B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V
‘zbekiston Respublikasi m ustaqilligi e ’lon qilingunga qadar
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
0 ‘zbekiston Respublikasi m ustaqilligi e ’lon qilingunga qadar V.Zohidovning «Ulug‘ shoir ijodining qalbi» (1970), A.Hayitmetovning «Tabarruk izlar izidan», «N avoiy dahosi», «M eros va ixlos» kabi tadqiqotlari hamda «Hayrat ul-abror» dostonining nasriy tavsifi (1974), A.Abdug‘afurovning «Navoiy ijodida satira» (1972), Sodir Erkinovning «N a vo iy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili» (1 9 7 1 ), N.M allayevning «Navoiy ijodining xalqchil negizi» (1973), hamda «Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» (1974), A.Rustamovning «Navoiyning badiiy mahorati» (1979) singari yirik ilmiy tadqiqolari vujudga keldi. Akademik A.P.Qayumov «Xamsa» tarkibidagi har bir doston talqiniga bag'ishlangan bittadan ilmiy ommabop risola yozib, ulami ulug' shoir ijodi muxlislariga taqdim etdi. 1976 yilda «Navoiy va ijod saboqlari», 1986 yilda esa «Navoiy «Xamsa»si» nomli yirik ilmiy to'plamlar nashr etildi. Aytish mumkinki, mazkur ilmiy tadqiqotlar navoiyshunoslik ilmi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni ishlar sohaga kirib kelgan yosh olim lam ing ulug* shoir ijodini teran anglashlari va chuqur tadqiq etishlari uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'tadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Bir so‘z bilan aytganda, XX asming 60—80—yillarida navoiyshunoslik o ‘z ravnaqining yanada yuqori pillapoyalari sari ilgariladi. U lug‘ shoir «Majolis un-nafois», «Xamsa» tarkibidagi dostonlar, «Xazoyin ul- maoniy» yig‘ma devonlari ilmiy-tanqidiy matnlarining yaratilishi; asarlari saylanmasi o ‘n jildligining rus tilida bosilib chiqishi; buyuk mutafakkir asarlari uchun bir jildlik hamda to‘rt kitobdan iborat izohli lug'atlaming e ’lon qilinishi navoiyshunoslik rivojini ta’min etgan jiddiy omillardir. Biroq shu o ‘rinda achchiq bir haqiqatni ta’kidlash ham o'rinli ko‘rinadi. Davr adabiy^ilmiy hayotida amalga oshirilgan ishlarda sho‘ro mafkurasi «madaniy m erosga lenincha munosabat tamoyillari»ning mudhish asoratlari o ‘z izini qoldirgan edi. Bu, ayniqsa, ulug‘ shoir asarlarining nashrida (ilohiy-irfoniy boblaming tushirilib qoldirilishida ), she’rlar-u dostonlarining g‘oyaviy-badiiy tahlilida yorqin nazaiga tashlanadiki, biz bugun ulam i tanqidiy nazardan o ‘tkazmog‘imiz lozimdir. Yuitimizda milliy istiqloldan darak beruvchi shabadalar esa boshlagan davrda ulug‘ shoir asarlarini ulam ing tayanch g'oyaviy-m a’naviy sarchashmalari sanalgan Qur’oni karim, Hadisi sharif va ta sa w u f ta’limoti bilan uzviy aloqadorlikda, yangicha yo‘nalishda tadqiq qilish harakati boshlandi. Bu o ‘z navbatida Alisher N avoiy yigirma tomlik m ukam m al asarlar to 'p la m in i nashr e tilis h i h ara k a tla rin in g boshlanishiga sabab bo‘ldi. 1987 yilda uning dastlabki, birinchi jildi nashr etildi. Taniqli adabiyotshunos I.Haqqulovning «Zanjirband sher qoshida» (1989), «She’riyat ruhiy munosabat» (1989), «Abadiyat farzandlari»(1990), «Tasaw uf va she’riyat» (1991), S.H asanovning «Navoiyning у yetti tuhfasi»(1991) singari asarlaming vujudga kelishi Alisher N avoiy va mumtoz adabiyotimiz boshqa namoyandalarining ijodiy m erosi uchun m illiy qadriyatlarim iz tayanch sarchashm a bo‘lganligini keng xalq ommasiga yetkazish borasidagi dastlabki jiddiy harakatlardan sanaladi. Shunday qilib, adabiyotshunoslikda Alisher N avoiy asarlarining tayanch g ‘oyaviy-m a’naviy manbalari Qur’oni karim, hadisi sharif va tasaw uf ta’lim oti ekanligi e ’tirof etila boshlandi. Shuningdek, shoim ing adabiy asarlarida so ‘z qo‘llashdagi san’atkorlik mahorati nuqtai nazaridan badiiy asar qim m atini belgilash asosiy tamoyilga aylana boshladi. Ulug* shoim ing 550 yillik to ‘yi munosabati bilan nashr etilgan «Alisher Navoiy. G ‘azallar, sharhlar» (1991) nom li kitobdan o ‘rin olgan Suyima G ‘anieva, Erkin Vohidov, Najmiddin Kornilov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Abdurashid Abdug‘afurov, www.ziyouz.com kutubxonasi Ibrohim Haqqulov, Nusratulla Jumayev, Matnazar Abdulhakim kabi olim va ijodkorlar qalamiga mansub maqolalar ana o'shanday xususiyatga molikligi bilan diqqatni tortadi. Vatanda keng quloch yoyib borayotgan milliy istiqlol qayd etilgan sa’y-harakatlaming keng quloch yoyishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. 1993 yilda «Alisher Navoiy adabiy mahorati masalalari» nomli maqolalar to'plami nashr etildi. Yana A.Hayitmetovning «Navoiyxonlik suhbatlar» (1993), «Temuriylar davri o'zbek adabiyoti» (1996), H.Karomatovning «Qur’on va o'zbek adabiyoti» (1993), R.Vohidovning «Alisher Navoiyning ijod maktabi» (1 9 9 4 ), « A lish er N a v o iy va ilo h iy o t» ( 1 9 9 4 ), shu o lim n in g M .M ahm udov bilan ham korlikda yozilgan «M a’naviyat-kom illik saodati» (1997), «Iym on-qalb gavhari» (1999), S.Olim ning «Ishq, o sh iq va m a’shuq » (1 9 9 2 ), «N a q sh b an d va N a v o iy » (1 9 9 6 ), NJumayevning «Satrlar silsilasidagi sehr» (1996) singari chop etilgan tadqiqotlari navoiyshunoslik ravnaqi uchun muhim hissa bo'lib qo'shildi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so ‘ng Alisher Navoiy ijodining dolzaib muammolariga bag'ishlangan juda ko‘p doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Navoiyshunoslik fani oltinchi yuz yillikka qadam qo'yishi munosabati bilan taniqli olim A.Hayitmetov uning taraqqiyot y o'nalishini belgilab beruvchi «Alisher N avoiy ijodini o'rganishning m etodologik asoslari haqida» ( « 0 ‘zbek tili va adabiyoti» 2001, 2-son, 3-1 0- betlar) nomli yirik maqolasini e ’lon qildi. Otaxon navoiyshunos olim mazkur maqolasida navoiyshunoslik Umi erishgan yutuqlami umumlashtirib, uning taraqqiyot omillariga munosib baho beradi, m a’lu m m a ’n o d a yakun yasaydi. S h u nin gdek, sohada kuzatiladigan kam chiliklar va hal etilishi zarur bo'lgan dolzarb muammolar sanab o ‘tiladi. Zikri o'tgan ayrim jihatlari bilan prof. A.Hayitmetovning mazkur maqolasi dasturiy ahamiyat kasb etadi. 7.2. Ulug* shoirning bolalik va yoshlik yfflari Alisher N avoiy hijriy 844 sanada, tovuq yili ramazon oyining 17- kuni (1441-yil 9 -fevral) XV asming yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Hirot shahri hududidagi Bog‘i Davlatxona nomi bilan ataluvchi maskanda dunyoga keldi. Bu davrda Hirot poytaxt Xuroson mamlakati sohibqiron Amir Tem um ing kenja o ‘g‘li Shohruh Mirzo tomonidan idora etilardi. Alisher tug‘ilgan xonadon ahli esa har ikki tarafdan ham www.ziyouz.com kutubxonasi temuriylaming eng yaqin kishilaridan hamda «chig'atoy ulusi»ning nufuzli am aldorlaridan sanalardi. Bu yaqinlik XV asr tarixchisi Mirxondning «Ravzat us-safo» nomli asarida quyidagicha ifoda etiladi: «Amir Alishem ing bobosi Amir Temuming o ‘g‘li Umar Shayx bilan ko'kaldosh (emikdosh, bir onani emgan bolalar — R.V., H .E) edi». Ulug' shoir bu ko'kaldoshlik haqida o ‘z asarlarida m a’lumot bermagan bo‘lsa-da, har ikkala xonadon o ‘rtasidagi yaqinlik u yashagan davrda ham ota-onasi tomonidan davom etganligini «Badoyi’ ul-bidoya» devoni debochasida faxr bilan e ’tirof etadi: «...agarchi ota-onadin yetti pushtg‘a dekincha bu rafe’ (yuksak) dudmonning (xonadonning —R.V., H .E.) botiniy bandasi va vase’ ostonning mavrusiy (meros bo'lib qolgan— R.V., H .E.) tug'masi ... erdi: Otam bu ostonning xokbezi, Onam ham bu saro bo‘ston kanizi, Manga gar xud bo‘lay bulbul va gar zog* Ki ushbu dargah o‘lg‘ay gulshanu bog*» (MAT. I. 17-b.). B o ‘lg ‘usi ulug* sh oim in g otasi G 'iyosidd in M uham mad ham temuriylar saroyida xizmat qilgan. Uning «Kichkina Baxshi», «Kichkina Bahodir» unvonJari bilan atalganligi ham manbalarda qayd etiladi. «Baxshi» so 'z in in g «yozuvchi, kotib, m irzo, xalq og'zak i ijodi donishmandi, ijodkori» kabi ma’nolami anglatgani inobatga olinsa, uning (G 'iyosiddin Baxshining) o ‘z zamondoshlari o'rtasida insho ilmining mohiri, adabiyot va san’atning e ’timodli arbobi maqomida o b r o '-e ’tiborga m olik bo'lganligiga qanoat hosil qilish m um kin. G 'iyosiddin M uham mad ilm -u irfon, adabiyot va san’atga yaqin bo'lganligi bois o ‘g‘li Alisheming axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga juda jiddiy e ’tibor beradi. M anbalaming shahodatiga ko‘ra, Alishem ing onasi Kobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi bo'lgan. (Ulug' shoiming ona tarafidan bobosi nomidagi rutba—unvonlarga e’tibor qiling: Shayx—iloh iyot va irfonda m uayyan m aqom larga yetgan donishmand; chang—kuy, musiqa asbobi nazariyasi va amaliyoti bobida zamondoshlari tarafidan tan olingani tufayli ham uning nomiga shunday unvon ilova qilib aytilgan) Masala ravshan, Alisher har ikki tarafdan ham nufuzli va m a’rifatli xonadonda dunyoga kelgan. Uning adabiy- m a’rifiy tarbiyasi bilan esa Shayx Abu Said Changning o'g'illari, A lish em in g tog'alari, iste ’dodli shoirlar: M ir Sayyid K obuliy va Muhammad Ali G'aribiylar shug'ullanishgan. Alisher Navoiy «Majolis www.ziyouz.com kutubxonasi un-nafois»da tog‘alari haqida quyidagi ma’lumotlami keltiradi: «Mir Sayyid — el orasida «Kobuliy» laqabi bila mashhurdir, faqirg'a tag‘oyi bo‘lur. Yaxshi tab’i bor erdi, turkchaga mayli ko‘proq erdi. Bu tuyuq aningdurkim: Ey muhiblar, yetsangiz gar yoza siz, Gul adoqinda xumori yozasiz. Gar men o‘lsam, turbatimning toshig‘a, «Kushtai bir sho‘h erur», deb yozasiz» (MAT. 13. 66-b.). Yana: «Muhammad Ali — «G'aribiy» taxallus qilur erdi. Ul ham faqirg‘a tag‘oyi bo‘lur erdi. Mir Sayyid Kobuliyning inisidur. Xush mahovara va xushxulq va xushta’b va dardmand yigit erdi. Uni va usuli xo‘b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi. Xututni xub bitir erdi... Bu turkcha matla’ aningdurkim: Dardi holimdin agar g‘offl, agar ogob esang, Hech g‘amim yo‘q sen manga gar dilbar-u dibcob esang» (66-b.). Yosh Alisheming kamolga yetishi, adabiyot va san’atga mehr qo‘yishida ma’rifatparvar inson, san’at va adabiyot muhiblaridan bo‘lgan otasi G'iyosiddin Muhammad, shoir Mir Sayyid Kobuliy, shoir, xattot, musiqachi Muhammad Ali G'aribiylaming ta’siri juda katta edi. Shuningdek, davrining ulug' ijodkori, faylasufi va shuhratmand Shayxi Amir Qosim Anvoming quyidagi matlasini yod aytib, ko'pchilikni hayratlantirishida, shubhasiz, oila muhiti muhim ahamiyat kasb etgan. Rindemu oshiqemu jahonso‘z-u joma chok, Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok? Mazmuni: Rindlarmiz, oshiqlarmiz, jahonni kuydiruvchi va yoqa vayronlarmiz, Sening g'aming davlati bilan ekanmiz, jahon fikrining nima hojati bor? (MAT. 13-jild. 11-bet). 1445 yilda to‘rt yashar Alishemi maktabga beradilar. Bo‘lg‘usi shoir 3-4 yoshlar orasida zamonasining bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan birga ta’lim va tarbiya ko'radi. Tarixchi Xondamiming yozishicha, Alisher oz vaqt ichida ta’lim-u tahsilda tengdosh va sheriklaridan ancha ilgarilab ketadi. Biroq Alisheming Hirotdagi maroqli tahsili uzoqqa cho‘zilmaydi. Mamlakat hukmdori Shohruh Mirzo 1447 yilning 12 martida vafot etdi. 0 ‘sha davr an’analariga ko‘ra, podshohlik taxti Shohruh Mirzoning katta o‘g‘li Ulug'bek Mirzoga yoki nabirasi Abdullatifga meros qolishi kerak edi. Shohruh Mirzo o'limidan oldin o‘z tilagini rasmiy ravishda e’lon qilmagan bo‘lsa-da, o‘g‘li Muhammad www.ziyouz.com kutubxonasi Jo'gini taxt vorisi qilmoqchi ekanligi uning saroy a’yonlariga ma’lum bo'lgan. Shundan bo'lsa kerak, mamlakat hukmdori Shohruh Mirzo hali hayot bo'lishiga qaramay, 1444 yildanoq toj-taxt kurashlari zimdan boshlanib ketadi. Davlatning rasman idora jilovini o'z qo'liga olgan Shohruh Mirzoning xotini Gavharshodbegim vujudga kelgan siyosiy o'yinlarga faol aralashib, masalani o'zicha hal qilmoqchi bo'ladi. Balxdan katta umidlar bilan Hirotga kelgan Muhammad Jo'gi Gavharshodbegimning o'z sevikli nabirasi Alouddavlani taxt vorisi deb e ’lon qilib, saroy mulozimlaridan ba’zilarining roziligini olib qo'yganidan xabar topadi. (Sulton I. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, 1969, 59-bet.) Shunday qilib, Shohruh Mirzo vafot etishi bilan mamlakatda o'zboshimchalik, boshboshdoqchilik hukmronlik qila boshlaydi. Gavharshodbegim homiyligi ostida Alouddavla, Ulug'bek Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo, Abdullatif Mirzo va Abusaid Mirzolar Hirot taxti uchun kurashga kirishib ketadilar. Xurosonda notinch vaziyat vujudga keladi. Mamlakat aholisi osoyishta boshpana izlash ilinjida qo'shni o'lkalarga chiqib keta boshlaydi. Iraq safarini ixtiyor etgan karvon orasida G'iyosiddin Kichkina oilasi ham bor edi. Alisher Navoiy «Majolis un- nafois» tazkirasida Iroqqa borayotganlarida, yarim tunda, Taftda tasodifan mashhur tarixchi olim , «Zafamoma» asarining muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy xonaqosi eshigi oldida maskan tutganliklari va tongda bu ulug' zot bilan suhbatlashish hamda u kishining duolariga musharraf bo'lganligini eslaydi. Sharofiddin Ali Yazdiy yosh Alisherdan maktab borishini so'raydi va «Ne yergacha o'qibsen?»- deya savol bilan murojaat qiladi. Yosh Alisher ul zoti mukarramga «Taborak» surasig‘acha»,-deya javob beradi. (MAT.13-jild, 31-bet). Bundan ma’lum boiadiki, bo'lg'usi shoir juda yoshlik yillaridan Qur’oni karim mutolaasiga beriladi. Masalaga yanada aniqlik kiritadigan bo'lsak, islom e’tiqodi tasarrufiga o'tgan yurtlarda savodxonlik qur’onxonlikdan (hafliyakdan) ibtido topgan. Shundan bo'lsa kerak, Sharofiddin Ali Yazdiy hazratlari ham savolni muallaq tarzda (nechanchi sinfga emas, ne yergacha o'qibsan?) beradilar. Mohiyatni ziyraklik bilan ilg'agan yosh Alisher nazokat bilan «Taborak» surasig'acha»,-deya javob qaytaradi. Tabiiyki, ayni nuqtalar shaxs sifatida shakllanayotgan bolaning axloqiy-ma’naviy olamiga, tabiatiga, dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko'rsatmay qolmaydi. Bas shunday ekan, mumtoz shoir-u adiblarimiz, olim-u ulamolarimiz qoldirgan ma’naviy merosni ilohiyotdan ajratib o'rganishni sira-sira aqlga sig'dirib bo'lmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 14S2 yilda Xurosondagi siyosiy notinchliklar tugab, Hirot taxti Abulqosim Bobur Mirzo ixtiyoriga o‘tgandan so‘ng, boshqa muhojirlar qatori G'iyosiddin Muhammadning oilasi ham ona yurti Hirotga qaytadi. Alisheming otasi temuriylar xonadoni oldidagi oldingi e’tiborini tiklaydi va Abulqosim Bobur Mirzo saroyiga xizmatga kiradi. Oradan bir muncha vaqt o'tgandan so‘ng, u Xurosonning Sabzavor viloyatiga hokim qilib tayinlanadi. Sabzavor hokimi lavozimida ishlayotgan G'iyosiddin Kichkina 1453 yilda o‘g‘li Alishemi o‘zi bilan qisqa muddatda Hirotdan olib ketgan bo‘lishi mumkin, degan taxmin ayrim tadqiqotlarda qayd etilgan. (Qarang: 0 ‘zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom, Toshkent, 1977, 43-bet.) Adabiyotshunos I.Sulton bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida «Majolis un-nafois»dagi ma’lumotlarga e’tibomi qaratadi. Unda qayd etilishicha, Abulqosim Bobur Mirzo tomonidan Astrobodga hokim qilib yuborilgan sabzavorlik shoir Mir Shohiy manzilga yetib vafot etadi va uning jasadi ona yurti Sabzavorga olib kelinadi. G'iyosiddin Kichkina oilasi bilan Sabzavorga borganda, mashhur shoir Mir Shohiyning dafn marosimi o‘tkazilayotgan edi. Shu bois Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da: «Faqir agarchi ani ko‘rmadim, ammo aning birlan faqir orasida e’lom va irsol (xat) voqe’ bo'ldi» (Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, 1969, 78-79- betlar),-deb yozadi. Shuningdek, shoir «Majolis un-nafois»da Sabzavorda yashagan ijodkor Xoja Avhad Mustavfiy haqida: «Bu faqir ul buzrukvor suhbatig‘a yetar erdi, ko‘p iltifotlari bor erdi»,-deya qayd etadi. (MAT.13-jild, 32-bet). Bulardan tashqari, Alisher Navoiy sabzavorlik olim va shoir haqida mulohaza yuritib, yozadi: «...aruz va san’atda Mavlono Yah’yo Sebak shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi...Faqir aruzni Darvesh qoshida o'qubmen» (MAT.13-jild, 41-bet). Darhaqiqat navoiyshunoslikda Alisher Navoiyning Sabzavorda bo‘lish-bo‘lmasligi masalasida ikki xil qarash hukmronlik qiladi. Bir guruh olimlar Abulqosim Bobur Mirzo saroyida tahsil bilan mashg‘ul bo‘lgan Alisher hech bo‘lmaganda ta’til paytlarida Sabzavorga, ota-onasi huzuriga borib turgan bo'lishi mumkin, degan mulohazani o‘rtaga tashlaydilar. Ikkinchi guruhga mansub tadqiqotchilar esa mazkur fikmi inkor etadilar. Fikrimizcha, Alisher Sabzavorda bo‘lmagan. Mavjud mumtoz adabiy-tarixiy manbalarda bu masalada aniq ma’lumotlar ko'zga tashlanmaydi. Uning sabzavorlik ijodkorlar bilan muloqoti esa Hirotda sodir bo‘lgan ko'rinadi. Ayniqsa, bu ta’kid Darvesh Mansurga doir qaydlarga tegishlidir. To‘g‘ri, Alisher www.ziyouz.com kutubxonasi Navoiyning saibadorlar harakatining poytaxti bo'lgan Sabzavor, uning shirinkalom shoiri Amir Shohiyga nisbatan muhabbati had-hudud bilmaydi. Ulug' shoir garchi qalban va ruhan o'sha muqaddas zamin go'shasini tavof etgan bo‘lsa-da, jisman u yerlami kezish, sarbadorlar qadami tekkan yer parchasi tuprog'ini ko'ziga surtish baxti unga nasib etmagan ko'rinadi. Buning aksi bo'lganida edi, shoir u haqda katta ixlos bilan yozib qoldirgan bo'lardi. Ayni bahsning ko'plab sabab, izohlari haqida gapirish mumkin. o'shalardan eng asosiysi haqida akademik Izzat Sulton quyidagilami qayd qilgan ediki, otaxon adabiyotshunosning mulohazalari ilmiy-ijtimoiy haqiqatga yaqindin «Feodalizm davrida shahzodalaming va katta amaldorlaming bolalari mamlakat podshohi saroyida, poytaxtda tarbiya olar edilar. Bu, bir jihatdan u bolalaming otalariga hurmat bo'lsa, ikkinchi jihatdan shahzodani hamda amaldomi podshohga xiyonat qilishdan asraydigan garov hisoblanar edi.» (O'sha kitob, 85-bet) Alisher Navoiyning zamon hukmdori Abulqosim Bobur Mirzo bilan munosabati haqidagi qaydlar ham bo'lajak shoiming Hirotda (Sabzavorda emas!) shoh saroyida maskan tutganligidan dalolat beradi. Bu haqda Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkira ush-shuaro»sida quyidagicha ma’lumot beriladi: «Sulton Abulqosim Bobur so'zamol va hunarparvar podshoh edi. Hamma vaqt ulug' amirga (Alisher Navoiyga) tab’ining muloyimligi, ziyrakligi uchun ofarinlar o'qir edi, ba’zi paytlarda ulug' amir bitgan turkiycha va forsiycha she’rlami mutolaa qilar, tab’ining qudrati va sharofatli so'zlarining shirinligidan taajjublanardi, bedarig' marhamatidan bahramand qilar va xayrli duolari Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling