouz.com kutubxonasi Yordin ауги ko'ngul mulkedurar sultonl yo'q, Mulkkim sultoni yo‘q, jismedurarkim, joni yo‘q. Jlsmdin jonsiz ne hosfl, ey musulmonlarkiin, ul Bir qora tufrog'dekdurkim, gul-u rayhoni yo'q. Bir qora tufh)g‘kim, yo‘qtur gul-u rayfaon anga, Ul qorong‘u kechadekdurkim, mahi toboni yo‘q. Ul qorong‘u kechakim yo‘qtur mahi tobon anga, Zulmatedurkim, a n in g sarchashmai hayvoni yo‘q. Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo'lmag'ay Do'zaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yo‘q. Do‘zaxekim ravzayi rizvondin o‘Ig‘ay noumid, Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q. Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor Hajrdin dardi-yu lekin vasldin dannoni yo‘q. (3, 252-253). Awalo, ta’kidlash joizki, mazkur g'azalda ko'zga «yarq» etib tashlanadigan san’at bargardonishdir. Ya’ni mazmunni kuchaytirish, ta’kidlab ko'rsatishga xizmat qiluvchi «takrir», takror, qaytarishdir. Ayni g'azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so'z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo'lgan g'oyaviy niyatni ta’kidlab ko'rsatishga xizmat qiladi. Masalan: «Mulkkim sultoni yo'q, jismedururkim joni yo'q, Bir qaro tufrog'dekdurkim...» va hokazo. Ikkinchidan, g'azal matlaida ifodalangan bo'liq ma’no-mazmun uning maqtaiga qadar tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, tanosub kabi san’atlar vositasida tadrijiy rivojlantirish usulida yozilgan. Unda yor-ko'ngil, mulk— sulton, jism— jon, tufrog' — gul-u rayhon, qorong'u kecha—oy, zulmat— obi hayot (tiriklik suvi), do'zax—ravzai rizvon, xumor (ichkilik, majozan ishq)—mastlig' (ilohiy fayzdan sarxushlik) kabi juftliklar o'zaro ziddiyatni hosil qilgan. Awalo, shuni ta’kidlash lozimki, matlada Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling