B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
sovg‘a topolmaydurlar. Aqldan uzoq emaski, bizning fikrimizni sezib
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
sovg‘a topolmaydurlar. Aqldan uzoq emaski, bizning fikrimizni sezib qolsa, Yodgor bundan ehtiyot bilan ish ko'rar, balki bu tomonga qo‘shin yuborib qolar» (Xondamir. 0 ‘sha asar. 35-36- betlar). 1470 yilning 23 iyulida tunda Alisher Navoiyning taklifi bilan Husayn Boyqaro qo‘shini Yodgor Mirzo ustiga yurish boshlaydi va g‘alaba qozonadi. Shahzoda qatl etilib, ulug‘ shoiming do‘sti yana taxtgat)‘tiradi. Shu bilan Xurosonda siyosiy jihatdan ancha barqarorlashgan vaziyat vujudga keladi. Shuni qayd etish lozimki, Husayn Boyqaro tasarrufidagi mamlakatda ichki nizolar hukmron saltanatning keyingi davrlariga qadar davom etib turgan bo‘lsa-da, ulaming Xuroson davlati uchun xatari va zarari u qadar katta bo‘lgan emas. Biroq Xuroson hukmdorining o‘z o‘g‘illari: Badiuzzamon Mirzo, Abulmuhsin Miizo, Kepak Miizolar bilan taxt talashib bir necha bor jang-u jadallar olib borganligi yurt osoyishtaligiga vaqti-vaqti bilan rahna solganligidan dalolat beradi. Husayn Bayqaro ana shunday ixtiloflami bartaraf etishda Alisher Navoiyga tayanar edi. Ulug‘ shoir esa xalq tinchligi, mamlakat osoyishtaligi uchun kurashish o‘zining asosiy insoniy burchi ekanligini nechog‘lik his etmasin, adib sifatida ilm va ijod bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lishni istardi. Shu bois u muhrdorlik lavozimidan iste’fo berib, bu ishni Amir Shayxim Suhayliyga topshiradi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, hijriy 876 yil www.ziyouz.com kutubxonasi sha’bon oyida (1472-yil, fevral) Alisher Navoiyning e’tirozlariga qaramay, podshoh uni amir (vazir) qilib tayinlaydi va unga amiri kabir (ulug* amir) unvonini beradi. Shuningdek, shoir amir ul- muqarrab (podshohga eng yaqin amir) unvoniga ham loyiq topilgan. Mamlakat hukmdori rasmiy jihatdan ham Alisher Navoiyning siyosiy nufuzi yuksak ekanligiga ishora qiluvchi farmon qabul qiladi. Unga ko‘ra, beklar ichida amir Muzaffar Barlosgina Navoiydan yuqoriga muhr bosishi mumkin edi. Bu, albatta, Nizomulmulk va Majididdin parvonachi singari amaldorlar qalbida Alisher Navoiyga nisbatan hasad o‘tining alangalanishiga sabab bo‘ladi. Buni teran anglagan ulug* shoir o'z shaxsining ulug‘ligini sharqona tavoze’ bilan namoyon qiladi. G'iyosiddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida ma’lumot berilishicha, Alisher Navoiy birinchi keltirilgan farmonga kamtarlik yuzasidan shunday joyga muhr bosadiki, boshqalaming undan quyiga muhr bosishining imkoni bo'lmaydi. Navoiyning vazirlik lavozimini qabul qilishini, ayniqsa, ilm va ijod ahli zo‘r mamnuniyat bilan kutib oladi hamda shoimi ulug'lovchi she’rlar, u muhr bosgan kunga atab ta’rixlar bitishgan. Alisher Navoiyning vazir (1472-1476) va yirik jamoat arbobi sifatida olib borgan faoliyatining asosiy jabhalarini uchga tasnif etish mumkin: 1.Zulm va talonchilikka chek qo*yish. «Vaqfiya» asarida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: «Iligimdan kelgancha zulum tig‘in ushotib, mazlumjarohatig'a intiqom marhamin qo‘ydim. Va iligimdin kelmaganini ul hazrat (Husayn Bayqaro) arzig‘a yetkurdim». Bundan ayonlashadiki, Alisher Navoiy Xurosondagi turli ijtimoiy tabaqa vakillari orasidagi kelishmovchiliklami bartaraf etish, yurt osoyishtaligiga rahna soluvchi ixtiloflami yo‘q qilish bilan juda jiddiy shug‘ullanadi. 2. Bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga rahnamolik qilish. Zahiriddin Bobur Mirzo ulug* shoiming bu boradagi olib borgan faoliyatiga yuksak baho berib, quyidagilami e’tirof etadi: «Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay» (Bobumoma. Toshkent: «Yulduzcha», 1990, 154-bet). Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya» madrasasi Hirot shuhratining dunyoga yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shu madrasaning janubida «Xalosiya» nomli xonaqoh ham bunyod etildi. Madrasaning g‘arbida tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan «Shifoiya» nomli bino qurilib, unga mashhur tabiblaming to‘planishi uchun imkon yaratildi. Madrasaning g‘aibida I www.ziyouz.com kutubxonasi katta Masjidi jome’, uning yonida «Dorul xuffoz» («Qoiriar uyi») nomli gumbaz barpo qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiyning kutubxonasida 70 dan ortiq xushxat kotib va naqqosh xat ko‘chirish, kitoblaiga ziynat berish bilan shug'ullangan. Shuningdek, Hirotda yana «Nizomiya», Marvda «Xusraviya» (881-hijriy, 1476 —1476 milodiy) nomli madrasalar ham Navoiy rahnamoligi asosida vujudga keltiriladi. Bulardan tashqari, Hirot va boshqa shaharlarda 10 dan ortiq xonaqoh, 20 dan ortiq masjid qurdirilganligi manbalarda qayd etiladi. Bulaming batafsil ro'yxati (to‘it yuzga yaqin) Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida deyarli tugal keltirilgan (Xondamir. 0 ‘sha asar, 66-68-betlar). Muhimi shundaki, mazkur inshootlar Alisher Navoiy ixtiyoridagi mablag'lar hisobiga qurilgandir. Xondamiming «Makorim ul-axloq»ida shahodat berilishicha, Sulton Husayn Boyqaro Mirzo shunday farmon berganki, unga binoan, Alisher Navoiy bir masalani to‘qqiz martagacha (O'sha asar, 77-bet) shoh muhokamasiga qo'yish huquqiga ega edi. Ana shunday katta ma’naviy imtiyoz sohibi bo'lgan ulug' shoiming moddiy imkoniyatlari ham kam bo'lmagan. Dastlab muhrdor, keyinchalik vaziri a’zam, Astrobod viloyatining hokimi, «Hazrati Sultonning muqarrabi» («Podshohning eng yaqin qarindoshi, odami»-bu norasmiy unvon, ammo shunday unvon sohibi davlatning katta-yu kichik ishlariga aralashish huquqiga ega edi) unvonlar sohibi bo'lgan Alisher Navoiyga feodal davlati idora usullari talablariga ko'ra, yetarii miqdorda mulk ajratilgan. «Vaqfiya» va boshqa ishonchli manbalaming qaydiga binoan, o'sha mulklardan keladigan bir kunlik daromad yetmish besh ming dinor tilloni tashkil etgan. Qizig'i shundaki, Alisher Navoiy ko'pincha zakot to'lamagan. Chunki shunday katta daromad egasi bo'lgan ulug' shoirda zakot to'lash lozim bo'lgan miqdorda o'lik jamg'arma to'planmagan. Kelgan kunlik daromad ana o'sha inshootlar qurilishi, turli maqomdagi xayriyalar, mudarris-u talabalarga to'lanadigan maoshlarga sarflangan. Shuningdek, Alisher Navoiy davlat xazinasidan maosh olmagan, aksincha, vaqti-vaqti bilan xazinaga katta miqdordagi mablag'ni xayriya sifatida berib tuigan. Bulaming barchasi yurt, el-ulus manfaatlarini ko'zda tutib amalga oshirilgan. Ko'hna tarix Alisher Navoiyday yana bir ulug' xalqparvar va saxovatli insonni ko'igan emas. 3. Dm va san’at ahliga homiylik. Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro saroyida faoliyatini boshlagach, Abusaid Mirzo tomonidan musodara qilingan ota merosi o'ziga qaytariladi. Boz ustiga, Alisher www.ziyouz.com kutubxonasi Navoiy o'ziga suyurg'ol tartibida berilgan yerlardan olgan daromadining deyarli barchasini mamlakat obodonchiligi, fuqarolarga rizq-ro‘z ulashish, ilm va san’at ravnaqi hamda davlat xazinasini yanada boyitishga sarflar edi. Zahiriddin Muhammad Bobur bu haqda quyidagi fikrlami qayd etadi: «Mirzodin (Husayn Boyqarodan) nima olmas, balki yilda Mirzog'a kuliiy mablag'lar peshkash qilur erdi» (O'sha asar, 154-bet). «Bobumoma» muallifi ayni choqda ulug' shoiming ilm va san’at ahlini doimo qo'llab-quwatlab turganiga ham e’tibomi qaratadi: «Ahli fazl va ahli hunaig'a Alisherbekcha murabbiy va muqawiy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husayn Udiykim, sozda saromad erdilar, bekning taibiyat va takviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar tasvirda bekning sa’y va ehtimomi bila mundoq mashhur va ma’mf bo'ldilar». (O'sha kitob, 154-bet). Manbalarda e’tirof etilishicha, Alisher Navoiy «Xalosiya» xonaqosidan o'ziga maxsus ajratilgan hujra va undagi kitob-u anjomlami «Ravzat us-safo» asarini yozish uchun Mirxondga beradi. Shuningdek, Sharq she’riyatining nozik bilimdoni Atoulloh Husayniy, juda ko'p fanlami chuqur o'rganib, shuhrat qozongan qomusiy olim Husayn Voiz Koshifiy singari o'nlab iste’dod sohiblari ulug' shoir tarbiyati bilan kamolga yerishdilar. Bulardan tashqari, madrasa va xonaqohda istiqomat qiluvchi kishilami oziq-ovqat, kiyim-kechaklar bilan ta’minlash; «Xalosiya» xonaqohida istiqomat qiluvchi talabalarga har yili 2000 ga yaqin po'stin, bosma chakmon, ko'ylak-ishton, taqiya va kavsh ulashish, talabalarga nafaqa tayinlash hamda madrasa, masjid- u xonaqohlarda qat’iy vaqflar belgilash kabi savobli ishlar Alisher Navoiy rahnamoligiy-u homiyligi asosida tashkil etilgandir. Bulaming barchasi Hirotning yirik madaniy-ma’rifiy markazga aylanishiga bois bo'ldi. Alisher Navoiyning Xurosonda olib borgan odilona siyosati, mamlakat obodonchiligi va ravnaqi uchun chekkan zahmatlari unga nisbatan muxolifdagi kuchlacga boshchilik qilayotgan Nizomulmulk va Majididdin kabi amaldorlar tomonidan ijobiy qabul qilinmadi, albatta. Shuningdek, mamlakat hukmdori Husayn Boyqaro surunkali aysh- ishratga berila boshladi. «Bobumoma»da bu haqda quyidagicha ma’lumotlar beriladi: «Awal taxt olg'on mahalda olti-y yetti yil toib erdi. Andin so'ngra ichkuga tushti, qirq yilg'a yovuqkim, Xurosonda podshoh erdi, hech kun yo'q edikim, namoz peshindan so'ng ichmag'ay, vale hargiz www.ziyouz.com kutubxonasi sabuhiy qilmas edi, o‘g‘lonlari va jami’ sipohig‘a va shahrig'abu hoi edi. Ifrot bilan aysh va fisq qilurlar edi». (O'sha asar, 147-bet). Natijada mamlakatning moliya ishlarini boshqarishdek mas’ul vazifa Nizomulmulk va Majididdin ixtiyoriga o'tib qoladi. Alisher Navoiy esa yurt boyligining kayf-safoga sarflanishi, xalqning amir-amaldorlar tomonidan xonavayron etilishiga yo‘1 qo'ymas edi. Nizomulmulk va Majididdin kabi g'alamis amaldorlar Alisher Navoiy bilan hisoblashishga majbur edilar. Hatto, undan hayiqib ham turardUar. Alisher Navoiy saroyda vujudga kelgan nosog‘lom muhit bilan chiqisha olmasligiga ishonch hosil qilib, 1476-yilda vazirlikdan iste’fo berilishini shohdan qat’iy talab qiladi. Xondaimir «Makorim ul-axloq»da voqeani quyidagicha bayon qiladi: Navoiy: «Bir necha yil «Xalq o'rtasida hukmronlik qilsangiz, adolat bilan hukm yuriting»,-so'zlariga amal qilib; Bayt: Zi mansab го*у dar bemansabi neb, Ki az har mansab bemansabi beh. Mazmuni: Mansabdan mansabsizlikka yuz tut, Chunki har qanday mansabdan mansabsizlik yaxshi. degan naqlning mazmuni ni xotirdan o‘tkazib, amirlik mansabidan ifle’fo berdi. Sulton Sohibqiron ham ul hazratning ko'ngil istagini muborak ko'ngli orzusidan yuqori qo'yganlikdan, bu xususda unga hamfikr bo'ldi». (Xondamir. Makorim ul-axloq, 64-65-betlar). Alisher Navoiy rasman vazirlikdan iste’fo bergan bo‘lsa-da, Xurosonning eng nufuzli siyosiy aibobi sifatida faoUyatini davom ettirdi. Ulug' shoir podshohning «begi emas edi, balki musohibi» (Bobur Mirzo) sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga faol ishtirok etib, o'z mavqeini yanada oshira bordi. Alisher Navoiyning hajga borish orzusi ayrim sabablarga ko'ra qoldirilganligi bois, u Husayn Boyqarodan Hirot chekkasidagi Gozuigoh va unda joylashgan Abdulla Ansoriy (1006- 1088) maqbarasi «jo'robkashligi» vazifasini o'z ixtiyoriga topshirishni so'raydi. Podshoh ulug' shoiming ushbu taklifmi mamnuniyat bilan qabul qiladi va o'sha istakka muvofiq farmoni oliy ham beradi. Ulug' shoiming sa’y-harakatlari bilan «Piri Hirot» (Abdulla Ansoriyning laqabi) maqbarasi Xuroson poytaxtining eng so'lim go'shalaridan biriga aylanadi. Fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiyning o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ulug* shoir naqshbandiya tariqatining Xurosondagi yirik arbobi Nuriddin Abdurahmon Jomiyni irshod yo'lini ko'rsatuvchi pir sifatida tanlaydi. Pir-u muridlik munosabatlari tufayli bu ikki buyuk iste’dod sohibi orasidagi hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanadi va o'zining sermahsul ijodiy samaralarini bera boshlaydi. (Bu haqda mufassal ma’lumot uchun murojaat qilinsin: Vohidov R. Sharqning buyuk allomasi. Toshkent: «Fan», 1989). Hirotda bu ikki iste’dod sohibi sa’y- harakatlari bilan vujudga kelgan gavjum madaniy-adabiy muhit hamon ibrat maktabidir. XV asming ikkinchi yarmida Hirot madaniy hayotida Shayxim Suhayliy, Atoulloh Mahmud Husayniy, Husayn Jaloyir (Tufayliy), Muhammad Solih, Ahliy, Ohiy, Osafiy, Hiloliy, Binoiy Hotifiy, Mir Husayn Muammoiy, Sayfi Buxoriy, Abdullohiy, Mulla Muhammad Badaxshiy, Yusuf Bediliy kabi ijod ahli muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, Mirxond va Xondamir kabi tarixchilar; Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali, Abdujamil kotib kabi usta xattotlar; Behzod, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib singari nomdor musawirlar; Xoja Yusuf Burxon, Mavlono Alishoh, Xoja Abdulloh Marvariy, Shayxi Noyi, Qulmuhammad Udiy, Shohquli G'ijjakiyday hofiz-u sozandalar ham davr ilmiy-ma’naviy saviyasini ko'tarishda munosib hissa qo‘shdilar. Hirotda vujudga kelgan bunday yirik madaniy-adabiy muhit Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaroni ham befarq qodirgani yo‘q. Shunday mavjli adabiy hayotning boshida turib, gurkirab o'sishi uchun mo“tadil vaziyat yaratib bergan podshohning o‘zi ham badiiy ijod bilan shug‘ullanar, ilm va san’at ahlini doimo qo‘llab-quwatlab turar edi. Alisher Navoiy bunday jarayondan ham chetda turgan emas. U 1472-1476-yillarda Sulton Husayn Boyqaroning amr va istagi bilan birinchi rasmiy she’rlar to‘plami «Badoyi’ ul-bidoya» («Badiiylikning ibtidosi») devonini tartib berdi. 1476-1483-yillarda ikkinchi devon «Navodir un-nihoya» («Nihoyasiz nodirliklar») vujudga keldi. 1481-1482-yillarda Alisher Navoiy «Vaqfiya» asarini yozdi. Vaqf— biror xayrli ishning sarf-u xarajatini ta’min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulk bo'lib, shoir mazkur asarida vaqf yerlardan tushadigan daromadlarini qat’iy tartib asosida sarflanishiga e’tibomi qaratadi. Adib yashagan davrda madrasa-yu xonaqohlaming ta’minoti vaqflar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Asar muallifi mana shunday inshootlaming barpo etilishiga rahnamo bo'lgan bunyodkor sifatida ulaming ravnaq topishiga doir qarashlarini «Vaqfiya»da bayon etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiy XV asming 70-yillarida yetuk shoir sifatida shakllangan, uning she’rlari Xuroson-u Movarounnahr sarhadlaridan o‘tib, ko‘plab muxlislar qalbiga yo‘1 topishga ulgurgan edi. Shoiming badiiy iqtidori yirik epik asarlar ijod etishga qodir ediki, turkiy xalqlar orasida ana shunday noyob asarlaiga ehtiyoj nihoyatda baland edi. Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i bilan xamsachilik maktabiga asos soldi. Undan keyin bu ijodiy yo‘lni fors-tojik adabiyotining yirik vakili Amir Xusrav Dehlaviy muvaffaqiyatli davom ettirdi. XV asming 70-80-yillarida adabiy musobaqa maydoniga Nuriddin Abdurahmon Jomiy kirdi va у yetti dostondan iborat «Haft avrang» («Y yetti osmon»)ni bunyod qildi. XV asrda yashab ijod etgan shoirlar orasida Mavlono Ashraf, Ali Ohiy, Mavlono Kotibiy, Mavlono Faseh Rumiy, Xoja Hasan Xizrshoh, Mavlono Abdullo singari qalam ahli Nizomiy «Panj ganj»i yoki uning ayrim dostonlaridan ta’sirlanib o‘z asarlarini yaratgan bo‘lsalar-da, ulardan aksariyati mukammal xamsa yaratish sharafiga muyassar bo‘la olmadi yoki o'sha qalamkashlardan anchaginasi xamsa yaratishdek ulkan ijodiy maqsadni o‘z oldida vazifa qilib qo‘ygan emasdi. Alisher Navoiy esa xamsa yozishdek mas’uliyatli ishni turldyda amalga oshirish niyatida ekanligini Abdurahmon Jomiyga bildiradi va ustozi ulug‘ shoimi shunday ulkan ishni tezroq amalga oshirishga da’vat etadi. 1483 yilda Alisher Navoiy xamsa yozishga kirishdi. Ellik ikki ming ikki yuz o‘ttiz satrdan iborat besh dostondan tarkib topgan bu noyob ma’naviy xazina juda qisqa muddatda, 1483-1484 yillarda yozib tugatildi. Ikki yildan sal ortiqroq davr ichida vujudga kelgan bu nodir adabiy durdonaning falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etuvchi ilk dostoni «Hayrat ul-abror» 1483 yilda, shu yili boshlangan «Farhod va Shirin» dostoni 1484 yil boshida, «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» dostonlari shu yilning o‘rtalarida 0‘umod us-soniy (iyun)) yozila boshlangan, so‘nggi «Saddi Iskandariy» dostoni 1484 yilning dekabrida yozib tugatilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»dek yirik asami turkiy tilda ijod etish bilan band bo'lishiga qaramay, yirik siyosiy arbob sifatida Xurosonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham juda faol ishtirok etdi. Shoir «Saddi Iskandariy» dostonida ulug‘ salafi Nizomiy Ganjaviy uzoq muddatda «Panj ganj»ini yozganligini e’tirof etarkan, uning ijtimoiy- siyosiy hayotdan uzilib badiiy ijod bilan band bo'lganligini yengil tanqid ham qiladi: www.ziyouz.com kutubxonasi Necha tojvardin topib parvarish, Ishi bu o‘ttiz yilda erdi bu ish. Ne el mehnatidin maloli anga, Ne bu ishdin o‘zga xayole anga. (MAT.I 1. 568-b.). Nizomiy Ganjaviydan keyin xamsachilikda dong taratgan Xusrav Dehlaviy haqida shoir «Saddi Iskandariy»da: «Necha vaqt aning ishi bu edi»,-deb yozadi. Nega Alisher Navoiy bunday ta’qidga urg'u berayotir? Gap shundaki, ulug‘ shoir «Xamsa» yozishga kirishgan yillarda katta ijtimoiy-siyosiy vazifalar bilan band edi. U butun kuch-quwatini Xuroson davlatini mustahkamlash, el-ulus farovonligini ko‘tarish, mamlakatda adolat o'matish kabi ezgu ishlarga sarf qilgan. Ustod Sadriddin Ayniy ta’biri bilan aytganda, Alisher Navoiy ayni yillarda badiiy ijod bilan nuqul istirohat va uyqu hisobidan shug‘ullangan. Masalaning ana shu jihatlarini nazarda tutgan ulug* shoir Shayx Nizomiyni jindak tanqid qilayotir. Faqat badiiy ijoddan boshqa tashvish-taraddudi bo‘lmagan ganjalik sohir qalam sohibining «Panj ganj»ni bunyod etish uchun o‘ttiz yil umr sarflashi Alisher Navoiyga sal malol kelgan ko‘rinadi: Ki, aqli musohib shitob aylasa, Deyilgan zamonni hisob aylasa. Yig‘ishtursa bo‘lmas bori olti oy, Ki bo‘ldung bu ra’noga suratnamoy. (MAT, 11. 569-b.). «Xamsa» — Alisher Navoiy ijodining eng nodir namunasi bo'lib, u yaratilgan paytdan e’tiboran muallifning benihoya yuksak iste’dodidan darak berdi, g'oyat ЬаЦпб baholarga sazovor ko‘rildi. Jumladan, «Xamsa» bilan birincfritenian bo‘hb tanishish sharafiga muvaffaq bo'lgan Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling