B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
bilan qo'llab-quwatlardi.» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
bilan qo'llab-quwatlardi.» (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 1985, 15-bet). Ko'rinadiki, mamlakat hukmdori Abulqosim Bobur Mirzo bo'lg'usi shoiiga homiylik qildi, uning favqulotda iste’dodining shakllanishida imkoniyat yaratdi. Alisher Navoiy maktabda o'qib yurgan kezlarida Qur’oni karim mutolaasidan so'ng, Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning «Guliston», «Bo'ston»asarlarini ham o'qigan.Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod olgan. Bu haqda u «Lison ut-tayr» dostonida katta ishtiyoq bilan yozgan edi. 7-8 yoshlaridan badiiy ijod bilan shug'ullana boshlagan Alisher 10-12 yoshligidanoq badiiy tafakkurining kengligi, go'zallik, nafosatni teran ilg'ashi va ulami rangin baytlarda nazokatli badiiylashtira olishidan darak beruvchi noyob she’rlari bilan Hirotdagi yirik shoirlar diqqatini o'ziga jalb etdi. Davlatshoh www.ziyouz.com kutubxonasi Samarqandiyning ma’lumotiga ko'ra, yosh Alisher Abulqosim Bobur Mirzo davrida ilm olish uchun juda ko‘p sa’y-harakatlar qiladi. Zamonasining taraqqiyparvar ziyoliylari bilan tanishadi va ulaming suhbatlarida bo‘ladi. Yoshlik chog‘idanoq zullisonayn shoir sifatida elga taniladi. Buyuk mutafakkir «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida umrining yoshlik va yigitlik fasllarini xotirlab: «ko'prak she’rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash’ori va rangin abyotidin ellik mingdan ortuq yod tutupmen»,-deya iftixor bilan ta’kidlaydi. Alisher Navoiy haqida ilk yaxlit asar-«Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar»)ni yaratgan G'iyosiddin Xondamir uning «yagonai davron» Mavlono Lutfiy bilan muloqotlaridan biri haqida zo‘r qoniqish bilan hikoya qiladi. Unda naql qilinishicha, «malik ul-kalom» («so‘z mulkining podshohi»—Alisher Navoiy bahosi) Mavlono Lutfiy yosh Alisherdan yangi yozilgan she’rlaridan birini o‘qib berishini so'raydi. Voqealaming keyingi tafsiloti haqida «Makorim ul-axloq»da o'qiymiz: «Mavlono Lutfiy — so'z lutfida yagonai davron edi. Undan ilgari hech kim turkiy tilda she’mi undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to'lib, yigitlik davri boshlangan paytlarda, bir kuni Lutfiy xizmatig'a bordi. Lutfiy: «O'z nozik fikrlaringizning natijalaridan yuzaga chiqqan bir g'azalni o'qish bilan bizni bahramand qilsangiz», -deb iltimos qildi, ul hazrat bir g'azal o'qidi, uning matlai mana shu: Orazin yopqoch, ko'zumdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh. Mavlaviy janoblari-bu alangali g'azalni eshitish bilan hayrat dengiziga cho'mib, shunday deydi: «Volloh, agar muyassar bo'lsa edi, o'zimning o'n-o'n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g'azalga almashtirardim va ishning yuzaga chiqishini zo'r muvafiaqiyat hisoblardim». (Xondamir. Makorim ul-axloq. Toshkent, 1967,44-45-betlar. Mazkur g'azal haqida mufassil ma’lumot uchun murojaat qilinsin: R.Vohidov. Navoiy dahosiga Lutfiy bahosi. «Navoiyga armug'on». 4-kitob. «Fan», Toshkent-2004). Shunday qilib, turkiy ijodida «Navoiy», forsiy asarlarida «Foniy» taxallusini qo'Hagan Alisher XV asming 40-50 yillarida o'qish, o'rganish, badiiy ijod bilan juda jiddiy shug'ullandi. Manbalarda qayd etilishicha, zamonasining mashhur musiqashunosi Xoja Yusuf Burhondan musiqa, shoir va olim Darvesh Mansurdan aruz ilmini o'rgandi, tarix, adabiyot, husnixat va san’atning yana bir qator turlarini teran o'rgandi. www.ziyouz.com kutubxonasi Alisher Navoiy otasidan ancha erta (1456 yilda) ajraldi. Hayotidagi bu ko'ngilsiz voqealar uni tobora ma’rifatparvar hukmdor Abulqosim Bobur Miizo saroyi bilan yanada yaqinlashishiga sabab bo'ldi. 12 yoshida Husayn Boyqaro bilan birgalikda bu ulug* hukmdor saroyida xizmat qila boshladi. 1456 yil oktabr oyining boshlarida Abulqosim Bobur Mirzo saltanati poytaxtini Hirotdan Mashhadga ko‘chiradi. Ana o‘sha yillardan boshlab, Alisher Navoiy hayotining Mashhad davri boshlanadi. Ayni yillar ulug1 mutafakkir ijtimoiy-adabiy hayoti uchun ayricha mavqega ega. Yosh shoir o'zi uchun «ota masobasida» bo'lgan, «turk va sart orasida andin tamomroq kishi ko'rmagan» Darvesh Sayyid Hasan Ardasher bilan uchrashadi. «Majolis un-nafois»dagi ma’lumotlarga ko'ra, hayotining Mashhad davrida Alisher Navoiy iste’dodli shoir sifatida elga tanilgan, uning dilbar nazmi Xuroson mulkida ancha keng shuhrat topgan edi. Ayniqsa, Shayx Sayyid Hasan Ardasher yig'inlarda yosh shoiming quyidagi baytlarini ko'p o'qir va xushvaqt bo'lardi: Furqatingdin za’faron uzra to'karmen lolalar, Lolaiar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar (MAT.I. 134-bet) Yana biri: Ul parivasbki, bo'lubmen zor-u sargardon anga, Ishqdin olam manga hayron-u men hayron anga (MAT.I. 47-bet) Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasheming bu xizmatlarini xotirda tutib, keyinchalik o'zining «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» nomli tarixiy-manoqib asarini yozdi. 1457 yilning bahorida Abulqosim Bobur Mirzo Mashhad shahrida tasodifan vafot etadi. Kutilmagan bu shum hodisa yana toj-u taxtjanglarini olovlatib qo'ydi. Ko'pdan beri Hirot taxti orzusida yuigan Movarounnahr hukmdori Abusaid Mirzo Xuroson taxtining ashaddiy da’vogari sifatida maydonga chiqdi. Azaldan toj-u taxt ishtiyoqida bo'lgan Husayn Boyqaro Mirzo vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan chetda qolishni istamadi va kuch to'plab, Xurosonning turli viloyatlariga tahlika sola boshladi. Alisher Navoiy esa Mashhadi muqaddasda qolib o'qishni davom ettiradi. Mashhadda mafosil (bo'g'imlarda og'riqning paydo bo'lishi) kasaliga duchor bo'ladi. Unga o'sha kunlarda Mashhadda bo'lgan qadrdon ustozi Pahlavon Muhammad mehribonlik ko'rsatadi. Ulug' shoir Kamol Tuibatiy bilan uchrashadi. U kishi ham xasta yotgan iste’dodli yosh www.ziyouz.com kutubxonasi shoir oldiga tez-tez kelib turadi. Suhbatlar, mushoiralar uyushtiriladi. Alisher Navoiy iste’dodining ravnaq topishiga yana imkoniyat yaratiladi. Salkam ikki yilga cho'zilgan qonli janglar Xuroson davlatining Abusaid Mirzo tasarrufiga o'tishi bilan yakunlanadi. 1459 yilda uning nomi xutbaga (namozning duo baxshiga) qo'shib o‘qiladi va u Xuroson davlatining rasmiy hukmdori sifatida tan olinadi. Shunday qilib, 1459 yilga kelib Xuroson-u Movarounnahming ijtimoiy-siyosiy hayotida 1409 yildagi manzara vujudga keldi. Ya’ni o'sha yildan boshlab Hirot poytaxt Xuroson davlatini ota—Shohruh Mirzo va Samarqand markaz Movarounnahr saltanatini o'g'il—Ulug'bek Mirzo boshqara boshladi. Rasman garchi bu ikki davlat mustaqil ko'ringan bo‘lsa-da, aslida Movarounnahr Xuroson hukmdoriga tobe’ edi. Abusaid Mirzo saltanati davrida ham shu holat kuzatiladi. Uning o'g'illari Sulton Ahmad va Sulton Mahmud Mirzolar otaga bo'yin sunganlar. Abusaid Mirzo hukmdorligining dastlabki yillari Alisher Navoiy hayotining ayanchli va iztiroblarga to'la davrini tashkil etadi. Maktabdosh do'sti Husayn Boyqaro taxt ilinjida Mashhadni tark etgandan so'ng, ular bir-birlaridan ajralib qolishadi. Ustiga ustak tog'alari Mirsaid Kobuliy, Muhammad Ali G'aribiylar Sulton Husayn Boyqaro qo'shini safida shahid bo'ladilar. Xuroson taxtini qo'lga olgan Abusaid Mirzo esa Alisheming otasidan qolgan mol-mulk, hovli-haramni o'z foydasiga musodara qiladi. 1459-1460 yillarda fors- tojik adabiyotining atoqli vakili, naqshbandiya sulukining piri murshidi, «Maxdumi Nuran» Nuriddin Abdurahmon Jomiy Xiyobonda dafn etilgan ustozi Sa’diddin Koshg'ariy mazori yonida istiqomat qilishni ixtiyor etadi va o'sha yerda kichik bir hovlicha qurdirib, ko'chib o'tadi. Bu ulug' Shayxni zamon hukmdoridan tortib, oddiy xalq vakiligacha ziyorat qilib turar edi. 18-19 yoshli Alisher ham o'zining buyuk ustozi bilan ana shu yerda ilk bor uchrashadi va ulug' Shayxdan ilohiyot hamda tariqat ilmlaridan saboq ola boshlaydi. Navoiyshunoslikdagi munozarali masalalardan yana biri Alisher Navoiyning Nuriddin Abdurahmon Jomiy bilan ilk uchrashuvidir. Ayni mavzu yechimida ham olimlar ikki guruhga ajraladilar: Birinchi doiraga mansub tadqiqotchilar Alisher Navoiyning Mashhaddan Hirotga qaytishini 1459-1460 yillarga nisbat bersalar; ikkinchi guruhga daxldor olimlar bu raqamni 1464-1466 yillar tarzida talqin etadilar. Shuningdek, Alisher Navoiy Hirotdan Mashhadga va Mashhaddan Hirotga borib kelib turgan deyuvchilar ham yo'q emas. Masalaga birinchi hamda ikkinchi manbalar nuqtai nazaridan baho www.ziyouz.com kutubxonasi beradigan va zamon hukmdorining fe’l-u atvori hamda Alisher Navoiyga munosabatidan kelib chiqib xulosa chiqaradigan bo'lsak, biz ham birinchi doira olimlari qarashlariga moyillik ko‘isatamiz, (Bu haqda qarang : Vohidov R. Navoiyning ikki durdonasi. Toshkent: «Fan», 1992, 13- 52-betlar). Bizning shunday qo‘nimga kelishimizda «Xamsat ul- mutahayyirin»dagi ishoralar yetarii asos beradi. Ilmiy manbalaming guvohlik berishicha, 1464 yilda Alisher Navoiy ona shahrini tark etishga majbur bo‘ladi. Uning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobuming (1483-1530) ma’lumotiga ko‘ra, 1464-1465 yillarda shoir Hirotdan «ixroj» (suigun) qilinadi. Ulug‘ shoir mazkur safarining g‘ayri ixtiyoriy bo‘lganligi muallifning Darvesh Sayyid Hasan Ardasheiga Samarqanddan yo‘llangan she’riy maktubidagi ishoralardan yorqin namoyon bo‘ladi. Bobur Mirzo ta’kid etgan «ixroj»ning esa Hirotdan Samarqandga bo'lganligini payqash qiyin emas. Abusaid Mirzo Alisher Navoiyni o‘z o‘g‘illari nazorati ostiga yuboigan ko‘rinadi. 7.3. Alisher Navoiy hayotining Samarqand davri Ulug* shoir umri «shabob» (yigitlik) faslining besh yili «sayqali ro'yi zamin» Samarqandga to‘g‘ri keldi. Biroq u jannatmakon Samarqandga siyosiy mahbus maqomida yuborilgani uchun ham ixroj ning dastlabki yillarida juda ko‘p achchiq-chuchuklarga chidashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda «G'aroyib us-sig‘ar» devoniga kiritilgan va Alisher Navoiyning ustozi Sayyid Hasan Ardasherga yuborilgan she’riy maktubida («Masnaviy»da) talay ishoralar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur asami shoir Hirotdan Samarqandga jo'nash oldidan otasidek yaqin bo‘lib qolgan Darvesh Sayyid Hasan Ardasher bilan ko‘risha olmaganligi bois yozgan, deya e’tirof etadilar. Ammo bunday fikmi ma’qullash qiyin. Chunki «ixroj» haqidagi farmonni olgan Alisher Navoiy qisqa muddatda , shoshilinch ravishda «Masnaviy»ni yoza olmas edi. Ulug‘ shoir Samarqandga yetib borgach, ham moddiy va ham ma’naviy jihatdan juda qiynalib yashaydi. Nazorat ostidagi shoimi erksizlik hammadan ham ko‘proq yoza boshlaydi. Mana shunday bir vaziyatda u tanglikdan chiqishning yo‘llarini izlaydi, ustozi, otaxoni Darvesh Sayyid Hasan Ardasherdan najot kutib, unga maktub bilan murojaat etishni lozim topadi. Shunday qilib, «Masnaviy» Samarqandda ro'shnolik ko‘radi. «Hasbi hol»-«Masnaviy»ni olgach, Sayyid Hasan Ardasher Fazlulloh www.ziyouz.com kutubxonasi AbuUaysiy hamda Xoja Ahror Valiylaiga maktub yo'llab, Alisheiga ko‘mak berishlarini so'ragan ko‘rinadi. Ana shundan keyingina buyuk faqih Fazlulloh Abullaysiy Alisher Navoiyga o'z madrasasidan joy berib, panohiga oladi. «Majolis un-nafois»dagi: «Faqir ikki yil alaming qoshida sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar» (MAT. 13. 33-b.) kabi ishoralar ham yuqorida bayon qilingan mulohazalar foydasiga xizmat qiladi. Alisher Navoiyning Samarqand davri hayoti haqida qissa yozgan yozuvchi Muzaffar Mirzo o‘z asarini «Panoh» atab, masalaning biz eslatgan jihatlariga urg‘u berib tarixiy jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutgan. «Masnaviy» Alloh hamdi bilan boshlangan bo'lib, unda Sayyid Hasan Ardasher ulug‘lanadi hamda shoiming Hirotni tark etishi sabablari bayon etiladi. Maktub muallifi so'zni inson ko‘nglining burchagiga yashiringan durga qiyos qilar ekan, uni insoniyat bog'ining gulshanidagi eng yaxshi mevadir, deya vasf etadi. Shuningdek, shoir o'zining betakror badiiy salohiyatining juda tez ravnaq topganligidan faxrlanib, fors-tojik adabiyotining buyuk namoyandasi Firdavsiy 30 yilda «Shohnoma»ni yozgan bo'lsa, u shunday asami 30 oyda ijod qilishini, bir kunda xosa ma’ni yoki iyhom kabi badiiy san’atlar bilan ziynatlangan yuz bayt bitish unga holva yoyish bilan barobar ekanligini, Nizomiy Ganjaviy 30 yilda yozgan «Xamsa»ni Navoiy uchun ijod etish ikki-uch yillik ish ekanligini «Masnaviy»da quyidagicha bayon etadi: Men ul menki to turk bedodidur, Bu til biria to nazm bunyodidur. Falak ko‘rmadi men kibi nodire, Nizomiy kibi nazm aro qodire. Ne nazme der ersam meni dardnok Ki, har harfi bo‘lg‘ay aning durri pok. Yetar tengridin oncha quwat manga, Ki, bo‘lmas bitirig‘a fiirsat manga. Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur, Ki, gar kelsa Rustam javobin berur. Raqam qildi farxunda «Shohnoma»e, Ki, sindi javobida bar xomae. Musallamdurur zohiran bu ishi Ki, ma’razga kelmaydurur bar kishi. Dedi o‘z tili biria ul koni ganj, www.ziyouz.com kutubxonasi Ki: «Si sol burdam ba «Shohnoma* ranj.» Ani derg‘a bo‘Isa qachon rag‘batim, Erur oncha haq lutfidin quwatim,- Ki, har necha nutq о‘Isa kohilsaroy, Bitig'aymen o‘ttiz yilin o‘ttiz oy. Agar xossa ma’no gar iyhom erur, Aning kunda yuz bayti halvom erur (MAT. 3 .529-530-b.) Takrorlanmas iste’dod sohibi bo'lgan Alisher Navoiy «Masnaviy»da o‘zi istiqomat qilayotgan mamlakatda ijod qilish uchun imkoniyat yo‘qligini, ijodidan bahra olish o‘rniga umri ranj-u dard bilan o'tayotganligini achinish bilan yozadi. Mamlakatda zulm hukmronlik qiladi. Vafo o‘mini nifoq, saxovat o'mini baxillik egallagan. Yurt «vahshat obod zisht»— dahshatli vahshiy yurtga aylanib, jannat o‘mini do‘zax egallagan. Abusaid Mirzo bilan Samarqanddan Hirotga kelgan beklar va amirlar xalqqa zulm ustiga zulm qiladilar. Alisher Navoiyga rahnamolik qiladigan biror kishi yo‘q. Unga biror yerdan maosh tayinlanmagan, ko‘ngli orom olguvchi biror hujrasi ham, ketishga azm etsa, yo‘ldoshi ham yo‘q. U qanchalik moddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz kelmasin, himmati baland ulug' zot edi. Xondamiming «Makorim ul-axloq» asaridan o‘rin olgan quyidagi hikoyat Alisher Navoiyning ana shunday yuksak insoniy fazilati haqida ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidin «... Abusaid zamonida juma kuni, Hirot shahri ichidagi masjidi jome’da juma namozini ado qilgandan keyin, xiyobonda sayr qilish uchun o‘sha tomonga jo‘nadim. «Mufarrih» ko'chasiga yaqinlashganimda, bosh yalang va oyoq yalang holda o'tirgan bir gadoyni ko‘rdim. U aytur edi: -Ayolmand bir kishiman, bir necha och-yalong‘och bolalarim bor, ertadan buyon o‘tirib tilanaman, hozirgacha hech kim bir pul bergani yo‘q. Ul hazrat (Navoiy) aytdilarki, o'sha vaqtda yonimda bir tanga bor edi, undan boshqa dunyo molidan hech narsam yo'q edi. O'z-o'zimga shunday dedim: Mayda va yirik narsalarimni Yaratuvchiga tavakkal qilib, bu tangani shu darveshga bersang, toki, bola-chaqalarining, bugungi ovqatini to'g'rilasa, sening esa ertalik rizqingni xudoning o'zi yetkazar. o'sha zahotiyoq tangani unga berib, o'tib ketdim. Namozshomgacha xiyobonda sayr qilib yurib qaytgach, ko'rdimki, haligi darvesh o'sha www.ziyouz.com kutubxonasi joyda o‘tirib, ilgarigi so‘zlarini aytib tilanardi. Uning haddan tashqari yolg'onchiligi va tilanchilikdagi o‘ta harisligidan taajjublandim. Ammo bu ishdan xabardor bo'lganligimni unga bildirmadim... (Xondamir, Makorim ul-axloq, 99-100-betlar). Zamon va uning johil hukmdoriaridan norozilik kayfiyatini aks ettimvchi bunday voqealar «Makorim ul-axloq» asarida yana uchraydi. Ulardan birida hikoya qilinishicha, Pahlavon Muhammadning tanishlaridan Yusuf nomli bir shaxs Abusaid Mirzo mulozimlaridan shikoyat qilib, uning huzuriga kirmoqchi ekanligini aytadi. Shunda Alisher Navoiy unga quyidagi baytni o‘qiydi: Gadoy ki non az dari shoh just, Biboyad zi obi xudash dast shust. Mazmuni: Podsho eshigidan non izlagan tilanchi, o'z suvi bilan qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urmog‘i kerak (Xondamir. Makorim ul-axloq. 108-109-betlar). Ulug* shoiming nafrat ruhi aksini topgan ayni yo‘nalishdagi baytlari Abusaid Mirzo qulog‘iga yetib tuigan. Boz ustiga, Xuroson davlatining ashaddiy da’vogari sifatida uning turli viloyatlariga hujumlar uyushtirib turgan Sulton Husayn Boyqaro Miizo Alisher Navoiyning ko'kaldosh hamda maktabdosh do‘sti edi. Zikri o‘tgan ayrim lavhalar shoh va shoir o‘rtasidagi munosabatni (ulug1 shoiming «ixroj»i sabablari haqida murojaat qilinsin: Abdullayev V. Navoiy Samarqandda. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, 1-jild, Toshkent: «Fan», 2002, 3-108-betlar) yanada keskinlashtirgan va Alisher Navoiyni Hirotdan uzoqroqda, nazorat ostida saqlash lozim ko'rilgan. Alisher Navoiy ana shunday ahvolda, hayotdan juda ko'p ranj-u dard chekib Samarqandga keladi. Ijodkor va Darvesh Sayyid Hasan Ardashetga yozgan she’riy maktubida ulug4 shoir insonga ta’rifberarkan: «Ki haq sirrining bo‘lg‘ay ul mahrami»,-deya e’tirof etgandi. Asar muallifining ongiga kishi haqiqat sirlari bilan oshno bo‘lishi kerak, insonning maqsadi dunyoni irfon—tafakkur bilan tanishdir,- degan ezgu g‘oyalar allaqachon singgib ulgurgan edi. Alisher Navoiy tanlagan bu yo'ldan uni hech qanday qiyinchilig-u to‘siqlar qaytara olmas edi. Samarqand XV asming ikkinchi yarmida Movarounnahming eng yirik madaniy markazlaridan biri bo'lib, bu maskanda, ayniqsa, Ulug'bek Mirzo hukmronligi (1409-1449) davrida ilm-fan, san’at, adabiyot ravnaq topdi. Ma’rifatparvar bu hukmdoming tashabbusi bilan www.ziyouz.com kutubxonasi 1424 yilda shahar chekasida yulduzlar harakat ini tadqiq qilishga mo'ljallangan uch qavatli rasadxona barpo etiladi. Rasadxonada Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar nujum ilmi bilan shug'ullanib 1018 ta yulduzning samodagi joylashish o'mini aniqlashga muvaffaq bo'ldilar. Fanning shu sohasiga bag'ishlangan Ulug'bek Mirzoning «Ziji jadidi Ko'ragoniy» («Ko'ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») nomli kitobi dunyo yuzini ko'rdi. Samarqand Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling