B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
Nuriddin Abdurahmon Jomiy o'zining «Xiradnomai Iskandariy» asarida
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
Nuriddin Abdurahmon Jomiy o'zining «Xiradnomai Iskandariy» asarida bu nodir yaratmaga juda yuqori baho beradi. Zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqaro esa turkiy tilda vujudga kelgan ayni noyob badiiyat namunasi muallifiga Hirot ahli oldida juda katta hurmat va ehtiromini namoyon qiladi. Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoe* ul-vaqoe’» asarida ma’lumot berilishicha, Husayn Boyqaro o'zining bayram va zafar kunlarida minadigan oltin egar-jabduqli oq otiga o'tqizib, o'zi unga jilovdorlik qiladi. Podshohning yurtning ulug' shoiriga bo'lgan bunday oliy darajadagi munosabatini tarix sira ko'rmagan edi. Yuqorida qayd etilganidek, mamlakat ishlarining aksariyati Nizomulmulk va uning tarafdori Majididdin Muhammad ixtiyoriga www.ziyouz.com kutubxonasi o'tgandan keyin, ular shohning ishonchini to‘la qozonish uchun harakat qila boshlaydilar. Ayniqsa, Majididdin Muhammad bu ishga qattiq kirishadi. Bir paytlar Alisher Navoiyning talabi bilan saroydan uzoqlashtirilgan bu amaldor oldingi mavqeni tiklash, katta mansabni egallash uchun payt poylardi. Husayn Bayqaro xazinasining bo‘shab qolishi Majididdin Muhammadga qoi keldi. «Bobumoma»da ma’lumot berilishicha, Majididdin parvonachi (shohning yordamchisi) bo'lib yuigan paytlarida, Husayn Boyqaroga ozroq mablag1 zarur bo‘ladi. Shoh devondagi amaldorlaiga murojaat qilganida, ular shohning talabini qondirish imkonsiz ekanligini bildiradilar. Shunda Majididdin Husayn Boyqaroni xilvatga tortib, mamlakatning butun inom-ixtiyorini menga topshirsangiz, tilagingizni amalga oshiraman, - deydi. Podshoh uning istagini bajarishga majbur bo'ladi. Majididdin qisqa muddatda Husayn Boyqaroning talabini qondiradi. (Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobumoma, 159-bet.) Xuroson hukmdori bu «tadbirli» mulozimini vazir lavozimiga tayinlamoqchi bo'ladi. Sulton Husayn Boyqaro Mirzoning Majididdinni mansab pillapoyalariga ko'tarish yo'lidagi harakatlari, tabiiyki, Alisher Navoiyga xush kelmaydi. Zimdan ulug' shoir va vazir o'rtasidagi nizolar alanga ola boradi. Majididdin atrofiga tarafdorlar to'plab, shoh va shoir o'rtasidagi munosabatga rahna solish yo'llarini izlaydi. Majididdin Muhammad va uning tarafdorlari Alisher Navoiyni poytaxtdan uzoqlashtirishga harakat qila boshlaydilar. Husayn Boyqaro saroydagi tarafkashliklarga chek qo'yish maqsadida Alisher Navoiyni Xurosonning chegara viloyati Astrobodga hokim qilib tayinlaydi. Ayni choqda shoh bu tadbiri bilan shoiming izzat-hurmatini saqlashga ham erishishni ko'zlaydi. Astrobod Xurosonning Kaspiy dengizi atrofida joylashgan chegara viloyati bo'lib, tabiatiniug go'zalligi bilan ajralib turadi. Viloyatda ipakchilik taraqqiy etgani bois qo'shni mamlakatlar bilan savdo- sotiq ishlari keng yo'lga qo'yilgan edi. Umuman, Astroboddan keladigan daromad Xuroson xazinasi hajmining teng yarmini tashkil etardi. Husayn Boyqaro davridagi iqtisodiy hamda xorij bilan savdo-sotiq qilish nuqtai nazaridan nihoyatda yuksak mavqega ega bo'lgan bu viloyatni idora qilish taxt vorisi yoki podshohning eng ishonchli kishisiga ishonib topshirilar edi. Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq ilmiy-badiiy asarlarda uning Astrobodga yuboriUshi sal kam ikkinchi surgun ma’nosida talqin qilinadi. Aslida, masalaga bunday munosabat u qadar ma’qul emas. To'g'ri, Alisher Navoiyning ruhiy www.ziyouz.com kutubxonasi holati, uning Hirotga bo‘lgan yuksak muhabbati, yurt poytaxtida sodir bo'layotgan noxush harakatlar nuqtai nazaridan siyosiy voqealaiga baho beriladigan bo'lsa, Husayn Boyqaro Mirzoning bu farmoni oliysi ulug* shoir qalbidagi gap emas edi. Ammo hamma tadbirlarga yurt taqdiri taqazosi bilan baho berishga odatlangan ulug‘ shoir Xuroson davlati uchun katta ijtimoiy-siyosiy, moddiy-hududiy ahamiyat kasb etuvchi Astrobod hokimligi vazifasini qabul qildi va buni muxoliflarining g‘alabasi ma’nosida talqin etmadi. Shunday qilib, buyuk mutafakkir 1487 yilda Bobo Ali va Amir Badriddinni olib Astrobodga jo'nab ketadi. Astrobod xalqi va u yerdagi ziyolilar Alisher Navoiyni g'oyatda samimiy bir ruhda qarshi oladi. Ulug‘ shoir siyosiy faoliyatining dastlabki kunlaridanoq davlat idora ishlarida ma’lum tartib o‘matishga kirishadi. Markazdan ancha yiroqda bo'lganligi bois o‘z xoxishicha ish yuritib xalq ahvolini juda qiyinlashishiga sababchi bo'lgan hokim va amaldorlarga nisbatan tegishli choralar ko'radi. Alisher Navoiy Astrobodga hokim bo'lib kelgandan so'ng Husayn Boyqaro saltanatiga xavf solib kelgan Mozandaron va Juijon viloyatlarining hokimlari o'z ixtiyorlari bilan Xuroson davlatiga tobe’ bo'lganliklarini bildiradilar. Turkman sultoni Ya’qubbek qimmatbaho sovg'alar bilan ulug' shoimi tabriklaydi. Qo'shni Ozarboyjon va Iroq hukmdorlari Alisher Navoiy tufayli Xuroson bilan do'stona munosabatlami qayta tiklaydilar. Shunday qilib, Sulton Husayn Boyqaro mamlakatining g'aibiy chegarasida barqaror siyosiy vaziyat vujudga keladi. Xondamir ma’lumotiga ko'ra, Alisher Navoiy olib boigan adolatli siyosat tufayli Astrobod mamlakatdagi obod va ma’mur o'lkalardan biriga aylanadi. Alisher Navoiy mamlakat poytaxtida Sulton Husayn Boyqaroning ishonchini qozongan Majididdin boshliq bir guruh amaldorlaming saroyda fisq-u fasod, nifoq urug'ini sochayotganlaridan nihoyatda tashvishga tushadi. Shu bois ulug' shoir Hirotga qaytish istagini bildirib, Sulton Husayn Boyqaroga maktublar yozadi. Biroq shoh Alisher Navoiyning istagini qondirmaydi. Bunday noxush munosabatdan tang ahvolga tushgan ulug' shoir Amir Badriddinni o'z o'mida qoldirib, Hirotga yo'l oladi va shohdan poytaxtda qolishni iltimos qiladi. Ammo ikkinchi kuniyoq shohdan Astrobodga qaytish haqida farmon oladi. Shunday qilib, ulug' shoir sal kam ikki yil bu viloyatda hokim lavozimida faoliyat ko'rsatadi. Nihoyat, dushmanlarining Alisher Navoiyga uyushtirgan suiqasdlari fosh etilgach, Sulton Husayn Boyqaroning www.ziyouz.com kutubxonasi farmoni bilan Hirotga qaytishga muyassar bo‘ladi. 1489-yilda Xuroson hukmdorining to'ng'ich o‘g‘li Badiuzzamon Mirzo Astrobodga hokim etib tayinlanadi. 7.5. Shoir hayotining so‘nggi yillari 1488-yilda poytaxtga qaytgan Alisher Navoiy shoh saroyida biror rasmiy lavozimda faoliyat ko‘rsatishni istamaydi. Biroq Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni davlatni idora qilish ishlaridan chetda qolishini xohlamaydi va unga «muqarrabi hazrati sultoniy», ya’ni «hazrati sultonning eng yaqini» degan unvonni beradi. Bu unvonga ko‘ra, Alisher Navoiy garchi biror rasmiy lavozimda bo‘lmasa-da, davlat tashvishlaridan mutlaqo xoli ham emas edi. Ta’kidlash joizki, Alisher Navoiyga munosabat masalasida shohning qarashlari bot-bot o‘zgarib turgan. Saroyda faoliyat ko'rsatayotgan ulug' shoir dushmanlarining Sulton Husayn Boyqaroga ta’siri kuchaygan paytlarida u muxolifatdagi mulozimlar irodasiga moyillik ko'rsatishdan o'zini tiya olmagan. Biroq bunday vaziyat tezda o'z kuchini yo'qotgan va Sulton Husayn Boyqaro maktabdosh birodaridan samimiyatini darig* tutmagan. Lo'nda aytadigan bo'lsak, sotsialistik realizm qoliplari asosida bunyod etilgan badiiy asarlarda ifodalanganidek, shoh va shoir o'rtasidagi munosabatlarda «antogonistik» ruh hukmronlik qilgan emas. Mumtoz manbalar sahifalari orqali yetib kelgan ma’lumotlar ana shunday dalil-xulosalaiga kelish asosini beradi. «Muqarrabi hazrati sultoniy» sharafli unvoni bilan siylangan Alisher Navoiy saroy muhitidagi ig'vo va fisq-u fujurlardan ham xoh bo'lmagan. Babe viloyatini muvaqqat boshqarib turgan ulug' shoiming inisi Darvesh Ali bunday siyosiy nayranglardan qattiq ranjigan va shohga qarshi isyon ko'taigan. Shoiming dushmanlariga bu ancha qo'l keladi. Majididdin Alisher Navoiyni isyonni uyushtirganlikda ayblaydi. Natijada ulug' shoir buning bo'hton ekanligini isbotlash uchun Sulton Husayn Boyqaro qo'shini bilan Balxga borib isyonni bartaraf qilishga hissa qo'shadi. 1490-yilda Majididdin tomonidan uyushtirilgan ig'volar fosh etilib, u vazirlik lavozimidan chetlashtiriladi. Bu mansab yana qayta Nizomulmulkka tegadi. Fisq-u fasod va nizo umg'ini sochishda Majididdindan qolishmaydigan Nizomulmulk temuriylar o'rtasida o'zaro nifoq o'tining yanada alangalanishiga zamin hozirlab turadi. Poytaxtda, www.ziyouz.com kutubxonasi saroyda turli nizolar kelib chiqa boshlaydi. Shohzodalar mamlakatni bo'lib olishga intiladilar. Balxda Darvesh Ali bilan Sulton Husayn Boyqaro sulh tuzishga erishgan bo‘lsa-da, har narsadan hadiksiraydigan bo'lib qolgan podshoh uni zindonga tashlaydi. Ana shunday siyosiy tang bir davrda Abusaid Mirzoning o'g'li Sulton Mahmud Mirzo Hisorda Sulton Husayn Boyqaroga qarshi urush boshlaydi. Xuroson hukmdori katta o'g'li Badiuzzamonni Astroboddan chaqirtirib oladi va Alisher Navoiyni Balxda qoldirib, o'zi Hisorga jo'naydi. Husayn Bayqaro Sulton Mahmud Mirzo bilan murosaga keladi va Hirotga qaytishda Babe viloyatini idora qilishni Badiuzzamonga topshiradi. Badiuzzamon otasining farmoniga ko'ra, Babcga yo'l olganda, u o'z o'miga o'n uch yoshli o'g'li, Husayn Boyqaroning sevikli nabirasi Mo'min Miizoni Astrobod hokimi sifatida qoldirgan edi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiy bilan Hirotga qaytgach, shoh sevikli xotini Xadichabegimning talabi bilan undan bo'lgan o'g'li Muzaffar Mirzoni Astrobod hokimi vazifasiga tayinlash haqida farmon beradi. Bu esa o'z navbatida shahzoda Muzaffar Mirzoni taxt vorisi deb e’lon qilingani edi. Mazkur farmon ota va katta o'g'il o'rtasida jiddiy nizoning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Badiuzzamon Mirzo Mo'min Mirzoga Astrobodga Muzaffar Mirzoni yo'Iatmaslik haqida buyruq beradi. Oqibatda mamlakat yana jang-u jadallar maydoniga aylanadi. 1496-yilda Husayn Boyqaro tomonidan Alisher Navoiy sulh tuzish niyatida Balxga yuboriladi. Shahzoda Badiuzzamon shoimi yaxshi qabul qiladi, biroq otasining uni qo'lga tushirish haqidagi o'ta maxfiy farmonidan voqif bo'lib, sulh haqidagi fikridan qaytadi. Alisher Navoiy vaziyatning bunday tus olishidan iztirobga tushadi. Umidsizlanib, Hirotga qaytishga majbur bo'ladi. Ota va o'g'il o'rtasida yana qonli urush kelib chiqadi, jangda Badiuzzamon yengiladi. Mo'min Mirzo Muzaffar Mirzo tomonidan asir olinib, tezda Hirotga jo'natiladi va Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo'yiladi. Xadichabegim Nizomulmulk bilan til biriktirib, Mo'min Mirzoni qatl etish haqida farmon tayyorlaydilar va may ichib sarxush bo'lgan shohga bu mudhish farmonga muhr bostirishga erishadilar. Kayfi tarqagan Husayn Boyqaro ertalab farmonini rad etadi, biroq mayparast shoh kechikkan edi. Hukm ijro qilinib, Amir Temur Ko'ragon xonadonining tenggi yo'q iste’dodli farzandi Mo'min Mirzo vahshiyona qatl etiladi. Bu voqea 1497-yilning oktabrida yuz beradi. Shahzoda Mo'min Mirzo vafotidan uch kun o'tgach, imom Rizo www.ziyouz.com kutubxonasi hazratlarining mazori ziyorati uchun Mashhadga ketgan Alisher Navoiy Hirotga qaytadi va bu og'ir xabami eshitib juda qattiq iztirob chekadi. Badiuzzamon otasidan intiqom olish uchun yana jangga otlanadi. Mo‘min Mirzoning o‘limidan so‘ng Xuroson ota va o'g'illar o'rtasida kechgan juda ko‘p janglaming shohidi bo'ladi. Alisher Navoiy musulmonlikning farz amallaridan biri bo'lgan hajga borishni juda ko'p vaqtlardan buyon ixtiyor etardi. Biroq Xurosondagi notinchliklar uning bu istagining amalga oshishiga doimo to'siq bo'lib kelardi. Ulug' shoir ko'nglidagi o'sha ezgu niyatini amalga oshirish uchun muqaddas Mashhad tarafga yo'l oladi. Husayn Boyqaro esa 1499-yilda yana bir o'g'H Abulmuhsin bilan jang olib borayotgan edi. Ota va o'g'il orasida sulh taklifi qo'yiladi. Abulmuhsin otasi tarafidan sulh tuzish uchun Alisher Navoiyning yuborilishini talab etadi. Husayn Boyqaro Mashhadga chopar yuboradi. Alisher Navoiyga shohning maktubi yetkaziladi. Unda hajga borish uchun yo'l tinch bo'lishi shartligi, Iroq va Ozarboyjon fitna va g'avg'o ichida qolganligi qayd etilgan edi. Shuningdek, maktubda Alisher Navoiyning Maivga kelishi bilan ota va o'g'il o'rtasida sulh tuzish imkoniyati vujudga kelishi bayon qilingandi. Shoir Mashhadning ulug'lari bilan kengash qiladi va haj safarini keyinga qoldirib, yurt osoyishtaligi uchun Maivga qaytishga qaror qiladi. Husayn Boyqaro va shahzoda Abulmuhsin o'rtasida sulh tuziladi. Oradan ikki-uch kun o'tgach, Alisher Navoiy hajga bormaganligi uchun Hirotga qaytib, Abdulla Ansoriy mazorida jo'robkashlik mansabiga tayinlanishi haqida yorliq berilishini shohdan so'raydi. Mirxondning «Ravzat us-safo»sida Husayn Boyqaro shoiiga quyidagicha javob qaytaiganligi qayd etilgan: «Modomiki, Siz mening mamlakatimda bor ekansiz, nimaiki tilasangiz va iltimos qilsangiz, muqarrarkim, qabul sharafiga musharraf bo‘lg‘usidir». (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 1986, 57-bet). Ayni tafsilotlar G'iyosiddin Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida ham batafsil bayonini topgan (O'sha asar. 78-86-betlar). Alisher Navoiy umrining so'nggi yillarini Abdulla Ansoriy qabrini obod qilish va ijodga bag'ishladi. Alisher Navoiy umrining keyingi o'n yildan ziyodroq davrini (1488- 1501) juda katta ilmiy-badiiy, ilohiy-irfoniy merosning vujudga kelishiga sarfladi. Shoir yirik hajmli liro-epik asar «Xamsa»sini yaratgandan so'ng, nasrda barakali ijod qildi. 1488-yili «Tarixi muluki Ajam» («Ajam - g'ayriarab shohlari tarixi») asarini yozdi. Unda muallif qadimiy tarixiy manbalar bilan biiga xalq o'rtasida Ajam hukmdorlari taqdiriga aloqador www.ziyouz.com kutubxonasi mavjud afsonalarga e’tiborini qaratadi. Bundan maqsad o‘tgan shohlarning hayoti va qilgan ishlari bayoni asosida zamondosh hukmdorlarga saboq bermoqdan iborat edi. Asar «Muhokamat ul- lug‘atayn»da «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar qaymog'i») tarzida ham tilga olinadi. Bunday urinish tasodifiy emas, albatta. Aslida ulug‘ shoir Sulton Husayn Boyqaro davri tarixini yozishni niyat qilgan. Tilga olingan ikki tarixiy asar ana o'sha «Zubdat ut-tavorix»ning kirish qismlari hisoblanadi. Taassuflar bo'lsinki, ulug' shoiming umri vafo qilmadi va zikri o'tgan asar nihoyalanmay qoldi. Shuningdek, Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Anbiyolar va hokimlar tarixi») hamda «Siroj ul- muslimin» («Mo'minlar yog'dusi») (1488) asarlari ham pand va ibrat bo'larli ilohiy-irfoniy hikoyatlardan tarkib topgan. XV asr 80-yillarining oxiri 90-yillarining boshlarida shoir bir necha musibatlar bilan yuzma-yuz keldi. Alisher Navoiyning yaqin do'sti va ustozlari Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493)lar ketma-ket vafot etishdi. Adib ularga bag'ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli tarixiy-yodnoma asarlarini yozdi. 1491-yilda shoir muammo janri va uning o'ziga xos qonun-qoidalariga bag'ishlangan «Risolai mufiadot dar fanni muammo» asarini yaratdi. Asarda eng murakkab she’riy janr sanalgan muammoning nazariy masalalaridan bahs yuritiladi va juda ko'plab muammolaming echilish usullari ko'rcatiladi. Ma’lumotlarga ko'ra, bu asar o'z davrida yuksak baholangan edi. Hatto Nuriddin Abdurahmon Jomiy uni o'g'li Ziyouddin Yusufga darslik sifatida tavsiya qiladi. Pag'ambar hadislari ta’sirida qirq qit’ani o'z ichiga olgan «Aibain», Hazrat Alining «Nasr ul-laoliy»sidan joy olgan hadislar asosida, 266 ta ruboiydan tashkil topgan «Nazm ul-javohii> ham shu yillarda ijod etilgandir. 1491-1492-yillaida «Majolis un-nafois» («Nafosat ahlining majlislari») tazkirasining birinchi va 1497-1498- yillarda esa 460 ijodkor hamda tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beruvchi ikkinchi tahririni (refekiyasini) yaratdi. 1492 yilda Alisher Navoiy adabiyot nazariyasiga oid «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o'lchovi») risolasini nihoyasiga yetkazdi. Bunda aruz vazni va unga xos xususiyatlar ilk bor o'zbek tilida o'zimng yetarii talqinini topadi. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‘a» («Balog'at ilmlari») asari ilm ahliga ma’lum qilinganga qadar (1993) yuqoridagi fikr o'z kuchini saqlab keldi. «Funun ul-balog'a»ning 1436- 1437-yillarda Ulug'bek Miizo daigohida yaratilganligi va besh qismdan www.ziyouz.com kutubxonasi iborat bu asar bir baxshining turkiy aruzga bag‘ishlanganligi inobatga olinsa, «birinchi»lik ma’lum ma’noda tahriiga uchraydi. Ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy mazkur muallif va uning asaridan bexabar ko‘rinadiki, ulug* adib u haqda xomush qoladi. 1491-1492-yillarda shoir turkiy tilda yozgan barcha she’riy asarlarini to‘plab, yaxlit bir devon tuzishga kirishadi. Ushbu yig'ma devonlaming tartib berilishi 1497-1498-yillaiga qadar davom etadi. Yig'ma devonlar to‘rt qismdan iborat bo'lib, unda inson umrining yoshlik, yigitlik, o‘rta yoshlik va keksalik singari bosqichlari yilning to'rt fasliga qiyosan nisbat beriladi. Majmualar har bir to'plami o‘ziga xos alohida tugal devon shakliga ega. Uning birinchi kitobi «G'aroyib us-sig‘ar» («Yoshlik ajoyibotlari»), ikkinchisi «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»), uchinchisi «Badoe’ ul-vasat» («0‘rta yoshlik go‘zalliklari»), so‘nggi devon «Favoid ul-kibar» («Keksalik foydalari»)dir. Bulaming umumiy sarlavhasi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») deb nomlandi. Ulug' shoiming ayni ijodiy tajribasi o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida katta voqea bo‘ldi. 1495-1496-yillarda shoir yana bir yirik asari «Nasoyim ul-muhabbat» tazkiiasini nihoyasiga yetkazdi. Ushbu asar Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» («Do‘stlik tarovati») nomli asarining erkin-ijodiy taijimasidir. Sharqning 770 ta shayxi haqidagi ibratomuz manoqib lavhalardan tarkib topgan ushbu asarda tasawuf tariqatlari, qonun-qoidalari, so'fiylarga xos xususiyatlar o'zining ilmiy ifodasini topgan. 1498-1499-yillada shoir Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asariga javoban falsafiy Uohiy-irfoniy, axloqiy-ma’naviy mohiyat kasb etuvchi «Lison ut-tayr» («Qush tili») dostonini yaratdi. Ulug‘ adib shu yillarda maktublarini to'plab, «Munshaot» («Munshaoti turkiy» va «Munshaoti forsiy» - turidy hamda forsiy maktublar) tartib berdi. Shuningdek, turkiy tilning afealliklaridan bahs etuvchi mashhur qomusiy asari «Muhokamat ul-lug'atayn» («Ikki til muhokamasi»)ni vujudga keltiidi. 1500-yilda yozilgan «Mahbub ul-qulub» («Ko'ngillarning sevgani») Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling